tgoop.com/allimtv/2121
Last Update:
π°π· Seul xalqaro supporterslari
Seul shaxrini yana ham ko'pchilikka tanitish uchun xalqaro yordamchilar (supporters) larni tanlab oladi.
Kimlar uchun:
- 2025-yil oxirigacha Koreyada yashaydigan(ayni paytda ham yashayotgan);
- Ingliz, Xitoy yoki Yapon tilini biladiganlar
- Ijtimoiy tarmoqda faol bo'lib, kontent tayyorlashga ustalar
- Seulga bo'lgan muhabbati cheksizlar:)
- Programa boshlanish (Fevral) va yakunlash marosimi (Dekabr) da qatnasha oladiganlar
Ro'yxatdan o'tish muddati: 9-Fevralgacha
Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSft47H9B_EVL5ZjAUY0zXDCyt6FB1HkHGdTcRKPuO5m2dMwKA/viewform
Ro'yxatdan o'tish sharti: "Zavqli va yashashni xohlaydigan shahar - Seul" mavzusida 1 daqiqalik video tayyorlash. Albatta bu videoni Ingliz tilida olish kerak!
Ro'yxatdan o'tganlarga javoblar 14-Fevral kuni chiqadi. Suhbat yo'q ekan.
Programa foydalari:
- Seul shaxri haqida kontent tayyorlash va bunga kerakli yordam olish
- Programada qatnashish yordam puli olish - 150 000 won va boshqalar
P.s. Atigi 20 ta odam tanlab olishar ekan. O'z omadingizni sinab ko'ring:)
@allimtv
BY Allim Tv - π°π·π Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!

Share with your friend now:
tgoop.com/allimtv/2121