Forwarded from YAQIN
#mulohazam
Assalomu alaykum va rohmatullohi...
Kech bo‘lganda yozmoqlikni istadi bu qalb, aytib yurmaysiz...
Bugun Ona madrasadir kursimizdagi nazariy darsdan so‘ng shu fikrlar kelib qoldi...
Aksarimiz, mehmondo‘stmiz, dasturxon yoyish, keldi ketdilarga " Ustasi farang" bo‘lib ketganmiz: qanday dasturxon yozilishidan tortib, yostiq, ko‘rpachalar bir xilligi, idish tovoq, sanchqi qoshiqlarning qaysi tarafda turishiyu, qo‘yiq, suyuq, ovqatidan tirtib, shirinlik mevaga qadar hech narsani nazardan qochirmaymiz..
Guli guliga mos va hamma narsa bekamu ko‘st bo‘lmog‘i zarur...
Mehmonxonalarimiz bir emas, ikki uchtalab bezatiladi vaqti kelsa...
Unga ajratilgan vaqt, moddiy harajatlar, asti qo‘yaverasiz...
‼️Natija, baribir kimdir nimadandir norozi bo‘lib chiqib ketadi. Kim uchun shuncha yelib yugurish, to‘qlarni to‘ydiradigan ehsonlar, maraka, qirq, yil, o‘lik oshi, gap gashtak, uruflar, hoji oshi yana nimalardir...
Maqsadimiz nima?
To‘g‘ri ehson qilmoq dinimizda buyurilgan, ammo qanday, qay tartibda, kimlarga qilinishi kerak!
Hech shular haqida ham o‘ylab, o‘qib izlanganmizmi!?
Masalaning yana bir og‘riqli tomoni bor, mexmonxonalarga aylangan uyumizda farzandimiz uchun ajratilgan xona, yoki bur burchak bormi?!
Bolamuzning qiziqish, xohishlari inobatga olingan, o‘zi istagandek, bola bo‘lib yayrashi uchun zaruriy choralar ko‘rilganmi?!
Bolalar xonasi, yoki lux mebellar bilan bezatilgan xonalarni nazarda tutmayapman:(chizma,archima, yirtma, qimmatga olganmiz,ushlama sakrama,sindirpsan, buni falon pulga sen uchun olganmiz,degan minnatli so‘zlar)
O‘z xonasida, o‘ziga erkinlik berilmagan soxta, ko‘rgazma uchun qurilgan, ortiqcha" komfort" sharoitli bola xonalari emas...
Bolalarimiz, kirsa ko‘zi yashnaydigan, ular uchun oddiy lekin qulay bo‘lgan miiti farishtalarimiz uchun kichik beg‘ubor dunyochani nazarda tutdim, ajratilgan xonaning o‘zigina emas, bolalar tarbiyasiga, ta'limiga, rivojlanishiga qaratilgan e'tiborimiz, dunyo bezaklarga o‘chligimiz, odamlarni rozi qilishga bo‘lgan intilishimizchalik bormi?!
Axir, farzandlar omonat, Oxiratda har birimuz so‘ralamiz, bu omonatlardan...
Bu bilan hech kimni yashash tarziga, sharoitiga e'tiroz bildirib, tanqid qilmoqchi emasman. Faqatgina, nima qilayotganimizni, qanday yo‘ldan ketayotganimizni ongli ravishda tafakkur qilib, joy- joyiga tushurib olaylik deyman...
Farzandimizga bizdan ko‘ra kerakliroq, muhimroq, jon kuydiradigan hech kim yo‘q!
Biz ayni damda ularga namuna, o‘rnak o‘laroq kerakmiz, ular bizga haqiqatda muhtoj...
Farzand tarbiyasini, ta'limini e'tiqidini bir chetga surib qo‘yib, dunyo uchun, o‘zining moddiy manfaati uchun ishlashga oshiqayotgan Ayollarni, Uhud g‘azotida, o‘z joyini tashlab, himoyani qo‘yib o‘lja uchun yugurib tushib ketgan kamonchilarga o‘xshataman...
SHaxsiy fikrim...
Dunyo bilan o‘ralashib qoldik...
Maqsadni qo‘yib...
Bor imkoniyatdan foydalanib, qo‘ldan kelgan zaruriy choralarni ko‘raylik, izlagan imkon topadi, har qanday vaziyatning go‘zal yechimi bor...
✍Rahimova Barno
@UmmuAbubakrBilol
https://www.tgoop.com/YaqinOzbek

Telegram
YAQIN
Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz. Manbasi bilan oling.
Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot
Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot
Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
Forwarded from Ramazonga Tayyorgarlik Kursi ( Faqat opa-singillarimiz uchun)
Aziz opa-singillar
Uchinchi darsimiz seshanba 18 fevral kuni Chikago vaqti bilan 10:00da va Toshkent vaqti bilan 21:00da bo'lib o'tadi, insha'Allah
Jonli efirga ulanish uchun ushbu linkka bosing
Youtube:
https://www.youtube.com/watch?v=tWaFgW4oA88
Telegram: https://www.tgoop.com/+1uxp6Hl0inhmMGFi
Uchinchi darsga qadar avval o'tilgan darslardan berilgan vazifalarni bajarib, yuqoridagi testlarni yechib olamiz.
Darsga daftar va qalamlarimizni tayyorlab o'z vaqtida qo'shilamiz, dars davomida xulosalarimizni yozib boramiz.
Barchangizni jonli efirda kutib qolamiz.

YouTube
Ramazonga tayyorgarlik: Kun tartibini rejalashtirish va Ramazondan unumli foydalanish
Ramazonga tayyorgarlik kursi – muborak oyga yetuk holda yetishing!
📖 Ramazon – faqat ro‘za emas, balki ruhiy va ma’naviy tayyorgarlikni ham talab qiladi! Siz Ramazonda yanada chuqurroq ibodat qilishni, vaqtni samarali boshqarishni va oilangiz bilan ma’naviy…

#savol #savoljavob
❓ O'zimni isloh qilmoqchiman. Nimadan boshlashim kerak?
Javob:
Har kuni boshingizda aylanib yurgan o'y-hayollaringizga e'tiborli bo'ling.
Nimani o'ylayapsiz? Nima haqida ko'proq fikr yurityapsiz? Atrofingizdagilar bilan nima haqida suhbatlashyapsiz? Shubhasiz sizdagi o'y-hayollar sizda ma'lum bir hissiyotlarni keltirib chiqaradi.
Hissiyotlaringizga e'tiborli bo'ling, ularni nazorat qiling. Shubhasiz sizdagi hissiyotlar sizda ma'lum bir xatti-harakatlarni keltirib chiqaradi.
Xatti-harakatlaringizga e'tiborli bo'ling zero bu sizda ma'lum bir odatlarni yaratadi.
Odatlaringizga e'tiborli bo'ling zero sizdagi odatlar sizni xarakteringizni (xulq-atvorni) yaratadi.
Xarakteringizga e'tiborli bo'ling zero bu sizning qadaringiz, hayotda qanday yashab o'tishingizni sizdagi xulq-atvor belgilab beradi.
Shunday qilib hammasi nimadan boshlangan edi? Sizdagi o'y-hayollar, tushunchalar, fikrlash tizimidan. Eski odatlarni tashlab yangi odatlarni shakllantirmoqchi bo'lsangiz avvalo tushunchalaringizni yangilang, fikrlash tizimingizni yangilang.
Hop buni bildik, shu tushunchalar qayerdan kelib chiqadi desangiz - Siz har kuni nima o'qisangiz, ko'rsangiz, tinglasangiz, oilada, do'stlar davrasida nima haqida suhbashsangiz shubhasiz shu narsalar sizni o'y-hayollaringizni band etadi, fikrlash tizimingizga ta'sir qiladi.
Keling, kecha o'tkazgan bir kuningizni taftish qiling, xolisona tahlil qiling.
Har kuni nima ko'ryapsiz? Serialmi, falonchi yulduzni nima ovqat yeganimi yoki qayerga sayohat qilganimi? Yoki foydali hujjatli filmmi? Manfaatli ko'rsatuvmi?
Har kuni nima o'qiyapsiz? Be'mani vaynlarga qoldirilgan tuturuqsiz izohlarnimi? Shou biznesdagi xabarlarnimi? Yoki tafsirmi? Siyrat kitobimi? Hadislar sharhimi?
Har kuni nima tinglayapsiz? Vaqtingizni o'g'irlaydigan be'mani qo'shiqlarmi? Yoki mutolaa ilovasidan audio kitoblarmi? Ustozlarning kanalidan darslarmi?
Dunyodagi voqea-hodisalarga qanday nazar bilan boqishni dunyoqarash deyiladi. Dunyoqarash ilm olish bilan o'sib, rivojlanib boradi. Agar siz ma'naviy ozuqalar bilan dunyoqarashingizni yangilamasangiz, yangicha harakatlana olmaysiz. Zero har qanday harakat ildizi bir tushunchaga asoslanadi.
Shunday qilib, foydali kitoblar o'qiyverasiz, o'qiyverasiz, o'qiyverasiz. Foydali darslar tinglayverasiz, tinglayverasiz, tinglayverasiz. Foydali ko'rsatuvlar ko'raverasiz, ko'raverasiz, ko'raverasiz. Muvaffaqiyat siri muntazamlikda. Oz bo'lsa ham ilm olishda davom etaversak bir nuqtada uning natijasi albatta ko'rinadi, inshaAllah.
Iroda Ahmed

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
YAQIN
Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz. Manbasi bilan oling.
Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot
Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot
Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
YAQIN
Aziz opa-singillar Uchinchi darsimiz seshanba 18 fevral kuni Chikago vaqti bilan 10:00da va Toshkent vaqti bilan 21:00da bo'lib o'tadi, insha'Allah Jonli efirga ulanish uchun ushbu linkka bosing Youtube: https://www.youtube.com/watch?v=tWaFgW4oA88…
👋Eslatma
🔈Bugungi darsimizga 2.5 soat qoldi 👆🏻

5 daqiqada boshlaymiz insha'Allah. Yig'ilishib turamiz 👆🏻
Forwarded from Ramazonga Tayyorgarlik Kursi ( Faqat opa-singillarimiz uchun)
Ramazonga tayyorgarlik 3-dars .pdf.pdf
38.6 MB
Forwarded from Ramazonga Tayyorgarlik Kursi ( Faqat opa-singillarimiz uchun)
YouTube
Ramazonga tayyorgarlik: Kun tartibini rejalashtirish va Ramazondan unumli foydalanish
Ramazonga tayyorgarlik kursi – muborak oyga yetuk holda yetishing!
📖 Ramazon – faqat ro‘za emas, balki ruhiy va ma’naviy tayyorgarlikni ham talab qiladi! Siz Ramazonda yanada chuqurroq ibodat qilishni, vaqtni samarali boshqarishni va oilangiz bilan ma’naviy…
📖 Ramazon – faqat ro‘za emas, balki ruhiy va ma’naviy tayyorgarlikni ham talab qiladi! Siz Ramazonda yanada chuqurroq ibodat qilishni, vaqtni samarali boshqarishni va oilangiz bilan ma’naviy…
Ойгул унаштирилса, унаштирилган йигити билан қучоқлашиб бўй-бўй суратларини ижтимоий тармоқларга улашади.
Шуҳрат уйланиб хотинининг расмини профил сурати қилади.
Наргиза фарзанд кўради, инстаграмдан тортиб ватсабу телеграмларгача боласининг суратларини қўйиб "Маша Аллоҳ" дейди.
Кумуш эрининг бозорлигини музлаткичга чиройли тахлаб, суратга олади, инстаграмда улашганида юздан ортиқ "лайк" келиши учун.
Зуҳра емакхонага борса, овқатлари совугунча чиройли фонли сурат олишга уринади.
Хуллас, маҳрамият, андишаю ҳаё ер билан битта бўлди.
Эл-юрт орасида хотини билан ёнма-ён юришга уялган боболаримизнинг набиралари бугун хотинини никоҳлаб олмасдан бурун қучоқлаб ҳаммага кўз кўз қилади.
Пишираётган таоми қўшнининг бурнига сезилишидан истиҳола қилган момоларимизнинг набиралари еган-ичганидан тортиб, ич кийимларигача интернетда ҳаммага кўрсатадиган бўлди.
Жуфтининг исмини тилга олишдан ҳаё қилган буюкларнинг авлодлари бугун мана шу аҳволда. ''Номаҳрамнинг кўзи тушмасин!'' дея вафот этганида тунда кўмилишни истаган Ҳазрати Фотима ва фотимақалбли қизлардан қандай қилиб бор бўйию вужудини кўз-кўз қилиб суратлар улашадиган қизлар туғилди?
Тор кийинишдан андиша қилган, ўзини, иффатини муҳофаза қилган эркаклар қандай қилиб тор почали шимлар киядиган, танасининг ҳамма жойини элга кўрсатадиган кийимларда бемалол юрадиган эркакларга айланди?..
Ҳаё ҳисси билан кўзи ёригунича ҳомиладорлигини яширишга уринган оналардан, тор кийимлар билан ҳаётда ва ижтимоий тармоқда қаппайган қорнини кўз-кўз қиладиган оналар қандай кўпайди?
Биз қандай қилиб, маҳрамият рашкининг шарму ҳаёси билан танилган аждодларнинг маҳрамиятни билмаган, рашки йўқ, шарму ҳаёдан маҳрум авлодлари бўлдик?
Кеча ва бугун ўзгариб кетган қадриятларимиз ва ҳаёт тарзимизни ислоҳ қилишни аввал ўзимиздан бошламоғимиз керакмикин?...
* Ижтимоий тармоқларда эримиз (хотинимиз) билан қучоқлашиб турган суратимизни жойламаслигимиз — ёлғизлигимизни англатмайди.
* Интернетда болаларимизнинг суратларини қўйиб тил учида "Маша Аллоҳ"лар қабул қилишга иштиёқманд эмаслигимиз — бефарзандлигимизни билдирмайди.
* Ижтимоий тармоқларда овқатланаётганимиздаги суратларни баҳам кўрмаслигимиз, бизнинг оч ёхуд емакхоналарга бормаслигимизни билдирмайди.
* "Бу ишни қилдим!", "Фалонча ютуққа эришдим!", "Писмадон жойларга бордим!" дея мақтаниб блогпостлар қўймаслигимиз — бекорчилигимизга ишора эмас.
Биз ўзимизга берилган ҳамма нарса, нафасдан тортиб токи мана шу сўзларни ёзаётганда клавиатурани босаётгандаги бармоқларимизнинг ҳаракати ҳам шак-шубҳасиз Аллоҳдан эканини яхши биламиз! Бизнинг ҳеч нимамиз йўқ! Ҳеч нарсага қодир эмасмиз! Бўйнимиздан миямизгача мингларча томиру томирчалар борган. Биттаси узилса ё жинни бўламиз, ё ўламиз. Нимамизга бунча ишонамизу, нимамизни мақтаб кўз-кўз қиламиз?!
Умида Азиз

Va nihoyat Ramazonga tayyorgarlik rukni asosidagi so'nggi darsimiz chorshanba 19 fevral kuni Chikago vaqti bilan 10:00da va Toshkent vaqti bilan 21:00da bo'lib o'tadi, insha'Allah
Jonli efirga ulanish uchun ushbu linkka bosing
Youtube:
https://www.youtube.com/watch?v=-SHfVET1rEo
Telegram:
https://www.tgoop.com/+Fvymw00zdmRiNDYy
Darsga qadar avval o'tilgan darslardan berilgan vazifalarni bajarib, yuqoridagi duolarni yodlab olamiz.
Darsga daftar va qalamlarimizni tayyorlab o'z vaqtida qo'shilamiz, dars davomida xulosalarimizni yozib boramiz.
Barchangizni jonli efirda kutib qolamiz.
Va nihoyat Ramazonga tayyorgarlik rukni asosidagi so'nggi darsimiz chorshanba 19 fevral kuni Chikago vaqti bilan 10:00da va Toshkent vaqti bilan 21:00da bo'lib o'tadi, insha'Allah
Jonli efirga ulanish uchun ushbu linkka bosing
Youtube:
https://www.youtube.com/watch?v=-SHfVET1rEo
Telegram:
https://www.tgoop.com/+Fvymw00zdmRiNDYy
Darsga qadar avval o'tilgan darslardan berilgan vazifalarni bajarib, yuqoridagi duolarni yodlab olamiz.
Darsga daftar va qalamlarimizni tayyorlab o'z vaqtida qo'shilamiz, dars davomida xulosalarimizni yozib boramiz.
Barchangizni jonli efirda kutib qolamiz.
YouTube
Ramazonga tayyorgarlik: so'nggi 10 kunlik, qadr kechasi va amaliy tavsiyalar
Ramazonga tayyorgarlik kursi – muborak oyga yetuk holda yetishing!
📖 Ramazon – faqat ro‘za emas, balki ruhiy va ma’naviy tayyorgarlikni ham talab qiladi! Siz Ramazonda yanada chuqurroq ibodat qilishni, vaqtni samarali boshqarishni va oilangiz bilan ma’naviy…
📖 Ramazon – faqat ro‘za emas, balki ruhiy va ma’naviy tayyorgarlikni ham talab qiladi! Siz Ramazonda yanada chuqurroq ibodat qilishni, vaqtni samarali boshqarishni va oilangiz bilan ma’naviy…
YAQIN
Aziz opa-singillar Va nihoyat Ramazonga tayyorgarlik rukni asosidagi so'nggi darsimiz chorshanba 19 fevral kuni Chikago vaqti bilan 10:00da va Toshkent vaqti bilan 21:00da bo'lib o'tadi, insha'Allah Jonli efirga ulanish uchun ushbu linkka bosing …
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ramazonga Tayyorgarlik Kursi ( Faqat opa-singillarimiz uchun)
Ramazonga tayyorgarlik 4 pdf_250219_200410.pdf
29.2 MB
Forwarded from Ramazonga Tayyorgarlik Kursi ( Faqat opa-singillarimiz uchun)
YouTube
Ramazonga tayyorgarlik: so'nggi 10 kunlik, qadr kechasi va amaliy tavsiyalar
Ramazonga tayyorgarlik kursi – muborak oyga yetuk holda yetishing!
📖 Ramazon – faqat ro‘za emas, balki ruhiy va ma’naviy tayyorgarlikni ham talab qiladi! Siz Ramazonda yanada chuqurroq ibodat qilishni, vaqtni samarali boshqarishni va oilangiz bilan ma’naviy…
📖 Ramazon – faqat ro‘za emas, balki ruhiy va ma’naviy tayyorgarlikni ham talab qiladi! Siz Ramazonda yanada chuqurroq ibodat qilishni, vaqtni samarali boshqarishni va oilangiz bilan ma’naviy…
ЭЛ
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Нияти бўлакча, амали мавҳум.
Бу элдан Бухорий чиқиши мумкин,
Лекин ғарибликда яшашга маҳкум.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Тушуниб бўлмайди асрорларини.
Машрабни осади ва орқасидан
Йиғлаб ўқиб юрар ашъорларини.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Ботини чиркинлик, зоҳири содда –
Ўткан кунларини ёзган ўғлини
Билмай отиб қўяр Юнусободда.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Тимсоҳ кўз ёшидан битмиш луғати.
Ибн Синони-ю Улуғбегини
Ўзи туғади ва ўзи бўғади.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Тушуниб бўлмайди сира ҳам, айтсам.
Бир жарлик кўраман йўл охирида,
Олдинга юр, дейди орқага қайтсам.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Буюклик шарафдир, бироқ ўй сурманг.
Тағин, дардларини эшитайин деб
Бобурни сира ҳам уйғота кўрманг!!!
✍ Хайрулла Ҳамидов
https://www.tgoop.com/YaqinOzbek
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Нияти бўлакча, амали мавҳум.
Бу элдан Бухорий чиқиши мумкин,
Лекин ғарибликда яшашга маҳкум.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Тушуниб бўлмайди асрорларини.
Машрабни осади ва орқасидан
Йиғлаб ўқиб юрар ашъорларини.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Ботини чиркинлик, зоҳири содда –
Ўткан кунларини ёзган ўғлини
Билмай отиб қўяр Юнусободда.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Тимсоҳ кўз ёшидан битмиш луғати.
Ибн Синони-ю Улуғбегини
Ўзи туғади ва ўзи бўғади.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Тушуниб бўлмайди сира ҳам, айтсам.
Бир жарлик кўраман йўл охирида,
Олдинга юр, дейди орқага қайтсам.
Ғалати элат бу, ғалати эл бу,
Буюклик шарафдир, бироқ ўй сурманг.
Тағин, дардларини эшитайин деб
Бобурни сира ҳам уйғота кўрманг!!!
✍ Хайрулла Ҳамидов
https://www.tgoop.com/YaqinOzbek
Telegram
YAQIN
Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz. Manbasi bilan oling.
Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot
Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot
Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
Forwarded from YAQIN
#eslatma
Qayerda bo'lishingiz kerak bo'lsa ayni o'sha yerdasiz. Hech kimdan o'zib ham ketmadingiz, hech kimdan qolib ham ketmadingiz. Ayni sizga atalgan yerda turibsiz, alhamdulillah.
Sizga bitilgan rizq sizdan qochib qutula olmaydi. Sizga atalmaganiga esa siz quvib yeta olmaysiz. Hammasi Allohdan, shunday ekan siz yashab turgan hayot siz uchun eng hayrlisi, alhamdulillah.
Bundan boshqacha bo'lishi mumkin edi deb ko'p ham tashvish qilmang, yuragingiz siqilmasin, qalbingiz o'ksimasin chunki bo'lishi kerak bo'lgan nimaiki bo'lsa hammasi sodir bo'ldi. O'tmishdagi o'tmishda qoldi, undan boshqacha bo'lishi mumkin emas edi, chunki u Allohning irodasi edi, alhamdulillah.
Hulosalaringizni faqat kelajakda yaxshiroq qaror, yaxshiroq tanlov olish uchun ishlata olasiz. Shunday ekan har bir voqea-hodisadan o'zingizga kerakli hulosa chiqaring va faqat olginga qarab yurishda davom eting. Allohdan yaxshi gumonda bo'ling.
Sabablarini ushlaysiz, nimagadir erishasiz, nimadandir quruq qolganday bo'lasiz. Hammasi Allohdan, hammasi yaxshilikka, hammasida hayr bor. Ishoning, hali hammasi yaxshi bo'ladi .... Toki sizda imon ne'mati bor ekan, mo'min uchun har ishda hayr bor alhamdulillah.
Iroda Ahmed
@YaqinOzbek