Telegram Web
Tramp ma’muriyatining “Ozodlik”ni to’xtatishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Federal sud hukumatning grantni to’xtatish qarorini noqonuniy deb topdi.

“Ozodlik” hozircha ishlashda davom etadi. Lekin keyingi yil moliya to’xtatilishi ehtimoli hanuz mavjud.

“Amerika ovozi” bo’yicha ham sud ishi davom etmoqda.

@bmamadiev
O’z tarixida ilk bor futbol bo’yicha jahon chempionatiga chiqish arafasida turgan mamlakatlar

@bmamadiev
Assalomu alaykum. Ramazon hayitingiz muborak bo’lsin, azizlar!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha vatandoshlarimizni 5-6-aprel kunlari bo'lib o'tadigan "Navro'z kubogi" futbol turniriga taklif qilamiz.

Batafsil ma'lumot yuqoridagi video lavhada.

Manzil: Veterans Memorial Park, 1839 US-46, Parsippany, NJ 07054

@bmamadiev
Amerikaning "Ozodlik kuni"

2-aprel kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp dunyo moliya bozorlarini ostin-ustun qilgan qarorini e'lon qildi. "Bugun AQSh sanoati qayta tug'iladigan, Amerika yana boy bo'ladigan kun", - dedi u.

Tramp "Ozodlik kuni" deya taqdim etgan bu qaror dunyoning ko'plab davlatlariga misli ko'rilmagan boj tariflarini joriy qilish haqida: 60 dan ortiq davlatdan keladigan tovarlarga 10 foizdan 50 foizgacha bo'lgan bojlar joriy qilindi. Nishonga olingan hududlar orasida faqat pingvinlar yashaydigan orollar ham bor.

Bu bojlar shu paytgacha amalda bo'lgan tariflar ustiga qo'shimcha bo'ladi. Masalan, Xitoydan keladigan tovarlar endi AQShga kirishi uchun 60 foizga yaqin boj to'lashi kerak. AQShga eng ko'p mol olib kiradigan boshqa davlatlarga ham shunga yaqin yuqori bojlar qo'yilgan.

Shu paytgacha 800 dollargacha bo'lgan tovarlarni bojsiz olib kirish tartibi bor edi. Bu tartib ham endi Xitoy uchun bekor qilindi. "Shein", "Temu" kabi mijozlarga tovarlarni to'g'ridan to'g'ri jo'natuvchi kompaniyalar biznesini o'ldirishga qaratilgan chora bu.

Tramp da'vosiga ko'ra, bu mamlakatlar shu paytgacha AQShni chuv tushirib, uning hisobiga boyib kelgan; endi buning badalini to'lashi kerak.

Aslida bu bojlarni xorijiy davlatlar yoki kompaniyalar emas, balki Amerika xalqi to'laydi. Chunki ular amerikaliklarga solingan soliqdan boshqa narsa emas. Bu bojlar qimmatlashgan narxlar orqali xaridor gardaniga yuklanadi.

Bu darajadagi yuqori bojlar AQSh tarixida oxirgi yuz yilda ilk bor kuzatilayotgani aytilmoqda.

Amerika moliya bozori yangilikni shok bilan kutib oldi: Tramp ko'p narsaga qodirligini bilishsa ham, undan bu qadar surbetlikni kutishmagan, menimcha.

O'tgan ikki kun ichida AQSh fond bozori 6 trillion dollardan ortiq pul yo'qotdi. Yevropa va Osiyo bozorlarida ham vahima hukmron.

Endi nima bo'lishi hozircha noma'lum. Lekin shunisi aniqki, bu kun AQSh tarixida "Ozodlik kuni" emas, balki "Qonli kun" sifatida eslansa, ajab emas.

@bmamadiev
Trampning xorijiy avtomobillarga qo’ygan bojidan eng ko’p zararni Amerika kompaniyalari ko’rar ekan.

Chunki boshqa davlatdagi zavodlaridan import qilingan mashinalarni AQShda eng ko’p sotadigan kompaniyalar GM, Ford va Stellantis ekan.

@bmamadiev
Trampning yangi tariflari bugundan boshlab kuchga kirdi. Xitoy bilan savdo urushi yanada keskinlashmoqda.

Tramp choralariga javoban Xitoy AQSh mollariga 34 foizlik boj joriy qilgach, Tramp Xitoy tovarlariga yana qo’shimcha 50 foiz tarif qo’ydi. Xitoydan keladigan mollarga qo’yilgan jami import boji 104 foizga yetdi.

Xitoy bo’sh kelmoqchi emas. Bugun chiqqan xabarlarga ko’ra, Pekin Amerika tovarlariga import bojini 84 foizga oshirgan.

Tramp bunga qanday javob beradi? Kuzatamiz. 🤔

@bmamadiev
Tramp Xitoydan boshqa barcha davlatlarga qo’yilgan bojlarga 90 kunlik tanaffus e’lon qildi. Xitoyga esa tariflarni yanada oshirdi: 125 foiz.

Yangilik ortidan aksiyalar narxi osmonga sapchidi.

@bmamadiev
“Apple” Tramp bojlari kuchga kirishi arafasida Hindistondagi zavodidan charter reyslar orqali AQShga 600 tonna “iPhone” olib kiribdi. Bu 1,5 millionta telefon degani.

Baribir, “iPhone”larning 85 foizi Xitoyda ishlab chiqariladi va yangi tartibga ko’ra, ular AQShga kirishi uchun 125 foiz boj to’lashi kerak.

@bmamadiev
Xitoy AQSh mollariga bojni 125 foizga oshirdi. AQSh Xitoy tovarlariga qo’ygan tarif esa, avval xabar berilganidek, 125 foiz emas, balki 145 foizga chiqqani ma’lum bo’ldi.

@bmamadiev
O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari senator Alisher Sa'dullayev boshchiligidagi delegatsiya AQShda bo'lib turibdi. Mehmonlar bilan "MahallaUSA" jamiyatining Nyu-York shahridagi "ZiyoArt" o'quv markazida uchrashdik.

Alisher Sa'dullayevni ish faoliyati, ko'plab foydali loyihalari orqali yaxshi taniyman, lekin shaxsan uchrashmagan edim.

Samimiyligi yoqdi. Qo'l ostidagi jamoasi bilan ham, begonalar bilan ham ochiq, samimiy gaplashar ekan. Fikrlashi, ravon muloqot qila olishi diqqatimni tortdi. Yoshlar va ta'lim bo'yicha O'zbekistonda qilayotgan ishlari haqida gapirib berdi. Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalar haqida ham suhbatlashdik.

Umuman, Yoshlar ishlari agentligi "Ibrat farzandlari", "Mutolaa", "Bek va Lola" kabi juda ibratli va foydali loyihalarni yo'lga qo'yganini yaxshi bilsangiz kerak. Bilmasangiz, shu loyihalar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilaman. Professional va sifatli ishlashyapti.

Shunday loyihalar bardavom bo'lishini va ko'payishini tilab qolaman.

Aytgancha, doim jamiyat uchun kuyib-pishib yuradigan, mana shunday tadbirlarni o'tkazishdan charchamaydigan "MahallaUSA" jamiyati rahbari Abdumalik aka Ahmedovga alohida rahmat!

@bmamadiev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Tesla Model Y" avtomobili shahar ichida 18 daqiqalik manzilga to'liq mustaqil harakatlangan holda yetib bordi. Ya'ni, uni avtonom rejimga o'tkazib, faqat kuzatib bordim, xolos.

"Stop" va svetoforlarda to'xtash, odam va boshqa mashinalarni o'tkazib yuborish kabi turli vaziyatlarda odam haydovchidek silliq harakat qildi. Xavfli vaziyatlar, nazoratni qo'lga olishimni talab qiladigan holatlar yuz bermadi.

5-6 yilda barcha yangi avtomobillar to'liq avtonom harakatlanishga o'tsa kerak. Allaqachon, AQShning bir nechta shtatlarida haydovchisiz taksilar ish boshlagan. "Tesla" ham shu bozorga kirishga harakat qilyapti.

Ushbu avtonom sayohatimizni videoga muhrladim. Uning bir qismini yuqorida tomosha qilishingiz mumkin. Qiziqqanlar bo'lsa, balki ko'rar deb, to'liq videoni YouTube kanalimga joylab qo'ydim.

@bmamadiev
Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogi final o'yini juda qiziq kechdi. 2 o'yinchi kam bo'lib o'ynashiga qaramay, O'zbekiston mezbon Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida yengib, irodali g'alabaga erishdi.

Hasanov kiritgan 2-gol, menimcha, turnirning eng yaxshi goli bo'lishga arziydi.

G'alaba muborak! Kubok muborak, azizlar!

@bmamadiev
Bugun 2026-yil uchun topshirilgan "Grin karta" lotereya dasturi natijalari e'lon qilinadi.

Toshkent vaqti bilan 3-may 21:00 dan boshlab quyidagi manzil orqali natijalarni bilishingiz mumkin:

https://dvprogram.state.gov/

Javobni olish uchun ariza topshirilganda berilgan tasdiq raqami (Confirmation Number), familiya (Last/Family Name) va tug'ilgan yilingiz (Year of Birth) haqidagi ma'lumotlar kerak bo'ladi.

Agar "Grin karta" yutgan bo'lsangiz, ekranda chiqqan xat quyidagi gap bilan boshlanadi:

"You have been randomly selected for further processing in the Diversity Immigrant Visa Program for the fiscal year 2026".

Tarjimasi:

“2026-moliyaviy yil uchun Turli millatlarga mansub immigratsion vizalar dasturida arizangizni ko'rib chiqishni davom ettiirsh uchun siz tasodifiy yo'l bilan tanlab olindingiz”.


Agar yutmagan bo'lsangiz, quyidagi qisqa xat chiqadi:

"Based on the information provided, the Entry HAS NOT BEEN SELECTED for further processing for the Electronic Diversity Visa Program at this time".

Tarjimasi:

"Taqdim etilgan ma'lumotlar asosida bu ariza Elektron Turli millatlarga mansub viza dasturida qatnashish uchun TANLAB OLINMAGAN".

Bu yil g'olib bo’lganlarga viza 2026-yilda beriladi.

Hammaga omad yor bo'lsin! Oramizda yutganlar bo'lsa, xabar bering.

@bmamadiev
AQSh va Xitoy import bojlarini kamaytirish bo’yicha 90 kunlik kelishuvga erishdi. Xitoy tovarlariga qo’yilgan bojlar 30 foizga, AQSh mollariga qo’yilgan tarif esa 10 foizga tushirildi. 90 kun ichida doimiy kelishuvga erishish kutilyapti.

Moliya bozorlari bu yangilikni olqishlar bilan kutib oldi: birjalarda narxlar osmonga sapchimoqda.

@bmamadiev
2025/05/19 16:53:21
Back to Top
HTML Embed Code: