Telegram Web
#Dolzarb_90_kun

📍 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI ANDIJONDA

🔰Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivalining 2-mavsumi davom etmoqda.

➡️Festival Andijon viloyatida “Dolzarb 90 kun” doirasida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi:

☑️ “Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
☑️“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
☑️“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
☑️“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
☑️“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving);
☑️“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika);
☑️“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili).

Eslatib oʻtamiz, festivaldan maqsad:
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.

🎉Tanlov kuy-qoʻshiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

🌐Festivalda Andijon viloyatidan umumiy 37 470 nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

⛳️Tadbir soʻngida festival estafetasi FARGʻONA viloyatiga topshirildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” xalqaro ta’lim dasturi ishga tushirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida so‘zlagan nutqi davomida mamlakatimizda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” global ta’lim tashabbusi yo‘lga qo‘yilishini e’lon qilgan edi.

📌Kecha, 30-iyun kuni Prezidentning yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ham BAA bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilayotganini qayd etdi hamda shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.

💻 “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” – Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro dastur. Loyiha Dubay sun’iy intellekt markazi va Dubay kelajak jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.


Dastur O‘zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida BAAga rasmiy tashrifi chog‘ida BAA Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va masofaviy ishlash vaziri Omar Sulton Al-Olama bilan muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlar natijasi bo‘ldi.

⚡️Dasturning maqsadi – sun’iy intellekt tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish etik normalari va generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy vositalarini o‘zlashtirishdan iborat. Dastur talabalar, tadbirkorlar va kelajak texnologiyalarini o‘zlashtirishga intilayotgan mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.


Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘zlashtiradilar:

• Sun’iy intellekt asoslari;
• Generativ sun’iy intellekt;
• Prompt muhandisligi;
• Sun’iy intellektdan xavfsiz va etik foydalanish;
• Ta’lim, biznes va davlat boshqaruvida sun’iy intellekt qo‘llanilishi.


“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi O‘zbekiston raqamli transformatsiyasining muhim elementiga aylanadi, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va global raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirishga hissa qo‘shadi.

➡️Kelajakda yaxshi daromad topish uchun internetdagi vaqtingizni chet tili va zamonaviy kasblarni bepul o‘rganishga sarflang! Platformaga hoziroq qo‘shiling, omp.aistudy.uz sayti orqali ma’lumotlarga ega bo‘ling hamda kurslarni bepul o‘rganing.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJONDA HAM PREZIDENT, IJOD VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIXONLARIGA START BERILDI

(Ma'lumot uchun: Andijon viloyatida joriy yilda jami 26 mingdan ziyod talabgorlar imtixonlarda qatnashish istagini bildirganlar)

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_BIZ

BOBUR SHAHRIDA "DOLZARB 90 KUNLIK" DOIRASIDA "BARKAMOL AVLOD BOLALARI" RESPUBLIKA FESTIVALI O'TKAZILDI

(Andijon viloyatidagi "Barkamol avlod" bolalar maktablari to'garaklaridagi ijodkor yoshlar ishtirokida tashkil etilgan tadbir "Andijon" teleradiokanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt
#Dolzarb_90_kunlik

BALIQCHI TUMANIDAGI TA'LIM MUASSASALARIDA
YOZGI MAVSUM UCHUN "DOLZARB 90 KUNLIK" DOIRASIDA "YOZNI MAKTAB BILAN" LOYIHASI ASOSIDA SPORT MUSOBAQALARI VA KOʻNGILOCHAR TADBIRLAR TASHKIL ETILMOQDA

(Fotolavhalarda: Baliqchi tumanidagi umumta'lim maktablaridagi yozgi toʻgaraklar va klublar faoliyati)

Baliqchi tumani
MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
2025/07/13 18:47:27
Back to Top
HTML Embed Code: