Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uyim yozda - salqin, qishda - issiq, shovqin-surondan holi, va energotejamkor bo’lsin, desangiz bu mahsulot nomini eslab qoling!

BAZALT ISSIQLIK IZOLYATSIYA PLITALARI

👉 O’zsanoatqurilishbank moliyaviy ko’magi bilan ushbu innovatsion mahsulotni Xorazm viloyatida ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

🎤 Bir guruh jurnalist va blogerlar esa mazkur korxonada bo’lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Yiliga 30 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan va 200 nafardan ziyod aholini band qilgan korxona haqida batafsil navbatdagi lavhamizda so’z yuritiladi.
7👍4🙏1😍1
Toshkentdagi Shaxmat akademiyasida "SQB Kubogi 2024"ning respublika bosqichi bo‘lib o'tdi.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida shaxmat bo'yicha an‘anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "SQB Kubogi"da joriy yil 180 nafar xodim ishtirok etdi.

Sovrin jamg‘armasi 125 mln. so‘m bo‘lgan turnirning final bosqichida esa 44 nafar xodim bellashishdi.

Natijada 3 nafar erkak va 3 nafar ayol kubok sovrinini qo'lga kiritdi.

SQBning aql jangi sovrindorlariga g'alaba muborak bo'lsin, deymiz!
🔥53🤩1🕊1😍1
SQB “yashil” tashabbuslari yana bir bor e’tirof etildi

“Chapter Zero Uzbekistan” O‘zsanoatqurilishbankning “yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholab, rag’bat sertifikati taqdim etdi.

“Chapter Zero Uzbekistan” o‘tgan yili 3-iyulda Iqlimni boshqarish bo‘yicha xalqaro global tashabbus (Global Climate Initiative – CGI) doirasida tashkil etilgan loyiha bo‘lib, u global tarmoqdagi 26-faol qatnashchi hamda Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi.

O‘zsanoatqurilishbank “yashil” loyihalarni moliyalashtirish, sanoatga “yashil” texnologiyalarni keng jalb qilish, shuningdek, respublika miqyosdagi ekologik-ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlashni ustuvor vazifa sifatida ko’radigan “yashil” bank tamoyillarini joriy qilgan O’zbekistondagi birinchi moliya mussasasi hisoblanadi.
4🔥3👍2🕊1
Diqqat! Matbuot anjumaniga taklif qilamiz!

Joriy yilning 9-iyul kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "O‘zsanoatqurilishbank tizimida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumaniga jurnalistlar va blogerlarni taklif qilamiz.


Внимание! Приглашаем на пресс-конференцию!

9 июля текущего года в 12.00 часов в Агентстве информации и массовых коммуникаций состоится пресс-конференция на тему «Работа, осуществляемая в системе Узпромстройбанка по переходу на «зеленую» экономику».

На пресс-конференцию приглашаем блогеров и журналистов.
🤝3👍1🕊1
#live

Ayni paytda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "O‘zsanoatqurilishbank tizimida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tmoqda.

Anjumanni Uzreport telekanalida to’g’ridan-to’g’ri efirda kuzatib boring!

Jonli efir
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shoh va mot!

Kuchli shaxmatchi boʻlish uchun uzoqni koʻra bilish, tashlanajak qadamlar oldindan hisoblanishi zarur. Qarangki, shiddatli transformatsiyani bosib oʻtayotgan bank sohasi ham bugun bankirlardan ana shunday xislatlarni talab qilmoqda.

SQB tomonidan anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinayotgan shaxmat birinchiliklari bank xodimlari oʻrtasida kelgusida kuchli strateglar yetishib chiqishiga poydevor boʻlib xizmat qilishiga ishonamiz!
5🔥2😍1🫡1
“Asian Banking & Finance” xalqaro jurnali kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zsanoatqurilishbankni O‘zbekistondagi eng yaxshi bank deb e’tirof etdi.

Bank tizimida chakana biznes sohasida amalga oshirilgan katta transformatsiya jarayonlari natijasida 2023 yilda chakana biznes kredit portfeli 161,5 foizga o‘sgan bo‘lsa, faol mijozlar soni 1,01 milliondan oshdi.

Bundan tashqari, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib “Supply chain” mahsuloti faol tatbiq etilib, ushbu mahsulot orqali mijozlarga oldindan ma’qullangan limit doirasida ortiqcha xat-hujjatlarsiz, qisqa muddatda va ta’minotsiz ajratilishi belgilangan.

Mazkur amalga oshirilgan ishlar “Asian Banking & Finance” jurnali tomonidan yuksak e’tirof etilishi natijasida O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zbekistonda eng yaxshi bank sifatida taqdirlandi.
👍7👏2🏆1
Forwarded from Akmal Nazarov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

Диққат, янги фирибгарлик❗️

Энди картангизда пул бўлмаса ҳам картангиз маълумотлари ва бир марталик SMS-кодни бегона шахсларга айтманг!

Фирибгарлар сизнинг номингизга кредит расмийлаштиришга уринишади.

❗️Буни қандай уддалашмоқда? Батафсил ушбу видеода.

#firibgarlik

🌐Web
🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#press_tur

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Andijon viloyatiga press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Oʻrta Osiyodagi yagona loyiha – yigʻma uy-joylar ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan “Modern Sunny Home” korxonasi faoliyati bilan tanishtirildi.
9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zsanoatqurilishbankda rahbar ayollar soni 30 foizga oshiriladi.

Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi.

Lohiha SQB hamda Toshkent shahridagi Singapur menejementni rivojlantirish institutining o’zaro hamkorligida ishlab chiqilgan bo’lib, unda joriy yil so’nggiga qadar 700 nafardan ziyod xodimlarni o’qitish maqsad qilingan.

O’quv jarayonlariga nafaqat mahalliy balki xorijiy mutaxassislar ham jalb qilinadi. Intensiv kurslarda faol qatnashgan, o’zlashtirish natijalari yuqori bo’lgan xodimlarning ilg’or xorijiy moliya muassasalarida amaliyot o’tashi ham rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati
👍7🥰43🤔3🎉2🔥1🕊1💯1
O‘zsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashqi audit natijalari ijobiy

Joriy yilning 9-12-iyul kunlari O‘zsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi samaradorligi va xalqaro ISO 37001:2016 standart talablariga muvofiqligi bo‘yicha II Kuzatuv audit tekshiruvi o‘tkazildi. Natijada tizim faoliyati samaradorligi yuqori deb baholandi.

O‘zsanoatkurilishbank tizimida xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilingan. Korrupsiya xavf-xatarlari baholanib, bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Tahlil jarayonlari “Cert International” – xalqaro sertifikatlash tashkiloti auditorlari tomonidan Bosh bank, Toshkent shahri hamda Sirdaryo viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofislari faoliyati misolida o‘rganildi.

Audit natijalariga asosan bank tizimida korrupsiyaga karshi kurashish borasida nomuvofiqliklar aniqlanmay, uning ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga munosibligi yana bir bor tasdiqlandi.
👍61
Qurilish materiallari sohasini ilm-fan va tadqiqotlar asosida yanada rivojlantirish maqsadida “Koreya namunasi” asosida zamonaviy laboratoriya tashkil etish ishlari boshlangan.

Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari Shaxzod Yusupov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov bilan qurilish materiallarining sifati va xafvsizlik ko‘rsatikchilarini to‘liq qamrab oladigan sinov laboratoriyasini tashkil qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu yo‘nalishda tomonlar oʻrtasida istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Masʼullar Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi qoshidagi qurilish va qurilishda ishlatiladigan metall mahsulotlari sinov laboratoriyalar majmuasidagi mavjud sinov uskunalari va sinov jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi qoshida tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan yangi sinov majmuasi binosi ko‘zdan kechirilib, hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan kelishib olindi.
👍74🤝2
Oʻzsanoatqurilishbank Reg S va 144A formatlarida London fond birjasining asosiy bozorida AQSH dollari va oʻzbek soʻmida bankning navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi.

Xalqaro obligatsiyalarining Reg S va 144A formatida joylashtirilishi nafaqat Yevropa, balki AQSH, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa hududlardan ham yangi investorlarni jalb qilish boʻyicha yangi marrani zabt etishga imkon yaratdi.

Buyuk Britaniyaning London shahrida joriy yilning 12-16-iyul kunlari Morgan Stanley (boshqaruvida 5,4 trln dollar), Fidelity (4,9 trln dollar), Goldman Sachs Asset Management (2,7 trln dollar), Amundi (2,8 trln dollar), LGIM (1,2 trln dollar) kabi 60 ta nufuzli investorlar bilan muzokaralar olib borildi.

Taqdimotlar va muzokaralarda Bank rahbariyati tomonidan investorlarga respublikamizdagi ortga qaytmas iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, bank-moliya tizimi va Bankning undagi oʻrni hamda asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi.

Bankning xalqaro obligatsiyalarni joylashtiruv jarayondagi savdolarida 21 ta davlatdan 70 dan ortiq investorlar tomonidan jami 900 mln dollardan ziyod takliflar kelib tushdi. Shundan umumiy 400 mln dollar va 2,25 trln soʻm miqdorida mablagʻlar jalb qilindi.

Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar — xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirishdan kelib tushgan mablagʻlar Bank mijozlarining istiqbolli “yashil”, barqaror va ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan 2019-yilda xalqaro kapital bozorida korporativ qimmatli qogʻozlar, 2023-yilda esa Oʻzbekiston banklari orasida birinchi “yashil” obligatsiyalar joylashtirilgandi.
👍7🔥5🕊3😍211💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣ million so'mgacha!

🔄 Uzcard hamda Humo bank kartalari o'rtasida komissiyasiz o'tkazmalar - JOYDA mobil ilovasida!

Batafsil ma'lumot: sqb.uz sayti hamda 1180 qisqa raqamlarida
👏4🤩4👍32
2025/07/14 10:46:42
Back to Top
HTML Embed Code: