Andijon davlat universiteti akademik litseyida bitiruv kechasi: hayotdagi eng chiroyli sahifa
Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida akademik litsey bitiruvchilari uchun “Xayr, litsey... Salom, kelajak!” shiori ostida tantanali bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Marosimni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev ochib berdi. U o‘zining samimiy tabrik so‘zida bitiruvchilarning yoshlik, izlanish va orzular bilan gyo‘g‘rilgan litsey yillarini yuksak qadrlashga chorladi.
“Bugun sizlar hayotingizdagi muhim bosqichni ortda qoldiryapsiz. Oldingizda katta hayot eshiklari ochilmoqda. Sizlarga ishonamiz – kelajakda xalqimizga, jamiyatimizga munosib farzand bo‘lib yetishasiz”, — dedi rektor o‘z nutqida.
Shundan so‘ng, rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev tomonidan o‘quv yili davomida o‘zining samarali mehnati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan ajralib turgan ilg‘or o‘qituvchilarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi. Shu bilan birga, namunali xulqi, faolligi va o‘qishdagi yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘la olgan bir guruh bitiruvchilar ham ko‘krak nishonlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bayramning yakunida sahnaga chiqqan barcha bitiruvchilar “Xayr, litsey... Salom, kelajak!” shiori ostida birdamlik va minnatdorlik ramzi sifatida ustozlariga ta’zim bajo keltirdilar. Ularning qalbidagi ishonch va orzular, yuzlaridagi quvonch kelajakka dadil qadam qo‘yayotgan avlodning yorqin timsoliga aylandi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍3❤🔥2
1752-yil - Benjamin Franklin varrak uchirish sinovi orqali chaqmoqning elektrik tabiatini isbot qildi.
1918-yil - Turkiston Xalq konservatoriyasi ochildi.
1954-yil - UEFA tashkil topdi.
1950-yil - G‘arbiy Germaniya Yevropa Kengashiga qabul qilindi.
1881-yil 15-iyun - fransuz mexanigi va aviatori, havoga vertolyotda ko‘tarilgan birinchi inson Pol Kornyu.
1915-yil 15-iyun - amerikalik virusolog, akademik, Nobel mukofoti sohibi Tomas Xekl Ueller.
1923-yil 15-iyun - tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Hamid Ziyoyev.
1921-yil 15-iyun - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi Robert Bryus Merrifeld.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2👍1
Andijon davlat universitetida 2023-2024-o‘quv yili sirtqi ta’lim shakli sobiq bitiruvchi talabalari uchun 2024-yil iyun, oktabr oylarida va 2025-yil aprel oyida o‘tkazilgan Yakuniy davlat attestatsiya test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan sirtqi ta'lim shaklining sobiq bitiruvchi talabalariga joriy yilning 27-28-iyun kunlari qayta test sinovlari tashkil etilishini ma'lum qilamiz.
📃 Sobiq talabalarning test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlar ro‘yxati o‘zgarmagan va ular asosida tuzilgan test savollari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:➡️ Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishi test savollari banklari➡️ Biologiya (turlar bo'yicha) test savollari banklari➡️ Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyav ish (o'zbek guruhi) test savollari banklari➡️ Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyav ish (rus guruhi) test savollari banklari➡️ Jismoniy madaniyat test savollari banklari➡️ Informatika o'qitish metodikasi test savollari banklari➡️ Maktabgacha ta'lim (o'zbek guruh) test savollari banklari➡️ Maktabgacha ta'lim (rus guruh) test savollari banklari➡️ Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi уо'nаlishi test savollari banklari➡️ Musiqa ta'limi test savollari banklari➡️ Pedagogika va psixologiya test savollari banklari➡️ Psixologiya (amaliy psixologiya) test savollari banklari➡️ Tarix (yo'nalish va faoliyat turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi test savollari banklari➡️ Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi test savollari banklari➡️ Texnologik ta'lim test savollari banklari
Quyida nomlari keltirilgan to‘lov-shartnoma shartlari summalaridan qarzdor sobiq bitiruvchi talabalar test sinovlariga qayta qo‘yilmaydi:
Joriy yilning 21-iyun kuniga qadar to‘lov-shartnoma shartlarida belgilangan qarzdorliklar bartaraf etilgach, 27-28-iyun kunlari o'tkaziladigan imtihon sinovlariga qayta qo'yilishi mumkin bo'ladi.
📌To‘lov-shartnoma shartlarida belgilangan qarzdorliklarini to‘la bartaraf etgan sobiq bitiruvchilar o‘quv-uslubiy boshqarmaga murojaat etishlari so'raladi.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤🔥1
Ushbu sana munosabati bilan Abdulhay Sobirovni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini va yoshlarimizga ilm berishda kuch-quvvat tilab qolamiz!
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉29❤7👍3❤🔥1🔥1
1925-yil - “Artek” bolalar oromgohi ish boshladi.
1903-yil - "The Ford Motor Company" tashkil topdi.
1963-yil - Dunyodagi birinchi fazogir ayol Valentena Tereshkova kosmosga parvoz qildi.
2004-yil - Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘gʻrisida bitim imzolandi.
1888-yil 16-iyun - rus matematigi va geofizigi, nostatsionar koinot nazariyachisi Aleksandr Fridman.
1896-yil 16-iyun - fransuz avtosanoatchisi, “Pejo” avtokompaniyasi asoschisi Jan Pejo.
1897-yil 16-iyun - nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi Georg Vittig.
1964-yil 16-iyun - ingliz yozuvchisi, motivator va shaxsiy rivojlanish boʻyicha mutaxassis Robin Sharma.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5❤🔥1👍1🏆1
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
“Dolzarb 90 kun” doirasida Andijon davlat universiteti tomonidan umumta'lim maktablarida yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda
Andijon davlat universitetining professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarni foydali va mazmunli faoliyatlarga keng jalb etish maqsadida belgilangan reja-grafik asosida Xonobod shahridagi umumta'lim maktablari va ta'lim muassasalarida bo'ldilar.
Mazkur tashabbus doirasida universitetimiz vakillari Xonobod shahridagi 1-, 2- va 4-umumta’lim maktablari hamda Xonobod sanoat texnikumida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli madaniy tadbirlar, stol tennisi, shaxmat, mini futbol hamda intellektual turnirlar o‘tkazdilar.
Ushbu tadbirlarda Xonobod shahridan taxminan 500 nafarga yaqin o‘quvchi va uyushmagan yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham katta hissa qo‘shdilar.
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
“Dolzarb 90 kun” doirasida Andijon davlat universiteti tomonidan umumta'lim maktablarida yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda
Andijon davlat universitetining professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarni foydali va mazmunli faoliyatlarga keng jalb etish maqsadida belgilangan reja-grafik asosida Xonobod shahridagi umumta'lim maktablari va ta'lim muassasalarida bo'ldilar.
Mazkur tashabbus doirasida universitetimiz vakillari Xonobod shahridagi 1-, 2- va 4-umumta’lim maktablari hamda Xonobod sanoat texnikumida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli madaniy tadbirlar, stol tennisi, shaxmat, mini futbol hamda intellektual turnirlar o‘tkazdilar.
Ushbu tadbirlarda Xonobod shahridan taxminan 500 nafarga yaqin o‘quvchi va uyushmagan yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham katta hissa qo‘shdilar.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔2❤1❤🔥1