tgoop.com »
United States »
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi » Telegram Web
“BOSHQARMA BOSHLIGʻI KUBOGI" UCHUN SHAXMAT MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI OʻTKAZILDI
Xabaringiz bor viloyatimizda yosh avlodga sifatli ta'lim berish bilan bir qatorda ularni mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi muassasalar oʻquvchi va tarbiyalanuvchilari oʻrtasida "Boshqarma boshligʻi kubogi uchun" Shaxmat musobaqalari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 14-noyabr kuni Yangi Andijon shahridagi 1-umumta'lim maktabida mazkur musobaqaning yakuniy bosqichi oʻtkazilib, unda quyi bosqichlarida ishtirok etgan 50 mingdan ziyod maktab oʻquvchilari hamda bogʻcha tarbiyalanuvchilari ichida eng sara deb topilgan 128 nafar yosh grossmeysterlar gʻoliblik uchun kuch sinashdi.
Musobaqada avvalida boshqarma boshlig’i O’.Shukurov tomonidan mana shunday baxslar o’quvchi-yoshlar uchun katta musobaqalarga yo’l ochishi alohida ta’kidlanib, mazkur ishtirokchilar ham kelajakda yurtimiz shaxmat terma jamoasi safida vatanimiz bayrog’ini yuksak cho’qqilarga ko’taradigan iqtidorlar bo’lib yetishishlariga umid bildrildi.
Shaxmat tarixiga oid badiiy chiqishlar bilan boshlangan musobaqa murosasiz baxslarga aylanib, yakunda 8 ta yosh toifasida jami 24 nafar shaxmatchi yoshlar go’liblikni qo’lga kiritdi hamda Boshqarma boshlig’i kubogi va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Web sayt

Telegram
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr
Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI BOSHLIGʻI KUBOGI" UCHUN SHAXMAT MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI OʻTKAZILDI
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Web sayt
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати