Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O`zSanoatQurilishBank» ATB tomonidan mahallalarda kutubxonalar tashkil etilmoqda
#16may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
👍5🕊2
Forwarded from SQB
YTTB “O‘zsanoatqurilishbank”ning “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 33 yillik yigʻilishi doirasida “Oʻzsanoatqurilishbank” YTTBning navbatdagi faxriy mukofoti – “Yilning yashil savdo bitimi” bilan taqdirlandi.

SQBning atrof-muhitga salbiy taʻsirini kamaytirish, energiyani tejovchi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishga qaratilgan 400 dan ortiq loyihalari, jumladan, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "yashil" tashabbuslari ushbu xalqaro moliya tashkiloti tomonidan ketma-ket toʻrtinchi yil yuksak eʻtirof etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zsanoatqurilishbank” o‘z faoliyatida "yashil" iqtisodiyotni moliyalashtirish va xavflarni boshqarish mexanizmlarini joriy qilgan birinchi banklardan biridir. So‘nggi uch yilda Bankning yashil kredit portfeli summasi 567 mln. dollarga yetkazilib, 6763 ta yashil ish o‘rinlari yaratilgan.
____

ЕБРР высоко оценил вклад Узпромстройбанка в развитие "Зеленой экономики".


В рамках состоявшегося в Ереване, Республика Армения, 33-го ежегодного заседания Совета управляющих Европейского банка реконструкции и развития, Узпромстройбанк был удостоен очередной почетной награды ЕБРР - "Зеленая торговая сделка года".

"Зеленые" инициативы SQB, а это более 400 проектов, в том числе малого и среднего бизнеса, направленных на снижение негативного воздействия на экологию, внедрение энергосберегающих и возобновляемых источников энергии, вот уже четвертый год подряд получают высокое признание данной международной финансовой организации.

Напомним, Узпромстройбанк стал одним из первых банков в стране, внедривших механизмы финансирования "зеленой" экономики и управления рисками в своей деятельности. За последние три года портфель "зеленых" кредитов SQB достиг 567 млн долл. долларов США, что позволило создать 6763 «зеленых» рабочих мест.
👍4🕊1
Президент Шавкат Мирзиёев хорижий инвестицияларни жалб қилишда банкларнинг иштирокига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией об участии банков в привлечении иностранных инвестиций.

#Mirziyoyev #taqdimot #bank #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍103👏1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallamiz_tadbirkorlari

Navbatdagi qahramonimiz Lyudmila Mirzoyeva — Rossiyada tug’ilib, O’zbekistondan baxtini topgan, Navoiyga kelin bo’lib, shu yerlarda qolgan. 11 yil non yopib, dalada ketmon chopib, bir marta “charchadim” demagan inson. Ismi - rus, jismi - o’zbek, sodda qishloq ayoli!

Endi Lyuda xolaning o’z biznesi bor. Bundan tashqari qahramonimiz g’ijduvonlik kelini bilan yana bir ishga qo’l urgan. Bular haqida batafsil loyihamizning navbatdagi sonida hikoya qilamiz.
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#press_tur

O’zsanoatqurilishbank tomonidan Xorazm viloyatida navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda jurnalist va blogerlat Xonqa tumanidagi “Red Star Oxus” korxonasiga tegishli 5-avlod tipidagi issiqxonada bo’lib, mahsulot yetishtirish va eksport jarayonlari bilan tanishtirildi.

Ma'lumot uchun, 6 gektarli issiqxona Oʻzsanoatqurilishbankning imtiyozli kreditlari hisobiga barpo etilgan bo'lib, 2023-yilgi hosildan 6,5 mlrd. soʻmlik mahsulot ichki bozorga, 800 ming dollarlik mahsulot esa, xorijga eksport qilingan.
🔥32👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

Xorazm viloyatiga tashkil etilgan press-tur doirasida, an'anaga ko‘ra, matbuot anjumani ham o‘tkazildi.

Unda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar bankning hududda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va yetakchi tadbirkorlarga moliyaviy ko‘maklashib, aholi daromadligini oshirish borasida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan ma'lumotga ega bo‘ldilar.

Bank xizmatlari va mahsulotlari haqida mijozlar o’z fikrlari va tassurotlari bilan o’rtoqlashishdi.
👍65
O‘zsanoatqurilishbank Germaniya “Doyche banki”dan qiymati 165 mln. yevro sindikatlangan kredit jalb qildi

Joriy yilning 28-may kuni O‘zsanoatqurilishbankga Germaniya “Doyche banki” tomonidan umumiy qiymati 165 mln. yevroga teng sindikatlangan kredit ajratildi.

Prezidentimiz tomonidan tijorat banklariga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va tashqi moliyalashtirish manbalarini kengaytirgan holda mijozlarning investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berilgan.

O‘zsanoatqurilishbankga Germaniya “Doyche banki”dan jalb etilgan qiymati 165 mln. yevro sindikat ham ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Mazkur mablag‘lar O‘zbekistonga xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yangi ish o‘rinlarini yaratish, xususan, sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda kichik va o‘rta biznes yo‘nalishidagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент "Қоракўл" эркин иқтисодий зонасида ишга тушган замонавий қувур заводи билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍71
Joriy yilning 3-iyun kuni Istanbul shahrida Turkiya qurilish materiallari korxonalari uyushmasi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida qurilish materiallari bo‘yicha O‘zbekiston – Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
 
Forumni tashkil etishda turkiyalik investorlar hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi yirik brendlarni O‘zbekistonga jalb qilgan holda, qurilish materiallarining yangi turlarini o‘zlashtirish hamda tarmoqdagi investitsion loyihalar salmog‘ini oshirish maqsad qilingan.
 
Unda ikki davlat ishbilarmon doira vakillari, investorlar, xalqaro ekspertlar va mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda.
 
Forumda O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, talab va uning qoplanishi, xom ashyo zaxirasi, investitsion muhit haqida ham taqdimotlar bo‘lib o‘tadi.
 
Qurilish materiallari sohasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kengaytirish maqsadida bo‘lgan yurtdoshlarimizni forumga taklif etamiz!
🔥3👍2🕊21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zsanoatqurilishbank Aloqa markazi faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari o’rganilmoqda

Bu haqda joriy yilning 4-iyun kuni AOKAda O‘zsanoatqurilishbank tizimida telemarketing va telefon orqali sotuv faoliyatiga bag‘ishlab o’tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Brifingda O‘zsanoatqurilishbank tizimidagi transformatsiya doirasida bank Aloqa markazi bugungi kunda mijozlar savollariga javob berish hamda bank mahsulot va xizmatlari haqida ma’lumot taqdim etish bilan chegaralanmay bank mahsulot va xizmatlarini sotish bilan ham shug‘ullanayotgani qayd etildi.

O‘tgan yili Aloqa markazi tomonidan 90 mingdan ziyod qo‘ng‘iroqlar qayta ishlangan bo’lsa, ularning 10 foizi bank mahsulotlarini xarid qilgan. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilinganlik ko‘rsatkichi (CSAT indeksi) 95 foizga yetkazildi.

Markaz faoliyatida sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha ham o‘rganishlar olib borilmoqda. Chat-botlar va ovozli yordamchilardan foydalanish sinov bosqichidan o‘tmoqda.
👏4👍3🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank taʼsisligida “Moliyaviy texnologiyalar” kompaniyasi tashkil etiladi
 
2024-yilning 4-iyun kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “Zamonaviy kommunikatsiyalar” MCHJ bilan hamkorlikda muassasa taʼsisligida “Moliyaviy texnologiyalar” kompaniyasini tashkil qilish boʻyicha memorandum imzolandi.

Kompaniya faoliyati bank tizimdagi IT sohasining quyidagi yoʻnalishlarni rivojlantirishga qaratiladi:

- dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish
- mobil texnologiyalarni joriy etish
- sunʼiy intellekt yordamida ish tashkil qilish
- robotlashtirilgan jarayonlarini yoʻlga qoʻyish.

“Zamonaviy kommunikatsiyalar” MCHJ bilan biometrika yordamida xavfsizlikni taʼminlash, bulutli texnologiyalar va startap loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan ham tajriba almashiladi.
👍8🤩21🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank yangi startaplarni qoʻllab-quvvatlaydi

2024-yilning 4-iyun kuni Oʻzsanoatqurilishbank va “Uzcard ventures” venchur fondi oʻrtasida yangi startaplarni qoʻllab-quvvatlash va yuqori texnologiyali loyihalarga sarmoya jalb qilishga qaratilgan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Mamlakatimizda startap-ekotizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qulay ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar yaratilgan.

Memorandum startap loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini oshirish barobarida, bank va venchur fondlardan malakali maslahat xizmatlari olishiga keng yoʻl ochadi.

Ushbu hamkorlik, shuningdek, Oʻzbekistonda venchur ekotizimini rivojlantirish, xususan, innovatsiyalarni moliya sektoriga integratsiya qilgan holda, startap loyihalarni jadal qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, yosh tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
👍84
Oʻzsanoatqurilishbank Turkiyaning “Aktif Yatirim Bankasi A.S.” bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Bugun Turkiya Savdo-sanoat palatalari va tovar birjalari Ittifoqida Oʻzbekiston va Turkiya hukumati vakillari ishtirokida Oʻzbek–Turk biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Turkiyaning eng yirik xususiy banklardan biri va oʻzining innovatsion va fintex mahsulotlari bilan mashhur “Aktif Yatirim Bankasi A.S.” oʻrtasida umumiy qiymati 40 mln dollarlik mablagʻlarni jalb qilish yuzasidan Hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Mablagʻlar savdoni moliyalashtirish, kichik va oʻrta biznes vakillarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.

Bundan tashqari, Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston va Turkiya biznes hamkorlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun sharoitlar va qulayliklar yaratish maqsadida “Aktif Yatirim Bankasi A.S.”da korrespondentlik hisob raqamini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.
6👍3🔥31
O'zsanoatqurilishbank eng mustahkam kiberxavfsizlikka ega tijorat banki deb topildi

Markaziy bank “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 2024-yil I choragi bo‘yicha tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlari o'rtasida O'zsanoatqurilishbank jami 99,2 ball to'plagan holda end yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat va xoʼjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati bo’yicha e’lon qilingan reytingida ham O’zsanoatqurilishbank tijorat banklari orasida eng yaxshi natijani qayd etgan edi.
👍3🔥2🎉1🕊1
Hurmatli mijozlar!

Sizlarga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisiga murojaat qilishning qulay usulini taqdim etamiz.

✉️ Siz bankimiz ofislarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringiz, shuningdek, bank mahsulotlari va xizmatlariga oid taklif va mulohazalaringizni [email protected] elektron pochtasi hamda https://www.tgoop.com/SQB_Raisgamurojaat_bot manzilidagi maxsus telegram botga yuborishingiz mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, anonim hamda mazmuni to‘liq yoritilmagan yoki zarur maʼlumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlarga javob berilmaydi. Xabarni yuborishdan oldin ismingiz, manzilingiz va telefon raqamingiz to‘liq kiritilganligini tekshiring.

____

Уважаемые клиенты!

Воспользуйтесь удобным способом связаться с Председателем Правления АКБ «Узпромстройбанк".

✉️ Направляйте свои отзывы по вопросам качества обслуживания в офисах нашего банка, а также предложения и комментарии о линейке банковских продуктов и услуг на электронную почту [email protected] или в телеграм-бот https://www.tgoop.com/SQB_Raisgamurojaat_bot.

❗️Обращаем внимание, что анонимные или неполные запросы не будут рассмотрены. При отправлении письма обязательно указывайте ваше полное имя, адрес и номер телефона для связи.
👍5
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallamiz_bankirlari

Mahalla — bugungi islohotlarning markaziy va hal qiluvchi bo'g'ini! Odamlar hayoti, turmush farovonligini yaxshilash va kambag'allikka qarshi kurashishdagi eng oldingi saf! Shuni faxr bilan aytamizki, bugun bu safda jamoamiz a'zolari - qadrdon bankirlarimiz ham bor!

Ijodiy jamoamiz esa ularning kayfiyati, o'y-tashvishlari, rejalari bilan qiziqdi. E'tiboringizga qariyb 3 soat davom etgan suhbatning eng qizg'in lahzalarini havola etamiz.
4👍1🤩1🕊1
2025/07/13 18:25:08
Back to Top
HTML Embed Code: