Telegram Web
Got A Meeting? Take A Walk

Nilofer Merchant yegilishlarni bizning avlod sigareti kabi deb biladi.
4 daqiqa ichida - u ko'p bir joyda harakatsiz o‘tirish bizning avlodimiz uchun jim qotil ekanligini tushuntiradi va o‘tirish pandemiyasiga qarshi oddiy davoni taklif qiladi.

https://youtu.be/iE9HMudybyc
Why Reading Matters

Rita Carter nevrolog nega bizga har kunlik o'qishning xotiramizga, tasavvurimizga va hatti-harakatlarimizga yaxshi ta'sir borligini tushuntiradi.
Kuniga 30 daqiqa o'qish hayotingizni qanday o'zgartirishi haqida so'zlab beradi.

https://youtu.be/muuWRKYi09s
Kechagi noxush xabar shubhasiz, barchani qayg’uga soldi. Yigitlar bilan hamkorlik olib borganmiz va bu og’ir yo’qotish uchun chuqur ta’ziyamni bildiraman.

Ushbu ayanchli holat boshqa ijtimoiy institutlar kabi tibbiyotga ham mutlaqo ishonchsizlik uyg’otganini, aholining deyarli barcha qatlamlarining uni isloh qilish jarayonlaridan ommaviy noroziligini tushunsa bo’ladi, biroq bularning ildizi bugungi ta’limga xususan, oliy ta'limga ham taalluqli.
Ta’lim sohasidagi ayniqsa, tibbiy ta’limdagi munosabatlarning byurokratizatsiyasi bugungi holatlarning bosh ta’minoti bo’ldi. Xususiy tibbiyotni aybdor sanash, operatsiya qilgan shifokorlarni bulling qilish va hatto javobgarlikka tortish ham kutilgan samara bermaydi. Hamma hato qilgan shifokor qamalsa, shifokorlarsiz, qamalmasa, odamlarsiz qolinadigan chigal ahvoldamiz hozir. Bemorlardan “eplab” pulini olish rag’batlantirilgan tizimdan umid kamroq, biroq uning asosi bo’lgan ta’limni isloh qilinishiga umid qilsa bo’ladi.
Ta’lim - tajriba quroli yoki har ko’yga solsa bo’ladigan o’yinchoq emas. Ta’limda pul evaziga baho, diplom sotuvchilar xalq dushmaniga tenglashtirilishi kerak, monitoring quyi pog’onalarda emas, boshqaruvda kuchaytirilishi kerak. Yo’l qo’yilgan xatolardan xulosa qilinib, ahvolni zudlikda o’nglashga harakat qilinmas ekan, o’z oyog’i bilan borgan odam noprofessionallik ortidan jarrohlik stolida vafot etar ekan, borib-borib shifokorlar emas, go’rkovlar bemorlarning joniga oro kiritadigan bo’ladi.

Marhumning yaqinlari va muxlislariga sabr tilayman.
Ba'zan e’tibor qilmaslik eng yaxshi yechim ekanligi haqida dono masal

O’zingiz uchun qoidaga aylantirishga arziydigan o’git: yechimi qo'lingizda bo'lmagan narsaga yoki ta'sir o'tkazish mumkin bo'lmagan voqelikka e'tibor bermaslikni o'rganing.

Kunlarning birida bir ilon o‘z iniga sudralib ketayotgan payt yerda yotgan arraga tegib ketdi. Yaralangan ilon yashin tezligida burilib, arrani tishladi. Og’riqdan g'azab bilan tishlarkan, arraning tig’i uning og'zini tilib tashladi. U o‘ziga nima bo‘layotganini tushunmas, arra unga hujum qildi deb o‘ylab, butun vujudini temir arra bilan o‘rab, bor kuchi bilan siqib, arrani bo‘g‘ib o‘ldirishga qaror qildi.

Natija sizga ayon: arra ilonni o‘ldirdi.

Qissadan hissa quyidagicha: boshqalarning muhokama va hukmiga jo’shqinlik bilan munosabatda bo'lganimizda, ortiqcha asabiylashib, o'zimizni depressiya va bosh og'rig'iga olib borish orqali biz birinchi navbatda, o'zimizga zarar yetkazgan bo’lamiz.
Shuning uchun, agar aqlsiz kimsalarga ta'sir o'tkazishning, ularni to'g'ri fikrlashga o'rgatishning iloji bo'lmasa, ularga e'tibor bermaslik yagona oqilona yechimdir, о'z manfaatingiz uchun albatta.
Xususiy ta’lim uchun soliq imtiyozi haqida

Bundan qariyb ikki yil muqaddam xususiy ta’limdagi kompensatsiyalar haqida fikr bildirgandim va bu boradagi takliflarimni “Mening ovozim” portaliga ham joylashtirganim esimda. “Bakiro” sahifasida chop etilgan, farzandlari xususiy maktabga boradigan ota-onalarga soliq imtiyozi berilishiga bo’lgan munosabat yana bu mavzuni tilga olishimga turtki berdi.

Ta’lim tizimida xoh oliy, xoh maktabgacha bo’lsin, xususiy sektorga talab yuqoriligicha qolmoqda; shunday ekan, unga muvofiq imtiyozlar taqsimlanishi va qonuniy asosga ega bo’lishi kerak. Bu yangilik emas, Yevropa Ittifoqidagi va boshqa rivojlangan davlatlarda ham farzandi xususiy ta’lim oluvchilar uchun to‘layotgan mablag‘ning 30% ini qamrab oluvchi soliq imtiyozlari mavjudligi haqida avval ham aytganman.

Tabaqalashtirishni oqlamayman, biroq belgilangan ijtimoiy soliqlar barchaga tegishli va uni har bir ota-ona to’laydi. Farzandingiz tekin ta’lim olishi uchun bog’cha va maktabdagi o’rinni davlat kafolatlagan bo’lishi kerak, ammo vazirlik sifatli ta’limni kafolatlab bera olmayapti, afsus.

O’zingizga ma’lum, vazirlik taqdim etayotgan o’rta ta’lim darajasi bilan oliy ta’limga kirish ko’rsatkichi yildan-yilga pasayib bormoqda. Bundan tashqari maktablardagi belgilangan kvotalardan bola sonini oshib ketishi, o’qish sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi yana bir omillardan bo’lib qolmoqda. Shunday ekan har qanday qatlam vakilining xususiy ta’limga bo’lgan talabi oshib borayotganini tushunsa bo’ladi.

Bakiro ushbu imtiyozlar evaziga viloyatlarda o’rtacha 10 ta maktab qurishni taklif qilibdi. Biroq tizim to’laligicha isloh qilinmagunicha maktab sonini oshirishdan foyda yo’q. Davlat va xususiy maktablarning konsepsiyalari doim turlicha bo’lgan. Xususiy maktablar “yashab qolish” dan ko’ra, nufuz va natija haqida ko’proq qayg’urishadi. Ushbu holatda o’nta statist maktabdan istiqbolga ega bitta maktab afzalroq deb o’ylayman. Balkim shunga ham viloyatlarda prezident maktablari ochilgan bo’lsa kerak?!🤔

Menimcha, vazirlik o’zi to’liq kafolatlay olmagan sifat evaziga va qo’llanmagan huquqlari uchun ota-onalarga kompensatsiya to’lash mexanizmini yaratishi asosli. Bunday imtiyozlar ta’limda xususiy sektor ulushi oshishi bilan birga raqobatbardoshlik muhiti yaxshilanishiga ham yordam berishini hisobga olish kerak.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e'lon qilindi.

👉 @bekhzoddjalilov👈
Bekhzod Djalilov
Asosiy stavka bir foiz bandiga pasaytirilib, 14 foiz etib belgilandi. https://www.tgoop.com/centralbankuzbekistan/7885
❗️Agar bankdan olgan kreditingiz foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasiga bogʻliq boʻlsa, u holda oʻz kredit shartnomangizga bir koʻz yugurtirib chiqing!

Chunki shartnomada olingan kredit foiz stavkasi asosiy stavkaga bogʻlangan hollarda, u oʻzgarishi (oshishi yoki pasayishi) aniq koʻrsatilgan boʻladi.

Masalan, taʼlim kreditlari bundan buyogʻiga qizlarga ham yigitlarga ham yillik 14% stavkada hisoblanadi.

👉 @bekhzoddjalilov👈
“Donolikni anglash yo'lida noto'g'ri yo'lga burilib qolishdan qo'rqmaslik kerak” - Paulo Koelo

Har qanday yo'l - eltish mumkin bo'lgan millionlab yo'llardan biridir. Shuning uchun manzil tomon otlangan har qanday jangchi yo'l - mana shunday oddiy yo'llardan farqlanmaydigan oddiy yo’l ekanligini doimo yodda tutishi kerak. Agar bu yo’l unga ma’qul kelmasa, manzilga yetkazmasa, ortda erishilgan narsalarga qaramay, uni har qanday holatda ham tark etishi kerak.
Har qanday yo'lga to'g'ridan-to'g'ri va ikkilanmasdan qarashni o’rganing, chunki ulardan biri bir kun albatta ko’zlagan maqsadingizga yetkazadi.

——

“На пути постижения мудрости не надо бояться, что свернёшь не туда.” (Пауло Коэльо)

Любой путь - лишь один из миллиона возможных путей. Поэтому воин всегда должен помнить, что путь - это только путь; если он чувствует, что это ему не по душе, он должен оставить его любой ценой. На любой путь нужно смотреть прямо и без колебаний. (Карлос Кастанеда)
Bugun Qozogʻiston parlamenti va mahalliy vakillik organlariga saylovlar kuni.

Majlisdagi 69ta deputatlik oʻrni uchun yettita partiya va 29ta oʻrin uchun 435ta mustaqil nomzodlar kurash olib boradilar. Yuzlab hukumat tanqidchilari, iqtisodchi, jurnalist, xuquqshunos va ijtimoiy faollar partiyaviy filtrsiz oʻz nomzodlarini ilgari surganlar.

Umid qilaman bizda ham shu kunlar keladi
Toshkentda kuchli yer qimirladimi ?!😅🤔
Oʻzbekistonda yana zilzila boʻlmoqda.
Xorazmda sodir etilgan mudhish hodisa va bu kabi jinoyatlar uchun qo’llanilayotgan yengil jazolar bugun hech kimni befarq qoldirmasligi kerak. Huquq, adolat posbonlari tomonidan sodir etilgan bu qabih ish na qonun, na axloq va na vijdon normalariga to’g’ri kelmasligi aytilayotgan bo’lsada, ular qilmishlariga munosib jazo olishdi deb o’ylamayman. Adliya vazirligi bayonotida , vazirlik sudlarning mustaqillik prinsipiga tayangan holda, aybdorlar uchun belgilangan jazoni sharhlash vakolatiga ega emasligini bildirgan. Yana bir dahshatli tomoni, bu kabi harakatlar ortida bulardanda yuqoriroq kimsalar turganligi haqida iddaolar ham yo’q emas va bu bugungi qonunchilik normalarini yana bir bor ko’rib chiqishni talab qiladi. O’zaro “professional birdamlik” sabab tergov jarayoni shaffof o’tganligi, dalillar yo’q qilinmaganligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Demak, muammo qonunchilik bilan birga butun sud tizimini ham qamrab olgan deyishimizga asos bor.

Jamoatchilik rezonansidan kelib chiqqan holda, holat qattiq nazoratga olinib, jabrlanuvchilarga malakali advokat tayinlanishi, ish kassatsiya tartibida qayta ko’rib chiqilishi, tergov, sud jarayonida ishtirok etganlar ustidan xizmat tekshiruvi amalga oshirilishi kerak. Bundan buyun pedofiliya bilan bog’liq jinoyat sodir etuvchilar shaxsi ochiqlanishi, maxsus baza yaratilishi, xalq o’z “qahramonlari”ni tanishi va og’ir jazo turlari qo’llanilishi kerak.
Yuz berayotgan konstitutsion islohotlar fonida esa, sud tizimini to’liq isloh qilinishiga erishish, ularning adolatlilik, ochiqlik va to’liq mustaqilligiga amalda erishish kerak. Faqat Konstitutsiya bilan andarmon bo’lib, qonunchilikdagi bunday kamchiliklarga ko’z yumib bo’lmaydi. Qonun tashabbuskorlarining o’zi bilan shunday mudhish holat yuz bersagina (ehtimoli kam) keyin jazo choralari kuchaytiriladimi? Xorij yurisprudensiysida ham bu kabi jinoyatlarga eng og’ir jazo qo’llanilayotgan bir paytda, axloq tuzatish ishlari (ayanchli paradoks), ozodlikni cheklash kabi minimal usullar qo’llanilishi bu kabi jinoyatlarning oldini olmaydi hech qachon.

Bir umrlik ruhiy, jismoniy jarohat olgan qizaloqlarning taqdiri hech kimni befarq qoldirmasligi, adolat qaror topilishiga erishilishi, bugungi ro’y bergan holatdan chiqaradigan xulosamiz shu bo’lishi kerak.
Urush tugasa, qahramon ko’payadi

Kutilgan holat.
Faollar keskin chora va amaliy harakat talab qilmoqda, rasmiylar go’yoki buyuk qayg’uga cho’mgan bayonotlar chiqarish bilan band. Ayanchlisi shuki, sud hukmi qariyb yarim yil avval chiqqan, taniqli faol Irina Matvienko ham joriy yilning fevral oyida Senatda ushbu masalani ko’targan. Shu kungacha hech qaysi tashkilot, hech qaysi mutassadi holat bilan qiziqmagan, bugun esa hamma “kuyungan, iztirob chekkan”.
Shu kungacha sukutda bo’lgan va menimcha, funksiyasi nimadan iboratligini o’zi ham bilmaydigan Bolalar Ombudsmani bugun qahramondek sahnaga yugurib chiqishi kulgili. Bolalarni himoya qilish tizimi eng og’riqli nuqtamiz, sohada ko’zga tashlanadigan tayinli ish qilingani yo’q. Bunday vazifalarni huquq faollari uddalayotgan bir paytda qo’lidan tayinli ish kelmaydigan statist tashkilotlarni saqlashdan nima foyda? Xalqaro hamjamiyat tasdig’i uchun bunday samarasiz tashkilotlarni ko’paytirishdan naf bormi bizga?

Xulosa shuki, bu holat yashirilgan, balki o’nlab, yuzlab holatlar yashirinib kelinadi. Rasmiylar ular haqida og’iz ochishni, muammolarning tub ildiziga yetib borishni paysalga soladi, Bolalar Ombudsmaniga o’xshash tashabbuskor tashkilotlar esa pichoq suyakka borib taqalgandagina uyg’onadi.
Hozir asablar tarang vaziyatda hech qanday jarangdor bayonotlar quloqqa yoqmaydi. Loqaydlik, harakatsizlik, e’tiborsizlik, tizimning ishlamasligi, qonunlar barchaga birdek kvalifikatsiya qilinmasligi o’z so’zini aytib bo’ldi. Mansabdor shaxslarni fosh qilish jarayoni esa ommalashishi lozim, kerak bo’lsa, tizimli ro’yxatga olinib borsagina o’z mansabini suiiste’mol qilish jarayoniga ta’sir etishi mumkin.
Ayni damda yurtimizda navbatdagi konstitutsion islohotlar o’tkazilish arafafasida. Xorazm viloyatida amaldorlar tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari muhokamasi ham O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum kampaniyasi bilan hamohangdir. Bu galgi targ’ibot aksiyasi doirasida nafaqat tahliliy tuzilmalar vakillari o‘z fikrlarini bildira boshlashdi, balki sportchilar, san’atkorlar va boshqa taniqli shaxslar ham jonbozlik ko’rsatayotgani qiziq.
Nima deb o‘ylaysiz, 1992-yildan buyon Konstitutsiya necha marta o’zgartirilib, bu galgisi avvalgilaridan albatta yaxshiroq bo’lishi va’da qilingan?
- 2003 yil - Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi;
- 2011 yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga asosan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritildi;
- 2014 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga asosan Konstitutsiyaga navbatdagi o'zgartirishlar kiritildi;
- 2016 yil - Konstitutsiyaga prezidentlik muddatlari sonini cheklovchi o'zgartirishlar kiritildi.
Va joriy yilda ham Konstitutsiya tubdan isloh etilishi ko’zda tutilyapti.

Yangi Konstitutsiya - najot eshigi emas, muammoning ildizi ancha tubroq. Konstitutsiya islohoti - davr talabi, biroq samarali qonunlarchi? Eng rivojlangan mamlakat andozasi bilan Konstitutsiya yangilansayu, lekin samarali qonunlar joriy etilmasa, sezilarli darajada o'zgarish kutish dargumon. Bundan tashqari, davlat o’z boshqaruv uslubini o’zgartirmas ekan, ko'rilayotgan chora-tadbirlar butun tizim ishini kuchaytirmay, faqat mavjud holatni mustahkamlashgagina xizmat qilib qolaveradi. Qolaversa, bizda jamoatchilik nazorati hanuz sustligicha qolmoqda, jamiyat a’zolarining yangi chiqayotgan qarorlarga ta’sir ko’rsatkichi qoniqarli ahvolda emas. Mansabdor shaxslarning shaxsiy va korporativ manfaatlarini yengishga ta’sir ko’rsatish uchun real imkoniyatlarga ham muhtojlik borki, bu esa tizimli o‘zgarishlar istiqbolini uzoq muddatga surib qo’yadi.

Xullas, oldimizda islohotlar butun qonunchilikni qamrab olishi, boshqaruvda yakka shaxs manfaati prioritetidan voz kechilishi va jamoatchilik nazorati kuchaytirilishi vazifalari turibdi. Eng avval shu masalalar bartaraf etilmas ekan, davlat tizimi hozirgiday inqirozdan inqirozgacha ishlashga majbur bo'layotganini, tizimli muammolarni hal qilishda ojiz qolayotganini ko’rib boraveramiz.
2024/06/28 19:03:11
Back to Top
HTML Embed Code: