tgoop.com/allimtv/2122
Last Update:
πΊπΏGKS uchun kerak bo'lmagan hujjat(lar)
Bu qanday hujjat deysizmi?
1 - Ota-ona nikohdan o'tganligi haqida hujjat.
Bilasizlar GKS grantida
- Applicant's/Parent(s)' Proof of Citizenship and family relationship document
degan hujjat bor. Bu yerda ham GKS ga hujjat topshirgan nomzod, ham nomzodning ota-onasining fuqoroligini (ya'ni Koreys emas chet ellik ekanini) tasdiqlash hujjat va oilaviy bog'liqlik hujjati so'ralgan.
Shu hujjatni o'qib, ko'pchilik GKS ga hujjat topshiradigan nomzodning ota-onasi nikohdan o'tganligi haqida hujjat ham kerak degan fikr keladi.
BU HUJJAT KERAK EMAS. Yana bir bor aytaman ota-onani nikohdan o'tganligi haqida hujjat kerak emas.
Yuqorida GKS uchun talab qilingan hujjat bu nomzodning tug'ilganlik haqida guvohnomasi, pasport nusxasi va ota-onaning pasport nusxasidir.
Chunki hujjatda fuqorolikni tasdiqlovchi hujjat va qondoshlik rishtasi bog'langan hujjat so'ralgan.
1) Pasport nusxasi bu fuqorolikni tasdiqlovchi hujjatdir.
2) Tug'ilganlik haqida guvohnoma esa bu GKS ga hujjat topshiruvchi nomzod va uning ota-onasi o'rtasidagi bog'liqlikni isbotlovchi hujjatdir.
Nikohdan o'tganlik haqida hujjatni bunga aloqasi yo'q!
Keyin yana GKS granti uchub Tug'ilganlik haqida guvohnomani apostil qildirish shart! Agar bu hujjat Ingliz tilida bo'lmasa notariusdan Ingliz tiliga tarjima qildirib, tasdiqlatish kerak!
Va so'z oxirida aytamanki
2) Mahalladan "spravka" degan hujjat GKS uchun umuman kerak emas!
Keyin hozir bunday hujjatni berish ham to'xtatilgan!
GKS grantiga hujjat qilayotganda qo'llanman(guideline) ni yaaaaxshilab o'qib chiqing!
GKS ga hujjat tayyorlashda yordam beraman deb, bilib-bilmay noto'g'ri ma'lumotlar berib qo'yayotgan mentorlar haqida ko'p eshityapman. Shuni oldini olish uchun bu post yozildi!
P.s. Iltimos bilib-bilmay bunaqa ma'lumotlar tarqatmanglar. Men yana bu haqida alohida tushuntirib charchab ketyapmanπ
@allimtv
BY Allim Tv - π°π·π Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!
Share with your friend now:
tgoop.com/allimtv/2122