tgoop.com/allimtv/2118
Last Update:
π°π·Incheon aeroporti supporterslari
Incheon aerportini yaxshi ko'rasizmi?
Yomon aerport emas har xolda:)
Shu aerportni rivojlanishiga o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin!
Incheon aeroporti yordamchilari (supporters) programasida qatnashish orqali!
Kimlar uchun:
1) Incheon aeroportini yaxshi ko'radigan, Koreya universiteti bakalavr, magistr, PhD chet ellik talabalari
2) Ijtimoiy tarmoqda faol bo'lganlar
3) Koreys tilini yaxshi bilish kerak
Ro'yxatdan o'tish sanasi: 2-Fevralgacha
Ro'yxatdan o'tish tartibi: Arizani to'ldirib, [email protected] emailiga yuborish kerak.
Arizadan tashqari 1 daqiqalik video tayyorlash ham kerak.
Video mavzusiga quyidagilardan birini tanlashiz mumkin:
1 - Incheon aeroportini esga soladigan payt
2 - Incheon aeroporti ichidagi mening rasmga tushish joyim
3 - Mening Incheon aeroportidan unumli foydalanish yo'llarim
4 - Men uchun Incheon aeroportining o'ziga xos tomonlari
Bu programada siz yakka va guruh tartibda xar hil shartlarni bajarasiz
Suhbatga o'tsez 7-Fevralda habar berishadi.
Suhbat sanasi: 11-Fevral
Oxirgi javob: 14-Fevralda e'lon qilinadi
Programa foydalari:
a) Incheon aeroporti tadbirlarida qatnashish
b) Aeroport xodimlaridan o'quv-mashg'ulotlari
c) Oylik moddiy yordam (yakka va guruh uchun)
d) Eng yaxshi qatnashchilar uchun qo'shimcha rag'bat
e) Sertifikat, sovg'alar, faollar uchun qo'shimcha yordam
Arizani yuklab, dam olish kunlari to'ldirib yuboring
P.s. Incheon aeroportini gullatib yuborganlarga tekinga bilet berishganida o'zim ham qatnashvorardimπ
@allimtv
BY Allim Tv - π°π·π Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!

Share with your friend now:
tgoop.com/allimtv/2118