Mehnatga munosib e’tirof: o'quv yil yakuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi
Bugun, 12-iyun kuni Andijon davlat universitetining "Universal" sport majmuasida 2024/2025-o'quv yili yakuni munosabati bilan erishilgan yutuqlarni keng nishonlash, ilm-fan, ta’lim, sport va madaniyat sohalarida faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlarni taqdirlash maqsadida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida joriy o‘quv yili davomida jamoaning erishgan salmoqli yutuqlari, xalqaro va respublika miqyosidagi natijalar, ilmiy izlanishlar hamda talaba-yoshlarning faolligini alohida e’tirof etdi va barchani kelgusida ham yanada yuksak marralarni zabt etishga, universitet nufuzini yuksaltirish yo‘lida birgalikda harakat qilishga chorladi.
Shundan so'ng, tadbirning badiiy qismida tadbir mehmoni Jaloliddin Ahmadaliyev hamda xushovoz xonandalar Murodil Hakimiv, Botirbek Zokirovlar tomonidan go'zal kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishlandi. “Universal” jamoasining ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari esa tadbirga yanada fayz kiritdi.
Tadbir yakunida o‘quv yili davomida o‘zining namunali mehnati, ilg‘or tashabbuslari va faolligi bilan ajralib turgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar rektor tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.
Ushbu konsert dasturi universitet rektori tashabbusi bilan, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥5❤2
Andijon davlat universitetida erishilgan yutuqlarni keng nishonlash, ilm-fan, ta’lim, sport va madaniyat sohalarida faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlarni taqdirlash maqsadida tashkil etilgan tantanali bayram tadbiridan fotolavhalar.
Ushbu konsert dasturi universitet rektori tashabbusi bilan, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥5❤3👍1🔥1🏆1