Telegram Web
Shunday shoir ketdiya...
She'r va adabiyotga befarq boʻlmagan butun oʻzbek xalqiga sabr tilayman!

Alloh rahmatiga olgan boʻlsin!

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Xushnudbek's blog)
“Lolazor” ning bu galgi sonida O’zbekiston xalq shoiri Usmon Azim chiqdi. Qisqasi, ustoz she’riyatning siyosatdan ustunligini aytib ketdibdilar:) Gurung oxirida, men she’riyatni ruh bilan his qiladigan odamlar uchun, sizlar uchun gapiryapman, dedilar. Ko’ringlar…
#podcast_time

Usmon Azim bilan bo‘lgan podcastni ko‘rishga endi vaqt topdim.

Har tomonlama qizg'in va manfaatli suhbat bo‘libdi.

Ayniqsa, shoirning o‘zbek tili va uning bugungi ahvoli haqida bildirgan fikrlari juda o‘rinli.

Ko‘rishni tavsiya qilaman.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
#IZLAM

"Izlam" sotuvga chiqqanidan xabaringiz bor. Quyida uning narxlari bilan tanishing:

1. Shahriyor Shavkat “Ham” — 31 000 so‘m
2. Nozima Habibullayeva “Nafas” — 27 000 so‘m
3. Mansur Jumayev “Biz kutgan fasl” — 27 000 so‘m
4. Najmiddin Ermatov “Turon sog'inchi” — 31 000 so‘m
5. Furqat Alimardon “Qorakuya” — 27 000 so‘m
6. Suhrob Ziyo “Daryo” — 31 000 so‘m
7. Muhammadxon Yusupov “Deraza ortida” — 31 000 so‘m
8. Bayram Ali “Bosiriq” — 35 000 so‘m
9. MohiRa “Qirq birinchi kun” — 35 000 so‘m.
10. Gulrang “Gulqaychi” — 27 000 so‘m
11. Jaloliddin Sayyid “Huqqaboz” — 31 000 so‘m
12. Jumanazar Yo'ldosh “Sir” — 31 000 so‘m
13. Rahmat Bobojon “Ro‘baro‘” — 35 000 so‘m
14. Gulhayo Anorova “Avron” — 27 000 so‘m
15. Sevara Alijonova “Mahkum sayohati” — 31 000 so‘m

Umumiy narx: 457 000 so‘m
Chegirmali narx: 370 000 so'm

Chegirma butun to‘plamni sotib olganlar uchun amal qiladi: @akademsavdo

Shoshiling. "Izlam" ni birgalikda oʻqiymiz.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
#nazm

Koʻzyosh yarashmaydi erkakka harchand,
diydam qattiq deya nechuk aldandim:
xasta onasining boshida farzand
yigʻlaganin koʻrib koʻzim namlandi.

Bir ogʻriq kezarkan ikki ochunda,
boʻgʻzimni tirnadi yovvoyi ingroq;
doʻstim onasiga achingan kunda
men oʻz volidamga qildim qoʻngʻiroq...

Nogoh otasidan ayrildi doʻstim:
har ayriliq — nogoh,
hamma gʻam — nogoh,
birov qon yigʻladi,
birov qon qusdi —
ayrilish dardidan boʻldim men ogoh.

Bir ogʻriq kezarkan ikki ochunda,
diydam yumshadimi — tosh qotgan qadim,
doʻstim otasidan ayrilgan kunda
oʻz otamga umr soʻrab yigʻladim...

Bu bodi bolangni kechir, onajon,
uloqqan oʻgʻlingdan oʻkinma, ota,
har nechuk yodiga tushirsa al-on
yo gʻam,
yo xastalik,
yo dard,
yo motam.

Ikki ochundagi, ey, ikki habib,
diydam qotgan boʻlsa, oʻksimang hayhot,
bogʻbon gul ostini yumshatgan kabi
yumshatib turibdi diydamni hayot!

Mansur Jumayev

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
​​Onore de Balzak - "Gorio ota"

"Pinhona yaxshilik qilish faqat Xudoga ishonadigan odamlarning qoʻlidan keladi.."

Odamlar pul, mansab, obro‘ uchun nimalar qilmaydi deysiz?
Hatto o‘z oilasi, otasi va yaqinlaridan ham voz kechishi mumkinmi? Mumkin.

"Gorio ota" ana shunday voz kechilgan, qadrsiz, faqat nafi tekkandagina eslanadigan ota haqida hikoya qiladi. U hissiyotlariga asir, faqat mehr-muhabbatni tan oladigan, jamiyat va hayotning boshqa unsurlarini nazarga ilmaydigan ota. Ikki qizi uchun har narsaga tayyor, ular "oʻl desa o‘ladigan, qol desa qoladigan" ota. Ammo kimnidir haddan ortiq sevish hamisha ham yaxshilikka olib kelmaydi. Aynan Gorio otaning ikki qiziga bo'lgan ana shu sevgisi cholning fojiasiga sabab bo‘ladi. Chunki qizlari uchun bu sevgi qadr-qiymatsiz va bir tomonlama edi.

Roman Parijda joylashgan kichik bir oilaviy pansionda birgalikda yashovchi bir qancha insonlar hayotini tasvirlaydi. Ammo ularning aksariyati bir mavzu atrofida birlashadi: mol dunyo orttirish va o‘z mavqeiga ega bo‘lish.
Asarda 3 ta markaziy qahramon bo‘lib, ulardan birinchisi Gorio ota bo‘lsa, ikkinchisi Ejen de Rastinyak ismli yosh huquqshunos talaba yigit. U o‘z ambitsiyasiga ega bo‘lib, jamiyatdagi mavqeini ko'tarish uchun kiborlar davrasiga kirishga qaror qiladi va Gorio otaning qizlari bilan yaqin munosabat o‘rnatadi. Uchinchi qahramon - Votren, o‘z o‘tmishini yashirib, jamiyatga qarshi urush ochgan va bu urushda insonlardan foydalanishga harakat qiladigan sirli va xavfli shaxs.

Balzak asar qahramonlari misolida o‘sha davrdagi fransuz jamiyatining barcha chirkinliklarini, "usti yaltiroq, ichi qaltiroq" hayotni, inson qadrining mol-dunyo oldida sariq chaqa etilganini koʻrsatishga harakat qiladi. U Parijdagi yuqori va pastki sinf vakillari oʻrtasidagi ijtimoiy farqlarni, Gorio ota va Rastinyak misolida eski va yangi avlodlar orasidagi tafovut va oʻxsashliklarni ochib beradi. Qisqacha qilib aytganda, Gorio ota - faqat ikki qizidan mehr koʻrmagan ota emas, balki u butun jamiyatning, oʻsha davr fransuz ijtimoiy tizimining qurbonidir.

Romandan olgan taassurot va xulosalarim ijobiy. Siz ham men kabi fransuz klassik adabiyotini sevsangiz, kitob aynan siz uchun.
Oʻqishni tavsiya qilaman.
⭐️9/10.

P.S: 2024-yilda o‘qilgan 32-kitob)

#kitob_taqriz #book_review
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
#ibrat

ISTAKLARINGDAN CHEKINMA!

Muallim o‘quvchilaridan quyidagi mavzuda insho yozishlarini talab qildi:
"Katta bo‘lganingizda kim bo‘lmoqchisiz?"

O‘quvchilar ichida Monti degan bola bor edi. U shunday deb yozdi:
"Men katta bo‘lganimda, juda katta va keng yerlarga ega bo‘laman. U yerlarda ko‘plab otlar va chorvalar bo‘ladi!"

Muallim Montiga past baho qo‘ydi. Chunki, bu juda ham amri mahol ish edi. Shuni sabab qilib ko‘rsatdi. Keyin o‘quvchisiga yana bir imkon bermoqchi bo‘ldi. Unga dedi:

- Men senga boshqa bir imkoniyat beraman. Senda bahongni o‘zgartirib olish imkoni bor. Yangidan yoz: katta bo‘lganingda kim bo‘lmoqchisan?

Monti dedi:
- Qo‘ygan bahoyingiz qolaversin. Men istagimdan voz kechmayman!

Tabiiyki, o‘qituvchi o‘sha bahoni saqlab qoldi.

Monti ham o‘z istaklariga sodiq qoldi. Bugungi kunda Monti Kaliforniyaning eng badavlat kishilaridan biri. Uning juda katta yerlari bor. Minglab otlari va chorvalari bor.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Va nihoyat "Kirka" menga ham yetib keldi.

@asaxiybooks ga rahmat)

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Nimalar boʻlyapti?🤯

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Xushnudbek's blog)
Nimalar boʻlyapti?🤯 T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Oxirgi bir yilda toʻplagan kitoblarim asosiy javonimga sigʻmay har qayerda yotgan edi.

Bugun ularni yangi mini javonchamga joylashtirdik)😌

Zoʻrmi?😅

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Yangi kitoblarim bilan tanishing:

1. F.M.Dostoyevskiy "Telba" (noyob nashr)
2. F.Kafka "Evrilish"
3. Yavuz Bahodiroʻgʻli "Alvido Buxoro"


T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Bugun 11-noyabr, millionlab kitobxonlarning eng sevimli yozuvchisi F.M. Dostoyevskiy tavallud topgan sana.

Shu munosabat bilan noyabrni "Telba" bilan davom ettiraman.

Siz muallifning qaysi asarlarini oʻqigansiz/oʻqiyapsiz?

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat bilan o'qing🔥

Ingliz tilida qo'rqmasdan, o'ylanmasdan ravon gapirmoqchimisiz?
Til o'rganib o'z sohangizda yangi imkoniyatlarga ega bo'lmoqchimisiz?
Qisqa muddatda speakingdan darajasini oshirmoqchimisiz?
Grammatikani bilasiz, lekin uni gaplarizda qoʻllolmaysizmi?

Unda sizga oʻzimning online kursimni taklif qilaman👩‍🏫

BASIC ENGLISH SPEAKING kursi orqali siz kundalik hayotizni, ishlarizni, hissiyotlarizni ingliz tilida bemalol aytishni oʻrganasiz🗣.

Kurs davomiyligi 1 yarim oy. Darslar haftaning 5 kunida oʻtiladi. Yakshanba kuni tarkorlash 🔂

Narxi: 200 000 soʻm

Bogʻlanish uchun: @Laylobafoyevna

#reklama_emas, #jiddiy_tavsiya!

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
​​Adham Sharqoviy - "Tungi suhbatlar "

"Dunyo - bir qadah. Biz doimo unga quyganimizni ichamiz.."

Hayot turli voqea va hodisalar bilan to‘la. Ular yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat'iy nazar, inson ularning har biridan ibrat olishi va uni kelgusi hayotiga tatbiq qilishi kerak. Adham Sharqoviyning "Tungi suhbatlar" kitobi ana shunday ibratli hikoyalar va ulardan chiqarilgan saboqlar haqida hikoya qiladi. Ya‘ni bu kitob turli hikoya va voqealarni sharhlash orqali bizga hayotiy dars beradi.

Kitobga juda koʻplab hikoyalar kiritilgan. Ular orasida Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam davrlarida sodir bo‘lganlari ham, bugungi zamonga aloqadorlari ham bor. Ular mavzu jihatdan ham xilma-xil. Birida do‘stlik, yaqinlarga va ota-onaga bo‘lgan munosabatlar, oila qurish haqida fikr ketsa; boshqasida nafsni yengish, ichimizdagi "men" ga qarshi kurashish haqida yoziladi. Yana birida yovuzlik, yolgʻon, kibr va boshqa illatlar qoralanib; ezgulik, rostgo‘ylik, kamtarlik kabi insoniy fazilatlar ulugʻlanadi. Ularni birlashtirgan jihat esa bitta: har qanday vaziyatda ham haqni sevish.

Xo‘sh, bu kitobni kimlar o‘qishi kerak?
Bu kitob yosh, jins yoki kasb tanlamaydi: har qanday inson o'qishi mumkin. Ayniqsa, ruhiy dunyosi endi shakllanib kelayotgan yoshlar, oila qurish arafasida bo‘lgan yigit-qizlar va o‘smir yoshdagilar o‘qigani ma'qul. Chunki, bu kitobda har tomonlama sogʻlom oila qurish, er-xotin munosabatlari, inson ichki dunyosini poklash va jamiyatda na‘munali shaxs bo‘lib yetishish uchun yoshlarga kerakli tavsiyalar berilgan.

Kitobni o‘qishingizni istagan bo‘lardim. (Kitobning "Tonggi suhbatlar" degan qismi ham bor). O‘zi kichik, yo‘l-yo‘lakay o‘qib ketiladigan, lekin mag‘zini chaqsa foydadan holi bo‘lmaydigan kitob.
⭐️7/10

P.S: 2024-yilda o‘qilgan 33-kitob)

#kitob_taqriz #book_review
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Barbara Pravi - Voilà (C...
BarbaraPraviVEVO
Tongni go‘zal musiqa bilan boshlang va bugunni eslab qoling.

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
#new_books

Yangi kitoblarim yetib keldi.🧡

Siz ham asaxiyning 11.11 aksiyasida chegirmali narxlarda kitob xarid qilishga ulgurib qoling. Bugun aksiyaning oxirgi kuni
)

T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
#tonggi_nazm

Kuzak xonamgacha bostirib keldi.
Tashqariga chiqdim. Xazondan qochib.
Umrim tugayapti. Kelgin. Kel endi.
Yov yenggan shaharday yuragim ochiq.

Kuz bog'lar boshiga ne ish solmadi,
Ana, daraxtlarning so'ngaklari - cho'p...
Senga aytadigan so'zim qolmadi,
Senga aytadigan jimliklarim - ko'p...

Usmon Azim

Foto*
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Lekin shunday bo‘lsa ham yana qo‘shib qo‘yishim kerakki, inson kallasida tug‘iladigan har qanday daho g‘oyada yoki fikrda boshqa odamlarga anglatib yetkazib bo‘lmaydigan, jild-jild asarlar va sharhlar yozib, o‘ttiz besh yil tushuntirishga harakat qilib ham anglatib bo‘lmaydigan allanima qolib ketadi. Miyangizda aslo chetga chiqishni istamaydigan allanima doim qoladi, abadiy sizdan ajralmaydi. Siz shunday o‘lib ketasiz, o‘zingizning eng asosiy fikringizni hech kimga bildirmay, hech kim bilan o‘rtoqlashmay o‘tib ketasiz.

#mutolaa #telba
T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
2024/11/20 02:23:06
Back to Top
HTML Embed Code: