Telegram Web
Milliylik – faxrimiz!
Qadriyatlarimiz – boyligimiz!

#Ozsanoatqurilishbank
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank xotin-qizlari – sog‘lom turmush tarzi tarafdori!

Ertalabki tetiklik, toza havo va sport ruhi! EKOparkda o‘tkazilgan jismoniy mashg‘ulotlarda bankimiz xodimalari professional murabbiy ko‘magida sport mashqlarini to‘g‘ri bajarishni o‘rgandilar.

Bu nafaqat sog‘liq uchun foydali, balki jamoaviy ruh, faollik va ijobiy energiya bilan to‘la boshlagan kun bo‘ldi.

Sog‘lom tana – sog‘lom tafakkur!
Bankimiz sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda davom etadi!

#SQB #SoglomHayot #SportHayotTarzi
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“SQB runners” – marafon yo‘llarida!

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgan VII Toshkent xalqaro marafoni yana bir bor sport va sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini namoyon etdi.

Klassik (42 km), yarim (21 km), 10 va 3 km masofalardagi musobaqalarda ishtirokchilar o‘z bardoshi va irodasini sinovdan o‘tkazdi.

Marafonning eng qizg‘in lahzalarida “SQB runners” jamoasi ham to‘liq tarkibda qatnashib, jismoniy faollik va jamoaviy ruhni namoyish etdi!

#SQB #ToshkentMarafoni #SQBRunners
👏3🎉2🏆2👍1
Joriy yilning 15-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyada mahalliy va xorijiy tadqiqotchi-olimlar, ekolog mutaxassislar, tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda ishbilarmon doira vakillari ishtirok etadi.

Anjuman doirasida “yashil” iqtisodiyotning zamonaviy tendensiyalari, ekologik innovatsiyalar, biznes yuritishda ESG tamoyillari, qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uni yumshatish choralari, shuningdek, “yashil” moliyalashtirish kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi.

Manzil: Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti binosi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank: “Yashil iqtisodiyot” sari qatʼiy qadamlar!

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Oʻzsanoatqurilishbank tashabbusi bilan “Yashil iqtisodiyotga oʻtish: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Jahon banki, OTB, YETTB, Fransiya Taraqqiyot agentligi (AFD), Fitch Ratings, PwC singari nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda mahalliy moliya, taʼlim va biznes vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida:

ESG tamoyillari
iqlim oʻzgarishiga moslashuv
qayta tiklanuvchi energiya
yashil moliyalashtirish mexanizmlari
milliy “yashil” tasnif va xalqaro standartlar kabi muhim mavzular muhokama qilindi.

Anjumanda, shuningdek, ilgʻor moliyaviy vositalar, banklarning barqaror oʻsishga qoʻshayotgan hissasi haqida maʼruzalar tinglandi. Ochiq muloqotlar, tajriba almashinuv va yangi xalqaro hamkorliklarning asosi qoʻyildi.

Tadbir tafsilotlari maxsus reportajimizda.
🔥2👍1
Ўзбекистондаги биринчи банк — Давлат банкининг Тошкент филиали биноси ҳозир ҳам мавжуд. Унда SQB Premium офиси билан бир қаторда, ўзига хос музей ҳам жойлашган. Бундан 7 йил аввал ташкил қилинган музейдан банкчилик тарихида фойдаланилган жиҳозлар — телефон, ёзув машинкалари, давлат кредит карталари сингари бир қатор тарихий экспонатлар ўрин олган. Bankers.uz мазкур "банк-музей"дан видеолавҳа тайёрлади.

Мақолани ўқиш: https://bankers.uz/news/2280

Видеони кўриш: https://www.youtube.com

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
😍6🔥54
2024 ЙИЛ ЎЗСАНОАТҚУРИЛИШБАНК УЧУН УЛКАН МАРРАЛАР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ДАВРИ БЎЛДИ

▪️Банк активлари 17,4% га ўсиб, 87,6 трлн сўмга етди.
▪️Кредит портфели 14,7% га ошиб, 65,5 трлн сўмни ташкил қилди.
▪️Чакана кредитлар ҳажми 26% га ортиб, 9,9 трлн сўмга етди.
▪️Депозит базаси 1,5 бараварга, аҳоли омонатлари эса 1,6 бараварга ошди.
▪️Капитал рентабеллиги (ROE) ва активлар рентабеллиги (ROA) бўйича давлат банклари орасида энг юқори кўрсаткичларга эришди.
▪️Соф фойда ва даромадлари ҳажми бўйича ҳам соҳада пешқадамликни сақлаб қолди.
▪️Муаммоли қарздорликлар билан ишлашда NPL кўрсаткичи энг паст натижани қайд этди.
▪️Лондон фонд биржасида Reg S ва 144А форматларида халқаро облигациялар жойлаштирилди.
 
☑️Рақамли трансформация ва инновациялар

▪️50 дан ортиқ бизнес жараёнлар автоматлаштирилди.
▪️SQB Mobile” фойдаланувчилари сони 70 фоизга, “SQB Business” фойдаланувчилар сони эса, 5,3 баробарга ортди.

☑️Экология ва ижтимоий масъулият

🌱“Яшил” кредит портфели 122% га ошди.
🌱 ESG рейтинги қўлга киритилди.
🌱 Банк инфратузилмаси EDGE стандарти бўйича аудит текширувидан ўтказилиб, халқаро сертификатга эга бўлди.
 
☑️Кадрлар салоҳиятини ривожлантириш

▪️318 нафар ходим хорижий тажрибалар асосида ўқитилди.
▪️100 нафар аёл “Лидер аёллар” дастурида иштирок этди.
 
☑️Мижозлар учун қулай шарт-шароитлар

▪️35 трлн. сўмдан ортиқ кредитлар аҳоли ва тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш мақсадида ажратилди.
▪️Корпоратив ва премиум мижозлар учун алоҳида марказлар фаолияти йўлга қўйилди.

Эслатиб ўтамиз, жорий йил феврал ойида каналимизда ўтказилган сўровномада банк бошқаруви раиси А.Акбаржонов энг кўп эътирофга лойиқ деб топилган эди.

☑️БАНК БИЛАН ЯҚИНРОҚ ТАНИШИНГ
▪️Банк тарихи
▪️Банк миссияси
▪️Банк стратегияси
▪️Бизнес йўналиши учун
▪️Жисмоний шахслар учун

▪️Корпоратив мижозлар учун
▪️Боғланиш реквизитлари

👉 @bankirkundaligi 👈
👏5👍1
Surxondaryo viloyatida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Prezidentimiz raisligida o‘tgan yil 23-sentyabrda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qator yangi tashabbus va vazifalar ilgari surilgan edi.

Tadbir ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilib, unda Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farrux Abdurahmanov hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Aziz Rahimov ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida tadbirkorlar faoliyatidagi muammolar, jumladan, moliyaviy qiyinchiliklar, ishlab chiqarishda uchrayotgan to‘siqlar va logistika masalalari muhokama qilindi.

Ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, korxonalarda energiya samaradorlikni ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, yangi texnologiyalar joriy etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
👍31
O‘zsanoatqurilishbank – ochiqlik indeksida tijorat banklari orasida mutlaq yetakchi!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan 2024-yilgi Ochiqlik indeksida O‘zsanoatqurilishbank 87,4 ball bilan TOP-10 tashkilotlar qatoriga kirdi hamda tijorat banklari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Bu natija bankning shaffoflik, javobgarlik va jamoatchilikka ochiq bo‘lish borasidagi izchil sa’y-harakatlari natijasidir.

Solishtirma holatda:
📊2022-yil — 71,1 ball
📊2023-yil — 78,1 ball
📊2024-yil — 87,4 ball

Ochiqlik indeksi 84 ta mezon bo‘yicha 8 indikator asosida baholanadi va davlat tashkilotlari “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Bankimiz 71 balldan yuqori natija bilan “yashil” toifaga kirdi.

Ochiq va oshkora faoliyat – O‘zsanoatqurilishbankning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

#OchiqlikIndeksi #Shaffoflik #O‘zsanoatqurilishbank #Antikorrupsiya
🏆52👍1👏1
Milliy libos – milliy faxr!

Bugun O‘zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar kuni” o‘tkazilmoqda. Tadbir Rakat bank xizmatlari markazida ham ko’tarinki ruhda tashkil etildi.

Xodimlar o‘zbek milliy matolaridan tayyorlangan liboslarda mijozlarga xizmat ko‘rsatishdi. Ayniqsa, tabassum va milliy ruh bilan xizmat ko‘rsatish mijozlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

#SQB #MilliyLiboslar #Qadriyat #RakatBXM
👍52🤩2
2025/07/12 05:13:05
Back to Top
HTML Embed Code: