Telegram Web
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan psixologlar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi sizlarni “22-noyabr — xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida minglab psixologlar mehnat qilishmoqda va ular yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashlarida katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Sizlarning jonbozligingiz va mehnatingiz tahsinga sazovor, zero har biringiz yosh avlodni ma'nan yetuk, ruhan sog'lom hamda jamiyatning to'laqonli a'zosi qilib yetishtirishda muhim o’rin tutmoqdasiz.

Kelgusi faoliyatingizda ham sizlarga omad va zafarlar yor bo'lsin! Bugungi muhim sana barchangizga muborak bo‘lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
VAZIRLIK VAKILLARI ISHTIROKIDA INKLYUZIV HAMDA YAKKA TARTIBDA TA'LIM OLAYOTGAN OʻQUVCHILAR XOLIDAN XABAR OLINIB, MAKTABLARDA TASHKIL ETILGAN SARDORLAR KLUBIDA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR KOʻZDAN KECHIRILDI

Andijon viloyati MMTB Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
👫 "Bolalar harakati" mahalliy sardorlar saylov navbati Andijon shahriga keldi!

📌 Bugun Andijon shahrida Yoshlar ishlar agentligi shahar bo'limi va shahar Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi bilan birgalikda O'zbekiston bolalar tashkiloti "Bolalar harakati" shahar sardorlar saylovi bo'lib o'tdi.

🗳Saylov davomida maktablardan tashrif buyurgan sardorlar 6 yo'nalish va 1 nafar bosh sardor jami 7 nafar shahar sardorlari saylab oldilar.

👫"Bolalar harakati" shahar sardorlar saylovida bevosita Maktabgcha va maktab ta'lim vazirligi mas'ul hodimi, O'zbekiston Bolalar tashkiloti boshqaruv Kengashi mas'ul hodimi hamda O'zbekiston bolalar tashkiloti Andijon viloyat bo'limi boshlig'i ishtirok etib sardorlar o'z maslahatlarini berdilar.

🔥Saylov yakunlariga ko'ra sardor etib saylangan sardorlarga ishonch yorliqlari hamda esdalik sovg'alarni topshirdilar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 📱 Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Xushxabar! Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;

unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):

zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

@hilola_umarova
📣 Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga qator soliq imtiyozlari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar:

nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);

nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatnidoimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga "A-2" o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reyestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

👉 Qarorning to‘liq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мамлакатимиздаги вилоятлар ҳокимлари тажриба алмашиш режаси билан Андижонимизга келди.

Президентимиз тошириқлари ижроси, халқаро ҳамкорлик ҳаракатлари ва меҳнатсевар Андижон аҳли фаолияти билан амалга оширилаётган ишлардан бир қисми - 13 та лойиҳа меҳмонларга яқиндан таништириб ўтилди.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA "YO'L HARAKATI QOIDALARINI-BOLALIKDAN O'RGANAMIZ" MAVZUSIDA SEMINARLAR O'TKAZILMOQDA


(Ulug'nor tumanidagi 15-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkazilgan seminar "Mening Yurtim" telekanalining "Hudud" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi

Bugun Respublikamizning barcha hududlarida 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o‘quvchilarining ishtiroki kutilmoqda.

✔️Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar:

🔝1-o‘rin uchun BHMning 6 baravari;
🔝2-o‘rin uchun BHMning 4 baravari;
🔝3-o‘rin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

✔️ Mazkur bosqichda 1-2-3-o‘rinni qo‘lga kiritgan 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf bo’yicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

ANDIJONDA MAKTAB O'QUVCHILARI O'RTASIDA AN'ANAVIY TARZDA O'TKAZILIB KELINAYOTGAN ASOSIY FAN OLIMPIADALARINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

(Ma'lumot o'rnida: Amaldagi tartib bo‘yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar:

🔝1-o‘rin uchun BHMning 6 baravari;
🔝2-o‘rin uchun BHMning 4 baravari;
🔝3-o‘rin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi)


Andijon viloyat MMTB Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
2024/11/26 12:47:35
Back to Top
HTML Embed Code: