Telegram Web
Masjid Allohning bayti bo‘lgani uchun u yerda suhbatdan to‘xtash yoki ovozni pasaytirish lozim. Ulamolar: “Kishi masjidda ovozini pasaytirishidan ortiq yaxshi amal qilolmaydi”, deyishgan.

Ayrimlarga nasihat yoqmaydi. Masjidda gapirmaslik kerak deyilsa, darrov norozilik bildirishadi.

Alloh taolo ba’zi toatidan chiqqan bandalarini vasflab bunday deydi: “Agar unga, Allohdan qo‘rqqin, deyilsa, uni kibr-u havosi gunohga yetaklar. Jahannam unga yetarlidir. U qanday ham yomon o‘rin-a?” (Baqara surasi, 206-oyat).

Oyat mo‘minga eslatilganda yoki nasihat qilinganda: “Allohning amriga bo‘ysunaman” deyishni ta’lim bermoqda.
Sababi, nasihat biror-bir kishining shaxsiy talabi emas, balki Allohdan mukofoti kutiladigan solih amaldir.

“Oshnolar va tashnalar” kitobidan🕌

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alloh kifoya qilishiga rozi bo‘lsangiz, U sizga har tomondan kifoyalik qiladi. Chunki U ishida g‘olibdir. Hech kim Uning ustidan g‘alaba qila olmas. Unga suyaning. U doim tirikdir. Undan boshqa hamma o‘luvchidir.

Kim Allohga sidqidildan duo qildi-yu, Alloh unga “Labbay!” demadi?!
Kim zorlanib so‘radi-yu, Alloh unga bermadi?!
Kim Unga iltijo qilsa, unga O‘zi kifoya bo‘lgan..

“U har kuni faoliyatdadir” (Ar-Rahmon surasi, 29-oyat)

U boy qiladi, faqir qiladi, tiriltiradi, o‘ldiradi, mansabga qo‘yadi, bo‘shatadi, mulk beradi, mulkni olib qo‘yadi, kasal qiladi, shifo beradi, balolaydi, ofiyat beradi. Barcha xaloyiq Uning tasarrufida.

“Qalblar tizgini” kitobidan📒

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ibodat borasidagi hukmlar, uni to‘ldiradigan va takomillashtiradigan ibodatlarga nazar soladigan bo‘lsak, qanchadan-qancha ruxsat va yengilliklar mavjud.

Shuningdek, inson bu amallarni bajarish davomida kamchilikka yo‘l qo‘yishi afv va kechirim umid qilinishi bilan bog‘langandir. Shuning uchun fiqh ulamolari: “Allohning haqlari bag‘rikenglikka asoslangandir”, deganlar.

Ammo bandalarning huquqlarini belgilaydigan va ular o‘rtasida adolat me’zonlarini o‘rnatadigan hukmlarga kelsak, bu borada kechirimli bo‘linmaydi. Agar bu xususda kechirimli bo‘lsa, adolat mezoni ikki taraf o‘rtasida qoim qilinmagan hisoblanadi.
Chunki bu hukmlar inson huquqlarining himoya qilinishi va adolat mezonlariga muvofiq bo‘lishiga asoslangan.

Bu borada bir taraf kechirib yuborilsa, ikkinchi tarafga zulm bo‘lishi mumkin.

“Islomda jihod” kitobidan🌼

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_nashr

Bir emas 2 ta yangi kitob🥳

Azon kitoblari nashriyoti tomonidan ushbu kitoblar yangi nashr qilindi:

“Vaqtingiz - hayotingiz” - 17.000 so‘m
“Bemahal aytilgan azon” - 15.000 so‘m

Tandirdan endigina uzilgan kitoblarni hozir kelib xarid qilishingiz yoki buyurtma berishingiz mumkin.
Dam olish kunlaringizni foydali va maroqli o‘tkazing🚬

Manzillarimiz: Xadra filiali | Chilonzor filiali

🚕 Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib berish xizmati 15.000 so‘m.

📱 Buyurtma berish uchun @Azon_Admin telegram akkauntiga murojaat qiling yoki +998998535550 raqami bilan bog‘laning.

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bemahal aytilgan azon🕌

Hikoya eshitish yoki o‘qishni yoqtirmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Yoshlik davrimizni eslang.
Kattalardan biror hikoya aytib berishlarini so‘rardik.
Biz istagan hikoyalar, asosan, to‘qima, hayotiy rivoyatlar bo‘lardi. Shunday bo‘lsa ham, ularni bor vujudimiz quloqqa aylanib eshitardik yoki o‘qirdik.

Inson ulg‘aygani sayin, yoshligida eshitgan o‘sha g‘aroyibotlarni eslab qo‘msaydi. Demak, inson tabiatida hikoyalarga moyillik, ularni tinglab, ibrat olish bor.

Ushbu kitob Shayx Ali Tantoviy hikoyalari asosida, tarjimonning izoh va to‘ldirishlari ila yuzaga kelgan📒

Mutolaa davomida olam-olam yangiliklar kashf etsangiz, ne ajab..)🌿

Muqovasi: yumshoq
Sahifalar soni: 112 bet
Narxi: 15 000 so‘m

Manzillarimiz: Xadra filiali | Chilonzor filiali

🚕 Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib berish xizmati 15.000 so‘m.

📱 Buyurtma berish uchun @Azon_Admin telegram akkauntiga murojaat qiling yoki +998998535550 raqami bilan bog‘laning.

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jihod, shubhasiz, o‘zida Allohga bandachilik ma’nolarining cho‘qqisini namoyon etadi.
Bu joyda ushbu haqiqatni tasdiqlaydigan, mujohidlar holi, xususan, jihod asnosida vojib bo‘lgan hollari qanday bo‘lishi kayfiyati haqida so‘zlaydigan dalillarni (hammasini) keltirishga imkon yo‘q.

Lekin quyidagi ikki oyat mazmuniga to‘xtalib o‘tish bilan kifoyalanamiz.
Alloh taolo mujohidlarga, agar amrida istiqomat qilishsa, nusratni va’da qilishini aytadi:
“Ey imon keltirganlar! (Kofir) jamoatga ro‘baro kelganingizda sabotli bo‘ling va Allohni ko‘p zikr qiling, shoyadki, najot topsangiz” (Anfol surasi, 45-oyat)

“Islomda jihod” kitobidan🌼

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
- Faraz qil, ayni kun qiziganda sahroda ketyapmiz. Quyosh tepamizda yondiryapti. Boshlardan issiq o‘tib ketdi. Shunaqangi soyani orzu qilyapmizki, kerak bo‘lsa, qancha pul bo‘lsa ham o‘sha soyani sotib olamiz.
Shu holatga tushib qoldik, o‘ylab ko‘rdingmi?

Hashr kuni qiyomatda hamma odamlar to‘planadigan kun, quyosh shunchalar yaqin keladiki, boshimizning tepasida bo‘lib qoladi. Kun shunchalar uzoq bo‘ladiki, bir kunning miqdori ming yilga teng keladi.

Alloh barchani mahshargohga yig‘adi. U insonlar ichidan 7 xil toifani ajratib oladi. Ularga shunday hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi.
Hatto hech qanday soya yo‘q bo‘lgan, faqat Arshning soyasi bo‘lgan kunda!

O‘sha kunda Arshning soyasida soyalantiriladigan insonlardan yetti insondan bittasi sadaqa qilib, uni hech kimga bildirmagan kishi, hatto o‘ng qo‘li xayr-ehson qilganini chap qo‘li bilmagan kishi bo‘ladi..

“Bemahal aytilgan azon” kitobidan🕌

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Deylik, tavbadan keyin havoyi nafsga berilib biror gunoh qilib qo‘ydingiz. O‘rtada jang kuchayadi. Nafs sizni sindirishga o‘tib, umidsizlikka tushira boshlaydi.

Aytadiki: “Yo‘ling isloh yo‘li edi, sen esa yo‘ldan chiqding, tavbangni buzding, oxirigacha turolmading. Tavbangda bardavom qolishing amri mahol ish”.

Ammo ogoh bo‘ling, hazir turing!
Robbingizning mag‘firat eshigi doim ochiq.

Imom Termiziy va Abu Dovudlar Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan marfu hadisda:

“Istig‘for aytgan kishi (gunohda) davomli bo‘lmaydi. Garchi u (gunohga) yetmish marta qaytgan bo‘lsa ham”, deb kelgan.

“Vaqtingiz - hayotingiz” kitobidan🪐

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi og‘riqli holimiz qayerda-yu, jang saflari oralarida Allohdan qo‘rqib zikrda doim bo‘lish ila, Allohdan madad so‘rab yolvorishni ko‘paytirish ila, sabot uchun yordam so‘rash va shu tufayli martaba, ahvollaridan qat’iy nazar barcha mujohidlarda Allohga qulchilik siymosining namoyon bo‘lishi kabi Alloh buyurgan bu ishlar qayerda?

Alloh bizga buyurayotgan va yo‘llayotgan narsa qayerda-yu, mujohidlarning sifati va jihod sha’niga mutlaqo zid holatlar bo‘lmish hayot tashvishlariga bog‘lanib qolib, havoyi nafs shahvatlari botqog‘ida butkul bo‘g‘ilgan holda botib qolish qayerda?..

“Islomda jihod” kitobidan🌼

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bemahal aytilgan azon🕌

Ushbu kitob Shayx Ali Tantoviyning bo‘lgan voqealarga asoslangan hikoyalari, tarjimonning izoh va to‘ldirishlari ila yuzaga kelgan.

Bir-biridan g‘aroyib, ruhiyatga malham bo‘ladigan, ma’naviy ozuqa beradigan ushbu hikoyalarni mutolaa qilish davomida olam-olam yangiliklar kashf etasiz📒

Muqovasi: yumshoq
Sahifalar soni: 112 bet
Narxi: 15 000 so‘m

Manzillarimiz: Xadra filiali | Chilonzor filiali

🚕 Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib berish xizmati 15.000 so‘m.

📱 Buyurtma berish uchun @Azon_Admin telegram akkauntiga murojaat qiling yoki +998998535550 raqami bilan bog‘laning.

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mukammal tavba namoz va ro‘za kabi bajarilmagan Allohning haqlarini hamda bandalarning zoye qilingan haqlarini ado etmoq bilan amalga oshadi.

Tavba sababli Alloh sizni o‘tgan gunohlardan tamoman xalos etadi. Shunday ekan, nafsni tuzatish yo‘lida qilingan tavba chog‘ida gunohim kechirilmagan, degan xayolga bormang.

Shayton sizni Allohning rahmatidan noumid etish uchun shu fikrni vasila qilishidan ehtiyot bo‘ling. Zero, u siz bilan Alloh taolo o‘rtasiga bunday o‘ylaringizni to‘siq qilishga urinadi.

“Vaqtingiz - hayotingiz” kitobidan🕕

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shu kunlarda biz jihod haqida ko‘p gapiryapmiz.
Jihodni yo‘lga qo‘ygan (mashru’ qilgan) va unga da’vat qilgan Zotning quyidagi so‘zi qarshisida ibrat oluvchi yoki mantiqan o‘ylaydigan bir inson sifatida ham tafakkur qilmaymizmi?

“Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam beradir va qadamlaringizni sobit qiladir” (Muhammad surasi, 7-oyat).

“Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan g‘olib keluvchi yo‘q. Agar sizni tashlab qo‘ysa, Undan o‘zga kim ham yordam berar edi. Mo‘minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar” (Oli Imron surasi, 160-oyat).

“Islomda jihod” kitobidan📔

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zikrlar davom etib tursa, parda-to‘siqlarni teshib, qalb tomon yo‘l ochadi. Shu yo‘sinda uni tuzatib, taqvo cho‘qqilariga olib chiqadi.

Zero, davomli tomgan suv hatto toshni ham teshadi. Ammo sharillab oqqan suv tosh ustidan birdaniga o‘tib ketib, unda hatto arzirli iz ham qoldirmaydi.

Ha, Allohning qonuniyati shunday, oz esa-da, davomli amal ta’sirli va samarali bo‘ladi.

“Vaqtingiz - hayotingiz” kitobidan📚

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kim o‘zini vatandosh deb hisoblashi mumkin?

Quyidagi xususiyatlarga ega shaxs o‘zini vatandosh deb hisoblashi mumkin:

🫥 muhokamada qatnashish, qaror qabul qilish, shuningdek, qarorlar ijrosini nazorat qilishda ishtirok etishdan qo‘rqmaydi;

🫥 o‘ziga va boshqalarga nisbatan doimiy ravishda talabchan bo‘lishni biladi;

🫥 oshkoralikni, shu jumladan, qarorlarning ommaviy asoslanishini talab qiladi;

🫥 sirlilikdan, har qanday yolg‘on-u majburlashga asoslangan sxemalardan nafratlanadi.

Vatandoshlik dasturi” kitobidan👑

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ortga surmang

Keyinga surish shayton nayranglaridan hisoblanib, bu bilan u musulmonni yo‘ldan ozdirishni maqsad qiladi. Chunki shayton mo‘minni dindan voz kechtirolmasligini, unga namoz va ro‘za kabi amallarni tark ettirolmasligini yaxshi bilib, o‘zining ortga surishdek yengil, lekin xatarli uslubini ishlatadi.

Endi mo‘minning qalbiga biror amalni bajarish kelganda shayton o‘sha uslubi bo‘yicha o‘ynab, uni xayriyatdan chalg‘itadi.
Shu yo‘sinda o‘sha amalni hali kelmas ertagacha qoldiraveradi.

“Vaqtingiz - hayotingiz” kitobidan🕕

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Begunoh tinch musulmonlar orasida Alloh yo‘lidagi jihod va U Zotning diniga nusrat keltirish nomi ila urush amallari va qo‘rquvga solish sabablarini tarqatuvchilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadislari haqidagi o‘z tutgan yo‘llarini e’lon qilishlari lozim bo‘ladi:
“..ummatimdan qaysi biri ummatimga qarshi chiqsa, uning yaxshi va yomonining farqiga bormasa, mo‘minga ziyoni tegishidan o‘zini tiymasa, bergan va’dasiga vafo qilmasa, u mening ummatim emas”.

“Islomda jihod” kitobidan📔

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/18 00:55:50
Back to Top
HTML Embed Code: