Telegram Web
24-oktyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan Uzcard Awards 2024 mukofoti taqdirlash marosimida Oʻzsanoatqurilishbank “Korporativ biznes rivojida yetakchi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

Tadbirda Oʻzbekiston bank-moliya tarmogʻining yetakchi vakillari ishtirok etdi.

Uzcard Awards 2024 — moliyaviy sektordagi muhim yutuqlarni taqdirlaydigan nufuzli tadbir boʻlib, muvaffaqiyatli tashabbuslarni taʼkidlabgina qolmay, balki ishtirokchilarni zamonaviy yondashuvlar va yechimlarni joriy etishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
🎉32👍2🏆2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Salomatlik va sof tabiat uchun!

📄📑

Hech bo’lmasa bir kun! 🌳
2👏2👍1🔥1🤔1💯1🤝1
Sanoatqurilishbankning qadrli mijozlari, hamkorlari!

Aziz hamkasblar!

Bugun bankimizning asos solinganiga 102 yil to‘lmoqda. Bu sanani nishonlar ekanmiz, uzoq yillik tariximizga nazar solib, erishilgan yutuqlarimiz bilan faxrlanamiz. Bankimiz o‘z mijozlariga sodiq bo‘lib, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda doimiy ravishda innovatsiyalarni joriy etib, milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Bank faoliyatining har bir bosqichida fidokorona mehnat qilayotgan rahbariyat va xodimlarga minnatdorlik bildiramiz. Ularning har birining mehnati bizni yanada ulkan marralar sari yetaklaydi.

Bankimiz 102 yildan buyon mijozlarning ishonchini qozonib, moliyaviy barqarorlik va yuksak xizmat sifatini ta’minlash yo‘lida bir qadam ham orqaga chekinmagan. Kelajakda ham mijozlarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni davom ettiramiz.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz. Sanoatqurilishbank kelajakda ham rivojlanib, mamlakatimiz moliyaviy sektorida ishonchli tayanch bo‘lib qoladi.

102 yoshing muborak bo‘lsin, qadrli SQB!
8👏7🎉3🤩2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

Bank kartangizni firibgarlardan himoya qiling!

Maxfiylikni saqlang – PIN-kod va kartangiz ma’lumotlarini ayniqsa telefon yoki internet orqali hech kimga aytmang;
Shubhali qo‘ng‘iroqlarga ishonmang – bank vakili sifatida sizdan ma’lumot so‘raydigan qo‘ng‘iroqlarga javob bermang, bank hech qachon bunday qilmaydi;
Xavfsiz tarmoqdan foydalaning – internet orqali xarid qilganda faqat himoyalangan va ishonchli Wi-Fi tarmog‘idan foydalaning;
Bank xabarnomalari yoqilgan bo‘lsin – tranzaksiyalarni darhol kuzatib boring va shubhali harakatlarni tezda bloklang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤝2👍1💯1🫡1
‼️ Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallari barqaror ishlamoqda. Asosiysi, har bir murojaat maxfiyligi kafolatlanadi.

Agar siz bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz, shuningdek korrupsiyaga sabab boʻluvchi holatlar va shartlar haqida ogohlantirmoqchi boʻlsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat yoʻllashingiz mumkin:

Ishonch telefoni: 0-800-120-8888;
Telegram bot:
@sqbantikor_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#presstur

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Zarmed” tibbiyot klasterining Buxoro va Samarqand shaharlaridagi sho‘ba korxonalariga press-tur uyushtirildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari ko‘p tarmoqli klinikalar hamda tibbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishmoqda.

“Zarmed pratiksha hospital group” Samarqand shahrida birinchi tashkil etilgan xususiy klinika. Bugungi kunda mazkur ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Buxoro, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida ham filiallari ishga tushirilgan. 

Ta'kidlash joiz, Prezidentimizning 2021-yil aprel oyida Samarqand shahriga tashrifi davomida “Zarmed pratiksha hospital group” klinikasida bo‘lib, o‘z takliflarini bergan edi. Shunga ko‘ra, 2022-yilda Buxoro shahrida ilk xususiy nodavlat ta’lim muassasasi – “Zarmed” universiteti ishga tushirilib, “Zarmed” tibbiyot klasteriga asos solindi.
3👏2🤝1
#presstur

“Zarmed” tibbiyot klasteri bo‘ylab press-tur davom etmoqda. Unda jurnalistlar “Zarmed” universitetida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishmoqda. 

— Yigirma yil avval viloyatlarimizda ayrim murakkab turdagi jarrohlik amaliyotlari bo‘yicha kadrlar yetishmovchiligi mavjud edi, – deydi “Zarmed” tibbiyot klasteri ta’sischisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Dilshod Shukrullayev. – Klinikamiz ochilganida aholiga xalqaro standartlarda xizmat ko‘rsatish uchun ortopediya va travmatologiya, yurak va miya qon-tomir kasalliklari bo‘yicha jarrohlarni chet eldan jalb qilganmiz. Keyinchalik mahalliy shifokor va hamshiralarning ham xorijda tajriba oshirishini ta’minladik. Bugun esa zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni o‘zimizda tayyorlash imkoniga egamiz.


“Zarmed” universiteti dastlab Buxoro shahrida, joriy o‘quv yilidan boshlab esa, Samarqand shahrida ham kampusi ishga tushirildi. Ushbu ikki hududdagi oliygohlarda bakalavr, magistratura hamda klinik ordinatura bosqichlarida jami 9500 dan ziyod talabalarga 5 ta yo‘nalish hamda qariyb 30 ta mutaxassislik bo‘yicha kunduzgi va sirtqi shakllarda ta’lim berib kelinmoqda.
👍43👏2
#presstur

– Tibbiy xizmatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri xalq xizmatiga qaratilgan, agar ish sidqidildan yuqori sifatda yo‘lga qo‘yilsa, ko‘pning duosiga sazovor qiladi, – deydi “Zarmed” tibbiyot klasteri ta’sischisi Dilshod Shukrullayev. – Shuning uchun biz bu ishga hech bir ikkilanishlarsiz qo‘l urdik. Tibbiyot sohasida katta qadamlar tashladik. Chetdan ilg‘or texnologiyalar keltirib, yuqori darajada katta jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydik. Bularning bari aynan xususiy sektorda tibbiyot sohasidagi muhim qadamlardir.


Bugungi kunda “Zarmed” tibbiyot klinikalarida bir vaqtning o‘zida ming kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. 200 dan ortiq malakali shifokor va hamshiralar ishga jalb qilingan. Shuningdek, AQSH, Hindiston, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlarning malakali mutaxassislari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Navoiy shahridagi “Uzbekistan hydrogen peroxide” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Qiymati qariyb 30 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida yiliga 30 ming tonna vodorod peroksidi ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Bu yerda tabiiy gaz chuqur qayta ishlanib, bozorbop mahsulotga aylantiriladi. Misol uchun, 60 foizli vodorod peroksidi tibbiyotda uch barobar, maishiy kimyo vositalarida ikki barobar qo‘shilgan qiymat yaratadi.

- Har bir loyihadan maqsad - yuqori daromad, qo‘shilgan qiymat. Bu korxona shu jihatdan ma’qul. Endi ishlab chiqarish barqarorligi, xaridorlar ishonchi uchun buni kafolatlangan xomashyo bilan ta’minlash kerak. Mahalliylashtirish dasturi asosida qulay shartlarda kredit ajratish ham mumkin, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
👍3
2025/07/10 01:18:51
Back to Top
HTML Embed Code: