Telegram Web
Siz bilan ishlash statusga aylanadi

Yoshligimizda xitoyniki - sifatsiz degani bo’lardi. Original va xitoy so’zlari antonim edi.

Olishimizga yagona sabab narxi bo’lardi.

20 yil o’tdi.

Xitoy telefonlari, mashinalari, texnikalarini butun dunyo olyapti. Ustidan kulmay qo’yishdi.

Ba’zi xitoy mahsulotlari status ham bera boshladi.

Ishingizni endi boshlayotganda siz bilan ham shunday bo’ladi. Sizni tanlashlariga asosiy sabab - “arzon” bo’lasiz.

Boshqalar bilan solishtirib, ustun tomonlarini aytishadi. Ezilgandek bo’lasiz.

Xavotir olmang. Bu tabiiy jarayon. Hamma shundan o’tadi.

Muhimi Xitoyliklar kabi ustingizda ishlashdan to’xtamang.

Yillar o’tib “original” bo’lasiz. Siz bilan ishlash statusga aylanadi.

@azizrakhimov_blog
Yo'lga chiqqaningizni bildiradi.

Ingliz tilini bilish kerak.

Kerak degani, yetarli degani emas.

IELTS olib hamma ishni qotirib qo’ydim deyayotganlarni kundan-kun ko’proq uchratyapman.

Bir nima desangiz - "Meni IELTSim nechiligini bilasizmi?" deb savol berayapti.

Tabriklayman. Siz ingliz tilini bilasiz. Dunyodagi 1,5 milliard(!) odam kabi.

Siz endi butun dunyodan ma’lumot ola olasiz. Til yordam beradi.

Bu ma’lumotlarga qanchalik amal qila olasiz? Bilmadim. Bunda tilni o’zi yordam bermaydi.

Siz endi millionlab odamlar bilan gaplasha olasiz. Til yordam beradi.

Gaplashadigan saviyali mavzuingiz bo’larmikin? Hayotiy tajribangiz? Qiziqarli voqealaringiz? Bunga tilni o’zi yordam bermaydi.

Ishlarni tezroq bitira olasiz. Til yordam beradi.

Qaysi ishlarni qilishingiz kerakligini, sizga qaysilari mosligini tushunib yetarmikinsiz? Bunga tilni o’zi yordam bermaydi.

Til bilmay, yuzlab ishlarni qoyil qilayotganlar bor. Til o’rganib shundan boshqasini eplay olmayotganlar bor.

IELTS manzilga yetganingizni bildirmaydi. Yo’lga chiqqaningizni bildiradi.

Safaringiz bexatar bo’lsin azizlar!

@azizrakhimov_blog
Kitob o'qishda tavsiyalar

Elektron qulayroq, arzonroq, kamchiligi - o’qigandek bo’lmaysiz.

Qog’oz - qimmatroq, noqulay, kitobning qayerida ketayotganingiz ko’rinadi. O’qigandek bo’lasiz.

Pulingiz bo’lmasdan pdf o’qiyotgan bo’lsangiz, vaqti kelganda sotib oling.

Ikki marta o’qishga arzimaydigan kitoblar, bir marta o’qishga ham arzimaydi. (kinolar ham)

Kitob sovg’asini - maslahatdek qabul qilish mumkin. Sassiq odamga dezodorant sovg’a qilgandek.

Kitob do’stga o’xshaydi, deyarli doim, eskilari yangi chiqqanlaridan yaxshiroq bo’ladi.

@azizrakhimov_blog
Rivojlanishingiz tezlashadi

25% amerikaliklar 40 yoshida ham turmush qurmagan.

Turmush yoshining kattalishi butun dunyoda kuzatilayotgan trend.

Asosiy bahona: yashab olay, hali tayyor emasman. O'rniga - Karyera, katta bo'volish, ko’ngilxushlik, sayohat.

Natijada infantilizm, kattalarning o’zini yosh bolalardek tutishi ortib boryapti.

Odam o’zgarishidagi eng katta to’siq - xohish yetishmasligi bo’ladi.

Eng kuchli xohish esa - farzandlaringiz ishlaringizni qaytarayotganidan keladi.

O’zingizni yaxshilaysiz, bolalaringiz yaxshilanadi.

25-30 yoshdan keyin o’zgarish qiyinlashadi. Neuroplastiklik kamayadi.

Vaqtli turmush qurganlarda - shaxsiy rivojlanishga kuchli motivatsiya + imkoniyat saqlanib qolgan bo’ladi.

Turmushni kechiktiring - o’zgarishingiz kechikadi.

Vaqtliroq qiling - rivojlanishingiz tezlashadi.

@azizrakhimov_blog
Almashtirish vaqti keldi.

U taksida qatnadi, siz issiqda avtobus kutdingiz.

U kuchli domlalarda individual o’qidi, siz kitoblaringiz uchun ham pul yig’dingiz.

Otasi kontraktini oldindan to’lab qo’ydi, siz o’qishdan keyin ishga qatnadingiz.

Sharoiti borligi uchun u aybdor emas. Yo’qligi uchun siz.

Keng imkoniyatlar bizga aqlli daholarni berdi - Musk, Bezos, Bill Geyts.

Siqilmang.

Tor imkoniyatlar bizga harakatchan daholarni berdi - Jensen Huan, Jek Ma, Mendeleev.

Imkoniyat hammasini hal qilmaydi. Harakat hal qiladi.

Shu tufayli biz maktabimizda harakatchanlarga grant e’lon qildik.

Muhitingizni almashtirish vaqti keldi. Topshiring.

@azizrakhimov_blog
Kitob óqishni boshlash, sportni boshlashga óxshaydi.

Qaysidan boshlasangiz ham yutqazmaysiz. Muhimi tóxtamaslik.

Hech qaysi bitta kitob odamni ózgartirmaydi. Kitob óqish ózgartiradi. Kitob óqishni ózi ham aslida odamni ózgartirmaydi. Ózgaradigan odam, bitta gap bilan ham ózgarib qolaveradi. Ko’pincha ózi - ózgarishga tayyorlar kitob óqiydi.

Kitobdagi ma’lumotni bilganingiz uchun o’zgarib qolmaysiz. Ózingizni tanib qolasiz. Yoqmaydi. Ózgarishim kerak deb qolasiz.

Hech qaysi kitob biz haqimizda yozilmagan. Boshqalar orqali o’zimizni taniymiz. Andoza olamiz. Shuning uchun:

Biografiyalar o’qing. (Siyrat, Sahifalar, Musk, Jobs, Franklin, Prinsiplar…)
Tarix o’qing. (Turkiston qayg’usi, Rim tarixi, Yonayotgan Buxoro…)
Maslahatlar o’qing. (Temur tuzuklari, Atom odatlar, Qora oqqush…)
Badiiy asarlar o’qing (Otamdan qolgan dalalar, Moliyachi, Bolalik…)

Boshlanishiga bo’ladi.

@azizrakhimov_blog
72 yoshli amaki 6 va 3-sinf bolalarni maktabimizga olib keldilar.

Amaki - universitet turlarini, kortizol gormoni ishlashini, bolalar motivatsiyasini tushunyaptilar.

Quvvatlari, kórinishilaridan 60 yosh berasiz.

-Nevaralarni o’qitaman debsiz-da.
-Bular mening farzandlarim! Ótib ketgunimcha ilm-kasblik qilib olishim kerak.

Aksar otaxonlar titrab qoladigan yoshda, nega quvvatga tóla ekanliklarini tushundim.

Hayotlarida kuch talab qiladigan ishlar bor. 3ta ósayotgan yigitchaga órnak, tarbiyachi, ta’minotchi bo’lishlari kerak.

Yoshlar quvvat olarmikinman deb - energetik ichimliklar, videolar, treninglar, muvaffaqiyatlilar klublariga yopishishadi.

Kóp quvvat talab qiladigan ishlarni yelkaga olganlar bor. Ular bilishadi. Ishtaha ovqat ustida kelganiga óxshab, katta quvvat - katta ishlar oldida keladi.

@azizrakhimov_blog
Maktabimiz ochilishi bilan ikki haftadan beri Farg’onadaman.

Joyni mehmon bo’lganda emas, yashaganda his qilasiz.

Kuzatuvlarim:

Shaharda vaqt barakali - 10 daqiqada istalgan joyga yetib olasiz.

Daraxtlar ko’pligidan bog’da yuribman deb o’ylaysiz. Hamma yer chinor.

Mashina kam. Velosiped, moped ko’p.

Ota-onalar bolalarini sizlab chaqirishadi. Men ham sizlay boshladim.

Sheva chiroyli. Adabiyga o’ta yaqin. Ba’zi tumanlarni shevasidan bilib olsa bo’ladi (Bog’dod, Buvayda)

Bir nechta odam bilan quyuq so’rashdik. Tanishimmikan debman.

Filialni Farg’onada qilib to’g’ri qilgan ekanmiz. Ta’limga e’tibor baland.

Ertaga 10.00 da Farg’ona maktabimiz ochilishi. Mehmon bo’lib keling. Kutamiz.
Hech kim sizga ishonmaganda, u ishongan edi.

Pul olib o’qitsa bo’ladigan faniga, bepulga o’qitgan edi.

Nafaqat fanini o’rgatgandi, hayotda ham ustozlik qilgan edi.

Ustoz bo’laman deyishingizga uni yaxshi ko’rganingiz sabab edi.

Maqtagandi, urushgandi, qo’rqitgandi, kuldirgandi, nima qilib bo’lsa ham o’qitgandi.

Hammamizda tepadagi ta’riflarning bittasiga bo’lsa ham tushadigan ustoz albatta topiladi.

Bayramingiz muborak bo’lsin ustozlar! Hamma ishlarning boshida sizni ishlaringiz turadi!

@azizrakhimov_blog
2003 - yilda Fransiyada issiqlik bo’ronidan 14 ming odam o’ldi.

Issiqroq va zichroq bo’lgan Saudiyadagi bo’ron esa 1300ta o’limga olib kelgan.

Saudiyaliklar issiq bilan doim kurashadi. Uylarning 80%ida konditsioner bor.
Fransuzlar issiqqa o’rganmagan. Uylarning 5%ida konditsioner bor.

O’limga sabab issiqlik emas, uning kelishiga tayyor bo’lmaganlik.

Xiyonat ham shunday.

Kutmagan joyingizdan keladi. Tayyor bo’lmaysiz. Og’ir ahvolga solib qo’yadi.

Sezar, Abdulhamid II, Avrangzeb, Doro III - xiyonatdan yiqilganlar ro’yxati cheksiz.

Xiyonat qilmang. Xiyonatni kechirmang. Uzoqlarga borasiz.

@azizrakhimov_blog
Oxirgi to'rt yilda 30 000 yoshlarimiz IELTS 7.0+ olishibdi.

Yiliga topshirayotganlar esa 35 000 dan oshibdi.

Aholi soniga test topshirish bo’yicha dunyoda top 15 talikka kirib bo’libmiz.

Navoiy Muhokamatul Lug’ataynda yozgandilar: Turklar (hozirgi o’zbeklar) fors tilini o’rgansa, forslardek gapiradi, sezmaysan. Forslar turkcha gapirsa, bitta jumlasidan bilasan.

Bizning tilga iqtidorimiz bor.

Shu ko’rsatgichlarni uch barobar oshirsak Vietnamdan, besh barobar oshirsak Singapurdan til bilishda o’tib ketamiz.

Til o’rganing, bo’shashmang.

Va yana,

Til o’rganish bilan to’xtab ham qolmang, azizlar.
Ish qurollari haqida

Telefon. Telefondan ishlash - xato. Faqat majbur bo’lganda. Safarda. Shoshib turganda. Telefonda matn sekinroq o’qiladi. Sekinroq yoziladi. Bir xil ish uchun ikki barobar ko’proq vaqt ketadi. Odamlar kun bo’yi telefondan ishlaydi - yana vaqtim yetmayapti deb hayron bo’ladi.

Noutbuk. Ish uchun eng qulay. Hamma joyda ishlatsa bo’ladi - kutubxona, kafe, ishxona, sohil bo’yi. Bitta ekran qo’shsa kompyuterga aylanadi. Noutbukni ochib ishlamaslik qiyin. Ayniqsa makbuk bo’lsa. Batareya ikki kunga yetadi.

Planshet. Ishlab bo’lmaydi. Sotuvchi va reklama sizga teskarisini aytadi. Ruchkasi bilan qiziqtiradi. Sensor ishlash uchun emas. O’ynash uchun qulay. Balki shunga video ko’rish va o’ynash planshetlarda ishlashdan 6 barobar keng tarqalgandur. Planshetga ishlash uchun har safar o’tirganimda, chalg'iyman. Youtubega ulanib ketadi.

Monoblok. Kompyuter. Katta ekran. Bitta qaraganda qulay ko’rinadi. Aslida kompyuter uchun doimiy joy kerak. Shunga yarasha og’ir ishlarni qiladigan kompyuter bo’lmasa - faqat chang yig’ib yotadi. Odam doim ham bir joydan ishlayvergisi kelmaydi. Toza havoga ko’tarib olib chiqib keta olmaydi. Bunga noutbuk qulayroq.
Qasos haqida

-Qo’pol gapirdi. Gaplashib olishga bordik. Ko’pchilik bo’lib bizni do’pposlashdi. Endi nima qilaylik? Biz ham uraylikmi?

Shogirdlar maslahat so’rashdi. Javobini hamma bilishi kerak deb o’yladim.

Eng kuchlilar ham bir vaqtda 7ta odamga qarshi chiqolgan xolos. (Jack Dempsey). Kuchning chegarasi shu. Kuchi bilan tanilganlar pichoqlanish ehtimoli katta bo’ladi. Buni rahmatli sportchilarning oilalari tasdiqlaydi.

Aql va axloq bilan minglab odamga qarshi chiqish, ergashtirish mumkin. Bunga olimlar-u, bloggerlar yaqqol misol bo’ladi.

Qasos olmoqchi bo’lsangiz - zolimga o’xshamaslikka harakat qiling. Eng yaxshi qasos shu bo’ladi.

Qasos olmoqchi bo’lsangiz - yaxshi yashang. E’tibordagi odam bo’ling. Bitta shapaloq o’tadi, ketadi, bu qasos esa doimiy shapaloq bo’ladi.

Qasos olmoqchi bo’lsangiz - uni kechirib yuboring. O’zini yutgan hisoblayversin. Yutqazganini yillar o’tib tushunib yetadi.

Tushunganida - kech bo’ladi.
Bitkoin narxi 100 000$ ga chiqdi.

2017 yilda 6k$ga 2ta olib qo’yganingizda, hozir 200k pulingiz bo’lardi.

Yoki bo’lmasdi. Balki 90% investorlarga o’xshab 10k$ga chiqqanda sotib yuborardingiz.

2017-yilda blog boshlab, to’xtatmaganingizda - sohangizda eng kuchli blog bo’lardingiz.

2017-yilda bitta sohani ushlab, kuniga 20 daqiqa o’rganganingizda - top 1% mutaxassis bo’lardingiz.

2017-yilda kichkina xobbi biznes boshlab, haftasiga bitta mijoz qo’shganingizda - o’rta biznes darajasiga chiqardingiz.

Oxirgi uchta holatning hammasida 200kni bir yilda topib qo’yardingiz.

Orzu qilishni to’xtating. Ishni bosing.
Yozishga undov

-Meni ishga olmaysizmi?
-Nima yutug’ingiz bor?
-IELTS writingdan 8.0 olganman.
-Ertadan ishga chiqavering.

Bir yil avvalgi suhbat.

Serial ko’rib, podkast eshitib listeningdan baland olish mumkindir.

So’z yodlab, maqola o’qib, readingdan baland olish mumkindir.

Yozmadan baland olish uchun esa jurnalist darajasida yoza olish kerak.

Writingdan 8.0 olish qiyinligini his qilmoqchi bo’lsangiz, o’zbek tilida insho yozishga harakat qilib ko’ring. 40 daqiqa vaqtingiz bor.

Yozma nuqtning zo’rligi faqat yozma nutq zo’rligini ko’rsatmaydi. Yozuvchida fikrlash, sabr, eruditsiya borligini ko’rsatadi.

Yozma ishlarini sun’iy intellektga to’liq yozdirayotganlar zalga chiqib, yukini damkratga ko’tartirayotganlarga o’xshaydi.

Shaxmatda yutish uchun o’z o’rniga kompyuterini o’ynatayotganlarga o’xshaydi.

Yozishdan maqsad matn emas. Ijodiy o’sish. Fikrlarni tartiblash. Ishontirishni o’rganish.

Bular bor bo’lsa, matn o’zi chiqaveradi.
Avstraliya ham 16 yoshdan kichiklarga ijtimoiy tarmoqlarni ta’qiqladi. (avvalgilarini yozgandim)

Jarima - 32 mln$ gacha.

Jonatan Haidthning ijtimoiy tarmoq va telefonlar zarari haqida kitobi chiqdi.

Xulosasi: 16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bolalarni, zaifroq, ahmoqroq, dangasaroq, ko’proq siqiladigan, diqqatsiz qilib qo’yayapti.

Butun kitob dalillardan iborat.

Smartfon, planshet olib berib - tinchlik sotib olayotgandursiz. O’rniga farzandingiz potensialini yo’qotib yuboryapsiz.

Bolangizni kelajakda muvaffaqiyatli bo’lishini istayapsizmi?

IT, top universitet, eng kuchli ustozlar, to’garaklar kabi yuzta narsaga ovora bo’lmang.

Shunchaki 16-yoshigacha ijtimoiy tarmoq, virtual o’yinlardan uzoq tuting.

Real o’yinlar, kutubxona, foydali videolar to’la hard disk qilib bering.

Bediqqat, sabrsiz, xotirasi past 95% tengdoshlaridan kilometrlar oldinda bo’ladi.
Shaxsiy tanishuv

“-Kanalimni nima uchun kuzatasiz” so’radim do’stimdan

-Shaxsiy rivojlanish uchun

Kompyuterimni rivojlantirishga ustaga olib borsam, ichiga qarardi. Kamchiligini topib, keyin rivojlantirardi.

Shaxsiy rivojlanish ham shunday - shaxsiy tanishuvdan boshlanadi.

Tashqarini tanish - oyna va tarozi bilan bo’ladi.

Ichkarini tanish ustoz, do’st va ishlar bilan bo’ladi.

Xatoingizni ayamay aytadigan ustoz va do’stingiz bo’lsin. Fidbeklarni yig’ib boring.

Ishlar axloqning belgilaridir degandi Aristotel.

Ishlaringizni tagiga qarang. Nima sababdan qilyapman? Obro’, pul, g’am, qo’rqinch, yaxshilik?

Tanishsangiz rivojlanasiz. Tanishmasangiz zo’r ekanman deb yuraverasiz)
Qisqa video ko’raveradi, uzunlariga sabr yetmay qoladi.

Uzun videoga yetmagan sabr, matnga ham yetmaydi.

Matn o’qimagan, kitob o’qimaydi.

Uzun video va kitoblarsiz ilm olinmaydi.

Ilm olmasa, hayotida muammolar to’xtamaydi.

Muammolardan qochish uchun yana qisqa videolar ko’radi…
Baxtli nikoh hayotda ham baxtli bo’lishning eng katta garovlaridan ekan. (Diplom, ko’proq pul, ishdan anchaga ko’proq)

Nikohda baxtli bo’lishning oson yo’li - axloqli, dindor yo’ldosh tanlash.

Undayini topishning sinalgan usuli - arziydigan bo’lish. Ya’ni o’zimiz axloqli bo’lishimiz (Aristotel)

Axloqli bo’lishda birinchi qadam - xatolarini bilish.

Topgandan keyin ushlab qolish ham bor. Buning uchun rahimli bo’lish (Umar, r.a.) va bitta ko’zni yumish - eng foydali. (Franklin)

Rahimli bo’lish va ko’zni yumish bu xatolarni kechirish demak.

Shunda, o’z xatolariga chidamsizlik, yaqinlar xatolariga chidashlik (M. Avreliy) -> Baxtli turmushga, u esa -> Baxtli hayotga eng oson yo’l.

P.S.

Statistikada selection bias borga o’xshayapti, ya’ni baxtli oila qura olganlar baxtli hayot ham qura oladi. Shunda ham xulosamizni to'g’riligi faqat oshadi.
1- yanvardan o‘zgarmoqchi bo’lganlar diqqatiga:

O‘zgarishni ertadan yoki bugundan ham boshlasa bo‘ladi.

Buning uchun Sezar belgilab bergan yil boshini kutish shart emas.

Baribir kutaman deganlar uchun eslatma:

Aynan kutuvchilarning o‘zgarishlari odatda yil oxirigacha ham yetib bormaydi.
2025/01/05 19:29:56
Back to Top
HTML Embed Code: