Telegram Web
Forwarded from Shahrixon tumani MMTB (Abdurashid Xabibullayev 🇺🇿)
JONAJON MAKTABIMGA KITOB SOVG‘A QILAMAN!

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Shahrixon tumanining Qoziqo‘rg‘on mahallasida joylashgan 58-umumta’lim maktabida “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Andijon mashinasozlik institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akmaljon Ermatov, maktab o‘qituvchilari, “Yosh kitobxon” tanlovi respublika bosqichi sovrindori Umidjon No‘monov va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.

O‘quvchilar bilan uchrashuvda kitobning jamiyat taraqqiyoti, inson kamolotidagi o‘rni va roli haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalarining sara asarlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi, savol-javoblar bo‘ldi.

Tadbirda Andijon mashinasozlik instituti “Nihol” talabalar studiyasi tomonidan ijodkor Erkin Xushvaqtning “Qirmizi olma” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

Shundan so‘ng Andijon mashinasozlik instituti birinchi prorektori Akmaljon Ermatov o‘zi tahsil olgan mazkur maktab kutubxonasiga yuzdan ortiq kitob sovg‘a qildi.
Institut-mahalla-maktab hamkorligini mustahkamlash maqsadida har uch oyda bir marta maktab kutubxonasiga sovg‘a qilingan kitoblarni eng ko‘p o‘qigan kitobxon o‘quvchilarga Qoziqo‘rg‘on mahallasida istiqomat qiluvchi Ermatovlar oilasi tomonidan ta’sis etilgan stipendiya beriladigan bo‘ldi.

Shahrixon tumani MMTB
Matbuot xizmati

Telegram |Facebook|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON VILOYATI SOGʻLIQNI SAQLASH BOSHQARMASI HAMKORLIGIDA ANDIJON VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI JAMOASI UCHUN BEPUL TIBBIY KOʻRIK TASHKIL ETILDI

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Andijon shaharidagi 31-umumta'lim maktabi o'quvchi va o'qituvchilari tomonidan "Yashil makon xonadonda" aksiyasi tashkil etildi.

Ma'lumot uchun ushbu maktabda jami 3 ming 415 nafar o'quvchilar 1 ming 870 ta xonadondan kelib taxsil oladilar.

Aksiya doirasida barcha xonadonlarda mevali va manzarali daraxtlar ekilishi ko'zda tutilgan

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

O'QITUVCHILARGA SO'NGI XORIJIY ILG'OR TAJRIBALARNI O'RGATISHGA QARATILGAN O'QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI

(Andijon shahridagi Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan tadbir "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

HUDUDLARDAGI TA'LIM MUASSASALARDA KONSTITUTSIYA-HUQUQLARIMIZ KAFOLATI SHIORI OSTIDA TADBIRLAR BOʻLIB OʻTMOQDA

(Andijon shahridagi 15-umumta'lim maktabida tashkil etilgan tadbir "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from NHRC | НЦПЧ
🌟 "Inson huquqlari bilimdoni" viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinab ko'ring!

Inson huquqlari bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi "Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta'lim va innovatsiyalar" milliy tanlovi doirasida 6-dekabr kuni soat 15:00 da "Inson huquqlari bilimdoni" onlayn viktorinasi o'tkazilishini e’lon qiladi.

🔹 Viktorina "Bizning huquqlarimiz, bizning kelajagimiz, aynan hozir" shiori ostida, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni va 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuniga bag'ishlab o'tkaziladi.

🎯 Viktorina:
💡Telegram ijtimoiy tarmog'ida o'tkaziladi.
📚 Ishtirokchilarga "Konstitutsiya va inson huquqlari" mavzusini qamrab olgan 20 ta savol taqdim etiladi.
Viktorina 15:00 da boshlanadi va belgilangan vaqt davomida o'tkaziladi.

📌 Qanday qatnashish mumkin?
🔸6-dekabr kuni soat 15:00 da tegishli havola orqali sahifaga kiring.
🔸Belgilangan joyga ism, familiya va sharifingiz hamda boshqa ma'lumotlarni to'g'ri kiriting.
🔸Berilgan vaqt davomida savollarga javob bering.


ESLATMA ❗️❗️❗️
🔻Har bir ishtirokchi uchun faqat bir marta testni yechish imkoniyati beriladi.
🔻Anonim tarzda (noaniq nikneymlar orqali) ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar natijalari qabul qilinmaydi.
🔻Bir shaxs tomonidan takroran yoki bir necha marta yuborilgan arizalar bekor qilinadi.


🎁 G'oliblarni nimalar kutmoqda?
🥇Qimmatbaho sovg'alar!
📖 Inson huquqlari bo'yicha foydali adabiyotlar.
🎉 Unutilmas tajriba va yangi bilimlar!

📍Taqdirlash marosimi
• Gʻoliblar 8 dekabr — Konstitutsiya kuni hamda 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan taqdirlanadi.


📱www.nhrc.uz 📱Telegram 📱Facebook 📱Twitter 📱YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

O‘QUVCHI-YOSHLARNI YURTGA SODIQ VA HAQIQIY VATANPARVAR OʻGʻLONLAR ETIB VOYAGA YETKAZISH YOʻNALISHIDA AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILGAN TASHABBUSLAR YUZASIDAN DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTMOQDA

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from Jadidlar izidan
#Jadidlar_izidan
#Youtube_kanal

😎 “JADIDLAR IZIDAN” YOUTUBE KANALI OCHILDI!

✔️ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil qilingan edi.

🌀 Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

🔴 “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini yoritib borish maqsadida Youtube kanali ochildi.

➡️ Youtube kanaliga a’zo bo‘lish:

➡️ https://www.youtube.com/@jadidlarizidanuz

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI VAKILLARI ISHTIROKIDA OʻQUVCHILARNI CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʻICH TAYYORLASH ISHLARI MUHOKAMA ETILDI

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
Joriy yilning 5-dekabr kuni Andijon viloyatida Davlatimiz rahbarining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari, Mudofaa vazirligi, Favqulotda vaziyatalar vazirligi, Milliy gvardiya mas'ul xodimlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zaro muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda 600 nafardan ziyod umumta’lim tashkilotlarida chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarish, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan har bir tuman (shahar)da “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ularni jihozlash, moddiy texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.
2025/07/14 17:52:35
Back to Top
HTML Embed Code: