Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zahiriddin Muhammad Bobur - o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi. Bobur o‘z davrining buyuk shaxslaridan biri bo‘lib uning she’rlari, ruboiylari o‘z vaqtida va hozir ham sevib o‘qilmoqda.

Buyuk allomaga ehtirom ifodasi sifatida Bugun Andijon tumani Nozimaxon G‘ofurjonovna boshchiligidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari Bobur qalamiga mansub «Soqiynoma» g‘azalini kuyladilar.
…………………………………
Заҳириддин Муҳаммад Бобур - ўзбек мумтоз адабиётининг йирик вакили, шоир, тарихчи, давлат арбоби, истеъдодли саркарда, бобурийлар сулоласи асосчиси. Бобур ўз даврининг буюк шахсларидан бири бўлиб унинг шеърлари, рубоийлари ўз вақтида ва ҳозир ҳам севиб ўқилмоқда.

Буюк алломага эҳтиром ифодаси сифатида Бугун Андижон тумани Нозимахон Ғофуржоновна бошчилигидаги 2-сонли давлат мактабгача таълим ташкилоти педагог ходимлари Бобур қаламига мансуб «Соқийнома» ғазалини куйладилар.

@andregionpress
Sport_vaqti
………………………………….……
спорт_вақти

@andregionpress
Mutolaa...

Hayot pianinoga o‘xshaydi. Go‘yoki, oq klavishlar ⸺ quvonch va muhabbat, qora klavishlar  ⸺ qayg‘u va hasrat! Musiqa go‘zal bo‘lishi uchun ular galma-galdan bosilishi kerak.
………………………………………………
Мутолаа...

Ҳаёт пианинога ўхшайди. Гўёки, оқ клавишлар ⸺ қувонч ва муҳаббат, қора клавишлар  ⸺ қайғу ва ҳасрат! Мусиқа гўзал бўлиши учун улар галма-галдан босилиши керак.

@andregionpress
Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tuman sudining tergov sudyasi Sh. Vahobov tomonidan tuman Majburiy ijro byurosi binosida “Shahvoniy shilqimlik va uning huquqiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
……………………………………………
Жиноят ишлари бўйича Андижон туман судининг тергов судьяси Ш. Ваҳобов томонидан туман Мажбурий ижро бюроси биносида “Шаҳвоний шилқимлик ва унинг ҳуқуқий оқибатлари” мавзусида давра суҳбати ташкил этилди.

Давра суҳбатида фуқаролар ўзларини қизиқтирган саволларига жавоб олдилар.

@andregionpress
Milliy libos – Urf-Odat va Anʼanalarga Hurmat!

Har bir millatning oʻziga xos kiyimi, anʼanaviy ramzlari va madaniy merosi mavjud.

Oʻzbekistonda milliy kiyimlarga boʻlgan hurmat hamon saqlanib kelmoqda.

Shu nuqtayi nazardan, Andijon tuman mahallalaridagi yoshlar yetakchilari milliy doʻppi hamda milliy liboslar targʻibotida ishtirok etishdi.
……………………………………………
Миллий либос – Урф-Одат ва Анъаналарга Ҳурмат!

Ҳар бир миллатнинг ўзига хос кийими, анъанавий рамзлари ва маданий мероси мавжуд.

Ўзбекистонда миллий кийимларга бўлган ҳурмат ҳамон сақланиб келмоқда.

Шу нуқтаи назардан, Андижон туман маҳаллаларидаги ёшлар етакчилари миллий дўппи ҳамда миллий либослар тарғиботида иштирок этишди.

@andregionpress
Aholini ro‘xatga olish tadbirlarini yoritib boruvchi rasmiy veb-sayt (aholi.stat.uz) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari va natijalari bo‘yicha jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida maxsus rasmiy veb-saytni ishlab chiqish topshirig‘iga muvofiq YUNFPA bilan hamkorlikda aholini ro‘xatga olish tadbirlarini yoritib borish bo‘yicha veb-sayt (aholi.stat.uz) yaratildi va ishga tushirildi.

Ushbu saytda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar, uslubiy qo‘llanmalar, nashrlar, foto materiallar, videoroliklar va boshqa olib borilayotgan ishlar joylashtirilib kelinmoqda.

Statistika integrallashgan axborot tizimi (siat.stat.uz).

@andregionpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yarmarka

Andijon tumanida “Loyihalar yarmarkasi” o‘tkazildi.


2024 yil 16 dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon tumanidagi “Xalq banki” binosida “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.
………………….………………………
#Ярмарка

Андижон туманида “Лойиҳалар ярмаркаси” ўтказилди.

2024 йил 16 декабрда давлатимиз раҳбари томонидан ўтказилган видеоселектор йиғилишида маҳаллаларда тадбиркорлик муҳитини яхшилаш, камбағалликни қисқартириш ва тижорат банкларининг ролини ошириш бўйича белгилаб берилган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида Андижон туманидаги “Халқ банки” биносида “Лойиҳалар ярмаркаси” ташкил этилди.

@andregionpress
Pensioner O‘zbekistondan chiqib ketganda pensiya qanday to‘lanadi?

“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, bugungi kunda:

pensioner O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonga qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi.

Bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.

Eslatib o‘tamiz, fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasini 24 oyligini olish huquqiga ega.

Bunda pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.

@andregionpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Istish pechlari va dudburonlarini o‘rnatish talablarini bilasizmi?

Ushbu video orqali siz bu haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz.
………………………………………
Истиш печлари ва дудбуронларини ўрнатиш талабларини биласизми?

Ушбу видео орқали сиз бу ҳақида батафсил маълумотга эга бўласиз.

@andregionpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
sport_vaqti
……….………………………………
спорт_вақти

@andregionpress
2025/02/06 03:11:24
Back to Top
HTML Embed Code: