Telegram Web
Boʻtaxonov Furqatbek Tojimuhammadovich bunga qadar Buloqboshi tumani hokimining birinchi oʻrinbosari edi.

Yuksalish_live
Yoʻldoshev Boburbek Bahodirovich bunga qadar Marhamat tumani hokimi edi.

Yuksalish_live
Xalqaro kongress markazida o‘tadigan forumda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Onlayn ko‘rish

Yuksalish_live
"Jahon iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari soʻnggi uch yil davomida pasaymoqda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar bilan bogʻliq tendensiyalar ham kutilgan umidlarni oqlamayapti... Biroq hech bir mamlakat bu kabi oʻtkir muammolarni yakka holda hal eta olmaydi. Oʻzaro ishonch va hurmat ruhi, bir-birini qoʻllab-quvvatlash tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni boʻlib qolaveradi” - Shavkat Mirziyoyev.

Yuksalish_live
Endilikda xorijiy investorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar boʻyicha soliqlardan 3 yil muddatga ozod etiladi - Prezident.
⚡️Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Oʻzbekistonning yirik banklaridan biri boʻlgan “Asakabank”ni xususiylashtirish boʻyicha bitim imzolandi.
⚡️Zamonaviy xalqaro tajriba asosida yangi tahrirdagi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinadi.
Senatning 55-yalpi majlisida qonun ma’qullandi. Unga ko’ra o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish huquqi berilmoqda.

Yuksalish_live
Norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat koʻrsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar koʻp.

To'lovlarni fiskallashtirish o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarning daromadlari haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:

🔹 125,6 ming nafari 1 mln soʻmgacha;
🔹 104 ming nafari – 1-5 mln so‘m;
🔹 45,3 ming nafari – 5-10 mln so‘m;
🔹 78 ming nafari – 10-50 mln so‘m;
🔹 7,6 ming nafari – 50-100 mln so‘m.

171 nafar haydovchining daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.

Yuksalish_live
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili Akiko Fujini qabul qildi.

Mamlakatimizda barqaror rivojlanish uchun va eng yaxshi sharoitlar yaratish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilindi.

Yuksalish_live
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Qoraqalpogʼiston Respublikasiga tashrif buyuradi

Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obʼektlarini koʼzdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.

20 avgust kuni Nukus shahrida Oʼzbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti boʼlib oʼtadi.

Yuksalish_live
22-avgust kuni O‘zbekistonda Ochiq budjet portalida tashabbuskor byudjetlashtirish loyihalari bo‘yicha 2024-yilning ikkinchi mavsumi uchun ovoz berish bosqichi boshlandi. Ovoz berish 31-avgust soat 23:59 gacha davom etadi.

Yuksalish_live
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi.

Yuksalish_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentlar tegishli shartnomani imzolab, Oʼzbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini ittifoqchilik darajasiga olib chiqdilar.

Yuksalish_live
Oʼzbekiston-Ozarbayjon Davlatlararo oliy kengashining birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʼlib oʼtdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Ilhom Аliev Ittifoqchilik munosabatlari toʼgʼrisidagi shartnomani imzoladilar.

Yuksalish_live
Keldiyorova Milliy ijtimoiy himoya agentligi vakili etib tayinlandi

Milliy ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish agentligi vakili etib tayinlanganini maʼlum qildi.

Yuksalish_live
Davlat rahbari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag'ishlangan Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining Aksilterror markazi konferensiyasi ishtirokchilariga murojaat yo'lladi.

Yuksalish_live
Anqarada Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi. Monumentning ochilish marosimi O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tdi.

Yuksalish_live
⚡️ Uy-joy Kodeksiga o'zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko’ra, hech kim sud qarorisiz va qonuniy bo'lmagan boshqacha tarzlarda o'z uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Shu bilan birgalikda, uy-joyidan mahrum bo’lgan mulkdorga uy-joyining puli va unga yetkazilgan zarar oldindan va teng qoplab beriladi.

Yuksalish_live
2024/09/30 12:36:40
Back to Top
HTML Embed Code: