Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😚😚😚😌
Айни дақиқаларда Ўзбекистон МТРК ижодкорлари томонидан Янги Андижон ҳақида репортаж тасвирга олинмоқда.

Жумладан, янги шаҳардаги ижтимоий масканлар фаолиятини яқиндан ёритиш режалаштирилган.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

RUS TILI O'QITUVCHILARI UCHUN MAHORAT DARSLARI O'TKAZILMOQDA


(Andijon viloyati pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan tadbir "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
An’anaga ko‘ra, yil yakunida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida yurtimizning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashdim.

2023/24-o‘quv yilida bu yoshlar – maktablarimiz o‘quvchilari nufuzli olimpiadalarda ajoyib natijalarga erishdi – 128 ta medal, jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi! Ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bo‘lishdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz.

Yosh qahramonlarimizni chin qalbimdan tabriklayman, bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun esa ustozlar hamda ota-onalarga minnatdorlik izhor etaman. Bu muvaffaqiyat g‘alabalarga to‘la katta yo‘lning boshlanishi bo‘lsin. O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida!


По сложившейся традиции в конце года я встретилась в Администрации Президента Узбекистана с юными умниками и умницами страны.

В 2023/24 учебном году наши ребята достигли невероятных результатов на престижных олимпиадах, завоевав 128 медалей, включая 15 золотых, 36 серебряных и 77 бронзовых!
Многие из них были лучшими по химии, математике, физике и информатике. Это рекордный показатель в истории Узбекистана, которым мы все гордимся.

Сердечно поздравляю наших героев и благодарю учителей и родителей за их вклад, веру и поддержку. Пусть этот успех станет лишь началом большого пути. За молодёжью —   будущее Узбекистана!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA "YANGI YIL" SHUKUHI

(Videolavhada: Andijon tumanidagi 37-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari)

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
#Live
#Jadidlar_izidan

"Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblari Germaniyaga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishdi

Avval xabar qilinganidek, hozirda poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi qizgʻin davom etmoqda.

⚡️
Tadbirda har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan (6-, 7-, 8-sinflar va 9-10-sinflarlar o'rtasida) jami 14 nafar quyidagi oʻquvchilar gʻolib, deb topildi.

👉
6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida

Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi (Fargʻona viloyati)

Boxodirov Shoxjahon Kamoliddin oʻgʻli (Toshkent viloyati)

Boboxonov Akbar Sardor oʻg'li (Xorazm viloyati)

Sharapova Madinabonu Farruxovna (Buxoro viloyati)

Musulmanova Diyora Baxrom qizi (Toshkent shahar)

Abdumutalifova Sugʻdiyona Xushnudjon qizi (Namangan viloyati)

Komilova Zilola Faxriddin qizi (Navoiy viloyati)

👉
9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida

Azimova Jasmina Toʻlqin qizi (Qashqadaryo viloyati)

Qodirov Bobur Dilshod oʻgʻli (Sirdaryo viloyati)

Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi (Farg'ona viloyati)

Qoʻchqarova Ziyoda Mansurjon qizi (Namangan viloyati)

Ergasheva Farangiz Bahriddin qizi (Navoiy viloyati)

Raxmatjonova Shodiyobonu Xabibulla qizi (Andijon viloyati)

Yunusova Roʻzixon Burxon qizi (Toshkent viloyati)

❗️
Eslatib oʻtamiz: tanlov Nizomiga koʻra, mazkur gʻolib oʻquvchilar Germaniya davlatiga taʼlim sayohatiga yuboriladi hamda u yerda jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi.

👉 Shuningdek, maʼrifatparvar jadidlar hayotiga doir koʻplab tarixiy maskanlarga sayohat qilishadi, mavzuga doir turli tadbirlar, jonli muloqot va uchrashuvlarda qatnashadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😚😚😚😌
Андижон фарзанди республикамизда 1-ўринда

Президент ташаббуси билан маърифатпарвар аждодларимиз ва жадид боболаримизнинг бой илмий меросини ўрганиш йўлида мактаб ўқувчилари учун “Жадидлар изидан” республика танлови ўтказилмоқда.

16-20 декабрь кунлари Тошкентда бўлиб ўтаётган финал босқичида Андижон қизи Шодиябону Раҳматжонова ғолибликни қўлга киритди.

Маълумот учун, ушбу ўқувчи Булоқбоши туманидаги 11-мактабда таҳсил олади.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarimizdagi o‘quvchilarning rekordlari — ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun kuchli rag‘bat bo‘lib, bu O‘zbekistondagi har bir bola o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish va umumiy kelajagimizga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

-

Рекорды наших школьников — это мощный стимул для дальнейшего развития и совершенствования системы образования, чтобы каждый ребёнок в Узбекистане имел возможность раскрыть свой потенциал и внести вклад в наше общее будущее.
Шодиябону шодиёналар ила кутиб олинди

16-20 декабрь кунлари Тошкент шахрида “Жадидлар изидан” республика танлови ўтказилди.

Президент ташаббуси билан маърифатпарвар аждодларимиз ва жадид боболаримизнинг бой илмий меросини ўрганиш йўлида мактаб ўқувчилари учун ташкил этилган ушбу танловда Андижон қизи 1-ўринни эгаллади.

Булоқбоши туманидаги 11-мактабнинг 10-синф ўқувчиси Шодиябону Раҳматжонова вилоят ҳокими кўрсатмаларига асосан Булоқбоши туманида катта шодиёналар билан қарши олинди.

Илм йўлида фаоллик билан илдамлаётган, пухта билим ва асл маҳоратни эгаллашга бел боғлаган истеъдодли ўқувчи-ёшларни қўллаб-қувватлаш ишлари Андижонимизда давоми этмоқда.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Simpoziumlar saroyida maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimini oʻtkazdik.

Tadbirda joriy yilda alohida ahamiyatli yutuqlarga erishgan bir guruh umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va pedagoglari “Xalq taʼlimi fidoyisi” va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ayni vaqtda tizimdagi mavjud 10 mingdan ortiq maktab va 38 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 700 ming nafarga yaqin pedagoglar 8,7 mln nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Barchangizni tabriklayman, yuz minglar orasidan tanlangan, munosib deb topilganingiz bilan!

Tadbir soʻnggida “Turon” teatri yosh ijodkorlari ijrosida Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi” spektakli hamda madaniy dasturlar ham namoyish etildi.

@hilola_umarova
Andijon viloyati maktab direktorlari va jamoalari o‘rtasida “Vatan bittadir!” tanlovi

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Vodiy1.uz internet nashri hamkorlikda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab “Vatan bittadir” shiori ostida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda viloyatdagi umumta’lim maktablarining direktorlari o‘z jamoalari – o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan birgalikda 2 daqiqalik videroliklari bilan ishtirok etadi.

Tanlov shartlari:
Videokontent o‘quvchilarda vatanparvarlik ruhini uyg‘otisha xizmat qilish lozim. Ssenariyda she’riyat, qo‘shiq, raqs, teatrlashtirilgan sahna asari singari san’at turlaridan foydalanish mumkin.(slaydlar qabul qilinmaydi)

Videoroliklar 10-yanvar kuni soat 17:00ga qadar – Vatan bittadir Andijon 24 https://www.tgoop.com/vatan_bittadir telegram guruhiga jo‘natilishi kerak!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
UMUMTA'LIM MAKTABLARI 11-SINF OʻQUVCHILARINI KASB-HUNARGA YOʻNALTIRISH MAQSADIDA ANDIJON SHAHRIDAGI MAKTAB BITIRUVCHILARINI "ANDIJON AVTOTEX-XIZMAT" XIZMAT KOʻRSATISH MAJMUASIGA SAYOHATLARI TASHKIL ETILDI

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
2025/07/14 20:11:48
Back to Top
HTML Embed Code: