Madlen Millerning "Kirka" romani chiqishiga sanoqli kunlar qoldi. O'quvchilar qatori men va Zabarjad Media ham hayajondamiz.
Nashriyot kanalidagi mujdakash post ostida ko'pchilik nega asar sarlavhasi Serseya emas, Kirka ekanligini so'rabdi. Originali Circe ekanligini hisobga olsak, mantiqli savol. Shu bois, unga o'zim javob berishni ma'qul topdim.
Kirka aslida qadimgi yunon mifologiyasidagi sehr-jodu ma'budasi, dengiz nimfasi va Aeae orolining bekasi bo'lgan ilohiy hilqat ismidir.
Ushbu ism qadimiyat filologiyasi bilan keyinchalik tanishgan anglo-sakson va yunonlar bilan asosan din vositasida, alalxusus Bizantiya Ortodoks mazhabi orqali tanishgan slavyanlar orasida Serseya deb yuritiladi. Buning sababi esa qadimgi yunon harflardagi talaffuz hilma-xilligidir.
Tarjima jarayonida Homer va Ovidiy asarlarining qadimgi yunon va lotin variantlari bilan tanishib chiqdim, alifbo, badiiyat, semiotika ve hermenevtika bo'yicha kichik tadqiqotlar olib bordim. Ushbu tadqiqotlarim natijasi o'laroq Homer ham "Odysseia" da ushbu ma'budani "Κίρκη" deb berganini ko'rdim. Bu ismdagi "η" harfi bugungi lotin grafikasida ko'pincha "e" bo'lib kelsada, yunonchaning o'zida, ayniqsa ayol jinsida kelgan mahal "a" shaklida yuritiladi. Ham mifo-grammatik taraflama to'g'ri, ham qomusiy matnlarga mos, ham o'zbek tilida so'zlashuvchilar uchun o'ng'ay bo'lgani sabab uni "Kirka" deb oldim.
Miflar og'izdan og'izga o'tgani sayin o'zgarib, shakllanib boraveradi. Bunda ismlar ham o'zgarishi mumkin. Xuddi biz "Alpomish", qozoq va boshqirdlar esa "Alpamis" deganidek. Xuddi Avaz ba'zi turkiy elatlarda Go'ro'g'lining tutungan o'g'li, ba'zilarida ukasi, ba'zilarida esa navkari sifatida tilga olinganidek... Har bir xalq qahramonlarni o'ziga mos talaffuzda qaytadan yaratadi.
Yunon miflari inglizlar yo ruslar qo'lidagi mulk emas. Biron ajnabiy ismni aynan ruslar olgandek o'zbekchaga shundoq o'gririb qo'yish ham men tutgan tarjimonlik prinsplariga mutlaqo ziddir. Shuning uchun ham romanni qomusiy matnlarda qanday berilgan bo’lsa, shunday o'girdim. Va, sizga taqdim qildim...
Qolgani sizga qoldi.
Mirzohid
@bobil_kutubxonasi

Bu postni “Kirka” romaniga oid muqovaning rasmiy e’loni sifatida qabul qilishingiz mumkin. 🤎
Ancha kutdim. Endi chiqadigan mahal yana Turkiyaga qaytish biroz og’ir, ammo yana kelaman. O’shanda kitob bilan ham siz bilan ham ko’rishamiz.
Biron kun, masalan bugun asardan parcha o’qib bersammikan?

“Kirka” uchun playlist tayyorladim. Tarjima asnosida o’zim ham bu qo’shiqlarni tinglab, ruhga kirgandim.
Balki sizga ham yordam berar.
https://open.spotify.com/playlist/0OrMICRSgmo1IeI6Vg70Nx?si=kpAmmQDMTZCDs_-HA-HliQ&pi=e-uap9LxKRSIWp

Sizda ham bo'ladimi, bilmadim...
Ba'zan do'konda juda yaxshi kiyim ko'raman. Lekin, qaysidir kun qaysidir tiktokchi yo men umuman yoqtirmaydigan, saviyasizlik obidasi bo'lgan bir odamning ustida ko'rganimni eslayman uni. Kiyimdan birdan ko'nglim qoladi. U men uchun avomlik bilan bitta ma'noni anglata boshlaydi.
Qaysidir kun o'zimgamikan yo do'stimgami, "bugun kitob ko'rmaganlardan ajralish uchun kiyim do'konida soatlab aylangandan ko'ra chevarchilikni o'rganib qo'ygan ham yaxshi ekan", degandim.
Istasangiz, buni kibr deb atang. Yashirmayman, o'qimagan, bilmagan, o'rganmagan odamlardan uzoqlikka ko'nikdim. Turkiyadagi universitet va uy orasidagi izolyatsiya hayotim sabab bo'lsa kerak bunga. Eng katta zarari, yuzimda ichki tuyg'ularning subtitri paydo bo'ldi. Qarshimdagi odam bilimdan tashqarida qandaydir hurofot yo g'iybat, qaysidir internet trendi, burjlar va hokazo haqida gapirsa, ochiqcha burun jiyiradigan bo'ldim.
Va, bu shaxsiy munosabatlarga o'tdi.
Ishqqa ishonmay qo'ydim. Internetda, tashqi munosabatlarda "sevgili", "ishq" kabi so'zlar shunchalik siyqa maqsadlar uchun shunchalik past odamlar tomonidan ishlatilyaptiki, "agar bular chindan shu tuyg'uni his qilayotgan bo'lsa, men umuman oshiq bo'lmaganim yaxshi" deb qo'yaqoldim.
Internetga ko'ra, kimnidir sevasan, uni hayoting markaziga qo'yasan. Nimadir bo'ladiyu u bilan yo'llaringni ayirganingda u oddiy "sobiq" yo "ex" ga aylanadi. Men birinchi va oxirgi ishqimning motamini uch yil tutdim. U ham tutdimi, bilmadim. Keyin o'zimni majburlab, xuddi hovuchim ichida tig' bordek mushtimni qonatib siqdimu o'zimni uzoqlashtirdim. Xiyonatga uchramadim, xiyonat qilmadim, meni ishqdan sovutgan ishq yo men oshiq bo'lgan kishi emasdi. Meni jamiyatning o'zi ishqdan sovutdi.
Buning sotsiologiyasini biroz tadqiq qiladigan bo'lsak, demokratlashuvning qorong'u tarafini ko'ramiz.
Ishq muqaddas va go'zal tuyg'u edi, chunki u odamiyat tarixi bo'ylab faqat shoirlar, ulamoq va mutafakkirlar tomonidan tasnif qilinardi. Internet paydo bo'ldi. Professordan cho'pongacha bir ovozda fikrini ayta boshladi. O'z hikoyasini baralla o'qiyverdi. Holbuki, kiyim shunchaki bizni issiq tutib, u-bu joyimizni yopadigan, ishq esa genetik kodlarimizga singigan ko'payish instiktining tabiiy hosilasi, xolos. Ularga biz bildirgan munosabat va yuklaydigan ma'noni biz to'qigan meta-hikoyalar beradi.
Cho'pon jim bo'lsin, demayapman. Deyishga haqqim ham yo'q. Yo professor doim ham mantiqli gapiradi, degan fikrdan yiroqman. Faqat, atrofimiz borgan sari avomlashayotgani, ko'p masalada, chinakam klinik holat bo'lgan psixologiyadan tortib sentimental, iqtisodiy yo hatto mahram mavzularda ham kunimiz kinnachilarga qolgani ruhimni bo'g'ib tashlaydi.

Bir oy oldin mulla bola bo’lib, savollar.islom.uz (Zikr Ahlidan So’rang) ga shunday savol jo’natgandim:
Assalomu alaykum. Nashriyot ishidaman. Biz bitta kitobni o’n millionlab so’mda pul, oylarcha mehnat bilan chiqaramiz. Endi sotishga bergan paytimiz esa ba’zi kishilar “ilmni tarqatish savobdir” deb kitoblarimizning pdf’ini internetda tarqatib yuborishadi. Qarshi chiqsak, Imom Buxoriylar ham bepul ishlashgan, deyishdi. Lekin, noshirlar sifatida bizning haqqimizni yeyish emasmi bu?
Islom bunga qanday qaraydi?
Javob haliyam yo’q. Shu bois, savolni shuyoqqa yozay, dedim. Islom huquqidan xabardorlar nimadir desa, yaxshi bo’lardi. Chunki, jamiyatning ba’zi qatlamlari davlat huquqi emas, shariyat bilan yasharkan…

Ba’zan shunchaki O’zbekiston futbol jamoasi qaysidir xalqaro chempionatda nega yana yutqizganini xalqqa tushuntirmoqchi bo’layotgan sharhlovchi bo’lging keladi.
“Yigitlar charchab qoldi.”
“Raqiblar har galgidan kuchli edi.”
“Ichgan suvimizga ichketar dori sob qo’yishibdi…”
Hech qaysi Xudoning bandasi chiqib “O’rtoqlar, biz bundan jamoaviy ishlarda yaxshimasmiz. Biz xalq bo’lolmagan xalqmiz, futbol o’ynashni kim qo’yipti? Bizga boks, shahmat, kurash kabi yakka sportlarni beringlar”, demaydi.
Bu sharhlovchi nima desa ham, qanchalik mantiqsiz va kulgili bahona o’ylab topsa ham ma’qullanaveradi.
Havasim keladi u kishiga.
🥺

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolaligimda ko’rgan adabiyot haqidagi bir ko’rsatuv tushdi esimga.
Katta-katta yozuvchi, tarjimon va filologlar amerikalik yozuvchi O’Henryning ismini qanday yozish haqida bahs yuritishayotgandi.
Kimdir ruschasini olib qolaylik, dedi. O’Genri shaklida. Kimdir o’ziga ishongan tarzda “Yo’q, u O.Genri deb yoziladi” dedi. Mayli, ba’zi manbalarda O. Henry deb ham yoziladi, lekin gap bunda ham emas.
U bo’ldi, bu bo’ldi, muammo hal bo’lmay ko’rsatuv tugadi.
Hozir o’ylayapman… Bu yozuvchilar bilan keyinchalik tanishdim, hatto gazetadalik paytim tarjimalarini “bo’ladi/bo’lmaydi” ga ajratdim, tahrir qildim. Oralarida inglizcha biladigani yo’q edi. Lekin, hozir eslay turib, “Nahot o’sha paytlar Jahon Tillaridan bitta ingliz filologini chaqirib, fikr olish qiyin edi”, deb qoldim.
Bu o’ta oddiy masala. O’Henry aslida Irlandiyadan kelgan muhojirlar avlodi. Irlandlarning Gaelik tilidan kelgan familiyalarida nasab qo’shimchasi O bo’lib, ismdan avval keladi va ismdan ‘ bilan ajratiladi.
Abdullayevdagi -ev qo’shimchasi kabi.
Bular shunchalik mayda, uni tortishayotganlar esa shunchalik katta “olimlar” ediki… Bitta mutaxassis chaqirish aqllariga kelmagan. Vaholanki, inglizcha bilmaslik yo irland familiya an’anasidan bexabarlik ayb emasdi.
Bugun 1000Kitob kabi loyihalarda ism-sharifni inglizcha originalida qoldiraylikmi, degan bahslar yuritilyapti. Originalidek qolsin.
Bilmaymiz, degan gap yo’q. O’rganamiz o’sha ismlarni o’qishni. O’z ismlarimizni ham bo’lsa-bo’lmasa H ni Kh, J ni Zh deb johilona yozavermaymiz. Turkiya butun boshli dunyoga o’zini Türkiye deb tanitdi, inglizchada nomimizni shunday yozasizlar, deb talab qildi. Hech kim “Alifbomizda ü yo’q” demadi.
Buni biz madaniy hurmat deb ataymiz.
Pol emas, Paul. Jill emas, Gilles. Heminguey emas, Hemingway.
Ichimizdagi qarimsiq kommunistdan qutulaylik… Inglizchami u, fransuzcha yo polyakchami farqi yo’q. Bitta ismning to’g’ri talaffuzini internetdan ko’rib o’rganish hech kimni o’ldirmaydi. Hech yo’q, bizni o’ldirmadi.

Kursdoshlarim bilan yosh tadqiqotchi sifatida akademiyada qanday jon saqlash, hech qanday pedagogik tajribamiz bo’lmay turib dars berishga majburligimiz va o’z domlalarimiz ham paytida xuddi shu absurd holatga tushib keyin qanday yuksalishgani haqida gaplashdik.
Buni podcast qilsakchi, deb qoldik.
Menimcha, kechadan boshlab akademik g’iybatlar haqida turkcha podcastlar kelsa kerak yaqinlarda.
Quvonch va Sa’dulla aka bilan Sigmada podcast o’tqazganimizda juda havasim kelgandi.
O’zbekistonga qaytsam va agar 9:00-18:00 ishlashdan bosh tortsam, kunduzlarimni podcast, tunlarimni esa tarjima va shaxsiy yozuvlarim bilan kechirsam kerak.
O’z tajribalarimni ona tilimda hikoya qilolmaslik g’alati bo’lsada, baribir balki kelajak uchun poydevordir.
Ungacha biznikilar ham podcastlarga o’rganib turishadi.))

Bugun bir narsa o’rgandim:
Turkiyaning Bitlis, Van, Haqqoriy kabi choy keragidan ortiq ichiladigan viloyatlarda tomoq saratoni nisbatan ko’p uchrarkan.
Bir guruh tibbiy olim oxiri buning sababini topishibdi. Saratonga sabab choyning o’ta issiq ichilishi.
Ya’ni, tomoqdagi shilliq qavat tinimsiz o’ta issiq harorat ostida qolaversa yirtiladi. Bu esa yallig’lanish, ortidan saratonga sabab bo’ladi.
Bobom ham tomoq saratoniga uchragan, ammo tuzalib ketgandi. Shu bois uni alohida o’rganmoqchiman.
Choyxo’r millat sifatida biz ham ehtiyot bo’lishimiz kerak.
Olimlarning aytishicha, choy qaynagach va piyolaga quyilgach, hech yo’q ikki daqiqa turishi kerak. Shundagina undagi qaynoqlik ketib, issiqlik qoladi va tomoq, nafas yo’li va boshqa ozuqa o’tish a’zolarini shikastlamaydi.
Yanayam doktorlarimiz bo’lsa va ulardan bu boradagi fikrlarini eshitsak, yaxshi bo’lardi.

Бир асар ўқийман. Асар ёмон бўлса ё менга ёқмаса, бир жаҳлим чиқади. Бордию асардаги сюжет ғояси зўр бўлсаю ёзилиши ёмон бўлса, ўн жаҳлим чиқади.
Ҳикояларнинг доим умуминсоний эканлигига ишондим. Бир асарни буюк қилган нарса унинг сюжети, яъни ҳикояси эмас. Услуб, ўша ҳикоянинг айнан қайси мақсадда ишлатилгани, кутув ва фидоийликлар уни буюк қилади.
Яқинда Heather Fawcettнинг Emily Wilde's Encyclopaedia of Faeries романини битирдим. Асарнинг дастлабки йигирманчи бетидаёқ воз кечгим келди. Одатда, воз кечаман. Чунки, умр қисқа ва ёмон китоблар вақтимизга арзимайди. Лекин, мени қандайдир умид ушлаб турди.
Аввало, асардаги ғоя зўр эди.
Оксфорд университетида ўқийдиган ёш олима парилар бўйича илмий иш қилаётган бўлади. Парилар инглиз ва ирланд маданияти, фолклорида муҳим рол ўйнагани учун унинг бу тадқиқоти жиддий кутиб олинади. Олима ёлғиз ўзи пари афсоналари билан машҳур, аммо марказдан анча узоқ, овлоқ қишлоққа боради изланиш учун. Уёқда бир йигитни кўради...
Қолгани романтика. Ғашимни келтиргани романтика эмас, балки бир ҳикоянинг увол ва суистеъмол қилингани эди. Асарда парилар ва фолклор ҳақида шунчалик кам гапириладики, ундан кўра Толкиеннинг юпқагина эртакларини ўқиш анча завқлироқ. Нима қиласан, дедим ёзувчига. Модомики эплолмас экансан, бермайсанми шу ғоянгни яхшироқ ёзувчига. У ҳам ўхшатиб бир фантасмагорик нарса ёзмайдими?
Энди, масалан бир адиб чиқса ва бу асар ғоясини олиб, чинакам дурдона яратса. Асарида чиндан олима парилар ҳақида ўқиб ўрганиш учун қишлоққа борса. Майли, ҳалиги йигит билан ҳам учрашсин. Ишқнинг зарари йўқ. Лекин, оригиналлик қўшса асарга. Энди айтинг, бу ҳолатда ўша моҳир адиб ўғри бўладими?
Мен йўқ дейман.
Йигирма биринчи асрда ҳикоя яратиш шунчалар осонки... Ҳатто ҳозир бутун дунё ҳикоялардан, метаҳикоялардан бўғилиб кетган. Тикток деймиз, Ютуб, Инстаграм, Телеграм каналлари... Аслида, минбар урчигани учун ҳамма ўз ҳикоясини айтиб ётибди.
Ўрта асрларда Шарқ бозорларида худди бугун кўчада мусиқа чалиб пул ишлайдиган созандалар бўлганидек, ҳикоя айтиб тирикчилик қиладиган наққоллар бўлган. Аттордан, Румийдан, Шарқнинг достону тазкираларидан ривоятлар айтишган. Ва, улар ўғри эмасди.
Бугун битта ҳикоя, сюжет яратиб ҳурматга сазовор бўлиш ҳам осон, ҳам қийин. Осонлиги, ҳар ким интернетда ўз шахсий ҳаётини валдираб ётибди. Сиз ҳам ўз ҳаётингизни бироз ўзгартирасиз, унга фантастик тус берасиз. Қийинлиги эса, сизга ўхшаш шоввозлар сон мингта.Улардан ажралиб туриш учун бугун ҳикоядаги оригиналлик камлик қилади.
Олис қишлоққа бориб парилар ҳақидаги ривоятларни тадқиқ қилган фолклоршунос қиз ҳикояси ҳамманики. Модомики эплолмабсан, қўйиб бер, бошқаси ёзсин. Бунда мен муаллифлик ҳуқуқлари бузилсин, демаяпман. Яъни, ёмон ёзилган чиройли асар рестоврация қилинсин. Муаллифлик ҳуқуқлари соҳасида шундай ўзгариш бўлсин. Бори шу.
Ҳозир айнан ўтаётган Романшунослик дарсим бўйича ҳам гапирмоқчиману лекин узайиб кетади. Алоҳида пост қиларман. Чунки, юқорида танқид қилинган роман аслида роман назарияси тугул романеск инстинктга ҳам тушмасди.
Сиз қайси асарни ўқиб "Кошки шу ҳикояни ёлчитиб ёзадиганга берса" дегансиз?
Пс. Кирил алифбоси учун узр. Техник муаммолар.(
Мирзоҳид

Sometimes, I want to end everything. It feels like I have to end it all in order to save myself. After that, I want to be lost and forgotten, but I know, deep down, I actually want to be found and remembered. Remembered and pulled out from the void I call the core of the self. The void I call Me.
Some nights, I don’t go to sleep and just sit in front of the computer because I know that my mind—my fucking mind—starts racing the moment my head touches the pillow. The chaos becomes an enormous black hole, pulling me in.
One night, I woke up after all the sleeping pills I had taken. My mind was gone; there was only wind swirling in the nothingness inside my head. I wasn’t created. I didn’t exist at that moment.
It was… the most beautiful experience of my life. It was… non-existence. And feeling your own non-existence. It was what they call paradise.
I want to end everything.

Kiyim borasida avval ham gaplashgandik.
Kollejda kompyuter tuzatish bo’yicha o’qiganman. Mayli, hech kim mutaxassis bo’lib chiqmaydi, lekin nolimayman. Asosiysi, kompyuterni ochganimda dovdirab qolmayman.
Lekin, shu kunlarda nega hech kimdan uyalmay tikuv ishiga kirmaganman, deyapman.
Tikuv ishida bittagina o’g’il bola bor edi. U ham kollejga kech topshirgani uchunmi ishqilib qandaydir sabab bilan o’sha kursga kirib qolgan.
Birinchi kurs nolib yurdi, ikkinchi kursda esa qaytanga zo’r ekan, juda yaxshi narsa o’rganyapman, dedi. Uchinchi kursda ko’rmadim.
Yaqinda O’zbekistonga borgan paytim eshitdim, Yengil Sanoat Institutida tikuv ishi va mashinalari bo’yicha ham o’qibdi, hozir eng katta tekstillardan birida master hodim.
Juda yaxshi emasmi? Xursand bo’ldim.
Keraksiz gender husumati, o’g’il bola uni qilmaydi, buni qiz bola qilishi mumkinmas, degan gaplar ortiq keraksiz. Koshki tikishni bilsamda internetda ko’rgan va yoqtirgan kiyimlarimni palon pulga olmay matosi bilanoq o’zim tikolsam, deyapman. Mayli, kiyim olishda muammo yo’q, faqat baribir odam ba’zan o’zi yaratgisi keladi.
Mashina mehanikasida ham bitta qiz bor edi. Qolgani o’g’il bola. O’sha qiz ham yaxshi muhandis bo’lib yetishdi, deb umid qilaman.

O'zbekistonda yashashning eng qiyin tarafi har bir harakatingni hammaga tushuntirish bo'lsa kerak. Oila a'zolaring yo sevgan kishilaring bo'lsa mayli, lekin begonalar yo bir yilda bir ko'rishmaydigan qarindoshlaring ham hayotinga aralashish jur'atini topishadi o'zlarida.
Buni bir do'stim bilan suhbatdan keyin sezdim. Odamning tinkasini tushuntirishlar quritadi, degandi.
Nega oila qurmayapsan? Nega univerni yarmida tashlab ishga kirib ketding? Nega kap-katta yigit holingda shortik kiyding? Soch o'sib ketibdi... Nega bu qizga uylanding?
Javob: Senga nima, bitch?
Va, aynan shu, senga tezroq oila qurishni tinmay uqtiradiganlarning o'zi baxtsiz. Bittasi qizini eplolmagan va qiz borib xolasining o'g'liga tekkan, bugun nogiron bolasiga qarab o'tiribdi. Bittasi o'g'lini jodugarga uylantirgan va endi bir yilda bir o'g'lini ko'rolsa ham katta gap. Ya'ni, shunday rasvo hayot ichida sen menga oila haqida nasihat qilish jur'atini qayerdan topasan?
O'zbekiston keragidan ortiq jur'atlar va farosatdan mosuvo aralashuvlar mamlakati. Mahalladagi alkash svarshik ham kelib, siz qilayotgan ilmiy ish mavzusi haqida gapirishi, hatto ustingizdan kulishi mumkin.
E'tibor qilmaslik varianti ham bor, ammo, masalan havoga e'tibor qilmay yasholasizmi? Ular xuddi havodek. Hamma yoqda.
Shuning uchun, jamiyatimizda "sen o'zi kimsan" va "men o'zi kimman" degan savollarni normallashtirishimiz kerak.

Audio
Olti mingtaga yetganimiz munosabati bilan mavsumiy madhiyamizni chalaylik. 🫶
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turk do’stlaring yangi yil uchun Bolqon sayohatiga chiqib, Bosniya-Gersogovina va Makedoniyani bemalol aylanib yurgan payt sen passporting bilan faqat Mo’g’uliston bilan Namibiyaga chiqolishingni sezganingda, ilk bor dunyoda uchinchi tabaqa odam sifatida ko’rilishingni his qilasan.
Qaysi tarjimamni o’qigansiz? Va, fikrlaringiz qanday? Faqat maqtovmas, mulohaza ham bildirsangiz, xursand bo’laman.
Hozir “Qirollar To’qnashuvi” uchun biroz motivatsiya kerak.😇
Hozir “Qirollar To’qnashuvi” uchun biroz motivatsiya kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rafiq O'zturk yozganmidi yo boshqa shoir, esimda yo'q.
"Xuddi o'lim oldi bir tuzalib olgan odamdek
Tinimsiz yozyapman oxirgi paytlar.
Yozib tur..."
Arzirmidi, dedim bugun. O'zinga qilgan shuncha aziyatinga arzirmidi? "Taxtlar O'yini" ni bitirgach ko'p chiranding. O'zingni ichingdagi bo'shliq va aybdorlik hissi bilan shunchalik birlashtirib yubordingki, bu bo'shliqni to'ldirish uchun har nima uydirding. Ayang unday qilma, dedi. Do'stlaring, hamma unday qilma, dedi. Sen ravo ko'rmasding. Yoz edi, qo'ling ishga bormas, xuddi chaqaloqni big'illatib beshikka belagandek o'zingni stolga o'tqazaverding. Ba'zan, yo bu tarjima ishini juda oshirvordimmi, deding. Xuddi o'smirlar kabi, Xuddi oshiq bo'lgan mahal dunyoda ishqni totgan birinchi odam menman, degan o'smir kabi. Vaholanki, tarjimon ham qora ishchi edi. Quruvchi, oshpaz, farrosh, zobit kabi... Ishning qorasidan jirkanding. Ayb qilding. O'zinga bir parcha sukunatni ravo ko'rolmading. Senga kim qo'yibdi yozishni?
Qaysidir kinoda aytganlaridek, "ishchisan sen, ishchi qol..."
Va, bugun xuddi laqmaligidan emas, ayni o'zini o'ldirgisi kelganidan borib qarmoqni tishlagan baliq misoli ishlayapsan. Shoxing chiqdimi? Chiqarmikan?
O'lim haqida ko'p o'ylading oxirgi paytlar. Tanangdagi eng jimit nishonani o'limdan, deding. Iriyotgan badaning ko'zinga ko'rinaverdi. Yo unday qilgandimu nimadir yuqdimikan, yo bu og'riq saratonmikan, deding. Hozirchi?
Hozir xuddi nimanidir tan olgandek, nomsiz bir hallos ichra, ichingdagiga nom qo'ymay ishlayapsan.
Hamma narsaga nom qo'yish charchatadi odamni. Nomlash iligingacha simillatadi. Qovurg'ang ostidagi qo'rquvni uyg'otadiyu seni quyundek, botqoqdek o'z ichiga oladi. Nomlashlar bir kitobga, sen esa o'sha kitob ichidagi qahramonga aylanasan. Kitobidan chiqolmayotgan qahramon, hoshiyasidan qutulolmayotgan suratga o'xshaysan. O'xsharding.
Hoshiyaga ko'ndingmi? Ko'nikdingmi kitobga? Bu kitobdagi hikoyaning avvaldan yozilganiga ishondingmi?
Bilmaysan. Bandsan.
O'sha, zulmoniy botqoqning eng tub qa'rlarida payting nimadir yozaman, deding. Qaysidir rus olimining ayni urush bitgach o'qigan ma'ruzasi esinga tushdi:
"Zambaraklar gumburlagan mahal ilhom parilari tilini tishlaydi."
Parilarning tili tishlari orasida chaynalib, yo'q bo'lib ketmaganiga ishonching komilmi? Ishondingmi parilarning og'zidan tomayotgan qonning tillariga emas, senga tegishli ekanligiga? Ishondingmi? Umuman, haliyam nimagadir ishonasanmi? Hikoyaga, yozishga, qarashga, yashashga, o'lishga... Ishonasanmi?
Qushga aylangan parilarga ishonch qirindilaringni sochasan. Qarasharmikan?
"... yozib tur."

Ba'zi kitob blogerlari, hatto tuzukkina noshirlar ham turk adabiyoti degan atamani suiste'mol qilishyapti. Bizga o'girilgan va biz "qarshi kurashayptgan" kitoblarni turk adabiyoti deb o'ylashyapti yo mutloq noto'g'ri talqin qilishyapti.
Aynan shu, talqin bizda katta muammo.
O'zbek adabiyotiga Ahad Qayum yo Azamat Qorjovovni yarashtirolamizmi? Adabiyot deganda maktab darsliklarini aytmayapman. Shu, hammamiz o'qiyotgan narsamiz. O'zbek filologiyasida adabiy qomus juda katta muammo. Kimning adabiyotga kirishi nafaqat siyosiy tuzum va mafkura, balki qaysi adabiyotshunosning professorlik darajasini olishiga ham bog'liq. Darslikka kirmagani uchun rahmatli Sobir O'narni adabiyotdan tashqarida tutamizmi? Yo shunchaki darslikka bir paytlar kirib qolgani uchun Xayriddin Saloh degan noma'lum shoir darslikka kirmagan, bugunga kelib qisman unutilgan Tilak Jo'ra, Chori Avazlardan "shoirroq" bo'lib qoladimi?
O'zimizda shuncha diskursiv muammo turganda turk adabiyotini kavlash g'alati holat.
Bu "turkofob" larning qanchasi turk adabiyotidan nechta kitob o'qigan? Sovet payti tarjima qilingan Nozim Hikmat, Dog'larja, Yashar Kamol, Aziz Nesinlarni hisobga olmaganda, albatta. O'qimaslik ayb emas, albatta. Lekin, diskursiv tuhmatchilik juda katta, tarixiy ayb.
Noshirlar tomonidan Sabohaddin Alining "Ichimizdagi Shayton" asari diniy-ma'rifiy asarlar ro'yxatiga kiritilgan mamlakatda yashaymiz. Yo'q, diniy kitob emas u, diniy motiv yo'q. Hurmat bilan, uni chindan o'qiganlar hamjamiyati.
Elif Shafaqni yoqtirmaslik sizni "intellektual" qilib qo'ymaydi. Bu orqali butun boshli millat adabiyotini ham qoralolmaysiz. O'quvchilaringizdagi saviya darajasi uchun bu adabiyotning aybi yo'q.
Og'irroq misol beraman. Turkiyadagi har o'n o'zbek ayolidan uchi fohisha bo'lishi mumkin. Qolgan yettitasi esa enaga, akademik, tarjimon, agent, hisobchi, savdogar va hokazo kabi halol mehnat bilan tirikchilik qilayotgan ayollar. Haligi uchta ta'viya uchun butun o'zbek ayollarining nomini qoraga chiqargan bir turk qanchalik tuban va fashist bo'lsa, siz qilayotgan ish ham shu. Turkiya kapitalist davlat. Uyoqda hamma narsa bir-biriga aralashib yotibdi. Lekin, nashriyotlarning subuti bor. Ular hech yo'q bizning ba'zi nashriyotlar kabi ham Behbudiyni chiqaray, ham buyoqdan jinni-sang'i, muqaddas dinni pul uchun suiste'mol qiladigan asarlar ham chiqaversin, demaydi. Saviyasiz asar chiqaradigan nashriyot doim saviyasiz, YKY, Can, Ithaki, Metis kabilar esa doim mag'rur. Qo'lingizdan kelsa, siz ham shunday bo'ling.)
Har bir madaniy mintaqaning o'z "turk adabiyoti" bor, aslida. Masalan, Norvegiya detektiv sariq adabiyot korxonasidek gap. (Vaholanki, saviyali detektiv asarga jon fido.) Va, Skandinaviya mintaqasi bilan birga Shimolga yaqin ko'plab Yevropa mamlakatlari ham shu norveg detektivlarini o'qishadi vaqt o'ldirish uchun. Xo'sh, bu norveg adabiyotining buyuk ustasi Knut Hamsunni yomonotliq qilib qo'ydimi? Bugun qaysidir yevropalik chiqib, haligi yomon asarlar misolida "norveg adabiyoti", deb gap boshlagudek bo'lsa, jigarini sug'urib olishadi. Yevropa Ittifoqida irqchilik qilgani uchun qoziqqa o'tqazishadi. Bizda hamma o'ziga xon, ko'lankasi maydon bo'lgani uchun har baloni umumiylashtiraveramiz. Vaholanki, qoziqlar yetarlicha.
Gap turklarda emas. Yomonlanayotgan adabiyot nemislar, efiopiyaliklar yo peruliklarga tegishli bo'lganida ham xuddi shunday javob berardim. Lekin yo'q, bizda muallifning ismi Jek yo Jeyms bo'lsa va asari rasvo chiqsa, hech kim Amerika adabiyotini yomonlamaydi, to'g'rimi?))

Bu yilgi Nobel adabiyot mukofoti uchun tahminlar:
Can Hue (Xitoy)
Gerald Mernane (Avstraliya)
Anne Carson (Kanada)
Thomas Pynchon (AQSh)
Lyudmila Ulitskaya (Rossiya)
Bu ro’yxatda, mukofotga eng yaqin kishi Ulitskaya. Rus-Ukrain urushida Putinga muholifligi, asarlari ruslardan ko’ra Markaziy Yevropaga yaqinligi bikan ham diqqatni o’ziga jalb etadi.
Menga qolsa, Pynchon olsin. Shaxsiy favoritim. Asarlari juda yaxshi, lekin og’ir moder ruh bor. Shunga bizda sotilishi qiyin, deb o’girmayapmiz. Asarlarida o’ta chuqur Amerikan ohangi, tarixiy izlari va madaniy ta’siri sezilgani va mening mutaxassisligim ham amerikanistika bo’lgani uchun (😇 ) kaminaga bichilgan to’ndek.
Lekin, Nobel hay’atining kimni tanlashi doimgidek noma’lum. Avvaldan bir nima deb bo’lmaydi. Ham, uyoqdagilar amerikan nosirlarini yoqtiraverishmaydi. Asosan amerikan shoirlariga berishyapti Nobelni. Bob Dylan (Nobelga tushgan dog’) va Luise Gluck ham shoir edi.
Katta ehtimol bilan mukofotni olishga kelmasayam kerak, lekin Pynchon olsin. Fingers crossed🤞
@bobil_kutubxonasi
Can Hue (Xitoy)
Gerald Mernane (Avstraliya)
Anne Carson (Kanada)
Thomas Pynchon (AQSh)
Lyudmila Ulitskaya (Rossiya)
Bu ro’yxatda, mukofotga eng yaqin kishi Ulitskaya. Rus-Ukrain urushida Putinga muholifligi, asarlari ruslardan ko’ra Markaziy Yevropaga yaqinligi bikan ham diqqatni o’ziga jalb etadi.
Menga qolsa, Pynchon olsin. Shaxsiy favoritim. Asarlari juda yaxshi, lekin og’ir moder ruh bor. Shunga bizda sotilishi qiyin, deb o’girmayapmiz. Asarlarida o’ta chuqur Amerikan ohangi, tarixiy izlari va madaniy ta’siri sezilgani va mening mutaxassisligim ham amerikanistika bo’lgani uchun (
Lekin, Nobel hay’atining kimni tanlashi doimgidek noma’lum. Avvaldan bir nima deb bo’lmaydi. Ham, uyoqdagilar amerikan nosirlarini yoqtiraverishmaydi. Asosan amerikan shoirlariga berishyapti Nobelni. Bob Dylan (Nobelga tushgan dog’) va Luise Gluck ham shoir edi.
Katta ehtimol bilan mukofotni olishga kelmasayam kerak, lekin Pynchon olsin. Fingers crossed
@bobil_kutubxonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM