Telegram Web
#yig’ilish

Viloyatda “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar tahlil qilindi: dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi

Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida xizmat safari bilan Andijonda bo‘lib turibdi.

Bugun, 13-iyun kuni Andijon davlat universitetida vazirlik Departamenti boshlig‘i A.Xoliqov hamda Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi X.Eshovlar boshchiligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylarda talaba va oʻquvchilar, uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ishlari yuzasidan oliygoh rektorlari, prorektorlar hamda akademik litsey direktorlarining ishtirokida yig‘ilish oʻtkazildi.

Yig‘ilish davomida yoshlarni foydali va mazmunli faoliyatlarga keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida taklif va tavsiyalar berildi hamda bu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar belgilandi.

Shundan so‘ng, universitetda talabalar, o‘quvchilar hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni foydali faoliyatlarga jalb etish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90kun #Kitobxonlik

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti  “Dolzarb 90 kun”  doirasida kitobxonlik boʻyicha onlayn suhbat oʻtkazilishini eʼlon qiladi

📅 Ertaga, soat 9-30 dan boshlab @adu_uz telegram kanali orqali suhbatga qoʻshilishingiz mumkin.

📃Suhbat mavzusi: Sizning tanlovingiz: Kitob yoxud sunʼiy intellekt...

🎙Suhbat mehmoni: Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta oʻqituvchisi Ne'matullayeva Sohiba Sultonboyevna

✔️Barcha talabalarni va adabiyotga qiziquvchilarni suhbatimizda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2025/06/13 16:48:52
Back to Top
HTML Embed Code: