Telegram Web
MehrNoz
Бир жудда ёмон воқеа ҳақида мурожаат бўлди. Мурожаатчи ўзим шахсан танийдиган аёл, университетда дарс беради, хорижий тиллар бўйича PhD қилмоқчи, олима. Ёлғиз она, ўғлини ўзи катта қиляпти. Ўғли ҳали гўдак. Шу пайшанба — 16 ноябрдан 17 чига ўтар кечаси тоби…
Feldsher voqeasini kanalga ulashganim uchun xabar berib qo’yay, internetdagi “rezonans”dan keyin bu bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atilibdi.

Jamoatchilik nazorati kuchayayotgani va organlar faoliyatiga ta’sir qilayotgani yaxshi, lekin mas’ullar to ijtimoy tarmoqlar “portlamaguncha” bu kabi jirkanch holatlarga befarq bo’layotgani yomon.

Tarmoqlarda asossiz ma’lumotlarga tayanib, Shahnoza opaning shaxsiga haqorat va tuhmat yog’dirayotganlarni esa umuman tushunmadim.

Bir ziyoli ayol boshqa o’zi tanigan olima ayolning haqsizlikka uchraganidan kuyunib, bu kabi ayanchli holatlar boshqa ayol-qizlarning boshiga tushmasligi uchun tegishli vazirlik va idoralarga yoqmasa ham jur’at qilib bu haqida post joylasayu, ayrim nomardlar uni yumma talasa.

G’alati dunyoda yashayapmiz… Insof bersin hammamizga.

@abbosova_mehrinoz
Forwarded from Usmonip
#nazm

Dunyo hali noraso, hali
o‘rtamizda chopar ayriliq,
chaqiramiz bir-birimizni
og‘zimizni yopar ayriliq.

Nafrat yashar dunyoda hali
yozilganday qaysi kitobda.
Muhabbatning asrini kutib,
o‘tiribmiz ikki qutbda.

Shavkat Rahmon

@usmonosphere
Qog’ozga tushmagan hislardan go’zali yo’q! Ichingda “shedevr yozaman” degan orzu bilan bir marta entikib qo’yishing, millionta shedevr asarni yozib tugatishingdan balandroq tuyg’u.

P/s: Suratdagi kitob Samarqandda hamrohim bo’lyapti. Shedevr shaharlarda shedevr asarlarni o’qimoq kerak)

@abbosova_mehrinoz
#kundalikdan

Ming yillarki, takror yog’adi yomg’ir,
Samarqand yomg’iri har doim birinchi marta yog’adi.

Ming yillarki, takror chiqadi quyosh,
Samarqand quyoshi har doim birinchi marta chiqadi.

Ming yillarki, qo’shiq kuylayman,
Ming yillarki, nafasim yetmas Samarqand notasiga.

Ming yillarki, ishlayman suvrat,
chala qolar mudom Samarqand.

Ming yillarki, qo’limda qalam,
botinmayman
“Samarqand” so’zini yozmoqqa.

Ming yillarki, “Sherdor” naqshlariga termulaman,
Ko’zlarimga to’lib qolgan Registon.

Ming yillarki, firuza tushlarda yashayman,
uyg’onaman firuza gumbazlar yurtida.

Ming yillarki, jadid og’riqlar bilan
Samarqandsiz tonglarimning badalini to’layman.

Ming yillarki…

Foto muallifi: Samarqandlik Marjona🫶🏻

@abbosova_mehrinoz
Ayol-qizlar bilan bog’liq mana bunday go’zal xabarlar ham bor O’zbekistonda:

Samarqand shaxmat maktabi tarbiyalanuvchisi – Afruza Hamdamova o’zbek shaxmatida ilk ayol jahon chempioni bo’ldi!

Taqdiring isming ma’nosidek yorug’ bo’lsin, Afruza!

@abbosova_mehrinoz
"Men agar yana bir marta yashaganimda hayotda ko‘proq xato qilishga urinardim, mukammal bo‘lishga intilmasdim.
Telbaroq bo‘lishni odat qilardim.
O‘zimni doim jiddiy tutmasdim.
O‘ta sarishta bo‘lmasdim.
Xavf-u xatarlardan cho‘chimas edim.

Ko‘proq sayohat qilardim.
Kun botishini ko‘proq kuzatardim.
Tog‘larga ko‘proq chiqardim.
Ko‘proq daryolarda suzardim.
Hech qachon bormagan joylarimda bo‘lardim.
Dukkaklilarni kamroq, muzqaymoqlarni ko‘proq yerdim.
Tasavvuriy muammolardan ko‘ra, ko‘proq haqqoniy muammolarga duch bo‘lishga urinardim.
Chunki men butun hayotimning har bir daqiqasida aql va samara bilan yashashga harakat qildim.

Albatta, umrimda quvonchli damlarim bo‘ldi.
Ammo agar boshqatdan yashay olganimda faqat xursandchilikni odat qilardim.

Agar siz hayotning mazmunini bilmasangiz, fursatni boy bermang!

Afsuski, men bir umr hech qachon hech qayerga termometrsiz, termosda issiq suvsiz, soyabonsiz, parashyutsiz bormadim.

Agar yana bir marta yashaganimda -- yengil kiyimlarda sayohat qilardim, erta bahordan to kech kuzgacha oyoqyalang yurardim. Ko‘proq aravalarga minardim, tong otishini tomosha qilardim, bolalar bilan ko‘proq o‘ynardim.

Agar umrim oldinda bo‘lganidami--
Lekin men endi 85 yoshdaman, qazoyim yaqinligini bilaman..."

Xorxe Luis Borxes, argentinalik yozuvchi

@abbosova_mehrinoz
Tepadagi fikrlarni o’qib, avvalroq yozgan bir she’rcham esimga tushib ketdi. Borxes tog’am 85 yoshda kelgan iqrorga men 25 yoshda kelgan ekanman-da. Yaxshimas, yaxshimas…)

***
Qilolmagan gunohim kechir,
Yozilmagan she’rimni yodla.
Qolip to’la dunyodan kechib,
Oxiri yo’q safarga otlan.

Qalbxurjunga ketar chog’ingda
yashalmagan hislarni joyla.
Chiq, ming yillik tor qobig’ingdan,
olamni kez – quyoshlan, oylan.

Sirni sig’dir jon-u jismingga,
Avrasa ham iblisning sehri.
Qaytajaksan bir kun ismingga,
O’zing yaxshi qizsan-ku, Mehri!

✍️MehrNoz

@abbosova_mehrinoz
Cem Adrian - Ne Ağlarsın...
Cem Adrian
#musiqali_yakshanba

Men musiqa va ovozning rangi bo’lishini, u tovlanishi mumkinligini kecha Cem Adrianning konsertida tugalroq angladim. Ko’zingiz bilan ko’rolmagan ranglarni sharqilarda qalbingiz bilan his qilishingiz mumkin ekan.
Cem jonli ijroda kuylaganda, butunlay boshqa Cem ekan. Tinglaganda bo’g’zimga tinimsiz og’riq tiqildi-yu, uyga qaytgach, ancha yengillashganimni tuydim.

Ayniqsa, G’azodagi urushda ota-onasidan ayrilgan jujuqlarga, Falastin xalqiga bag’ishlab aytgan qo’shig’i: “Ne ağlarsın” da to’kilvoldim….

(Konsertda boshqacha ijro qildi, qo’shiq ta’sirida videoga olishni unutibman)

@abbosova_mehrinoz
Kanalda yangi loyiha boshlayapmiz – “Yashil mikrofon”

Ovozli chat mehmoni – Iqbol Qo’shshayeva.

E’lonni boshqalarga ham ulashing, Iqbol opaning suhbatini kutganlar bexabar qolmasin. Beradigan savollaringizni hozirdan o’ylab tursangiz ham bo’ladi.

Demak, bugun, soat 22:00 da shu yerda ko’rishamiz.

@abbosova_mehrinoz
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
***
Shahar. Uy. Ishxona. Egizak kunlar,
Nuqul vaqt o'ynatar boshimda qamchi.
Umidim Sizifning toshidek qular,
Tag'in chorlayverar dunyo –aldamchi.

Yashayman–ongimda bodraydi savol,
Isyonim yoyilar ko'zimdan sizib.
To'satdan umrimda ro'y berib bahor,
To'satdan borliging qolgandek sezib.

G’irrom o’yinlarni tark etolsaydim,
O’zimni asrashga jur’atim yetsa.
Borim ehson qilib, so’ramay qaytim,
Ketish kerak paytda mardona ketsam.

Ammo, bir vatansan nochor va abgor,
Yoding qumsayurman olamlar kezib.
Bir kuni umringda ro’y berar bahor,
Bir kuni borligim qolasan sezib.

Xudo rahmat qilsin meni o’shanda…

✍️MehrNoz

@abbosova_mehrinoz
#yashil_mikrofon
#kechagi_suhbatdan

Fyodr Dostoyevskiyning “Telba” romanida shunday parcha bor: Knyaz Mishkin Aglayaga uylanishi aniq bo’lgan, unashtiruv marosimini o’tkazib, xursand, kayfiyati chog’ ketayotganda, yo’lidan Ippolit chiqib qoladi. Ippolit asarda o’pka kasaliga chalingan, o’limi yaqin, baxtsiz bir inson qiyofasida gavdalangan va kimdir baxt-u quvonchi haqida gapirsa, o’zining dardini ming’ir-sing’ir qilib, kulfatini, dunyoni qanchalik qora rangga bo’yalganini eslataveradi, xullas, kayfiyatni xira qiladigan inson va qaysidir ma’noda hasadning timsoli deyish mumkin. Ippolit Knyaz Mishkindan “Men yaqinda o’laman, chiroyli ketmoqchiman, munosib o’lim topmoqchiman, shuning yo’li bormi”, deb so’raydi. “Nima qilsam men dunyo bilan munosib xayrlashgan bo’laman“
Shunda Mishkin: “Baxtimizni kechiring, yonimizdan o’tib keting”, deydi.
Hasadni inson qanday yengishi mumkin? Har bir odam agar o’zini nazorat qilolmasa, bu badbaxt tuyg’uga ilakishib qolishi hech gapmas. Lekin shuni bir amallab yengsa bo’larkan. Imkon qadar, baxtli odamlarning oldidan jimgina o’ta bilish ham juda katta fazilat. Bu dunyo bilan inson bo’lib xayrlashishning eng asosiy belgisi, sharti bu o’zingdagi hasadni yenga olish ekan.

Iqbol Qo’shshayeva

@abbosova_mehrinoz
Kun boshida ajoyib xushxabarni bo’lishmoqchiman.

Jahonning tan olingan ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlarini o’zbek tiliga tarjima qilib, kitob holida chop etish muhimligini ziyolilar, kech jamoatchilik anchadan beri aytib keladi. Nihoyat, bunga oid Prezident Qarori chiqdi.

📚Qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.

🔰 Kitoblarni tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda – Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi;

2️⃣-bosqichdaaholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tanlab olish uchun dastlabki ro‘yxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy ro‘yxat shakllantiriladi.

Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar ro‘yxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

🗓 2023–2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari ko‘riladi.

➡️ Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bog‘liq davlat xaridlari talabgorlar o‘rtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

📲 O‘zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.

@abbosova_mehrinoz
MehrNoz
Kun boshida ajoyib xushxabarni bo’lishmoqchiman. Jahonning tan olingan ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlarini o’zbek tiliga tarjima qilib, kitob holida chop etish muhimligini ziyolilar, kech jamoatchilik anchadan beri aytib keladi. Nihoyat, bunga oid Prezident…
Bu dunyo ko’o’p hujjatlarni ko’rgan, qancha qaror va qonunlar qog’ozda qolib ketgan. Jamoamiz uchun katta mas’uliyat bu. Sifatli amalga oshirish nasib qilsin, ilohim. Duo qilib turinglar🤲

@abbosova_mehrinoz
2024/09/21 17:47:25
Back to Top
HTML Embed Code: