Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
614 - Telegram Web
Telegram Web
Dasturchiga ko'p sohalarni bilish qanchalik muhim ?

Iqtidorli dasturchining eng kerakli sifatlardan biri bu moslashuvchanlik va o'rganuvchanlik. Dasturchi ishlayotgan loyiha bevosita ko'p sohalar bilan bog'liq bo'lishi mumkin (iqtisodiyot, ta'lim, telekomunikatsiya, yoki qishloq xo'jaligi). To'g'ri bularni barchasidan mutaxassis bo'lmasligi mumkin lekin qanchadir miqdorda o'rganishi shart, aks xohda o'zi nima uchun loyihada ishtirok etayotganini ham tushunmay qoladi.

Bugungi mavzu Generalist (har sohadan bir shingil) va Specialist (mutaxassis) haqida.

Generalist - Ma'lum sohadan qandaydir ko'nikmasi bo'lgan shaxs.
Mutaxassis - Ma'lum sohadan chuqur ko'nikmaga ega bo'lgan shaxs.

Mutaxassisning ham turlari ko'p. T, П, M ba boshqa tuzulish ko'rinishdagi bilimlarga ega, chuqurlik va sohalar soni qancha ko'p bo'lsa shuncha qimmatli kadr hisoblanadi.

Frontend, Backend, DevOps, UI/UX - bular barchasi sohalar, muayyan sohani qanchalik yaxshi bilishingiz - chuqurlik.

Bir biriga bog'liq sohalar - "qo'shni sohalar", misol uchun backend va frontend bir - biriga juda bog'liq. Ikkalasini ham yaxshi biladigan dasturchilar odatda fullstack deb ataladi, va ularning qiymati odatdagi dasturchilardan yuqori.

Endi tasavvur qiling siz musiqa chalishni ham bilasiz. Musiqa sohasi IT ga taaluqli bo'lmagani uchun yuqoridagi sohalarga o'z hissasini qo'sholmaydi deb hisoblashingiz mumkin. To'g'ri, lekin Virtual Musiqa instrumentlari dasturini ishlab chiqish uchun musiqani tushunish shart.

Kimdir bir sohada yaxshi natijaga erishish kerak deb hisoblasa, kimdir uning aksini qo'llab-quvvatlaydi.

Bu shaxsiy fikrimcha ko'p sohani o'rganish yaxshi. Bu muammolarga boshqa burchak ostida qarashga imkon beradi, uni hech kim kutmagan usulda hal qilishga yordam beradi.

Agar shu joygacha o'qigan bo'lsangiz - tabriklayman sizda diqqat bilan o'qish ko'nikmasi bor ekan va bu juda muhim

Qaysi sohani o'rganishdan qat'iy nazar, u soha qachondir sizga qo'l kelishi mumkin.

@adizbek_ergashev
Adizbek Ergashev's blog
Men qatnashgan birinchi yolg’on va aldamchi hakaton. Butun respublika bo’yicha ishtirokchilar kelib qatnashdi, o’rin egalladi, vaqt va mablag’ sarfladi Mukofot Pul berilmas ekan g’oliblarga. Turin 🔽 UzAvtoMotors 🔽
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tomonidan o'tkazilgan Terrobyte hakatoni haqida oldinroq bo'lib o'tgan voqealar haqida yozgan edim.

Turin rahbariyati ushbu bo'lib o'tgan holat munosabaat bildirishdi, tanlov nizomi va hujjatlarda g`oliblarga turin talabasi bo'lish imkoniyati va pul mablag'i ta'lim vaucheri sifatida berilishi ko'rsatilgan ekan.

Qaysidir xodimning xatoligi tufayli targ'ibot payti, vaucher haqida xabar berilmagan, shu oqibatida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan ekan.

G'oliblarga OTMga imtihonsiz kirishi va qo'lgan kiritgan vaucherlari yordamida chegirmaga ega bo'lishlari mumkin ekan.
O’rganish uchun qaysi resurs siz uchun yaxshi ?
Anonymous Poll
47%
Kitob
71%
Video darslik
47%
Qisqa tutoriallar
6%
Boshqa (izohda) yozaman
Adizbek Ergashev's blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adizbek Ergashev's blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adizbek Ergashev's blog
O’rganish uchun qaysi resurs siz uchun yaxshi ?
O’rganish uchun albatta hamma uchun har xil resurs qulay.

Lekin baribir kitob hammasidan ko’ra unumliroq deb o’ylayman. Kitob muallifi yillar davomida yig’gan tajribasini siz qisqa muddat ichida egallab olishingiz mumkin. Bundan tashqari kitob ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’lib, o’sha sohaga “deep dive” chuqur sho’ng’ish imkoniyatini beradi. O’qish davomida e’tibirni buzish holatlari minimal bo’lib, xulosa va mulohaza qilish uchun juda qulay.

Inson yoshini ikki xil usulda o’lchash mumkin, bilogik va psixologik yoki aqliy yoshi.
Barchamiz bilamiz, bioligik yosh tug’ilganimizdan keyin hisoblanadi. Organizmni qanchalik yoshartirishga urinsak shuncha yaxshi (sog’lom ovqatlanish, sport, normal uyqu). Inson bilogik yoshi cheklangan va uning miqdori bizni qo’limizda emas.

Aqliy yosh esa o’rganish natijasida erishiladi. Ma’lum bir olimning yillik o’rganishlari mahsulini biz qisqa muddatda egallab, u yashab o’tgan umri davomida o’rganganlarini osongina o’rganib olishimiz mumkin va aqliy yoshimizni oshirishimiz mumiin, aqliy yosh chegaralanmagan va faqatgina o’zimizga bog’liq.

Hayotimizda tez-tez uchratishimiz mumkin, biologik jihatdan qari lekin aqliy jihatdan dunyoqarashi juda tor, maktab yoshidagi bolalarday fikrlovchi qari insonlar yoki teskarisi maktab yoshida bo’laturib aqliy jihatdan kuchli yoshlarni.

Ijtimoiy tarmoqlar, instagram, tiktok, youtube sizni aqliy yoshingizni rivojlantirmaydi. To’g’ri foydali kontentlar mavjud, lekin ular juda oz.
Maqsad bilim o’rganish bo’lsa, deep dive qilishga majburmiz.

@adizbek_ergashev 🫡🫡🫡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DTM testida hammasini to’g’ri yechishdan ko’ra qiyinroq bir ish bor:

Hech birini to’g’ri yecholmaslik

Lekin bu ish yildan yilga osonlashyapti. Sababi bu ko’rsatgichga yaqinlashayotganlar foizi yildan yilga oshyapti.
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#FGCH #musobaqa #TATU

Bugun Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi 9-11-avgust kunlari bo'lib o'tadigan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining Yarim finalida ishtirok etish uchun Qozoqiston Respublikasining Almata shahriga jo'nab ketdi.

Yuqori natija ko'rsatgan jamoalar Final bosqichi uchun Gretsiyaga yo'llanma oladilar.

O'zbekiston terma jamoasi 2023-yilda Singapur davlatida bo'lib o'tgan musobaqada faxrli 3-o'rinni egallab qaytishgan edi. 2024-yil ham yuqori natijalarni kutib qolamiz.

Terma jamoaning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi, TATU hamda IT park rezidentlari Realsoft va Robotics Lab korxonalari jalb etilgan.

Terma jamoalarga universitetimizdan Zarif Qodirov, Adizbek Ergashev va Temur Rajabovlar murabbiylik qilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/23 22:38:25
Back to Top
HTML Embed Code: