Telegram Web
#uchrashuv

Bo‘lajak mutaxassislar bilan suhbat: Konstitutsiya va mas'uliyat

Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi shart.

👉O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-modda

Bugun Soliq qoʻmitasi tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Konstitutsiya kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir boʻlajak soliqchilar uchun amaliy va tajriba darsiga aylandi.

Talabalar bilan Bosh qomusimizda belgilangan huquq va kafolatlar haqida mulohaza yuritilar ekan, har bir moddada fuqarolarning huquq va erkinliklari, burch va majburiyatlari mujassam ekani yana bir bor taʼkidlab oʻtildi.

Yoshlar oʻzlari tanlagan soha va Konstitutsiya oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni his etishdi. Soliqlar – taraqqiyot poydevori va davlat barqarorligiga xizmat qilishi haqida qiziqarli fikrlar almashildi.

Uchrashuv yakunida faol talabalar Soliq qoʻmitasi Raisining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Tezkor, haqqoniy va qiziq” blits-intervyumizning navbatdagi sonida Davlatimiz rahbarining joriy yil 28-noyabrda qabul qilgan 364-son qarori bilan 2026-yil 1-yanvardan boshlab Namangan viloyatida eksperiment tariqasida joriy etilayotgan yangicha soliq boshqaruvi modeli xususida so‘z boradi.

🎥Ko‘ring va mavjud savollaringizga javob oling.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiyaning 152-moddasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin:

Mazkur modda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining konstitutsiyaviy maqomi, ularning asosiy vazifalari hamda tashkil etilishining huquqiy negizi belgilangan. Qurolli Kuchlarning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitlik va aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlaydi.

Shuningdek, ushbu modda Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish tartibi faqat qonun bilan belgilanganligini ko‘rsatib, harbiy boshqaruv va mudofaa sohasining huquqiy tartibga solinishini kafolatlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🔈DOLZARB SAVOLLARGA XALQCHIL JAVOBLAR

SAVOL:
Yosh tadbirkor sifatida ko‘chma savdoni tashkil qilmoqchiman. Mazkur faoliyatni yo‘lga qo‘ysam, qanday soliq imtiyozlari mavjud

Javob videoda 👆


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#3_dekabr_Xalqaro_nogironlar_kuni
#imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari

🔹Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.

🔹 Urush nogironlari mulk solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

🔹 I va II guruh nogironlari 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.

🔹Bolaligidan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslarning MHTEKM*ning 3 baravarigacha (3 813 000) bo‘lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.

🔹Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida JShODSdan ozod etilgan.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#3_dekabr_Xalqaro_nogironlar_kuni

Xorazm viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi ijtimoy himoyaga muhtoj, nogironligi mavjud fuqarolar holidan xabar oldi.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
2025/12/04 01:40:01
Back to Top
HTML Embed Code: