Telegram Web
πŸ‡°πŸ‡·2025 Global Seoul Mates

Turizm va blogerlikga qiziqadiganlar uchun Seul turizm agentligidan ajoyib programma.

Bu programa orqali siz Seul shaxrining chiroyli tomonlarini butun dunyoga yoyishingiz mumkin.

Kimlar uchun:
1) Koreyada qonuniy yashayotgan barcha
2) 2025-yil Noyabr oyigacha Koreyada yashaydigan chet ellik
3) Instagram, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lganlar

Programaga ro'yxatdan o'tish havolari:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfG3iR2ZBCRhy2AL2KlU0EOvWTbnH2UN8NBymVKYwQJJx-Ljw/viewform

Ro'yxatdan o'tish muddati: 31-Yanvargacha

Programa afzalliklari:
1) Seul turizm agnetligi uchun kontentlar yaratish
2) Seul shaxar hokimiyati tadbirlarida qatnashish
3) Programada qatnashganilik uchun ozgina moddiy rag'bat
4) Eng yaxshi qatnashchilar uchun sovg'alar
5) Programani boshlash, mentorlik o'quv-mashg'uloti, programani yakunlash tadbirlarida qatnashish va sertifikat olish.

P.s. Turizm va sayohatni yoqtiradiganlar uchun bu juda ajoyib programa. Tekin sayohat kimga yoqmaydiπŸ˜‰

@allimtv
Forwarded from Mentor Akbarov
#StudentMentor πŸ‘¨β€πŸŽ“πŸ‘©β€πŸŽ“

LG kompaniyasida Koreya πŸ‡°πŸ‡· va AQSHda πŸ‡ΊπŸ‡Έ shu yil yoz internship qilish imkoniyati!


Chet ellik talabalar uchun LG kompaniyasida 2025-yilgi yozgi internship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

β€’ Ariza topshirish muddati
-
1-yanvar, dushanbadan 2-fevral, yakshanba tungi 12:00 gacha
β€’ Amaliyot muddati: 2-iyundan 29-avgustgacha
- Zarurat tugβ€˜ilganda ish davri kelishilgan holda oβ€˜zgartirilishi mumkin
β€’ Internship joyi
- πŸ‡°πŸ‡·Koreya: Seul, LG Science Park
- πŸ‡ΊπŸ‡ΈAQSh: Ann Arbor, Michigan shtati

Batafsil πŸ‘‡

https://www.lgresearch.ai/careers/view?seq=218
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ2025-yilgi TOPIK imtixoni sanalari

Bu yil O'zbekistonda 7 marotaba TOPIK imtixoni o'tkazilar ekan.

IBT - Internet orqali o'tkaziladigan TOPIK imtixoni 3 bora bo'ladi.

PBT - Ananaviy qog'ozda topshiriladigan TOPIK imtixoni 4 bora bo'ladi.

Imtixon sanalariga qarab Koreyaga o'qishga ketmoqchi bo'lganlar o'zlari uchun kerakli sanani belgilab olishlari mumkin.

TOPIK imtixoni haqida barcha ma'lumotlar uchun manba: topiktashkec.uz

P.s. Endi TOPIK imtixoniga ro'yxatdan o'tishda ur-to'palonlar bo'lmasa kerak. Faqat "ko'zi ochlik" qilib ketma-ket imtixonga ro'yxatdan o'tib tashlamanglar. Axir imxiton topshirish ham pul turadi:)

@allimtv
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ100-TOPIK imtixoniga registratsiya sanasi

O'zbekistonda 100-TOPIK imtixoniga (PBT) registratsiyadan o'tish sanasi ma'lum bo'ldi.

Registratsiya sanasi: 13-Fevral soat 19:00 da boshlanadi(bu hamma uchun ro'yxatdan o'tish sanasi, faqat etnik Koreyslar uchun emas)

TOPIK to'lovini amalga oshirish sanasi 17-Fevraldan 28-Fevralgacha.
To'lov joyi Toshkentdagi Koreya Respublikasi ta'lim markazi.
*Farg'ona Koreya Xalqaro universitetida TOPIK imtixonini topshiradiganlar shu yerda to'lov qilishadi!

TOPIK saytida shaxsiy kabinet ochish sanasi: 3-Fevraldan (soat 10:00) 9-Fevralgacha(soat 24:00).

To'liq ma'lumot va shaxsiy kabinet ochish sayti: topiktashkec.uz

Rasmlar manbasi: www.tgoop.com/topik_kec

100-TOPIK imtixoni sanasi: 2025-yil 11-May
#topik #100

P.s. Bir pastda bu yilgi ikkinchi TOPIK (PBT) imtixoniga registratsiya vaqti kelib qolyapti.O'tgan safar imtixonga ro'yxatdan o'ta olmaganlarga bu safar omad kulib boqadi deb o'ylayman:)

@allimtv
πŸ‡°πŸ‡·Incheon aeroporti supporterslari

Incheon aerportini yaxshi ko'rasizmi?
Yomon aerport emas har xolda:)
Shu aerportni rivojlanishiga o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin!

Incheon aeroporti yordamchilari (supporters) programasida qatnashish orqali!
Kimlar uchun:

1) Incheon aeroportini yaxshi ko'radigan, Koreya universiteti bakalavr, magistr, PhD chet ellik talabalari
2) Ijtimoiy tarmoqda faol bo'lganlar
3) Koreys tilini yaxshi bilish kerak

Ro'yxatdan o'tish sanasi: 2-Fevralgacha
Ro'yxatdan o'tish tartibi: Arizani to'ldirib, [email protected] emailiga yuborish kerak.

Arizadan tashqari 1 daqiqalik video tayyorlash ham kerak.
Video mavzusiga quyidagilardan birini tanlashiz mumkin:
1 - Incheon aeroportini esga soladigan payt
2 - Incheon aeroporti ichidagi mening rasmga tushish joyim
3 - Mening Incheon aeroportidan unumli foydalanish yo'llarim
4 - Men uchun Incheon aeroportining o'ziga xos tomonlari

Bu programada siz yakka va guruh tartibda xar hil shartlarni bajarasiz

Suhbatga o'tsez 7-Fevralda habar berishadi.
Suhbat sanasi: 11-Fevral
Oxirgi javob: 14-Fevralda e'lon qilinadi

Programa foydalari:
a) Incheon aeroporti tadbirlarida qatnashish
b) Aeroport xodimlaridan o'quv-mashg'ulotlari
c) Oylik moddiy yordam (yakka va guruh uchun)
d) Eng yaxshi qatnashchilar uchun qo'shimcha rag'bat
e) Sertifikat, sovg'alar, faollar uchun qo'shimcha yordam

Arizani yuklab, dam olish kunlari to'ldirib yuboring

P.s. Incheon aeroportini gullatib yuborganlarga tekinga bilet berishganida o'zim ham qatnashvorardim😁

@allimtv
πŸ‡ΊπŸ‡ΏIshga: O'zbekistondagi Koreya elchixonasi ishga taklif etadi

Lavozim: Diplomat yordamchisi
Hujjat topshirish muddati: 10-Fevralgacha

Koreya elchixonasining harbiy ishlar bo'yicha diplomati yordamchisi lavozimiga loyiq nomzod qidirilyapti.

Nomzodlarga:
1 - O’zbek va Rus tillarini yaxshi bilish
2 - Koreys yoki Ingliz tilini yaxshi bilish
3 - Shu bilan birga kompyuterni yaxshi ishlata olish ya'ni Excel, Word programmalaridan foydalanishni bilish kerak.

Kerakli hujjatlar:
1) Rezyume(rasm bilan);
2) Avtobiografiya
3) Diplom
4) Tajribasi borligini tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa sertifikatlar.

Koreys tilini bilish (TOPIK) yoki Ingliz tilini bilish sertifikati bo'lsa, albatta topshirish kerak.

Oylik: Suhbatdan so'ng belgilanadi

Ish turi: Doimiy ish

Sizda bu ishga qiziqish bo'lsa, Ingliz yoki Koreys tilidagi rezyumeni [email protected] emailiga yuborishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun havola: https://overseas.mofa.go.kr/uz-ko/brd/m_8555/view.do?seq=1347367&page=1

Ma'lumot uchun telefon: +998-71-252-3151(Elchixona raqami)

P.s. Bu ishda ancha sirli masalalar ko'riladi. Shunga hujjat topshirishdan oldin o'ylab ko'rilaπŸ˜‰
#ishga #elchixona

@allimtv
πŸ‡°πŸ‡· Seul xalqaro supporterslari

Seul shaxrini yana ham ko'pchilikka tanitish uchun xalqaro yordamchilar (supporters) larni tanlab oladi.

Kimlar uchun:
- 2025-yil oxirigacha Koreyada yashaydigan(ayni paytda ham yashayotgan);
- Ingliz, Xitoy yoki Yapon tilini biladiganlar
- Ijtimoiy tarmoqda faol bo'lib, kontent tayyorlashga ustalar
- Seulga bo'lgan muhabbati cheksizlar:)
- Programa boshlanish (Fevral) va yakunlash marosimi (Dekabr) da qatnasha oladiganlar

Ro'yxatdan o'tish muddati: 9-Fevralgacha
Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSft47H9B_EVL5ZjAUY0zXDCyt6FB1HkHGdTcRKPuO5m2dMwKA/viewform

Ro'yxatdan o'tish sharti: "Zavqli va yashashni xohlaydigan shahar - Seul" mavzusida 1 daqiqalik video tayyorlash. Albatta bu videoni Ingliz tilida olish kerak!

Ro'yxatdan o'tganlarga javoblar 14-Fevral kuni chiqadi. Suhbat yo'q ekan.

Programa foydalari:
- Seul shaxri haqida kontent tayyorlash va bunga kerakli yordam olish
- Programada qatnashish yordam puli olish - 150 000 won va boshqalar

P.s. Atigi 20 ta odam tanlab olishar ekan. O'z omadingizni sinab ko'ring:)

@allimtv
πŸ‡ΊπŸ‡ΏGKS uchun kerak bo'lmagan hujjat(lar)

Bu qanday hujjat deysizmi?

1 - Ota-ona nikohdan o'tganligi haqida hujjat.

Bilasizlar GKS grantida
- Applicant's/Parent(s)' Proof of Citizenship and family relationship document

degan hujjat bor. Bu yerda ham GKS ga hujjat topshirgan nomzod, ham nomzodning ota-onasining fuqoroligini (ya'ni Koreys emas chet ellik ekanini) tasdiqlash hujjat va oilaviy bog'liqlik hujjati so'ralgan.

Shu hujjatni o'qib, ko'pchilik GKS ga hujjat topshiradigan nomzodning ota-onasi nikohdan o'tganligi haqida hujjat ham kerak degan fikr keladi.

BU HUJJAT KERAK EMAS. Yana bir bor aytaman ota-onani nikohdan o'tganligi haqida hujjat kerak emas.

Yuqorida GKS uchun talab qilingan hujjat bu nomzodning tug'ilganlik haqida guvohnomasi, pasport nusxasi va ota-onaning pasport nusxasidir.

Chunki hujjatda fuqorolikni tasdiqlovchi hujjat va qondoshlik rishtasi bog'langan hujjat so'ralgan.
1) Pasport nusxasi bu fuqorolikni tasdiqlovchi hujjatdir.
2) Tug'ilganlik haqida guvohnoma esa bu GKS ga hujjat topshiruvchi nomzod va uning ota-onasi o'rtasidagi bog'liqlikni isbotlovchi hujjatdir.

Nikohdan o'tganlik haqida hujjatni bunga aloqasi yo'q!

Keyin yana GKS granti uchub Tug'ilganlik haqida guvohnomani apostil qildirish shart! Agar bu hujjat Ingliz tilida bo'lmasa notariusdan Ingliz tiliga tarjima qildirib, tasdiqlatish kerak!

Va so'z oxirida aytamanki
2) Mahalladan "spravka" degan hujjat GKS uchun umuman kerak emas!
Keyin hozir bunday hujjatni berish ham to'xtatilgan!

GKS grantiga hujjat qilayotganda qo'llanman(guideline) ni yaaaaxshilab o'qib chiqing!

GKS ga hujjat tayyorlashda yordam beraman deb, bilib-bilmay noto'g'ri ma'lumotlar berib qo'yayotgan mentorlar haqida ko'p eshityapman. Shuni oldini olish uchun bu post yozildi!

P.s. Iltimos bilib-bilmay bunaqa ma'lumotlar tarqatmanglar. Men yana bu haqida alohida tushuntirib charchab ketyapmanπŸ˜…

@allimtv
JOB OPENING (Receptionist).pdf
598.8 KB
πŸ‡ΊπŸ‡ΏIshga: KOICA O'zbekiston vakolatxonasining qabulxonasiga

KOICA tashkilotining O'zbekiston vakolatxonasiga qabulxonasida ishlaydigan kotib(a) kerak.

Hujjat topshirish muddati:
23-Fevralgacha
Oylik: 600$ (Tajribaga qarab suhbatdan keyin yana kelishiladi)

Talablar:
1) Yuqori sinf, litsey, kollej diplomi (kamida)
2) Koreys tili (yoki Ingliz)ni va O'zbek, Rus tillarini yaxshi bilish (Nomzodlar muloqot qobiliyatiga ega boβ€˜lishi kerak)
3) Kamida bir yillik ofis administratsiyasi, kotibiyat ishlari bo'yicha tajriba
4) Microsoft Office va boshqa programalarni yaxshi ishlatish

Asosiy ish:
- Vakolatxonaga keladigan mexmonlar, qo'ng'iroqlar va emailga javob berish
- Hujjatlar bilan ishlash va administrativ ishlar

Intervyuga chaqirish sanasi: keyin e'lon qilinadi.

Ish joyi: Toshkent Taras Shevchenko ko'chasi 21A (Orientir Mass media markazi)
Ish vaqti: Haftasiga 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha.

Rezyumeni Ingliz yoki Koreys tilida [email protected] ga yuborishingiz mumkin!

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: + 998 (71) 252-35-61 

To'liq ma'lumot quyidagi faylda(Ingliz tilida) bor. Manba KOICA O'zbekiston vakolatxonasi telegram kanali.

P.s. KOICA Koreya elchixonasi qoshidagi davlat tashkiloti hisoblanadi. Koreya davlat tashkilotida ish tajribasini olmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi imkoniyat!
#ish #koica #kotib

@allimtv
πŸ‡°πŸ‡·Milliy zamonaviy san'at muzeyi supporters

Endi navbat san'atga. Bu yo'nalishga qiziqib, Koreyaning zamonaviy san'atiga qiziqadiganlar bo'lsa, bu programa sizlar uchun!

Qatnashish shartlari:
1) Koreyada qonuniy yashayotgan;
2) Koreya san'atiga qiziqadigan;
3) Ijtimoiy tarmoq uchun kontent tayyorlay oladigan va topshiriqni bajara oladigan;
4) Koreys tilini biladiganlar bu programada qatnasha oladilar.

Bu programa orqali muzey ishlari haqida ko'p narsa bilib olishiz mumkin.
Koreya universitetlarida san'at sohasida o'quvchi talabalar uchun bu juda yaxshi imkoniyat:)

Bu programaga ro'yxatdan o'tish sanasi:
16-Fevralgacha

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi arizani to'ldirib, [email protected] emailiga yuborishingiz kerak.

P.s. Yil boshida har xil programalarga ro'yxatdan o'tish boshlanadi. O'zingizga mosini tanlab olsangizlar bo'ldi:)

@allimtv
πŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡°πŸ‡·2025-yilgi GKS-G Embassy trackga qabul ochiq

2025-yilgi GKS-G(magistratura, doktarantura, Koreys tili ustozlari va ilmiy ish uchun) Embassy track uchun qabul boshlandi.

O’zbekistonda Embassy track uchun hujjatlarni Toshkentdagi Koreys tili markaziga topshirish kerak.

Hujjatlarni qabul muddati: 2025-yil 28-Fevralgacha
16:00 gacha

Bu yil GKS-G Embassy track uchun O’zbekistonga 15+ ta o’rin berilgan.
1) 12 ta o’rin umumiy-hamma uchun
2) 3 ta o’rin O’zbekistonlik etnik Koreyslar uchun
+ilmiy ish va Koreys tili ustozlari uchun joylar

Kerakli hujjatlar(hujjatlar allimtv kanalida ham bor) uchun link:
https://tashkec.uz/kr/news/center-events/22604

P.s. Hujjatlarni tayyorlashga 16 kunila bor! Albatta bu vaqt hamma narsani uchun tayyorlashga yetadi shunda ham tezroq harakat qilishni maslahat beraman:)

@allimtv
πŸ‡°πŸ‡·πŸ‡ΊπŸ‡Ώμ œ18κΈ° λŒ€ν•œλ―Όκ΅­ λ°”λ‘œμ•Œλ¦Όλ‹¨ λͺ¨μ§‘ - 18 - Koreyani to'g'ri tanishtiruvchilarni to'playmiz.

Kimlar uchun:
18 yoshdan oshgan va Koreys tilini yaxshi biladigan barcha uchun!

Bu programada chet el matbuotida Koreya haqida berilgan noto'g'ri ma'lumotlar haqida Koreya tomonini ma'lum qilib, Koreya madaniyatini chet elliklarga to'g'ri tanitish kerak.

Ro'yxatdan o'tish muddati: 12-Fevraldan 4-Martgacha

Programmaning foydali tomonlari:
1) Faol qatnashchiga Chet elga Koreya madaniyatini tanitish markazi direktori nomidan qimmatbaho sovg'a va kupon beriladi
2) Madaniyat va sport vazirligi bilan Chet elga Koreya madaniyatini tanitish markazi tashkil qilgan tadbirlarga taklifnoma
3) Koreyani to'g'ri tanitish uchun material bilan taminlab, shaxsiy tashrif qog'ozi beriladi
4) Qatnashuvchilarning faoligiga qarab, 1365 saytida ro'yxatga olinadigan volontyorlik vaqti va bu programaning sertifikati beriladi

Programaga (www.factsaboutkorea.go.kr) websaytida ro'yxatdan o'tgandan so'ng ariza yuborish mumkin.

Programa muddati: 2025-yil Aprel oyidan Iyul oyigacha

Ishtirokchilar soni: 35 ta
Programa ariza javobi chiqish sanasi: 18-Mart.

Aprel oyida programa bilan tanishuv marosimi bo'lib o'tadi. (Chet ellik qatnashchilar bu marosimga online shaklda ishtirok etishlari kerak)

P.s. Mana hamma uchun programa. Koreyada bo'lasizmi, O'zbekistondami farqi yo'q:)

@allimtv
πŸ‡°πŸ‡·Suwon markazi volontyorlarini izlamoqda

SCVA - Suwon Center's Volunteer Activators 12 - volontyorlarini qidirmoqda.

Kimlar uchun?
- Suwon shaxridagi universitetlarning chet ellik talabalari yoki shu shaxarda yashovchi chet elliklar
- Koreys va Ingliz tilini yaxshi biladiganlar
- Chet elliklar bilan birga tadbirlarda qatnashmoqchi bo'lganlar
- Bu programaning barcha tadbirlarida qatnasha oladiganlar

Ro'yxatdan o'tish sanasi: 16-Martgacha
Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://www.swcic.or.kr/cen/notice.asp?bidx=3128&bgbn=R

Programadan olinadigan foydalar:
- Programa yordam puli
- Volontyorlik soatlari
- Sertifikat va eng yaxshi qatnashchi uchun sovg'alar
- Yaxshi qatnashchilar markaz loyihalarida qatnashish uchun qo'shimcha imkoniyatga ega bo'ladi

Umumiy 16 ta odam tanlab olinadi.
Programa muddati: 2025-yil Aprel oyidan Dekabr oyigacha.
Ariza va kerakli hujjat quyida!

P.s. Suwonda yashaydiganlar bormi? Sizlarga yaxshigina programa bor keb qolilar😁

@allimtv
2025/02/27 07:34:54
Back to Top
HTML Embed Code: