Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “Yoshlar haftaligi — 2024” loyihasi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning yoshlar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
📹Oʻtgan hafta davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatida ro'y bergan eng muhim xabarlar bilan hafta videodayjestida tanishing!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kuchli iroda, mustahkam ishonch va qatʼiy intilish bilangina korrupsiyani yengamiz"

"Yangi O‘zbekiston" gazetasi (26-dekabrdagi 262-soni)da Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning shu nomdagi maqolasi eʼlon qilindi.

Unda:  

korrupsiya, poraxo‘rlik ortidan to‘planib qolgan muammolar ochiq-oshkora tan olinib, asta-sekin yechim topayotgani;

ochiqlik siyosati rahbar hamda mutasaddilarni, xalqimizni “halollik vaksinasi” bilan emlanishga undayotgani;

davlat xaridlarida korrupsiya xavfining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;

davlat xizmatchilarini o‘qitish, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etishga oid yangi tartib-taomillar;

xalqaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlar va ularning samarali natijalari;

korrupsiyaga qarshi murosasizlikni kuchaytirishda burch, masʼuliyat va daxldorlik kabi muhim masalalarda fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havolada tanishing.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#faoliyat_sarhisobi
2024-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash yo'nalishida:

- ishonch telefonlari faoliyati bo‘yicha qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 6 ta vazirlik va 2 ta viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi;

- 25 ta investitsiya loyihalari doirasida mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va ochiqlikning taʼminlanishi o‘rganildi;

- 2023- yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi; 

- “E-learning” taʼlim platformasi orqali 119 ta tashkilotning 419 nafar masʼul xodimi o‘qitildi;

- Ochiqlikka oid qonun hujjatlari talablarini buzgan 5 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Mazkur yo‘nalishdagi faoliyat natijalari infografikada aks etgan.

——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan muborakbod etadi.

Yangi yil har bir xonadonda xotirjamlik va fayzni, xalqimizda farovonlik va birdamlikni, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik va taraqqiyotni yanada barqaror etsin!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan komplayens-nazorat tizimini samarali joriy etish bo‘yicha:

▫️Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholandi;

▫️Davlat organlari va tashkilotlari funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi aniqlandi;

▫️"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun ijrosi doirasida 1513 nafar davlat xizmatchisining tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi.

Batafsil infografikada.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilda 263,9 mlrd so‘mlik noqonuniy o'tkazilgan xarid natijalari bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar doimiy ravishda monitoring tartibida o‘rganib bormoqda.

Jumladan, 2024-yilda 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xaridlar o'rganildi.

Natijada:

▫️ 234 ta holatda jami 263,9 mlrd so‘mlik xarid natijalari bekor qilindi;

▫️vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnoma kiritildi;

▫️huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborildi;

▫️qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 85 nafar shaxsning intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.

Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoring qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Batafsil infografikada.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2024-yilda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan to‘langan dividendlar tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6247-son Farmonida Soliq qo‘mitasi tomonidan har chorakda Ochiq maʼlumotlar portalida davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan yil (chorak) yakuni bo‘yicha to‘langan dividendlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilib borish belgilangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasi ochiq eʼlon qilgan maʼlumotlar asosida davlat ishtirokidagi korxonalarning 2024-yilda to'lagan dividendlari tahlil qilindi.

Unga ko'ra, mazkur davrda 994 ta korxona tomonidan jami 5,78 trln so‘m dividendlar to‘langan.

Eng ko‘p dividend to‘lagan davlat ishtirokidagi korxonalar:

1️⃣ "Navoiyuran" DK - 2.050,1 mlrd so‘m

2️⃣ "O'zavtosanoat" AJ - 870,7 mlrd so‘m

3️⃣ "O'zmilliy bank" AJ - 452,5 mlrd so‘m

4️⃣ "O'zbekneftgaz" AJ - 419,9 mlrd so‘m

5️⃣ "Navoiyazot" AJ - 288,8 mlrd so‘m

6️⃣ "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ - 282,5 mlrd so‘m

7️⃣"Uzbekistan airways" AJ - 212,6 mlrd so‘m

8️⃣ "O`zkimyosanoat" AJ - 134,2 mlrd so‘m

9️⃣ "Uzauto motors" AJ - 116,6 mlrd so‘m

🔟 "O`zaeronavigatsiya markazi" DUK - 107,3 mlrd so‘m

Qo‘mita tomonidan o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bo‘yicha eʼlon qilingan TOP-20 yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga ko‘ra, davlat ulushi mavjud 10 ta korxona 54,1 trln so‘m soliq to‘lagan.

Jumladan, yuqoridagi ro'yxatdagi "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ 24,1 trln so‘m, "Navoiyuran" DK 3,9 trln so‘m, "Uzauto motors" AJ 3,2 trln so‘m, "O'zmilliy bank" AJ 1,1 trln so‘m miqdorida soliq to‘lagan.

Shu kabi davlat ulushi mavjud bo‘lgan 262 ta bozor tomonidan 18,1 mlrd so‘m dividend to‘langan.

Eng ko‘p dividend to‘lagan davlat ishtirokidagi korxonalar (bozorlar):

1️⃣"Iste'molda bo`lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori" MCHJ - 5.466,2 mln so‘m

2️⃣"Aviasozlar dehqon bozori" AJ - 1.377,4 mln so‘m

3️⃣"Qo`yliq dehqon bozori" AJ - 926,2 mln so‘m

4️⃣"Farhod dehqon bozori" AJ - 786,2 mln so‘m

5️⃣"Yunusobod dehqon bozori" AJ - 767,7 mln so‘m

6️⃣"Mirobod dehqon bozori" AJ - 725,8 mln so‘m

7️⃣"Eski-juva dexqon bozori" AJ - 631,0 mln so‘m

8️⃣"Navro'z dehqon bozori" AJ - 587,8 mln so‘m

9️⃣"Buxoro markaziy dehqon bozori" AJ - 450,9 mln so‘m

🔟"Toshkent qishloq xo`jalik mahsulotlari ulgurji bozori" AJ - 367,5 mln so‘m

Agentlik tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ma‘lumotlarning belgilangan muddatlarda ochiqlanishi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/01/10 06:08:58
Back to Top
HTML Embed Code: