Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1983 - Telegram Web
Telegram Web
Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto janoblari bilan BMT bosh qarorgohida uchrashishdan mamnunmiz. Birgalikda O‘zbekiston va Vengriya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida diplomatik kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv memorandumini imzoladik. Bu 🇺🇿🇭🇺 ko‘p qirrali strategik sherikligimizni kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. Uchrashuvda iqtisodiy sheriklik, hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildik.
***
Glad to see Minister of Foreign Affairs and Trade of Hungary H.E. Péter Szijjártó at UN HQ. Together we signed the MOU between the Foreign Ministries of Uzbekistan and Hungary on cooperation in Diplomatic Training. It is another important step in expanding 🇺🇿🇭🇺 multifaceted strategic partnership. Topics of economic partnership, expansion of horizons of cooperation, fostering direct links between regions of both countries were also discussed during the meeting.
***
Рады встретить министра иностранных дел и торговли Венгрии Е.П. Петера Сийярто в штаб-квартире ООН. Вместе мы подписали Меморандум о взаимопонимании между министерствами иностранных дел Узбекистана и Венгрии о сотрудничестве в области дипломатической подготовки. Это еще один важный шаг в расширении 🇺🇿🇭🇺 многопланового стратегического партнерства. В ходе встречи также обсуждались темы экономического партнерства, расширения горизонтов сотрудничества, развития прямых связей между регионами обеих стран.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Burundi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi. Hamkasbim, tashqi ishlar va taraqqiyot hamkorlik vaziri Albert Shingiro janoblari bilan birgalikda BMT bosh qarorgohida tegishli qo‘shma kommyunikeni imzoladik. Ushbu hujjat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
***
Burundi became the 152nd country that Uzbekistan established diplomatic ties with. Together with my colleague H.E. Albert Shingiro, Minister of Foreign Affairs and Development Cooperation, we signed the respective joint communiqué at the UN HQ. This is the fundamental legal framework towards unleashing the potential of bilateral cooperation between our two nations.
***
Бурунди стала 152-й страной, с которой Узбекистан установил дипломатические отношения. Вместе с моим коллегой Е.П. Альбертом Шингиро, министром иностранных дел и сотрудничества в целях развития, мы подписали совместное коммюнике в штаб-квартире ООН. Этот документ послужит в качестве фундаментальной правовой основы в раскрытии потенциала двустороннего сотрудничества между нашими двумя странами.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Bugun 🇰🇿 Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblari bilan birgalikda BMT Kotibiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida 🇺🇿🇰🇿 davlat chegarasini demarkatsiya qilish toʻgʻrisidagi bitimni taqdim etdik. Bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari va Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Janobi Oliylari tomonidan 2022-yilda imzolangan. Ushbu hujjat Oʻzbekiston-Qozogʻiston davlat chegarasini xalqaro huquqiy rasmiylashtirish boʻyicha koʻp yillik hamkorlikdagi ishlarning natijasidir. Shartnomaning BMT Kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazilishi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ilk tajriba boʻlib, mintaqamizda shakllangan juda yaqin va doʻstona munosabatlarning yaqqol tasdig‘idir.
***
Today, together with 🇰🇿 DPM and FM H.E. Murat Nurtleu we submitted to the UN Secretariat the Treaty between the Republic of Uzbekistan and the Republic of Kazakhstan On the Demarcation of the 🇺🇿🇰🇿 State Border. 🇺🇿 President H.E. Shavkat Mirziyoyev and 🇰🇿 President H.E. Kassym-Jomart Tokayev signed the Treaty in 2022. This Agreement marks many years of joint collaboration on legal formulation of the Uzbek-Kazakh state border. Registration of the Treaty with the UN Secretariat sets the precedent in the history of Central Asia states and demonstrates the very close friendly atmosphere in the region.
***
Сегодня вместе с 🇰🇿 заместителем Премьер-министра и министром иностранных дел Муратом Нуртлеу перадали в Секретариат ООН Договор между Республикой Узбекистан и Республикой Казахстан о демаркации 🇺🇿🇰🇿 государственной границы. 🇺🇿 Президент Е.П. Шавкат Мирзиёев и 🇰🇿 Президент Е.П. Касым-Жомарт Токаев подписали данный договор в 2022г. Соглашение является результатом многолетнего совместного сотрудничества по международно-правовому оформлению узбекско-казахстанской государственной границы. Регистрация Договора в Секретариате ООН является беспрецедентным опытом для стран Центральной Азии и наглядно показывает очень тесную дружескую атмосферу, которая сложилась у нас в регионе.

X | Facebook | Instagram | Telegram
BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida nutq so‘zlash sharafidan mamnunmiz. 🇺🇿 Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining BMT rahbariyati, davlat rahbarlari va sessiyada ishtirok etayotgan delegatsiyalarga tinchlik va farovonlik ezgu tilaklarini yetkazdik. Biz dunyoning ko'p nuqtalarida notinchliklar kuchayib borayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Iqlim o'zgarishi, kambag‘allik, texnologik nomutanosiblik kabi dolzarb muammolarni hal qilishda barchani yaqinroq global hamkorlikka chaqiramiz. Barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqlik va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda faol ishtirok etish bizning asosiy ustuvor vazifalarimiz bo‘lib qoladi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston quyidagilarni taklif qiladi:
rivojlanayotgan davlatlar imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xalqaro moliya tizimini isloh qilish;
barcha uchun xavfsiz, foydalanish mumkin bo'lgan raqamli texnologiyalar bilan ta'minlash;
iqlim o'zgarishiga qarshi kurash bo'yicha xalqaro hamkorlikni, ayniqsa Markaziy Osiyoning zaif mintaqalarida kuchaytirish;
ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish;
terrorizm va korruptsiyaga qarshi kurashishda harakatlarimizni birlashtirish;
Markaziy Osiyo va undan tashqarida transport koridorlari va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish;
Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolari uchun oʻquv markazini Global oʻquv markaziga aylantirish.

X | Facebook | Instagram | Telegram
***
Privileged to address at the UNGA79. Conveyed best wishes of peace and prosperity from 🇺🇿 President H.E. Shavkat Mirziyoyev to the UN leadership, heads of state, and delegations. We are witnessing the escalation of turbulences in many parts of the world. Call all for closer global cooperation in addressing pressing challenges like climate change, poverty, technological disparities. Commitment to the Sustainable Development Goals and active role in promoting peace and stability in Central Asia will remain our key priorities.
In this regard, Uzbekistan proposes for:
reforming the international financial system to empower developing nations;
ensuring safe, accessible digital technologies for all;
international collaboration to combat climate change, especially in vulnerable regions of Central Asia;
women and youth empowerment;
joining our counter-terrorism and anti-corruption efforts;
enhancing transport corridors and economic ties within Central Asia and beyond;
expanding Educational center for Afghan citizens in Termez into the Global training center.
***
Удостоился чести выступить на 79-й сессии Генеральной Ассамблеи ООН. Передал наилучшие пожелания мира и процветания от 🇺🇿 Президента Шавката Мирзиёева руководству ООН, главам государств и делегациям. Мы наблюдаем эскалацию потрясений во многих частях мира. Призываем всех к более тесному глобальному сотрудничеству в решении насущных проблем, таких как изменение климата, бедность, технологическое неравенство. Приверженность целям устойчивого развития и активная роль в содействии миру и стабильности в Центральной Азии останутся нашими ключевыми приоритетами.
В этой связи Узбекистан предлагает:
реформировать международную финансовую систему для расширения прав и возможностей развивающихся стран;
обеспечить безопасные, доступные цифровые технологии для всех;
международное сотрудничество в борьбе с изменением климата, особенно в уязвимых регионах Центральной Азии;
расширение прав и возможностей женщин и молодежи;
объединить наши усилия по борьбе с терроризмом и коррупцией;
расширение транспортных коридоров и экономических связей в Центральной Азии и за ее пределами;
расширение Образовательного центра для граждан Афганистана в Термезе до Глобального учебного центра.

X | Facebook | Instagram | Telegram
🇦🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇷lik hamkasblarimiz bilan birgalikda Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishini o‘tkazdik. Biz avvalgi sammitlar davomida erishilgan barcha kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish, bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzularni muhokama qildik.
***
Together with my colleagues from 🇦🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇷 we held the Meeting of the Council of Foreign Ministers of the Organization of Turkic States. We covered the implementation of all the agreements reached during the previous summits, preparation for the upcoming events, as well as the acute topics of regional and global agenda.
***
Вместе с коллегами из 🇦🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇷 провели Заседание Совета министров иностранных дел Организации тюркских государств. Мы обсудили реализацию всех договоренностей, достигнутых в ходе предыдущих саммитов, подготовку к предстоящим мероприятиям, а также актуальные темы региональной и глобальной повестки дня.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Amerika-O‘zbekiston Savdo palatasi, "Citi", "FedEx", "Visa", "JPMorgan", "UrnexBrands", Minnesota soya assotsiatsiyasi, "Thermoplan"  vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvimizda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, B2B kooperatsiyasini kengaytirish, xorijiy kompaniyalar uchun O‘zbekistonda yaratilgan qulay shart-sharoitlar va boshqa ko‘plab masalalar haqida to‘xtalib o‘tdik. Barchani O‘zbekistonga tashrif buyurishga va yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga taklif qilamiz.
***
Strengthening economic ties, expanding B2B collaboration, creating favorable conditions for foreign companies in Uzbekistan and many more were on the focus of our today’s meeting with representatives of the American-Uzbekistan Chamber of Commerce, Citi, FedEx, Visa, JPMorgan, UrnexBrands, Minnesota Soybean Growers Association, Thermoplan. Invite all to visit Uzbekistan and witness the transformations themselves.
***
Укрепление экономических связей, расширение сотрудничества B2B, создание благоприятных условий для иностранных компаний в Узбекистане и многое другое были в центре внимания нашей сегодняшней встречи с представителями Американо-Узбекской Торговой Палаты, компаний "Citi", "FedEx", "Visa", "JPMorgan", "UrnexBrands", Ассоциации производителей сои Миннесоты, "Thermoplan" . Приглашаем всех посетить Узбекистан и стать свидетелями преобразований.

X | Facebook | Instagram | Telegram
BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasida Angola tashqi ishlar vaziri Tete Antoniu janoblari bilan uchrashdik. Janob vazir bilan birgalikda mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalarda yaqin hamkorlik o‘rnatish uchun yangi imkoniyatlar ochish yo‘llarini muhokama qildik. Afrika davlatlari bilan aloqalar uchun katta imkoniyatlar ko‘ryapmiz va bu borada hali yangi ochiladigan qirralar ko‘p.
***
Met with Minister of External Relations of Republic of Angola H.E. Tete Antonio on the margins of UNGA79. Together with Mr. Minister we discussed the ways to open new opportunities for closer cooperation between our nations in mutually beneficial areas. We see big potential of ties with African countries and it is yet to be explored.
***
Провели встречу с министром иностранных дел Республики Ангола Е.П. Тете Антониу на полях 79-й сессии Генеральной Ассамблеи ООН. Вместе с г-ном министром обсудили пути открытия новых возможностей для более тесного сотрудничества между нашими странами во взаимовыгодных сферах. Мы видим большой потенциал связей с африканскими странами, и его еще предстоит изучить.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Avstriyaning Yevropa va xalqaro ishlar federal vaziri Aleksandr Shallenberg janoblari bilan uchrashdik. Vazirliklarimiz o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturini imzoladik, unda barcha sohalardagi 🇺🇿🇦🇹 aloqalarining ustuvor yo‘nalishlari qamrab olingan. Shuningdek, mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashdik.
***
Met with H.E. Alexander Schallenberg, Federal Minister for European and International Affairs of Austria. Signed the Cooperation Program between our Ministries for 2024-2026 that covers the priority topics of 🇺🇿🇦🇹 cooperation on all areas. We also had an exchange of views on regional and global dynamics.
***
Провели встречу с Е.П. Александром Шалленбергом, федеральным министром европейских и международных дел Австрии. Подписали Программу сотрудничества между нашими министерствами на 2024-2026 годы, которая охватывает приоритетные направления сотрудничества 🇺🇿🇦🇹 во всех областях. Также обменялись мнениями по региональной и глобальной динамике.

X | Facebook | Instagram | Telegram
🇧🇼 tashqi ishlar vaziri Lemogang Kvape janoblari bilan Diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma kommyunikeni imzoladik. Botsvanani yillar davomida jadal iqtisodiy o‘sishga erishib kelayotganini yuksak baholaymiz. Ikki mamlakat davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasida faol hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldik.
***
Together with H.E. Lemogang Kwape, 🇧🇼 Minister of Foreign Affairs, we signed the Joint Communique on establishing diplomatic relations. Commend Botswana’s fast economic growth over the years. Agreed to facilitate more active collaboration among both public and private sector representatives of both nations.
***
Вместе с Е.П. Лемогангом Квапе, 🇧🇼 министром иностранных дел, мы подписали Совместное коммюнике об установлении дипломатических отношений. Высоко оцениваем быстрый экономический рост Ботсваны на протяжении многих лет. Договорились способствовать более активному сотрудничеству между представителями государственного и частного секторов обеих стран.

X | Facebook | Instagram | Telegram
2024/10/15 18:25:13
Back to Top
HTML Embed Code: