Warning: mkdir(): Permission denied in /var/www/tgoop/function.php on line 85

Warning: file_put_contents(aCache/detail/b/m/a/m/bmamadiev.txt): Failed to open stream: Permission denied in /var/www/tgoop/function.php on line 87
Vashington kundaligi 2201 - Telegram Web
Telegram Web
13 va 11 yoshli ikki qizim o'zlari yozgan kitoblarni chop etdi. Illyustratsiyalarini ham katta qizim Iymona o'zi qilgan. Kitoblar fantastik janrdagi qissalardan iborat.

Xarid qilishga qiziqqanlar bo'lsa, pochta orqali jo'natishga tayyormiz, dedi mualliflar. 🙂

Narxlari:

The Lost Realm (116 bet) - $20
Cats Vs. Dogs (39 bet) - $20
The Queen of Candyland (38 bet) - $15

@bmamadiev
“Bitcoin” narxi tarixda ilk bor 100 ming dollardan oshdi.

@bmamadiev
Suriyada isyonchilar poytaxt Damashqqa kirib borgan. “Reyters” xabariga ko’ra, Prezident Bashar Asad mamlakatni tark etgan.

@bmamadiev
Suriyada Bashar Asadning qariyb 25 yillik rejimi quladi.

Isyonchilar bir hafta ichida deyarli butun mamlakatni qo’lga oldi.

@bmamadiev
Asad hokimiyatining tugashi menga 2021-yilda Kobuldagi afg'on hukumatining qulashini eslatdi. O'shanda Tolibon mamlakatni bir hafta ichida deyarli hech qanday qarshiliksiz qo'lga olgan edi. Suriyada ham shunday bo'ldi.

2021-yilda AQShning Afg'onistonni tark etishi Tolibonning hokimiyatga qaytishiga olib kelgan bo'lsa, Suriyada Asad rejimining qulashi Rossiya va Eronning zaiflashishi va Asadni yordamsiz qoldirishi ortidan ro'y berdi.

@bmamadiev
⚡️ #Diqqat 📣📣📣
Turkiyadagi aziz vatandoshlar va qadrli yoshlar, “O'zbekiston yoshlari forumi — Türkiye” sizlarni kutmoqda

Tadbir, Turkiyadagi o'zbekistonlik yoshlarimiz tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi hamkorligida 21-dekabr Shanba kuni Istanbul shahrida O‘zbekiston Yoshlar Forumi – Türkiye forumi “BIZNING FURSAT! BIZNING HARAKAT! BIZNING KELAJAK!” shiori ostida oʼtkaziladi.

🔷 Sizni bir-biridan qiziqarli loyihalar, tanlovlar, aksiyalar va taqdimotlar kutmoqda, shuningdek, iqtidorli yoshlarni izlab topish va kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida vazirlar va yoshlar uchrashuvlari hamda turli koʼrgazmalar namoyish etiladi.
Forum doirasida oʻzbekistonlik yoshlarimizning sahna chiqishlari oʻrin olgan
.

Hoziroq murojaat qiling. Biz sizni kutamiz!

👉 ⚡️Ro'yxatdan o'tish: MUROJAAT LINKI

📱 abone bo’ling: www.tgoop.com/turkiyadagiyoshlar
🇺🇸 Amerikada o’qish va ishlash haqida to’liq ma’lumotlar!

Ta’lim imkoniyatlari
Ish topish yo’llari
Amerika hayotida kerakli bo’ladigan ma’lumotlar
Immigratsiya bo’yicha foydali maslahatlar
Aqshda o’qish uchun grantlar bo’yicha konsultatsiyalar.

🌟 Kanalga qo’shilib oling:
🔗 @n1g1na_usa
Ayni paytda Toshkent va men yashab turgan North Bergenda (AQSh) ob-havo bir xil. 🙂

@bmamadiev
Donald Tramp o'tgan yili bir qator moliyaviy firibgarliklarda, xususan, don olishib yurgan porno aktrisaning og'zini yopish uchun noqonuniy pul to'laganiga oid jinoiy ishda aybdor deb topilgan edi.

Kecha shu ish bo'yicha sud hukmi chiqdi. 2-muddatga AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp nomidan aybdorlik tamg'asi olib tashlanmadi, lekin unga hech qanday jazo qo'llanmadi. Xullas, aybdor hech qanday jarima ham to'lamaydi, qamoqda ham o'tirmaydi.

@bmamadiev
“TikTok” AQShda rasman bloklandi. Aslida bu haqdagi qonun o’tgan yili aprelda chiqqan. Lekin “TikTok”ka egalik qiluvchi Xitoy kompaniyasi qonunga qarshi kurashib, sudga shikoyat qilgan edi.

Ish AQSh Oliy sudigacha yetib bordi. Oliy sud bugun chiqargan hukmga ko’ra, qonunda milliy xavfsizlik bo’yicha keltirilgan vajlar asosli va taqiq o’z kuchida qoladi.

Taqiqlash uchun ko’rsatilgan asosiy sabab - Xitoy kompaniyasi millionlab amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini to’plamoqda va bu ma’lumotlar Xitoy hukumatiga uzatilishi mumkin.

Demak, hukmga ko’ra, yakshanbadan boshlab Apple Store, Google Play Market kabi platformalar “TikTok” ilovasini o’z tizimidan o’chirishi kerak.

Ammo qonun ijrosini nazorat qilish Adliya vazirligi nazoratida ekanini va Trampda “TikTok”ni saqlab qolish niyati borligini hisobga olsak, ilovaning AQSh onlayn resurslaridan g’oyib bo’lishi tez orada sodir bo’lmasa kerak.

Mish-mishlarga ko’ra, “TikTok” Ilon Maskka sotilishi ham mumkin.

@bmamadiev
Vashingtondagi Kennedi markazida 8-fevral kuni o’zbek madaniyati shousi bo’lib o’tadi. Kirish bepul.

@bmamadiev
“TikTok” va “ByteDance” kompaniyasining boshqa ilovalari bugundan boshlab AQShdagi mobil ilova marketpleyslaridan olib tashlandi. Agar shu paytgacha telefoningizga o’rnatilgan bo’lsa, ishlatishda davom etishingiz mumkin, deyilgan “Apple” ma’lumotida.

Ikki kun avval AQSh Oliy sudi “TikTok”ni taqiqlashga oid qonunni o’z kuchida qoldirgan edi.

Agar AQShda bo’lsangiz, ilova sizda ishlayaptimi?

@bmamadiev
Bugun Donald Tramp AQShning 47-prezidenti sifatida qasamyod keltiradi.

Havo juda sovuqligi tufayli so’nggi 40 yil ichida ilk bor bu marosim ichkarida, Kapitoliy binosida o’tkazilmoqda. Odatda, prezident qasamyodi Kongress binosi tashqarisida, ochiq osmon ostida o’tkazib kelingan.

Tramp 2-muddatini katta g’alaba, katta mandat va ishonch bilan boshlamoqda. Kongressning har ikki palatasi ham uning partiyasi qo’lida. Birinchi muddatidan farqli o’laroq, Respublikachilar partiyasi safida Trampga qarshilar deyarli qolmadi. Hamma unga iltifot qilish bilan band.

Xullas, bugun Tramp erasi rasman boshlanadi.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inauguratsiya jarayoni boshlandi. Faxriy mehmonlar safida sobiq AQSh prezidentlaridan tashqari Ilon Mask, Jef Bezos, Mark Zukerberg kabi millarderlar va gigant kompaniyalar rahbarlari ham o’tiribdi.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zaldagi odamlar orasida, menimcha, bo’yi eng balandi Trampning 18 yashar kenja o’g’li Baron Tramp bo’lsa kerak. Uning bo’yi 2,1 metr.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saylovda mag’lubiyatga uchragan Prezident Jo Bayden va Vitse-Prezident Kamala Harris hokimiyatni Donald Trampga topshirish uchun zalga kirib keldi.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kunning bosh qahramoni - Donald Tramp ham viqor bilan zalga kirib keldi. Sanoqli daqiqalardan keyin u dunyoning eng qudratli odamiga aylanadi.

@bmamadiev
2025/03/24 00:49:10
Back to Top
HTML Embed Code: