Telegram Web
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Yozgi talabalar festivali: faol yoshlar Xonobodda jam bo‘ldi

Bugun, 28-iyun kuni Andijon viloyatining so‘lim go‘shalaridan biri — Xonobod shahridagi “Turizm laboratoriyasi”da viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining faol va tashabbuskor talabalari uchun “Yozgi talabalar festivali” tashkil etildi.

Festival doirasida oliy ta’lim muassasalari rektorlari boshchiligida talabalar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va ijodiy muhitni mustahkamlash maqsadida elimiz suygan san’atkorlar hamda iqtidorli yoshlar ishtirokida kechki konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Kechki ovqat chog‘ida talabalar o‘z rektorlari bilan birga dasturxon atrofida suhbatlashib, samimiy va iliq muhitda hordiq chiqarishdi. Bunday uchrashuvlar rahbariyat va talaba-yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro ishonch va hurmat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Konsert dasturi davomida tantanavor kayfiyat, jo‘shqinlik va shukuh hukm surdi. Talabalar o‘zlarining ijodiy chiqishlari, raqs va kuylar orqali salohiyatini namoyon etishdi. Turli interaktiv o‘yinlar, viktorinalar va tanlovlar festivalga yanada fayz bag‘ishladi.

#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥53👍31🔥1👏1😁1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Xonobodda Yozgi talabalar festivali unutilmas lahzalarni taqdim etdi

Andijon viloyatining go‘zal maskani — Xonobod shahridagi “Turizm laboratoriyasi”da viloyatimizning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan eng faol, ilg‘or va tashabbuskor yoshlar jam bo‘lishdi. “Yozgi talabalar festivali” doirasida ular ijod, do‘stlik, madaniyat va samimiy muloqot ruhida birlashishdi.

Festivalning eng yorqin va unutilmas lahzalari aks etgan fotolavhalar taqdim etiladi. Suratlarda talabalar ishtirokidagi ijodiy chiqishlar, samimiy suhbatlar, konsert dasturi va interaktiv o‘yinlardan lavhalar o‘z ifodasini topgan.

#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72❤‍🔥11🔥1👌1💯1
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 29-iyun, yakshanba.

🇺🇳BMT - Xalqaro tropiklar kuni.
🇬🇩Grenada - Baliqchilar kuni.
🇪🇨Ekvador - Muhandislar kuni.
🇲🇨Indoneziya - Oila kuni.

Tarixiy voqealar:

1916-yil
- Amerikada “Boeing” ning birinchi parvozi.
1925-yil - amerikalik Marvin Pipkin xira rang qoplangan lampochkaga patent oldi.
1964-yil - Televizorni masofadan boshqarish pulti yaratildi.
2007-yil - Apple kompaniyasi ''iPhone'' taqdim etdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

1888-yil 29-iyun
- rus matematigi va geofizigi Aleksandr Fridman.
1894-yil 29-iyun
- haykaltarosh, rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Pavel Viktorovich Gan.
1900-yil 29-iyun
- fransuz yozuvchisi, shoir, jurnalist va uchuvchi Antuan de Sent-Ekzyuperi.
1995-yil 29-iyun
- oʻzbek futbolchisi, hujumchi Eldor Shomurodov.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11🔥1😱1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Oromgohning ikkinchi kuni badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi

Xonoboddagi talabalar yozgi oromgohida ikkinchi kun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi ertalabki jismoniy mashqlar bilan boshlandi. Bu yilgi oromgohda Andijon davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan ishtiyoqi va jamoaviy ruhini namoyon qildilar.

Ishtirokchilar toza havo bag‘rida chiniqish mashqlari bajarib, kunni ijobiy kayfiyat va energiya bilan qarshi oldilar. Mashg‘ulotlar nafaqat yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, balki ularning do‘stona muhitda birlashishi, jamoaviy ishlarga faol qatnashishi va o‘zaro hurmatni oshirishga xizmat qildi.

Bu kabi mashg‘ulotlar yoshlarda nafaqat sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, balki jamoaviy ishlay olish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.

#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥21👍1🔥1💯1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

👩 Andijon davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar topshiradigan amaliy-ijodiy imtihonlar, shuningdek, ularga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlari bilan quyidagi yo‘nalishlar kesimida tanishishingiz mumkin:

📁 61010200 – Dizayn;
📁 60210800 – Amaliy san'at;
📁 60210500 – Rangtasvir (dastgohli);
📁 60211400 – Vokal san'ati (an’anaviy xonandalik);
📁 60211500 – Cholg'u ijrochiligi;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Boks;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Futbol;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Kurash;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Voleybol;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Stol tennisi;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Yengil atletika;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Basketbol;
📁 61010200 – Sport faoliyati: Belbog‘li kurash.

❗️Muhim eslatma: ushbu yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar amaliy-ijodiy (ijodiy yoki sport) imtihonlardan tashqari, O‘zbekiston tarixi, Matematika, Ona tili (yoki o‘zbek tili) fanlar bo‘yicha ham test sinovlarini topshirishi belgilangan.

▶️ Mazkur jarayon bo‘yicha sizni qiziqtirgan barcha savollarga quyidagi “Call-markaz” telefon raqamlari orqali javob olishingiz mumkin:

📞 Murojaat uchun telefon:
+998742248189
+998742248192
+998742248194
+998742248195
+998742248197

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥311🔥1🕊1
2025/07/14 04:20:04
Back to Top
HTML Embed Code: