Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxluqot ichida insonni mukarramligi uni manfaatlariga erishish imkoniyatida emas, to‘g‘ri manfaat va maqsadni belgilay olish imkoniyatini beradigan tafakkuridadir.

O‘zbekiston fidoyilari bo‘lgan idoralar hamkorlikda O‘zbekistonda kitob o‘qish haftaligini tashabbus qildik.

Umidimiz, haftalar oylarga, oylar yillarga aylanib ketadi va O‘zbekistonni ma’rifatli insonlar yurtiga aylantiramiz.

@alisherQodir
Rus siyosatchilari O’zbekistonda rus madaniyati va rus tiliga bo’lgan munosabatni yomonlashtirish uchun hamma yo’llarni sinab ko’rishmoqda.

Nega O’zbekistonda yoshlar hech kim eslatib turmasa ham ingliz, nemis, turk va arab tillarini o’rganishga harakat qiladilar?

So’rab olingan hurmat va yolg’on yaratilgan ehtiyojdan faqat teskari natija bo’lishini vazir Lavrov bilmasligi mumkin emas.

@alisherQodir
Bugun Qashqadaryoda ishlaymiz.

O’zbekiston-2030 strategiyasi va partiya dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirilish holatini xalq vakillari bilan birga tahlil qilamiz va Hukumat bilan muhokamaga tayyorgarlik ko’ramiz.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoning Gʻuzor tumanidagi "Dashtobod" mahallasida 3 mingdan ortiq xonadon yashaydi.

Ular pomidor yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, xonadonlar orasida daromadni ko‘p-kamligi bilan raqobat qiladilar. Zarur bo’lgan ko‘chat, o‘g‘it va plyonka mahallani o‘zida ishlab chiqarilmoqda.

Bironta ham ko‘makka muhtoj, bolasi xorijga ishlashga ketgan va ajrashgan oilani yo‘q ekanligi tabiiy qabul qilinadi.

Mahalladagi Hokim yordamchisi bilan pomidorni ikkilamchi qayta ishlash, eksport qilish istiqbollari va bu maqsadlar uchun muqobil energetika ahamiyatini muhokama qildik…

Mahallada bozor iqtisodiyoti ishlayapdi.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi yashash uchun xarajat, mashaqqat va mas’uliyatga to’la oliy ta’lim yagona yo’l emas! Yoshlarimizni bu qarashdan qutqarishimiz kerak!

Maktabning so’nggi uch sinfi va undan keyin o’z tanlovi bilan kasb-hunar texnikumlarida nafaqat O’zbekiston, balki postsovet hududi, Sharqiy Yevropa va turkiy dunyo mehnat bozorlari talablariga uyg’un til va kasbga tayyorlash, xalqaro standarlardagi malaka darajasiga erishishimiz kerak.

Bu nafaqat yoshlarimizni jozibali daromad bilan ta’minlash, balki Rossiyaning tobora bosim quroliga aylanib borayotgan migratsiya siyosatidan qutulish uchun ham zarur.

Germaniya G’uzorda bir guruh yoshlarga nemis standartlariga muvofiq kasb o’rgatmoqda.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Demokratiya boshqaruvning eng yaxshisi emasligiga bundan ham yorqinroq isbot bo’larmikan?

Arzonroq va ko’proq uchun hamma narsaga tayyor bir bo’lak saylovchi faqat o’zi emas, butun insoniyatni taqdiri bilan savdo qilish, dunyoni yashab bo’lmas holatga keltirish uchun de-yure va de-fakto huquq bermoqda.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbek tili zamonaviy, taraqqiyot tili bo’lishi uchun birinchi navbatda qonunlarda, jiddiy zarurat bo’lmasa, begona tillardagi so’zlarni ishlatmasligimiz kerak.

O’zimizda qulay va keng qo’llaniladigan muqobillari bo’lsada, qonun tashabbuskorlari tomonidan “ko’p qonunlarda va normativ hujjatlarda ishlatilgani” sababli begona so’zlar taklif qilinmoqda.

Shu shaklda tilimiz bir so’z yo’qotib, begona so’z hisobiga zaiflashadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi va tilimizning fidoiy olimlari bilan masalani muhokama qildik.

@alisherQodir
Bugungi global murakkabliklar davrida davlat hokimiyatining barcha qismlari mustahkam, barqaror va aniq maqsad yo‘lida ishlashi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

“Milliy tiklanish” va O‘zLiDep partiyalarining Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari “Taraqqiyot blogi”ni tuzish to‘g‘risidagi tashabbusni ma’qulladilar.

O‘zbekistonni rivojlanishi va xalqimizni farovonligi ustuvor maqsadimiz. Maqsadga qadriyatlarimizga uyg‘un, milliy manfaatlarimizga xizmat qiladigan qonunlar bilan erishish yo‘lida imkoniyatlarimizni birlashtirdik.

Davlatimiz va millatimizga xayrli bo‘lsin.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
93 nafar deputatdan iborat “Taraqqiyot blogi” bo’yicha tashabbusimiz Qonunchilik palatasida tasdiqlandi.

Maqsadimiz faqat qonunchilik faoliyatida emas, jamiyatni birlashtirish va mamlakatimizni qudratli qilish yo’lida ham hamkorlik qilishdir.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-may – insoniyat boshiga kelgan og‘ir fojialardan birini yakuniga yetgan kun.

Bunday fojialar doimo bir insonni hayoli bilan boshlanib, millionlarning inqirozi bilan yakunlangan. Huquqqa aylanib borayotgan “kuchli - haq” dunyoqarashi ko’rsatmoqdaki, insoniyat bunday fojialarni hali ko‘p ko’radi.

Bu kunda biz o’zligini toptalishiga rozi bo‘lmagan, bu yo‘lda o‘limigacha kurashgan sharafli, shahid ajdodlarimizni yod etib, ularni xotirlash, haqlariga duolar qilish bilan birga, unutmasligimiz kerak: o‘zligini qadrlamaganlar, o’zligini qadrlaganlar uchun qadrsiz qurbonlardekdirlar!

O’tganlarni xotirlash bilan birga, o’zligimizni qadrlashni ham o’rganaylik. Xotira va qadrlash kunida tafakkur qiling!

@alisherQodir
Bog’cha va maktablarda bolalarning ongostiga o’zligimiz xo’rlangan sovet davriga sog’inch, ajdodlarimizni qirg’in qilgan imperialistik ramzlarga muhabbatni singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi zarur.

O’zbekistondagi bog’cha va maktablar farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, o’zligimizga mehr va sadoqat bilan tarbiyalash uchun kerak, tashqi propaganda targ’iboti uchun emas. MMT vazirligidan bu masalada izoh so’raladi.

Tashqi ishlar vazirligiga Rossotrudnichestvo faoliyatini tahlil qilish haqida so’rov yubormoqchimiz.

Non berib qo’lidan ayrilgan xalqmiz, yaxshi niyatimiz suiste’mol qilinishiga yo’l qo’yilmasligi kerak.

@alisherQodir
Biz postkolonial davrda yashayapmiz. Kolonial o’lchovlar jamiyat tafakkurini to’liq tark etgani yoq. Dunyo esa jiddiy geosiyosiy silkinishlar davriga kirmoqda. Tarixidagi xatolarni takrorlagan xalqlar oyoqda qolishi qiyin bo’ladi!

Biz tariximizni bilamizmi? Xatolarimizni tahlil qilyapmizmi? Yoshlarimiz, kelajak avlodlarni bizni kutayotgan xavflardan xabardor qila olyapmizmi?

“Milliy tiklanish” partiyasi bugunning faol tarixchilarini muhokamaga taklif qildi. Juda samarali va ochiq muhokama, qadrli fikrlar va takliflar bo’ldi. Jiddiy masalalar, muammolar, qisqa vaqtda ko’p ishlar qilinishi kerak, afsuski vaqtimiz yo’q hisob!

Partiya huzurida Tarixchilar kengashi tuzildi.

@alisherQodir
Davlat rahbari boshchiligida tarbiya va ta’lim tizimida islohotlar samaradorligi muhokama qilindi.

Tiklanish davri tugadi, taraqqiyot davri boshlanmoqda. Taraqqiyot bo’ladimi, yo’qmi - yaqin o’n yillikda yoshlarimizning ma’naviy-ma’rifiy darajasi hal qiladi.

Pedagoglar mamlakat uchun harbiylardek, xatto ulardan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Harbiylar sadoqati bilan mavjud davlatning butunligi va xavfsizligini himoya qiladilar, pedagoglar kelajak avlodga eng zamonaviy bilimlarni berib olim qilib yetishtirsalar-u, o’zlik va Vatanga muhabbatni bera olmasalar davlat bor yoki yo’q bo’lish masalasini muhokama qilishga majbur bo’ladi.

Bog’cha va maktab faqat Prezident jon kuydirgani bilan o’zgarib qolmaydi, kutilgan natija uchun loqayd bo’lmagan har bir vatandosh jarayonda ishtirok etishi kerak.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbek xalqi 1990-yilda qabul qilingan 1409-I sonli SSSR qonunining 2-moddasiga muvofiq, SSSRdan ajralib chiqishga qaror qilgan va kim istasa, istaganicha muhokama qilishi mumkin, bu qaror to’g’ri va o’zgarmas!

Rossiya esa shamollaganlar va hayolparastlaridan tezroq qutilishi kerak. Bu dard gazak olib, tobora og’ir oqibatlardan darak bermoqda.

Ukraina egoist, tarqoq va zaif g’arbga tayanib xato qildi, lekin bir-biriga tayanayotgan Markaziy Osiyo, qolaversa, butun turkiy dunyoni hisobga olmaganlar xato qiladi.

Rossiya Prezidenti fikrini esa qo’llab-quvvatlayman, qalban rus dunyosiga taalluqli bo’lganlar, hududi yetarlicha ko’p bo’lgan Rossiyada xotirjam va baxtli yashashlari kerak.

@alisherQodir
Qondosh Ozarbayjonni mustaqillik kuni bilan tabriklayman.

Xalqlarimiz va davlatlarimiz o’rtasidagi o’zaro ishonchli va samimiy hamkorlik munosabatlari abadiy bo’lsin.

🇦🇿🇺🇿

Qardaş Azərbaycanı Müstəqillik Günü münasibətilə təbrik edirəm.

Xalqlarımız və dövlətlərimiz arasında inamlı və səmimi münasibətlər əbədi olsun.

@alisherQodir
​​O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi kamaygan, bunga 29 ta tumanda sanoat ishlab chiqarishini pasayishi sabab bo’lgan. Ularning 3 tasi Navoiy viloyatida.

Bugungi global silkinishlarni ko’p yomon tomonlari bilan birga, bir yaxshi tomoni bor – bozorlarda joy ochiladi, uddaburon ishlab chiqaruvchilar bu joylarni olish uchun imkoniyatga ega bo’ladilar, barcha yirik brendlar shunday tug’ilgan…

Navoiy viloyatidagi “Muhtasham” mebel ishlab chiqarish korxonasi bu imkoniyatni anglab, ichki bozordagi o’rnini mustahkamlash bilan birga Rossiya, Tojikiston va Qirg’iziston bozorlaridan ham joy izlayapti, natijalar yomon emas…

Shu bilan birga, mebelsozlarimiz ichki bozorda zararli xomashyo hisobiga tannarxni arzon qilayotgan xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat qilishga majbur bo’lishmoqda. Masalani mutasaddilar bilan muhokama qilamiz..

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Karmana tumanidagi Navoiy issiqlik energiya stansiyasida ishlab chiqarish pasaygan. Joyida masalani o’rgandik.

Korxona alternativ energiya ishlab chiqarish hajmini ortishi va tejamkor iste’mol hisobiga ishlab chiqarishni kamaytirgan. Bu qimmat energiya iste’molining kamayishi, alternativ energiya iste’molining ortayotganini, aholini tejamkorligi ortayotganini ko’rsatadi. Talab kamaysa, albatta, ishlab chiqarish kamayishi kerak. Energiyani omborda saqlab bo’lmaydiku.

Statistika buni ishlab chiqarish hajmini salbiy kamayishi sifatida qayd etmoqda. Energetika vazirligi va Statistika qo’mitasi yaxshi ko’rsatkichni yomon ko’rsatkichga aylantirib qo’yishgan. Faqat tadbirkorlar emas, davlat xizmatida ham o’zgarishlar kerak.

Keyingi haftada Hukumat bilan majlisimiz bor, aniqlik kiritib olish kerak bo’lgan masalalar yetarli…

Ertaga Navoiy viloyatida turizmni rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlarni tahlil qilamiz.

@alisherqodir
Sarmishsoy muzey-qo’riqxonasi oddiy qo’riqxona emas, butun Markaziy Osiyo mintaqasini tashrif qog’ozi va dunyo turistlari uchun o’xshashi kam bo’lgan jozibali turistik mahsulot. Markaziy Osiyoga keladigan har bir turist safarini Sarmishsoydan boshlashi kerak.

Har bir tosh bitik 7-10 ming yil avvalgi hayot bilan bog’liq, ayrimlari qoliplarni buzadigan darajada hayratlanarli: ot mingan hukmdor, skafandr kiygan odamlar, insonga o’xshash maxluqlar va hokazo. Bir toshda estetik mukammal darajada ov jarayoni aks etgan. Avvalgi odamlar badiiy to’qimani bilmagan, ko’rganini chizgan.

Noyob eksponatlar ustiga chizilgan, mog’or bosib kelmoqda… tadqiqot yo’q, yosh arxeologlarni izlanishlari yo’q, turistlarni jalb qilish uchun targ’ibot yo’q, tepalarda joylashgan eksponatni ko’rish uchun xavfli harakatlar qilish kerak, pastdan ko’rish uchun esa joy va moslamalar haqida o’ylanmagan.

5 ming gektar joy, aniqlangan 10 mingdan ortiq tosh bitikka 1 nafar tozalovchi va 4 nafar qo’riqchi, maosh esa juda kam. Muzey-qo’riqxona uchun ajratilgan mablag’larni hech ham kam deb bo’lmaydi.

Muzey-qo’riqxonani boshqarish professionallar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

@alisherqodir
2025/05/29 20:27:13
Back to Top
HTML Embed Code: