Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

ANDIJONDA "JADIDLAR IZIDAN" RESPUBLIKA KOʻRIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI DAVOM ETMOQDA

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
📣 “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra;

2025-yil 1-martdan boshlab:

musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy taʼlim asosida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining belgilangan oʻquv dasturlarini toʻliq yakunlagan, 11-sinfni tugatganligi toʻgʻrisida umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlgan bitiruvchilarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida toʻgarak rahbari sifatida ishlash huquqi beriladi;

2025-2026-oʻquv yiliga qadar:


musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;

2025-yil 1-apreldan boshlab:

“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etilib, jamoalar oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:


maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha Bolalar musiqa va sanʼat maktablari tayanch sifatida belgilanadi;

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatib boradi;

musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga 2 bosqichda toifa berish tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy (ijodiy) imtihon Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etil
adi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Maktablarda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-yil 1-martga qadar:


boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari yosh toifasi boʻyicha harakatli oʻyinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari roʻyxati shakllantiriladi;

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

davlat taʼlim standartlari asosida 5-11-sinflar uchun jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

har yili anʼanaviy tarzda maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportning (quvnoq startlar) mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkout turlari boʻyicha uch bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi;

2025-yil 1-iyunga qadar:

maktab oʻquvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, oʻquvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasi yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;

reyting natijalari asosida eng yaxshi natijaga erishgan maktablarning jismoniy tarbiya oʻqituvchilari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining tarmoq mukofotlari bilan taqdirlanadi;

2025-yil 1-mayga qadar:


maktab sport klublari aʼzolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida oʻquvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etiladi;

2025-yil 1-iyulga qadar:

jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi;

har oʻquv yili yakunida oʻquvchilarning sinflar boʻyicha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

yuqori natijaga erishgan maktab sport klublari aʼzolari uchun davlat sport taʼlim muassasalarida nufuzli xalqaro sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari ishtirokida amaliy mahorat mashgʻulotlari tashkil etiladi;

eng yaxshi natijaga erishgan maktab sport klubi aʼzolari uchun Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va yurtimizdagi mashhur sport obeʼektlarida mahorat mashgʻulotlari tashkil etiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
ANDIJONDA "JADIDLAR IZIDAN" RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI OʻTKAZILDI

Xabaringiz bor, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida "Jadidlar izidan" Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Andijon shahridagi Muhammad Yusuf ijod maktabida ushbu tanlovning Andijon viloyati bosqichi oʻtkazilib, unda quyi bosqichlarda 40 mingdan ortiq tengdoshlari ichida eng sara deb topilgan 32 nafar oʻquvchi-yoshlar gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.

Jadid bobolarimiz tarixiga oid badiiy chiqishlar bilan boshlangan musobaqa murosasiz baxslarga aylanib, yakunda 6-8-sinflar ichida Zilolaxon Muhammadvaliyeva (Ulugʻnor tumani), 9-10-sinflar ichida Buloqboshi tumani vakilasi Shodiyona Rahmatjonovalar (Buloqboshi tumani) Respublika bosqichi yoʻllanmasiga ega chiqib, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJONDA "JADIDLAR IZIDAN" RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI OʻTKAZILDI

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
Bayroqqa hurmat — yurtga muhabbatdan dalolat!

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g'urur, faxr va iftixor bag'ishlaydi.

💐Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi aziz yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
2025/07/13 11:19:27
Back to Top
HTML Embed Code: