Telegram Web
Forwarded from Akmal Nazarov
👍👌😎🫡

“Банклардаги омонатларни ҳимоя қилиш кафолатлари тўғрисида”ги Қонун қабул қилинди

Президент томонидан 18 февраль куни “Банклардаги омонатларни ҳимоя қилиш кафолатлари тўғрисида”ги Қонун имзоланди.

Эндиликда кафолатланган омонат миқдори бир банкда бир омонатчига 200 млн сўмни ташкил этади. Бу талаб банкка қўйиладиган янги омонатларга нисбатан қўлланилади. Агар Сизнинг банкларда янги қонун кучга киргунга қадар қўйган муддатли ёки жамғарма омонатингиз бўлса, омонатларингиз миқдоридан қатъи назар тўлиқ кафолатланади.

Агарда пулингиз 200 млн сўмдан кам миқдорни ташкил этадиган бўлса, унда омонатингиз тўлиқ миқдорда кафолатланади.

Яна бир янгилик, эндиликда фақат аҳолининг эмас, балки тадбиркорлик субъектлари, шу жумладан, якка тартибдаги тадбиркорларнинг ҳам омонатлари кафолатланади.

Омонатларни кафолатлаш нима учун керак ва уларни маълум миқдорда кафолатлашнинг муҳим жиҳатлари нималардан иборат?

Биринчидан, бу омонатчиларни ҳимоя қилиш, яъни банк тугатилган тақдирда, омонатчиларга уларнинг маблағларини қайтариш;

Иккинчидан, бу банкларни юқори фоиз ставка билан эмас, балки барқарор фаолият билан рақобатлашишга ундайди.

Омонат миқдорингиз 200 млн сўмдан ошса, қандай кафолатланади?

Шуни айтиш керакки, кафолатланган омонат миқдори 200 млн сўмни ташкил этади дегани, банкка ундан кўпроқ пул қўйиш мумкин эмаслигини англатмайди. Аксинча пулларни банкда сақлаш, уларни уйда сақлашдан анча хавфсиз ва манфаатли. Омонатни бу миқдорда кафолатлаш эса фақатгина банк тугатилган тақдирдагина қўлланилади, акс ҳолда банклар омонатлар бўйича ўз мажбуриятларини шартнома асосида бажараверади.

Компенсация тўлаб бериш муддатларига тўхталадиган бўлсак: янги қонун қабул қилингунча омонатларни қайтариб беришни бошлаш муддати 83 кунни ташкил этган, энди эса бу муддат 20 иш кунини ташкил этади ва босқичма-босқич 7 иш кунига қисқартирилади. Бу дегани Агентлик компенсацияни тўлаб беришни бошлаши учун унга энг узоғи билан 20 иш куни берилади, зарур тадбирлар амалга оширилган тақдирда, Агентлик ушбу муддатдан ҳам олдин тўлаб бериши мумкин бўлади.

Агарда сиз компенсация тўлаб бериш учун белгиланган муддат ичида ўз маблағларингизни қайтариб олишга улгурмаган бўлсангиз ҳам хавотирга ўрин қолмайди, яъни ўз пулларингизни Агентликдан исталган вақтда қайтариб олишингиз мумкин бўлади.

Мазкур Қонун тўғрисидаги батафсил маълумотларни Марказий банкнинг расмий веб-сайти ва унинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари, finlit.uz сайти ҳамда Омонатларни кафолатлаш агентлиги расмий веб-сайтидан олишингиз мумкин.

#qonunchilik

🌐Web 🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Akmal Nazarov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Банклардаги омонатларни ҳимоя қилиш кафолатлари тўғрисида”ги Қонун билан нималар ўзгармоқда?

Омонатларни кафолатлаш нима учун керак ва уларни маълум миқдорда кафолатлашнинг муҳим жиҳатлари нималардан иборат?

🤩Бу саволларга видео орқали жавоблар олишингиз мумкин

#qonunchilik #infografika

🌐Web 🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛡 Omonatlar himoyasi kafolatlanadi! 🏦

“Banklardagi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bilan:

kafolatlangan omonat chegarasi joriy etildi;

bir bankdagi bitta omonatchiga to‘lanadigan kafolat summasi o’zgardi;

bu summa YTTlar hamda yuridik shaxslarning so‘mdagi va valyutadagi omonatlariga ham tatbiq etilishi belgilandi;

qonun bilan kompensatsiya to‘lashni boshlash muddatini bosqichma-bosqich qisqartirish ko’zda tutildi.

📊 Yanada batafsil ma’lumot infografikada ⬆️
2👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank Milliy matbuot markazida navbatdagi anjumanni o‘tkazdi. Unda bank tomonidan jurnalistlarga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi” doirasida ilgari surilayotgan faol tashabbuslar haqida ma’lumotlar berildi.

Xususan, bank tomonidan so’nggi 3 yilda:

🔹 567 mln. AQSH dollari miqdorida “yashil” kreditlar ajratilgani;

🔹 6,7 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgani;

🔹 47 000 MVtsoat muqobil energiya ishlab chiqarilgani

🔹 239 000 MVtsoat elektr energiyasi va 23 000 m³ suv tejalgani qayd etildi.

Anjumanda, shuningdek, bank infratuzilmasini ekologik talablarga moslashtirish maqsadida EDGE auditi amalga oshirilayotgani va bu jarayonda HPBS tadqiqot va ekologiya muhandislik markazi mutaxassislari bilan hamkorlik olib borilayotgani ma’lum qilindi.

📢 Tadbir davomida jurnalistlar ushbu tashabbuslarning amaldagi natijalari bilan tanishtirildi.

Bank Axborot xizmati
👍62💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbankda Do‘ppi Challenge: Milliy qadriyatlar va bahoriy kayfiyat!

O‘zsanoatqurilishbank Korporativ markazida o‘tkazilgan Do‘ppi Challenge nafaqat milliy madaniyatimizni ulug‘lash, balki yoshlarni milliy qadriyatlarimizga yaqinlashtirish uchun yorqin voqeaga aylandi.

Bank xodimlari milliy liboslarda, do‘stona muhit yaratgan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatib, bayramona kayfiyat ulashdilar. Ushbu tadbir bank va mijozlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab, bankning jamiyatdagi ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qildi.

Milliy qadriyatlarimizni birgalikda asraylik va ommalashtiraylik!

#sqb #MilliyQadriyatlar #BahoriyKayfiyat
13👍6🔥2🏆2
Bugun, 13 mart kuni jurnalistlar va blogerlar uchun Qarshi shahridagi “UzShoes” korxonasiga press-tur tashkil etildi. Ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayoni, ekologik toza texnologiyalar va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxona rahbariyati mehmonlarga xalqaro standartlarga mos mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, Sanoatqurilishbankning Qashqadaryo bank xizmatlari ofisida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank vakillari mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sanoat sohasiga kreditlar ajratish va investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berib, OAV vakillarining savollariga javob berishdi.

📸 Tadbirdan lavhalarni taqdim etamiz!

#UzShoes #PressTur #MatbuotAnjumani #Sanoatqurilishbank #Eksport #YashilTexnologiyalar
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bankimizda milliylik ruhi! Xodimlarimiz milliy liboslarda ishga kelib, boy madaniy merosimizni e’zozlash va an’analarimizni keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shmoqda.

Bu tashabbus – qadriyatlarimizga hurmat, faxr va zamonaviylik bilan uyg‘unlashuv ifodasidir. Bankimiz nafaqat moliyaviy hamkor, balki madaniy merosni asrashga intiluvchi tashkilot ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.

Milliylik – bu faqat libos emas, balki urf-odatlarga sadoqat va kelajakka ishonchdir!

#sqb #MilliyQadriyatlar #BahoriyKayfiyat
👍4🔥3🕊32
O’zsanoatqurilishbank hamda "Uzagrostar xolding" kompaniyasi hamkorligida Asaka tumanida tomorqachilik maktabi tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq "Asaka-agrostar" MCHJ sabzavot ko‘chatlariga ixtisoslashishi belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda hududdagi sabzavot ko‘chatlari va eksportbop mahsulotlar yetishtirishda yetakchilardan bo‘lgan tadbirkor tanlab olindi. U orqali hududdagi 500 nafar sohaga qiziquvchilar o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.

Dastlabki bosqichda esa 50 nafar fuqaro "Asaka-agrostar tomorqachilik maktabiga jalb qilingan. Mazkur jarayonda xotin-qizlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbirkor tomonidan ishtirokchilarga ko‘chat tarqatilib, realizatsiya jarayoniga qadar ularga ko‘mak beriladi. Yetishtirilgan mahsulotlar yana tadbirkorning o‘zi tomonidan sotib olinadi va eksportga yo‘naltiriladi.

#tomorqachilik_maktabi
👍4
Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ва Surxondaryo viloyatlarida hududiy mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mahalla faollari hamda yurtdoshlarimiz bilan muloqotlar o‘tkazmoqda.

🔹 Mahallalarda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari jadallashtirilmoqda.

🔹 Sayyor qabullar, Mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda.

🔹 Tomorqalarda samarali ekin ekish, hosildorlikni oshirish orqali aholi daromadlarini oshirish choralari ko’rilmoqda.

🔹 “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida har bir hududning tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlariga mos loyihalar shakllantirilmoqda.

🔹 Kambag’al oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash ishlari tashkil etilmoqda.

#Tomorqa #YashilMakon #Obodonlashtirish #MahallaRivoji #BirMahallaBirMahsulot
👍5🤝2🤔1
2025/07/10 21:23:20
Back to Top
HTML Embed Code: