Kitoblarda(n)..📚
1. Va alaykum assalom. Bu adabiyotda eng ko'p tortishiladigan mavzulardan biriku. Menam uncha tag-zamiriga qiziqmadim. Ammo, haqiqatdan yaxshi kitob. 2. Tavsiya, tavsiya, qiyin masalayu.. Yaqinda o'zim "Carry-on" filmini ko'rdim. Menga yoqdi. Netflix'da…
shuni bitta umumiy qilib yuborganim yaxshimi yoki bitta-bittalab...
Kitoblarda(n)..📚
Ertaga dam olish kuni. Shanba esa suhbatlashish kuni. Oddiy, sodda, va baxtchil suhbatga oshufta bu sahifa egalari.😊 Yozinglar... @booktional
1. Va alaykum assalom. Yaxshi kunlar ko'pligidan qaysi birini sanashni ham bilmayman. Menimcha, sahifaga oidi kitoblar o'qishni boshlagan kunim bo'lsa kerak.
2. Flexible. Hamma vaziyatga moslasha oladigan. O'rni kelganda og'ir bosiq, yeri bo'lganda kayfiytani ko'taruvchi.
3. Unaqasiyam ko'p. Vaqtida yaxshiroq nimalarnidir qilmaganim.
4. Sevgiga ishonmay bo'ladimu?
5.Oddiy ayting. "Voy, men haqimda nima deb o'ylarkin, nima degan odam bolaman"-deb, yursangiz o'zizni qiynaysiz. Balki, hammasi yaxshi bo'lib ketar. Aytmagungacha bilmaysiz. Qachondir aytmaganiz uchun pushaymoq qilgandan aytgan afzal, yanayam bilmadim.
@booktional
2. Flexible. Hamma vaziyatga moslasha oladigan. O'rni kelganda og'ir bosiq, yeri bo'lganda kayfiytani ko'taruvchi.
3. Unaqasiyam ko'p. Vaqtida yaxshiroq nimalarnidir qilmaganim.
4. Sevgiga ishonmay bo'ladimu?
5.
@booktional
Kitoblarda(n)..📚
Ertaga dam olish kuni. Shanba esa suhbatlashish kuni. Oddiy, sodda, va baxtchil suhbatga oshufta bu sahifa egalari.😊 Yozinglar... @booktional
1. O'ta dangasa, o'jar, asabiy, uyquchi, fikrlarini tez o'zgartiradigan, o'zidan hech qoniqmaydigan, jahldor maxluqchadek his qilaman o'zimni. Umuman kecham nima, bugunimchi bilmayman. Ertam yo'qdek bir kimsaman. Ayni damda umidsizman, bu jarayondan mana bir-necha oydir xalos bo'la olmayapman. Uncha yomon odammasmanu, ammo yaxshiyam.
2. Maher Zain - For the rest of my life (hozircha) ammo, uncha qo'shiq eshitmayman.
3. Kecha qayerda edingiz. Shuncha she'rni yolg'iz o'zim o'qidim, axir. Buganam qilaylikmi?
4. Kimligizni bilmadim, ammo, menga yoqdi. Kimgadir yordamim tegishi bu o'tkinchiliklar orasida qadrlaydigan yagona narsalarimdan. Rahmat sizga meni xursand qildingiz.
5. Uxlashda. Men negadir hech uyquga to'ymayman. Keyin o'ylashni yaxshi ko'raman. Piyoda sayr qilishni. Kinolar ko'rishni...
@booktional
2. Maher Zain - For the rest of my life (hozircha) ammo, uncha qo'shiq eshitmayman.
3. Kecha qayerda edingiz. Shuncha she'rni yolg'iz o'zim o'qidim, axir. Buganam qilaylikmi?
4. Kimligizni bilmadim, ammo, menga yoqdi. Kimgadir yordamim tegishi bu o'tkinchiliklar orasida qadrlaydigan yagona narsalarimdan. Rahmat sizga meni xursand qildingiz.
5.
@booktional
Kitoblarda(n)..📚
1. O'ta dangasa, o'jar, asabiy, uyquchi, fikrlarini tez o'zgartiradigan, o'zidan hech qoniqmaydigan, jahldor maxluqchadek his qilaman o'zimni. Umuman kecham nima, bugunimchi bilmayman. Ertam yo'qdek bir kimsaman. Ayni damda umidsizman, bu jarayondan mana bir…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Qalbdalik 🦢
Raqs
Har gal bir boʻshliq istayman,
hech kimsiz, hech narsasiz bir boʻshliq.
Keyin, u boʻshliqni toʻldirmoq istayman...
Ekranlarni toʻldirib, baxt va baxtsizlik, ishqsizlik oqibatlari haqida gapiraman...
Qaytayotib, taksiga oʻtirib kulaman,
Oʻzimning ustimdan, albatta...
Ishga boraman,
Majlislarda oʻtiradi suvratim.
Choʻkib borayotganim haqida
eslagisi kelmas suvratimning ham...
Toʻyga boraman,
Kimning toʻyi edi?
Ketayotib eslashga urinaman.
Boraman, kimning toʻyi ekanining nima farqi bor aslida...
Oʻzim baxtga ishonmasamda,
baxt tilayman,
hammaga joʻr boʻlib.
Qoʻllarimni baland koʻtarib oʻynayman,
Uchgim, uchib ketgim kelayotganini yashiraman oʻzimcha.
Oʻzimcha,
allaqachonlar sevganlarim yodidan oʻchganimni,
Endi avvalgidek sevilmasligimni,
Hech qachon hech kimga suyana olmaganimni,
Va oʻz taqdirimni yashamayotganimni,
Aslida taqdirim yoʻq ekanini,
Yolgʻizlik hammasidan yaxshiligini,
Hamma-hammasini yashirmoqchi boʻlaman.
Baxtli ayollar raqsga tusholmaydilar, ishoning!
Meni toʻyingizga ayting,
Raqsga tushib beraman.
©️ Guljamol Asqarova
Qalbdalik😙

Qalbdalik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
menimcha, ba'zilar "hech kim ideal odam bo'lolmaydi" degan gapni "bemalol qusurlarimni ko'rsatsam bo'laveradi" degandek qabul qilsa kerak.
o'rtoqlar, gurunch kurmaksiz bo'lmasligi borgap. Ammo, o'zini qurtga yem qilish, u umuman boshqa daraja endi.
#nafosatsozlar

Qarshingda ikki yo'l tursa, biri kitob mutolaasi, boshqasi men bilan suhbat bo'lsa. Sen ikkinchisini tanla. Men senga o'sha kitob haqida so'zlab beraman.
@booktional
@booktional
"Muqaddima" kitobi atrofida juda auditoriya aylanmoqda. Kitobni o'zbek tilida o'qish, albatta, ko'pchilikni xursand qiladi. Biroq kitob tarjimasi atrofida yuzaga kelgan savollar ham bisyor. Birinchi nashrni sotib olganlar, yangi "to'ldirilgan" nashr chiqqanidan qaysidir ma'noda xafa.
Kitob tarjimasi yuzasidan savol haqiqatdan ko'p. O'zi bir narsani tushunishimiz kerak. ibn Haldun'ning "Muqaddima"si keng auditoriya uchun mo'ljallangan risola emas. U bir badiiy asar emaski, hamma olib syujetni tushunsa. Agar sizga siyosat, davlat tizimi tuzilmasi, mamlakatlarning farovonlik yo'llari kabi mavzular uncha qiziq bo'lmasa, bundan tashqari yetarlicha yuqoridagi mavzularda bilimingiz bo'lmasa, bu kitob siz uchun emas, aslida.
Tarjima atrofida yuzaga kelgan ba'zi savollarga aniq javob topish uchun kitobni aslga yaqinroq tildan (turk tilidagi) tarjimasini yaqinda sotib olaman va o'zbek tilidagisi bilan taqqoslab ko'rmoqchiman.
"Muqaddima"ni boshlaganlar bormi?

Oʻzbekistonda 2025-yilda nashri kutilayotgan eng mashhur kitoblar
Yangi yilning birinchi oyi ham ortda qoldi. Ammo bu yil qaysi kitoblar chop etilishini bilamizmi? 🤔
O‘zbekistondagi mashhur kitob blogerlari va kitobxonlar orasida doimiy kuzatib boriladigan ayrim ijodkorlardan 2025-yilda kutayotgan top 3 asarlari haqida so‘radik. Quyida ularning ro‘yxatini qiziqroq formatda taqdim etamiz:
🪄 Fantastika va ilmiy-fantastika
🔹 Dyuna – Frenk Gerbert (@stoik_kundaligi, @timur_books, @usmonosphere, @dildora_bookaholic, @marufjonblogi, @kitobhouse)
🔹 Uch jism masalasi – Lyu Sitsin (@qora_yigit, @kitob_ombori, @bookerberg)
🔹 Qirollar toʻqnashuvi – Jorj R. R. Martin (@stoik_kundaligi, @usmonosphere, @dildora_bookaholic)
🔹 Narniya solnomasi – K. S. Lyuis (@kitobhouse)
📖 Klassika
🔹 Ochlik – Knut Hamsun (@qora_yigit, @dildora_bookaholic)
🔹 Momakaldirоqli dovon – Emili Bronte (@mittihaqiqatlar)
🔹 Mening otim qirmizi – Oʻrxon Pamuk (@RaxshonaAhmedova)
🔹 Kulayotgan odam – Viktor Gyugo (@RaxshonaAhmedova)
🔹 Tutunamayanlar – Oʻgʻuz Atay (@RaxshonaAhmedova)
🔹 Zafar darvozasi – Erix Mariya Remark (@timur_books)
🔹 Orol – Oldos Haksli (@mittihaqiqatlar, @bookerberg)
🔹 Noodatiy sarguzashtlar – Jyul Vern (@marufjonblogi)
🔹 Koʻrlik – Juze Saramago (@mittihaqiqatlar, @bookerberg)
🔹 Jadid adabiyoti namoyandalari – turli mualliflar (@kitobhouse)
💡 Falsafa va ilmiy-ommabop
🔹 Stoik kundaligi – Rayan Xoliday (@perezagruzka_2021)
🔹 Sofiyaning dunyosi – Yosteyn Gorder (@salimov_blogi)
🔹 Geografiya mahkumlari – Tim Marshall (@bookerberg)
🔹 Tor koridor – Daron Ajemoʻgʻli, Jeyms Robinson (@bookerberg)
🔹 Atlant yelkasini uchiradi – Ayn Rend (@perezagruzka_2021, @kitob_ombori)
🔥 Zamonaviy bestsellerlar
🔹 Jang klubi – Chak Palanik (@stoik_kundaligi @timur_books, @kitob_ombori, @usmonosphere, @marufjonblogi, @kitobhouse)
🔹 Shantaram – Gregori Devid Roberts (@salimov_blogi, @kitobhouse)
🔹 Ilon Mask – Uolter Ayzekson (@salimov_blogi)
🔹 Qirmizi daryolar – Jan-Kristof Granje (@qora_yigit)
🔹 Norveg oʻrmoni – Xaruki Murakami (@perezagruzka_2021)
🤔 Siz qaysi kitobni kutyapsiz 2025-yilda? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
🚀 Keyingi postda esa eng ko‘p kutilayotgan 3 kitob va ular nega shu qadar diqqatga sazovor ekanini tahlil qilamiz.
👉 @fargona_kitobxonlar_klubi

"Mustaqil Oʻzbekiston asoschisi" deyiladigan shaxs aslida Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishiga va umuman mustaqillikka qarshi boʻlgan, degan fikr Oʻzbekistondan chiqib ketgan yoki chiqib ketishga majbur boʻlgan siyosatchilar tomonidan oldin ham aytib kelinardi. Lekin, bunday fikrning Oʻzbekistonda faoliyat olib boradigan olim tomonidan Oʻzbekistonda rasman OAVga maqomiga ega minbardan aytilishi, adashmasam, birinchi marta boʻlyapti. Umuman, eng yaqin oʻtmishimizni rasmiy mafkura mifologiyasidan xoli tarzda, obyektiv, faktlar va hujjatlarga asoslangan holda oʻrganish va oʻrgatish mustaqil Oʻzbekiston davlatchiligi uchun muhim va bunday mavzuda rasmiy OAVdan turib gapirgani uchun tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovga tashakkur.
Suhbatni koʻrishni tavsiya qilaman. Unda yaqin tarix bilan bogʻliq - masalan, Karimov davri qaragʻonlari haqidagi - fikrlardan tashqari, boshqa muhim mavzularda ham olim oʻz qarashlarini va jiddiy savollarni oʻrtaga tashlagan: vorisiylik masalasi, tarixga va tarixiy binolarga munosabat, Ukrainaga qarshi agressiyada aslida betaraf boʻlmagan pozitsiyamiz va boshqalar.
Siz olimning fikrlariga balki qoʻshilmasligingiz mumkin, lekin siyosiy millat boʻlishimiz uchun bunday diskurslar muhim deb oʻylayman.
© Jalilov
#podcast
@booktional
Suhbatni koʻrishni tavsiya qilaman. Unda yaqin tarix bilan bogʻliq - masalan, Karimov davri qaragʻonlari haqidagi - fikrlardan tashqari, boshqa muhim mavzularda ham olim oʻz qarashlarini va jiddiy savollarni oʻrtaga tashlagan: vorisiylik masalasi, tarixga va tarixiy binolarga munosabat, Ukrainaga qarshi agressiyada aslida betaraf boʻlmagan pozitsiyamiz va boshqalar.
Siz olimning fikrlariga balki qoʻshilmasligingiz mumkin, lekin siyosiy millat boʻlishimiz uchun bunday diskurslar muhim deb oʻylayman.
#podcast
@booktional
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Mustaqillik deklaratsiyasining matni Moskvada tasdiqlatilgan - ekspert
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram: https://www.tgoop.com/Daryo
Facebook: https://www.facebook.com/daryouz.rasmiy
Instagram: https://www.instagram.com/daryo.rasmiy/
Twitter: https://twitter.com/daryo_uz
TikTok: https://www.tiktok.com/daryorasmiy
Jahon…

***
Shuning uchun ham hayotning jonli jarayonlarini jinlari suymaydi: jonli odamning ham keragi yo'q! Jonli odam hayot bo'lishini talab qiladi, jonli odam ko'r-ko'rona hamma narsaga bo'ysunmaydi, jonli odam shubhali, jonli odam teskarichi bo'ladi! Bu yerda esa garchi o'limtik isi kelayotgin bo'lsa ham, kauchukdan yasash mumkin bo'lsa ham, lekin tirik bo'lmagan, irodasiz qul, isyon qo'zg'amaydigan bir mavjudot! Oqibatda, hammasini umumjamoa turadigan binoning g'ishtlarini qanday qo'yish kerag-u yo'laklarini va xonalarini qanday joylashtirish kerak, degan masalaga olib borib taqab qo'ydilar!
***
#iqtibos