Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yilda lavozim jinoyati uchun sudlangan mansabdor shaxslar soni qariyb 15 foizga oshdi

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, 2023-yilda 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 14,7 foizga ko‘p degani.

Katta farq bilan yetakchilik qilayotgan asosiy jinoyat turi mulkni o‘g‘irlashdir. Respublika darajasidagi amaldorlar 2022-yilga nisbatan 55 foizga kam hukm qilingan.

Jinoyat turlari, raqamlarda:

📌o‘zganing mulkini o‘g‘irlash yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish — 2205 (2022-yilda — 2103);
📌mansab vakolatini suiiste’mol qilish — 397 (265);
📌firibgarlik — 272 (243);
📌poraxo‘rlik — 195 (169);
📌mansab soxtakorligi — 36 (51);
📌mansabga sovuqqonlik bilan qarash — 25 (22);
📌vakolatidan chetga chiqish — 30 (14);
📌boshqa jinoyatlar — 415 (249).

Sudlanganlarning 49 tasi (2022-yilda 110 tasi) vazirlik, idora va tashkilotlarning respublika, 267 (264) tasi viloyat va 3259 (2742 tasi) tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlaridir.

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
🌐Xalqaro yangiliklar daydjesti

🗓2024-yil, yanvar


🔸3-yanvar
🇱🇻Latviyada saylovoldi tashviqoti qoidalarni buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi

2024-yil 1-yanvardan “Saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida”gi Qonunga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritildi.

🔸12-yanvar
🇺🇸Qo'shma Shtatlar chet ellik amaldorlar uchun pora olganlik javobgarligini o'rnatdi

AQShda korrupsiyaga qarshi qonunlar xorijiy amaldorlarga ham tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjat kuchga kirdi.

🔸17-yanvar
🇰🇿Korrupsiya yo'li bilan topilgan daromadlar ijtimoiy muammolarni hal qilishga yo'nalitirildi

Poraxo'r amaldorlardan olingan aktivlar evaziga 43 ta yangi maktablar qurildi.

🔸23-yanvar
💫Korrupsiya qurbonlariga tovon to'lash bo'yicha hisobot e'lon qilindi

Oʻgʻirlangan aktivlarni qayta tiklash tashabbusi (StAR) "Victims of Corruption: Back for Payback" tahliliy nashrini taqdim etdi.

🔸29-yanvar
🇱🇻Latviyada aholi va tadbirkorlar korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining 80% va tadbirkorlarning 78% o'z manfaatlari yo'lida mansabdor shaxsga pora taklif qilishni o‘ylamaydi. KNAB tomonidan so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, aholi va tadbirkorlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat yildan yilga yaxshilanmoqda.

🔸30-yanvar
🌐Transparency International Korrupsiyani qabul qilish indeksi (CPI) 2023-yil natijalari e'lon qilindi

180 ta davlat orasida top yuqori uchtalikni Daniya (90-ball), Finlandiya (87-ball), Yangi Zelandiya (85-ball) egalladi. Janubiy Sudan, Suriya, Venesuela va Somali 13 va 11 ballar bilan butun dunyo bo'ylab ko'rsatkichlari eng yomon davlatlar sifatida qayd etildi.

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsion_holat

📌Davlat xaridlarida sohasida

📍Surxondaryo viloyati, Ko'p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi


🔎Holat - Autsorsing xizmati(issiq ovqat yetkazib berish)ni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga rioya qilmaslik

🫰840 million so'mlik davlat xaridi

📔"Davlat xaridlari to'g'risida"gi qonunning 10-, 14-, 20-, 46-moddalarining talablari buzilgan

Natija - Davlat xaridi bekor qilingan.

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oylik_dayjest

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining "Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar" yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar dayjesti


🗓(Yanvar oyi)

Anjuman, davra suhbatlari seminar va treninglar tashkil etildi:

▫️14-yanvar
📌"Yoshlar" oromgohida vazirlik, idora va tashkilotlardagi yoshlar masalasiga mas'ullar uchun tashkil etilgan o'quv-seminarida Agentlik direktori o'rinbosari U.Tuxtasheva ma'ruza bilan ishtirok etdi.

▫️17-yanvar
📌 Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasi muhokama qilindi.

▫️17-yanvar
📌 Ekspertlar guruhi a’zolari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasi muhokama qilindi.

▫️
18-yanvar
📌 Yuksalish Harakati tomonidan "Search for Common Ground" tashkiloti bilan hamkorlikda Yoshlar korrupsiyaga qarshi dasturiga start berishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etildi.

Davlat dastulari ijrosi, huquqiy tartibotga oid faoliyat:

▫️24-yanvar
📌“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasiga taklif va fikr-mulohazalar ishlab chiqildi.

▫️26-yanvar
📌O‘zbekison Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 12-sonli qarori imzolandi.

📑Unda quyidagilar tasdiqlandi:
Kengashning 2024-yil birinchi yarim yilligiga mo'ljallangan ish rejasi;
GRACE dasturi doirasini O'zbekistonda keng joriy etish bo'yicha "Yo'l xaritasi";
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, tanqidiy va ekspert salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha “Chora-tadbirlar rejasi”.

O'tkazilgan uchrashuvlar va hamkorlikka oid faoliyat:

▫️22-yanvar
BMT GJBning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi vakillari bilan;
▫️26-yanvar
Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan;
▫️29-yanvar
Jahon banki ekspertlari bilan onlayn uchrashuvlar tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlar bilan imzolangan Memorandumlar va boshqa xalqaro hujjatlar:

▫️24-yanvar
🇺🇿🤝🇶🇦 Qatar Davlati Ma'muriy nazorat va shaffoflik idorasi bilan qo‘shma tadbirlar va aniq tajriba almashish mexanizmlari aks etgan 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar dasturi imzolandi.

✈️Xizmat safarlari:

▪️22-27-yanvar kunlari
📌Agentlik vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Qatar davlatiga tashrifi amalga oshirildi.

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷Tayinlanishiga ko'p bo'lmagan Turkiya Markaziy banki rahbari "Korrupsiya" ayblovlari ortidan iste'fo berdi

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

📣DIQQAT E'LON Yoshlar uchun yaxshi imkoniyat 📢

🌐UNODC-IACA tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro aksillkorrupsiya bahor maktabiga start berildi

🗓Muddat - 2024-yil 18-22-mart kunlari

📌Tashkilotchilar: Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi (IACA) va BMTning Giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (UNODC).

🖥Trening onlayn shaklda masofadan turib amalga oshiriladi.

🗣Auditoriya: 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan talabalar va yoshlar.

Talablar: Rezyume, Pasport nusxasi, Bir sahifali motivation letter, ingliz tilini bilish darajasi, ID o'lchamidagi fotosurat, Tavsiya xati (ixtiyoriy).

📍Ro'yxatdan o'tish bu yerda!

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
Ayni paytda Prezident raisligida 2024- yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.

Unda Prezident tomonidan o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” yaratish bo‘yicha tizim qilish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek:

❇️Tarbiyasi va o‘qishida muammo bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan birga ishlab, muammolarni yechishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rish;

❇️Mahalla raislari har oy maktablarda ota-onalar bilan uchrashib, mahalla va maktabdagi muhitni muhokama qilish;

❇️Maktablarda taniqli shoir va yozuvchilar, sportchilar, jamiyatda obro‘ga ega insonlar bilan uchrashuvlarni ko‘paytirish;

❇️Bolalar tarbiyasini yaxshilashga, ota-onalar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan milliy kontentni mahalla va ta’lim muassasalariga yetkazib turish topshirildi.

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
Yig'ilishda davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.

🔷Sohada kadrlar yetishmasligining sababi aslida tizim shaffof bo‘lmagani oqibatida ko‘plab mutaxassislar ishga kira olmayotgani ekani qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga sohadagi barcha vakansiyalarni onlayn platformaga joylashtirib, kadrlarni ishga olish bo‘yicha shaffof tizim yaratish topshirildi.

🔷Birlamchi tibbiyot tizimini aholimiz talabiga moslashtirish ishlarini davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tibbiyot brigadalarini shifokorlar bilan to‘liq to‘ldirish, to‘liq stavkada ishlaydigan hamshiralarni ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

🔷Yangi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlari bitiruvchi kurs talabalari uchun ko‘p tarmoqli shifoxonalarda ish haqi to‘lanadigan internatura yo‘lga qo‘yiladi

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
📊CPI 2023: Korrupsiya va adolat tushunchalari bir-biriga doim qarama-qarshi turadi

🔔Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi adliya tizimlari o‘z vakolatlarini to‘g‘ri bajarish uchun ko‘proq moliyaviy va inson resurslariga muhtoj.

🤝Ular o‘rtasida yagona integratsiya mavjud emas.

🔴Sud mustaqilligiga daxl qiladigan chetdan aralashuv holatlarining ko‘pligi bugungi kunda bir qancha muammolarga olib kelayotganini WJP (World Justice Project) tomonidan o‘rganilgan tadqiqotlardan ham ko‘rishimiz mumkin.

🔎Unga ko‘ra, 2016-yildan buyon tadqiqotda ishtirok etayotgna mamlakatlarning 78 foizida qonun ustuvorligi pasayganlik holatini ko‘rishimiz mumkin.

✒️Maqola - bu yerda!

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
💥⚡️Diqqat savol???

Eski uylarda, qal'alarda, umuman hozir ham eski ustalar tarafidan quriladigan deyarli barcha uylarda darvozalar yoki eshiklar ichkariga ochiladi.

Nima sababdan eshiklar aynan ichkariga ochiladigan qilib qurilgan?
2024/11/26 20:36:53
Back to Top
HTML Embed Code: