Telegram Web
Channel created
age++
IBM'dan offer oldim!

@bahodirajabov
Kanalga post yozmaganimga ham deyarli 1,5 yildan oshibdi, bu orada kop o'zgarishlar bo'ldi.

O'tgan yildan beri Gruziyaning Nexus kompaniyasida ishlab kelyapman, unga ham mana 1 yil bo'libdi. Orada kompaniyaning ofisi joylashgan Tbilisi va Batumi shaharlariga ham borib kelishga ulgurdim)

Sentabr oyida universitetga topshirdim va mana qarabsizki hozir Warsawadaman, Polshada. Bu haqida keyinroq batafsil yozaman.

Endi esa IBM'ga keladigan bo'lsak, yanvar oyida LinkedIndan "Backend Developer" positionga apply qildim. Uzoq davom etgan hiring processdan keyin kecha offer yuborishdi 🍸

Hozircha shular, tez orada hiring process qanday davom etgani, universitet va Warsawadagi hayot haqidagi postlarni share qilishda davom etaman)

@bahodirajabov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IBMdan sovg’a🤩

Qanaqa bayram ekanligini tushunmadim xali, lekin juda yoqdi)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IBMda bir oy. Yohud Krakowda hayot qanday kechyabdi?)

Ofis Krakowda bo'lganligi sabab, Warsawadan ketishga to'gri keldi. Sababini bilmadim, lekin ko'p IT kompaniyalarning ofisi ham aynan manashu shaharda joylashgan ekan. Balki shahar havo tozaligi va yashillik bo'yicha dunyoda yuqori o'rinda turishidir. Lekin baribir Warsawadek, bu yerda o'zbek oshxonalar yo'q🥲

IBMning Planning Analytics (PA) productiga qo'shildim. Tushunish uchun katta hajmdagi malumotlar va ularni analitik taxlili bilan ishlashga mo'ljallangan Excel deb olsak bo'ladi.

Bizning jamoa productning "Forcasting" yani o'tgan malumotlar asosida kelajakdagi malumotlarni "pragnoz qilish" va AI qismi bilan shug'ullanadi. Hozirda productni L'oreal, Mitsubishi, IKEA, Boeing, Uber, Disney, Walmart kabi kompaniyalar ishlatadi.

Aytgancha hozir o'zbeklardan 2 tamiz. Sherigim, Watson Orders productida ishlaydi. Loyiha, mashinadan turib, ovoz yordamida buyurtma berish imkoniyatini taqdim qiladi. MacDonalds'ning (drive-thru) chatbotlari shu AI yordamida ishlaydi.

Hozircha shunaqa gaplar, bizning ofis rasmdagi "Galileo" binosida joylashgan)

@bahodirajabov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Berlindan mehmonlar kelishgan edi, yig’ilishib choyxona qildik)

Recordni yangilab qo’ydik, hali ancha tursa kerak 💯
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'til olishga majburlashyapti)
Time is flying!

IBMda yarim yil 🥂
2024/09/27 17:46:07
Back to Top
HTML Embed Code: