Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
2053 - Telegram Web
Telegram Web
🇮🇩 tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi xonim bilan uchrashuvimiz chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarimizda, xususan, savdo, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari sohalarida foydalanilmagan salohiyat mavjudligini ta’kidladik. O‘zaro munosabatlarimizga yangi sur’at bag‘ishlash maqsadida O‘zbekiston va Indoneziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida Ikki tomonlama maslahatlashuvlar qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi o‘zaro Anglashuv memorandumini imzoladik.
***
During our meeting with 🇮🇩 Foreign Minister H.E. Retno Marsudi, we underscored that there is a bit untapped potential in our bilateral realtions, especially in trade, green energy, agriculture, IT. In order to bring new dynamics towards our ties we signed the MOU between the Foreign Ministries of Uzbekistan and Indonesia on the establishment of a Committee for Bilateral Consultations.
***
Во время нашей встречи с 🇮🇩 министром иностранных дел Е.П. Ретно Марсуди подчеркнули, что в наших двусторонних отношениях есть неиспользованный потенциал, особенно в торговле, зеленой энергетике, сельском хозяйстве, информационных технологиях. Для придания новой динамики нашим связям, мы подписали Меморандум о взаимопонимании между министерствами иностранных дел Узбекистана и Индонезии о создании Комитета по двусторонним консультациям.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Kelgusi yili Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Ko‘rfaz hamkorlik kengashi – Markaziy Osiyo” strategik muloqoti Davlat rahbarlarining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik Ko‘rfaz hamkorlik kengashi Bosh kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviy janoblari bilan o‘tkazgan uchrashuvimizning asosiy mavzusi bo‘ldi. Shubhasiz, bizning mintaqalarimizning o‘xshash jihatlari ko‘p – dindan tortib urf-odatlargacha.
***
The preparation for the Second Summit of the Heads of State of the GCC–Central Asia Strategic Dialogue in Samarkand next year was the central topic of our meeting today with H.E. Jasem Mohamed Albudaiwi, Secretary General of the Gulf Cooperation Council. Undoubtedly, there is a lot in common between our two regions – from religion to traditions.
***
Подготовка ко второму саммиту глав государств Стратегического диалога "Совет сотрудничества арабских государств Залива – Центральная Азия" в Самарканде в следующем году стала центральной темой нашей сегодняшней встречи с Е.П. Джасемом Мохамедом Альбудайви, Генеральным секретарем Совета сотрудничества арабских государств Залива. Несомненно, между нашими двумя регионами есть много общего – от религии до традиций.

X | Facebook | Instagram | Telegram
BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar janoblari bilan uchrashdik. Qizg‘in kun tartibimizdan transport aloqasi sohasidagi hamkorlik, tovar ayirboshlashning ijobiy tendensiyalari, “Markaziy Osiyo – Hindiston” to‘rtinchi vazirlar uchrashuvini o‘tkazish, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari o‘rin oldi.
***
On the margins of UNGA79 met with H.E. Subrahmanyam Jaishankar, Minister of External Affairs of India. Our rich agenda included the topics of cooperation in transport connectivity, positive trends of trade growth, holding the fourth Central Asia – India Ministerial Meeting, as well as collaboration in the UN and other international organizations.
***
На полях 79-й сессии Генеральной Ассамблеи ООН состоялась встреча с Е.П. Субраманьямом Джайшанкаром, министром иностранных дел Индии. Наша насыщенная повестка охватила сотрудничество в сфере транспортной взаимосвязанности, позитивные тенденции роста торговли, проведение четвертой министерской встречи "Центральная Азия – Индия", а также сотрудничество в ООН и других международных организациях.

X | Facebook | Instagram | Telegram
BMT bosh qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining salomini yetkazdik va Bosh kotib janoblariga BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi boshlangani va Kelajak sammiti muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladik. BMT rahbariyati va tuzilmalarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz.
***
Glad to meet UN Secretary-General H.E. Antonio Guterres at the United Nations Headquarters. Delivered the greetings of the President of Uzbekistan H.E. Shavkat Mirziyoyev and congratulated with the start of UNGA79 and successful Summit of Future. Ongoing support of the UN Leadership and it’s institutions of comprehensive reform agenda in Uzbekistan is very much appreciated.
***
Рады встрече с Генеральным секретарем ООН Е.П. Антониу Гутерришем в штаб-квартире ООН. Передали приветствия Президента Узбекистана Е.П. Шавката Мирзиёева и поздравили с началом 79-й сессии Генеральной Ассамблеи ООН и успешным Саммитом Будущего. Мы очень ценим постоянную поддержку Руководства ООН и его учреждений, осуществляющих комплексную программу реформ в Узбекистане.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Barchamiz uchun Qadrli Ustozlar!

Sizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan Tashqi ishlar vazirligi jamoasi va xorijdagi barcha diplomatlarimiz nomidan tabriklaymiz.

Jonajon Vatanimizda o‘sib kelayotgan har bir o‘g‘il-qizni o‘z farzandingizdek sevib, ardoqlab, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalashdagi mas’uliyatli va fidokorona xizmatlaringizni yuksak qadrlaymiz.

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning “Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho, Sen hayot ganjida durri bebaho” degan satrlari zamirida ustoz va murabbiylarning bebaho va unutilmas mehnati yuksak darajada to‘g‘ri madh etilganiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz.

Haqiqatan ham, biz o‘zimizdagi jamiki yaxshi fazilatlar, hayotda erishayotgan barcha yutuqlarimiz uchun sizlardan umrbod qarzdormiz. Shuning uchun ham siz, azizlarga qancha ko‘p hurmat va ehtirom ko‘rsatsak shuncha ozdek tuyulaveradi.

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Ushbu ulug‘ bayram bilan chin yurakdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

Sharafli mehnatlaringiz uchun chuqur ta’zimdamiz!

X | Facebook | Instagram | Telegram
O‘zbekistonga Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha Butunjahon anjumanida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan xonim bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. Biz UNCTAD bilan hamkorlikni kengaytirish, investitsiya siyosati, tashqi savdo, barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish va boshqa masalalarga eʼtibor qaratdik. Ko'plab istiqbolli yo'nalishlarda faol hamkorlik qilishga kelishib oldik.
***
Had a productive meeting with UNCTAD Secretary-General H.E. Rebeca Grynspan who is visiting Uzbekistan to attend the World Conference on Creative Economy. We discussed enhancing our cooperation with the UN Trade and Development, focusing on promoting investment policy, foreign trade, sustainable economic growth, assistance with 🇺🇿 WTO membership process, and more. Agreed to further actively collaborate in many promising dimensions.
***
Провели продуктивную встречу с Генеральным секретарем Конференции ООН по торговле и развитию (ЮНКТАД) Е.П. Ребекой Гринспан, прибывшей в Узбекистан для участия во Всемирной конференции по креативной экономике. Мы обсудили вопросы расширения нашего сотрудничества с ЮНКТАД, уделяя особое внимание продвижению инвестиционной политики, внешней торговле, устойчивому экономическому росту, содействию в процессе вступления нашей страны в ВТО и т.д. Договорились о дальнейшем активном сотрудничестве во многих перспективных направлениях.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Bugun Doha shahrida Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Davlatlarimiz Rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarilishini bafurja ko‘rib chiqdik. 🇺🇿🇶🇦 strategik sherikligining ikki tomonlama munosabatlari yangi sur’atlar bilan rivojlanayotganini qayd etdik. Har tomonlama hamkorlik kun tartibini barcha yo‘nalishlarda yanada kengaytirish yuzasidan samimiy suhbat o‘tkazdik.
***
Glad to meet H.E. Sheikh Mohammed bin Abdulrahman bin Jassim Al-Thani, the Prime Minister and Minister of Foreign Affairs of Qatar today in Doha. Reviewed the timely implementation of all the agreements between our Leaders. We highlighted the new dynamics in 🇺🇿🇶🇦 bilateral relations of strategic partnership. Had a candid discussion on further expanding the agenda of comprehensive cooperation in all dimensions.
***
Рады встрече с Е.П. Шейхом Мухаммедом бин Абдулрахманом бин Джассимом Аль Тани, Премьер-министром и министром иностранных дел Катара, сегодня в Дохе. Проанализировано своевременное выполнение всех договоренностей между нашими Лидерами. Мы отметили новую динамику в 🇺🇿🇶🇦 двусторонних отношениях стратегического партнёрства. Состоялось искреннее обсуждение вопросов дальнейшего расширения повестки дня всестороннего сотрудничества по всем измерениям.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik bo‘yicha muloqotning “Sport diplomatiyasi” mavzusidagi III Sammitida ishtirok etdik. Shubhasiz, sport diplomatiyasi millati va dinidan qat’i nazar, barcha insonlar qadrlaydigan tinchlik elchisidir. Sport doimo xalqaro muloqot, birdamlik va o‘zaro ko‘mak maydoni bo‘lib kelgan. Bu ruhni Markaziy Osiyo mamlakatlari Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida yaqqol namoyon etdi. Sammitni yuqori darajada tashkil etgani uchun Qatar Hukumatiga minnatdorlik bildiramiz.
***
Took part at the 3rd Asia Cooperation Dialogue Summit held in Doha under the theme of Sports Diplomacy. Undoubtedly, sports diplomacy is a messenger of peace, appreciated by all people regardless of their nationality and religion. It has always been a platform for international dialogue, unity, and mutual support. This spirit was clearly demonstrated by Central Asian countries at the Olympic Games in Paris. We are grateful to the Qatar Government for the excellent organization of the Summit.
***
Приняли участие в III Саммите Диалога по сотрудничеству в Азии, прошедшем в Дохе под тематическим названием "Спортивная дипломатия". Несомненно, спортивная дипломатия является посланником мира, ценимым всеми людьми независимо от их национальности и вероисповедания. Спорт всегда был площадкой для международного диалога, объединения и взаимной поддержки. Этот дух наглядно продемонстрировали страны Центральной Азии на Олимпийских играх в Париже. Мы благодарны Правительству Катара за отличную организацию саммита.

X | Facebook | Instagram | Telegram
Bugun Moskva shahrida 🇦🇿 🇦🇲 🇧🇾 🇰🇿 🇰🇬 🇷🇺 🇹🇯 🇹🇲 lik hamkasblarimiz bilan birgalikda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishini o‘tkazdik. Ertangi MDH sammitiga yakuniy tayyorgarlik jarayonlarini muhokama qildik. Hamdo‘stlikning barcha mamlakatlari bir-birini birlashtiruvchi mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan uzoq yillik tarixiy aloqalarga ega. Shunday bo‘lsa-da, barcha sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy hamkorlikni oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni ko‘rib turibmiz. Transport bog‘liqligini mustahkamlash, savdo uchun eng qulay muhitni yaratish, dunyo bo‘ylab kuchayib borayotgan mojarolarni hal qilish, tinchlik va farovonlik uchun kuchlarni birlashtirish hamda mintaqaviy va global miqyosdagi dolzarb masalalar e’tiborimiz markazida bo‘ldi.
***
Together with our colleagues from 🇦🇿 🇦🇲 🇧🇾 🇰🇿 🇰🇬 🇷🇺 🇹🇯 🇹🇲 held the CIS Foreign Ministersʼ Council meeting today in Moscow. Discussed the final preparation for the CIS Summit tomorrow. All the countries of Commonwealth have long-standing historical ties that serve as a solid foundation connecting each other. Still we see a big room for further mutually beneficial cooperation in all areas, especially in boosting economic cooperation. Strengthening connectivity, creating most favorable conditions to trade, addressing escalating conflicts across the world, joining efforts to ensure peace and prosperity, as well as acute regional and global topics were on our focus.

X | Facebook | Instagram | Telegram
***
Вместе с коллегами из 🇦🇿 🇦🇲 🇧🇾 🇰🇿 🇰🇬 🇷🇺 🇹🇯 🇹🇲 провели сегодня в Москве заседание Совета министров иностранных дел СНГ. Обсудили итоги подготовки к завтрашнему саммиту СНГ. Все страны Содружества имеют давние исторические связи, которые служат прочным фундаментом, объединяющим друг друга. Мы видим большие возможности для дальнейшего наращивания взаимовыгодного сотрудничества во всех сферах, особенно в области экономического сотрудничества. В центре нашего внимания были вопросы укрепления взаимосвязанности, создания максимально благоприятных условий для торговли, решения обостряющихся конфликтов по всему миру, объединения усилий для обеспечения мира и процветания, а также актуальные региональные и глобальные темы.

X | Facebook | Instagram | Telegram
2024/10/15 12:19:10
Back to Top
HTML Embed Code: