Jeff Bezos 1995-yilda va Jeff Bezos 2025-yilda.
Kuni kecha Jeff Bezos tomonidan ochilgan "Blue Origin" kompaniyasi raketasi birinchi urinishdayoq muvaffaqiyatli kosmosga, orbitaga chiqdi.
#bezos #qamchibos
@allaevuzb

Qonuniy korrupsiya (legalized corruption) — bu jamiyatda ma’lum iqtisodiy yoki siyosiy guruhlar o‘z manfaatlarini himoya qilish va mustahkamlash uchun qonuniy vositalardan foydalanadigan holatdir. Bu atama odatda an’anaviy korrupsiyadan farqli bo‘lib, qonuniy asosga ega bo‘lgan lekin adolat tamoyillariga zid bo‘lgan amaliyotlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. Odatda qonuniy bo‘lgani uchun ham bu tur korrupsiyaga e’tiroz bildirish qiyin bo‘ladi.
Masalan:
1. Lobbizmning suiiste’mol qilinishi – siyosatchilar yoki qonun chiqaruvchilarga yirik kompaniyalar tomonidan moliyaviy yoki boshqa qo‘llab-quvvatlash shaklida bosim o‘tkaziladi va natijada shaxslar yoki guruhlar manfaatlariga xizmat qiladigan qonunlarning qabul qilinadi.
2. Siyosiy kompaniyalarning moliyalashtirilishi – boy donorlar yoki korporatsiyalar siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlab, ulardan keyinchalik maxsus imtiyozlar olishadi.
3. Qonuniy soliq imtiyozlari – yirik korporatsiyalar uchun maxsus soliq imtiyozlari yoki “bo‘shliq”lar yaratilishi, bu esa ularga adolatsiz raqobat afzalliklarini beradi.
Qonuniy korrupsiya qonunlarga asoslangan bo‘lsada, u adolat mezonlarini buzishi, alohida shaxs yoki guruhlar manfaatiga xizmat qilishi bilan farq qiladi.
#korrupsiya

"Asaxiy Books"da hali zamonaviy fransuz adabiyotidan kitob tarjima qilmagandik. Birinchisi eng zoʻrlaridan biri boʻldi. 2020-yili frankofon dunyosida eng katta adabiyot mukofoti Gonkurni yutgan, katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan "Anomaliya" romanini oʻzbek tilida chop etdik.
Kafolat beraman, oʻzbek tilida hali bunaqasini oʻqimagansiz.
#premyera
@allaevuzb
Kafolat beraman, oʻzbek tilida hali bunaqasini oʻqimagansiz.
#premyera
@allaevuzb
Oldinroq sizga O‘zbekistondagi kichik biznes MoySklad yordamida qanday vaqt va mablag‘ tejashi mumkinligi haqida aytib bergandim.
O'zi programma nimaga kerak desangiz, bir nechta savol bor:
- Siz barcha hisob-kitoblarni Excel yoki hatto oddiy daftarda yuritasizmi?
- Nimadan foyda olib, qayerda zarar ko‘rayotganingizni aniq bilmaysizmi?
- Omboringizdagi ahvol va qaysi mahsulot eng ko‘p daromad keltirayotgani sizga noma’lummi?
Agar o‘zingizni shu holatda ko‘rsangiz, o‘zgarishlar haqida o‘ylash vaqti keldi. "Ko‘z bilan" hisob yuritish foydaning yo‘qolishiga, tovar bilan bog'liq muammolarga va biznesni rivojlantirishga sarflash mumkin bo‘lgan vaqtning behuda ketishiga olib keladi.
MoySklad ERP tizimi bu holatda arzon va qulay yechim bo‘lishi mumkin:
- Sotish, ombor va mijozlarni bir joyda boshqarish.
- Qulaylik. Tizim oson o‘rnatiladi va kompyuterda ham, smartfonda ham ishlaydi.
- Uzum Market, Didox.uz va E-DOCS kabi mashhur platformalar bilan integratsiya.
- Batafsil tahlil: qaysi tovarlar eng ko‘p foyda keltirayotganini osonlik bilan aniqlash imkoni.
Yanada ko‘proq amaliy maslahatlarni MoySklad telegram kanalida topishingiz mumkin.
Maslahatim, shunchagi telegramda, youtube yoki instagramda dastur qanchalik sodda va oson, lekin foydali ekanligini ko'rib chiqing. Ishlatib olish o'ylaganingizdan oson.
#moysklad

Telegram
МойСклад в Узбекистане
Торговля, склад, CRM в облаке. Все, что нужно для малого бизнеса.
Forwarded from Asaxiy Market
RASMIY XABAR!
Shu kunlarda Angliyaning Manchester City jamoasi kiyimlarida brendimiz nomi xato yozilganligi haqida koʻplab shikoyat va arizalar kelib tushmoqda.
Bu yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, Manchester Cityga ma'lumotlar taqdim etgan xodimimiz hujjatlarni oʻzbek tilida joʻnatgan. Koʻrinishidan, Manchester City xodimlari brend nomini tarjimon dasturi orqali oʻgirishgan va jiddiy xatoga yoʻl qoʻyishgan. Bu masalada amaliy harakatlar qilish yuzasidan ishchi guruh tuzildi va tezkor chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
Hurmatli mijozlarimizdan uzr soʻraymiz. Tushuninglar, Manchesterda endi-endi oʻzbekcha gapirib boshlashdi.
Bizga yetib kelgan xabarlarga koʻra, Yaponiyalik josuslar mijozlarlarimizni u yaponlarning "Asahi" brendi ekanligiga ishontirishga harakat qilishayotgan ekan. Biz buni keskin qoralaymiz va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi yapon josuslariga duch kelganda bizga tezkor murojaat qilishlarini soʻrab qolamiz.
www.asaxiy.uz - hammamizning internet - doʻkonimiz!
Tushunmovchilik uchun mijozlarimizdan uzr soʻragan holda, 25-yanvargacha "Asaxiy Books" kitoblariga 20 foiz chegirma taqdim etamiz. Chegirma uchun kupon kodi: Asahi
@asaxiyuz

Forwarded from Orif Tolib
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Donald Tramp kecha AQSHda "Stargate" loyihasini e'lon qildi. Loyihadan maqsad sunʼiy intellekt sohasida xalqaro raqobatda ustunlikka ega bo'lish. Loyiha doirasida Oracle, Openai va Softbank (Yaponiya) birlashib harakat qilishadi. Loyihaga 4 yilda 500 milliard AQSh dollari, ilk bosqichda 100 mlrd AQSh dollari investitsiya qilinadi. Loyiha Texasda yangi data markazi ham quriladi.
Bu yoʻnalishda shundoq ham AQSh dunyoda eng ilgʻor texnologiyalarga ega edi.
Trampning populistik, amalga oshishi qiyin chiqishlaridan farqli ravishda bu real loyiha va sohada katta oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin.
#ai #tramp

Ўзбек алломаларининг дунё тан олган илмий мероси
Бугун дунё ўзбек алломаларининг жаҳон илм-фани ривожидаги ўрнини янада кўпроқ эътироф этмоқда. Яқинда CNN Муҳаммад Хоразмий, Аҳмад Фарғоний, Абу Райҳон Беруний ва Абу Али Ибн Сино ҳақида мақолалар чоп этиб, уларнинг бой илмий меросини алоҳида таъкидлади.
Ушбу олимларнинг кашфиётлари илм-фаннинг турли соҳаларида революцион ўзгаришлар қилишга ёрдам берди. Улар орасида Хоразмийнинг алгебра ҳақидаги тадқиқотлари, Фарғонийнинг коинот ҳақидаги билимлари ва Ибн Синонинг тиббий асарлари алоҳида ўрин тутади.
Шарқ алломаларининг билимлари нафақат ўтмишда, балки ҳозирги замонда ҳам тараққиёт учун муҳим қадам бўлиб келмоқда.
#matbuot

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yves Guillemot ни танқид қилишда баъзи муаммоларни кўриб чиқиш мумкин. Биринчидан, унинг раҳбарлигида Ubisoft баъзан яратган ўйинларининг сифати паст бўлиб, бу ўйинлар кўплаб фойдаланувчилар ва танқидчилар томонидан салбий баҳоланган. Иккинчидан, компания бир неча марта ўзининг йирик лойиҳа ва релизларини кечиктирган, бу эса бренднинг ишончлилигига путур етказган. Шунингдек, Ubisoft'нинг баъзи қарорлари, хусусан микротўловлар ва "лоот box" тизимлари, ўйинчилар томонидан кенг танқид қилинди. Бундай ёндашувлар компаниянинг обрўсига салбий таъсир кўрсатди.
Тўлиқ видеога ҳавола:
https://youtu.be/60f94IeJ9KM?si=j6FLh30WNHnWNf8C

Fransiyaga 2024-yilda 100 million sayyoh tashrif buyuribdi. Bu bilan Fransiya oʻzining oldingi rekordini yangilagan.
Mamlakat bir necha oʻn yildan beri dunyoda eng koʻp turist tashrif buyuradigan davlat boʻlib qolmoqda.
Ikkinchi oʻrinni 94 million turist bilan Ispaniya qoʻlga kiritgan.
AQSh 66.5 million turist bilan Italiyani quvib oʻtib uchinchi oʻringa chiqib olgan.
#turizm

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻgʻlini oʻqitgan bitta bolani, qizini oʻqitgan millatni oʻqitadi deyishadi.
Qiz farzand tarbiyasi har birimiz uchun dolzarb. Qizlarimizni o'qitaylik.
#tarbiya #farzand

Tez-tez har xil tanishlarimiz xayriya qilib kitob tarqatish uchun pul tashlab turishadi. Oldin yig'ilgan pullardan o'zimiz manzil tanlab kitoblar hadya qilgandik.
Bu safar formatni sal o'zgartiramiz. Xayriyadan tushgan pullar yig'ilib qolibdi, uning evaziga 30 dona Talaba kitobini maktablarga yetkazib beramiz.
Nima uchun aynan "Talaba"?
"Talaba" chiqarganimizdan eng ko'p farxlanadigan kitoblarimizdan biridir. U ta'limning, ayniqsa qiz farzandning ta'limi ahamiyatini ochib bergan. Shuningdek, ota va qiz munosabatlari kabi nozik mavzu ham kitobda yaxshigina ochib berilgan. Bu kitobni har bir o'zbek o'qishi foydali deb o'ylayman.
Kitobni qaysi maktablarga berilishini bo'lsa siz hal qilasiz.
Kitobni jo'natish uchun shunchaki @asaxiy_talaba telegram akkauntiga maktab manzili va u yerda qabul qilib oladigan biror shaxsning raqamini jo'natish yetarli.
Birinchi 30ta yozgan maktabga kitobdan yetkazib beramiz.
Kichik summadan bo'lsada, har oy xayriya qilib borayotgan do'stlarimizga alohida tashakkur.
#talaba #mutolaa

Allaev Uz
Tez-tez har xil tanishlarimiz xayriya qilib kitob tarqatish uchun pul tashlab turishadi. Oldin yig'ilgan pullardan o'zimiz manzil tanlab kitoblar hadya qilgandik. Bu safar formatni sal o'zgartiramiz. Xayriyadan tushgan pullar yig'ilib qolibdi, uning evaziga…
30ta maktab manzili keldi. Barchaga rahmat. Yana boʻlganda eʼlon qilib boramiz.
Gazeta uzda "Nazorat" degan OAV jurnalistlari ovqatlanish tarmoqlarini qanday qilib kuydirishganini oʻqib achindim. Voqeaga koʻra, qasddan ovqatlar orasiga tarakan solinib, keyin uni tarqatish bilan qoʻrqitib pul talab qilingan.
Bugun 4ta ish oʻrni yaratib, soliq toʻlab, kundan kunga oshib borayotgan nazoratlardan oʻtib, jarima toʻlab biznes qilish shundoq ham oson emas. Bir nechta tadbirkorlar bizneslarni yopib pulni bankka qoʻyayotgan yoki uy-joy olib ijaraga berayotgan holatlarni ham koʻrdim.
Oʻzi shundoq ham oson boʻlmagan vaqtda, adolat himoyachisi boʻlgan, xalq ishongan jurnalist va blogerlar bu ishni qilishi achinarli. Reklama olishni, piarni, bor ana pulini olib yaxshi tomonini koʻrsatishni tushunaman, lekin aybi yoʻq tadbirkorni bunaqa shantaj qilish hech qanaqa professionalizmga toʻgʻri kelmaydi.
Keyin, juda koʻp hollarda sarlavha bilan manipulyatsiya qilinmoqda. Ichini oʻqisangiz butunlay boshqa narsa boʻladi. Bu ham biror etikaga toʻgʻri kelmaydi.
Shunchaki afsus
#biznes

Forwarded from Zafarbek Solijonov
TEMU ҳақида
Телеграм каналларда TEMU ҳақида танқид, эътирозлар кўпайди. Уларга қарши ўз фикрларимни билдиришни маъқул деб билдим. Одатда бу каби масалаларга аввало истеъмолчи сифатида қарайман. Рақобат қўмитаси раиси бўлмасак ҳам ҳар биримиз аслида истеъмолчимиз.
TEMUʼдан келадиган маҳсулотларнинг тагида барча маълумотлар ёзиб қўйилган бўлади. Аввало буюртма бераётганда барча ҳолларда маҳсулот остидаги ёзувларга қарашни тавсия қиламан. Маҳсулот ва унинг остидаги ёзувлар икки хил бўлиши камдан-кам учрайдиган ҳолат. Тўғри, реклама масаласида бўрттириш бўлган бўлиши мумкин. Расмга алдангандирсиз. Бироқ бу масала ушбу арзон товарлар киришига тақиқ қўйилиши ёки қўшимча солиқ юкланиши, ёки бўлмаса, қайсидир "эркатой" компаниягагина имтиёз бериш билан ҳал қилинмаслиги керак.
Асосий масала — истеъмолчида қўлидаги пулга яраша доим танлови қолиши керак деб қаралишида. Бир тарафдан машиналарга қўйилган қўшимча божхона тўловларига қарши чиқсак, вой-дод монополия десак лекин бошқа тарафдан айнан TEMU каби халқаро компанияларга қийинчилик, тўсиқ сўрасак, энг камида кулгили вазиятга қоламиз. Тўғрими? Ёмон маҳсулот бўлса, нархига арзимаса, истеъмолчи ўзи ҳаммасини тартибга келтириб қўяди. Сотволмай қўяди, тамом. Доим "нархга яраша маҳсулот" олтин қоидасини унутмаслик керак.
Шунингдек, эртага ЖСТга қўшилишни кўзлаган давлатнинг тадбиркорлари рақобатдан қўрқмаслиги, қочмаслиги керак. Ҳали тўлиқ очилмаган бозорда битта рақибдан қўрқадиган бўлса, бу кабилар эртага нима қилади? Рақобат бўлиши фақат ва фақат сифат ўсишига хизмат қилади. Қадрияти ошган истеъмолчилар эса яхшисини ажрата оладиган бўлади, вақт ўтиб. Ҳам TEMUʼда сифат назорати айрим бизнинг компаниялардан кўра яхши бўлиши керак, ўрганилса.
Мени хурсанд қилган томони шундаки, UzPost ҳам соққага интиляпти. TEMU билан ҳамкорлик қилса, соққали ишларга кирса, бюджет ҳисобига кун кўришдан бориб-бориб тийилади. Молиявий мустақил бўлади. Бизам ортиқча солиқ юкидан қутуламиз. Мамлакатда логистика ривожланади. Янги иш ўринлари, бюджетга тушум ва бошқалар яхшиланади. Доим узоқни кўзлайвериш керак.
👉 @Zafarbek_Solijonov

Donald Tramp Jon Kennedi, Robert Kennedi va Marten Lyuter King o'limiga oid barcha tergov hujjatlarini ommaga ochish boʻyicha qarorni imzoladi.
Hujjatlar 45 kun ichida omma eʼtiboriga taqdim etilishi aytilmoqda.
Ushbu suiqasdlar insonning oyga chiqishi va 11-sentyabr voqealaridan keyin konspirologlarning eng sevimli mavzulari hisoblanadi. Nihoyat, tergovda nimalar koʻrilganini bilib olamiz.
Tramp oʻzining ilk prezidentlik davrida ham bu hujjatlarni ochiqlashga va'da bergan, lekin ular bilan tanishgach buni qilmaslikka qaror qilgan edi. Bu hujjatlar atrofida bahslarni yanada koʻpaytirgan edi.
#tramp

15-fevral kuni man uchun yilning eng muhim konsert dasturi bo'ladi.
Mirshakar Humo arenada "Chempion" dasturi bilan hammamizni kuldiradi va o'ylashga majbur qiladi.
Aqlli (intellektual) yumori uchun Mirshakarni juda hurmat qilaman.
Biletlar iticketda sotuvda!
Chin ko'ngildan
#tavsuyu