Telegram Web
Qo‘shimcha ish boshlash jarayoni odatda shunday ko‘rinadi:

katta rejalar tuziladi, birdaniga katta muvaffaqiyat qozonishni kutamiz,
amalda nima bo‘ladi? Hech narsa qilmaymiz. Shunchaki o‘tirib reja tuzamiz

Maqsadlar shu juda katta bo‘ladiki, Ish umuman boshlanmaydi yoki boshlasak ham, yarim yo‘lda "bu menda o'xshamaydi" deb tashlab ketamiz.

@botirziyatov
👍52💯21🔥12😁5🫡4😢2🏆1
Sizni uyqusiz tunlaringizni o'zingizdan boshqa hech kim bilmaydi va qadrlamaydi

Kun bo‘yi, bazida haftalab bosh qotirgan muammoga zo‘r yechim topdingiz.
Uni tezroq sinab ko‘rgingiz keladi.
qarasangiz tungi soat 02:15, davom ettirishga qaror qilasiz.
"Yana 20 daqiqa, tamom bo‘ladi" deb o‘ylaysiz.

Lekin hech qachon unday bo‘lmaydi.
Yangi muammolar chiqadi, kutilmagan xatolar paydo bo‘ladi.

Va soatga qaraysiz soat 04:15,
charchagan, och, kayfiyatingiz yo‘q, muammo hali ham hal bo‘lmagan.
tun bekorga o‘tdi, hech narsa qilolmadingiz.

Eng yomoni — haddan tashqari ishlab, kechasi dam ololmadingiz.
Ertasi kuni ishga charchagan holda borasiz
Natijada samaradorlik yanada yomonlashib ketadi.

@botirziyatov
👍84💯39🫡9🔥3😢3
JetBrains DataGrip endi bepul!

JetBrains kompaniyasi DataGrip dasturini shaxsiy foydalanish uchun bepul qildi. Bu 2025.2.4 versiyasidan boshlab amal qiladi.

Kimlar uchun bepul:
- Talabalar va o‘rganuvchilar
- Shaxsiy loyihalar ustida ishlayotganlar
- Ochiq kodli loyihalarga hissa qo‘shuvchilar
- YouTube'da dars beruvchilar (pul topsalar ham)

@botirziyatov
1👍53🔥19👏4🫡3🏆2
Agar atigi bir oy oylik olmasangiz, qanday ahvolga tushib qolasiz?

- turmush darajasi keskin pasayadi.
- kundalik ehtiyojlarimni qoplash uchun qarz olishga majbur bo‘laman
- jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelaman

shunday ekan nega bunchalik bemalolsiz

@botirziyatov
3👍98🔥23💯15😢12🫡7🕊1
Forwarded from Ozodbek’s Lab
Workly.io ғояси 2012-йилларда пайдо бўлган. Ўша пайтлар ҳаммаси кичик муаммоларни ҳал қилишдан бошланган эди. Кейинчалик жамоамиз катталашди ва бир пайт келиб, биз ўз соҳасида жуда кучли, фантастик жамоага айландик: @paiziev24, Искандар, @izzatonair, @Sardoroga_blog, @botirziyatov.

Workly ҳаётидаги энг қизиқарли воқеа билан улашмоқчиман.

2016-йиллар эди. Ўзбекистон давлати ҳали интернет тезлиги бўйича муаммоларни ҳал қилиб юрган бир вақтда (IT Park ҳам йўқ эди), умуман IT индустрияси қоронғу ва “зим-зимистон” даврларида, стартаплар сони эса 10 та бармоқ билан зўрға саналадиган пайтларда биз Y Combinator’нинг кузги batch’ига ариза топширдик.

Бир куни email келди — биз интервьюга қабул қилинган эканмиз.
Акмал билан бирга 🇺🇸Mountain Viewдаги Y Combinator бош офисига бордик. Ичкарда 10–15 тача фаундерлар бор эди, ҳаммани белгиланган вақтга чақиришган экан. Адашмасам, 4 та хонада бир вақтнинг ўзида кетма-кет интервью олишаётганди.
Биз биринчи хонага киришимизни айтишди.
Ичкарда Сэм Алтман ва YC’нинг бошқа партнёрлари ўтирганди. Сэм ўша пайтларда Y Combinator’нинг CEO’си эди.

Улар биздан интервью олишди. Интервью вақти адашмасам 5 дақиқага ҳам бормади. Кейин қисқа савол-жавоблар бўлди, Сэмнинг ўзи ҳам қандайдир савол берди. Савол-жавоблар ҳам тезда якунланди ва биз хондан чиқиб кетдик.

Чиқишда бизга айтишди:
— Бугун кечқурун соат 19:00 дан кейин жавобни айтамиз. Агар сизларни қабул қилсак — қўнғироқ қиламиз, қабул қилинмасангиз — email ёзамиз, — дейишди.

Шу пайтдан бошлаб биз учун энг узун кун бошланди.
19:00 дан кейин бир қўлимизда телефон — иккинчи қўлимизда emailни қайта-қайта текширишда эди.
Охири телефонга қўнғироқ эмас, email келди.

Ҳа, бу сафар бизга email ёзишди.
Лекин биласизми, биз барибир хурсанд эдик. Чунки ўша пайт Y Combinator эшигигача жамоамиз билан етиб келишнинг ўзи — биз учун катта ютуқ эди.

#Workly #StartupStory #YCombinator

👉@ozodbekslab
1👍67👏17🔥11😁4
Internetda bir aka shunday deydi:

Agar siz pul ishlashni istasangiz, fikrlashingizni oʻzgartirishdan boshlang.

Siz dasturlarda uch satr kod yozsangiz ham, 30 000 satr kod yozsangiz ham foydalanuvchilar bunga ahamiyat bermaydi.

Foydalanuvchilarni qiziqtiradigan narsa shundaki, siz ularning ehtiyojlarini hal qilasizmi?

Agar siz uning ehtiyojlarini hal qilishga yordam bersangiz, u sizga pul toʻlashga tayyor boʻladi.

@botirziyatov
2👍104💯15🔥7👏4🫡3😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Loyihani AI bilan integratsiya qilishdagi kichik bir tajriba,
"unga hammasini ishonib topshirmang"

@botirziyatov
👍71🫡13🔥6💯6🆒2🏆1
Ko‘plab startap asoschilari aytishlaricha,
hozir ularning loyihani katta qismini Sun'iy Intelekt yozyapti.

Dasturchilar esa endi AI ga topshiriq berish va uning ishini tekshirishdan iborat.

Yaxshi dasturchilarni topish juda qiyin bo‘lib qolgan.
Sababi, ko‘pincha tajribali dasturchilar yangi texnologiyalarni o‘rganishni istamay, eski usullariga yopishib olishgan.

Yaxshi dasturchi deyilganda endi AI bilan yaxshi ishlay oladigan dasturchilar tushinila boshlamqoda.

@botirziyatov
1👍80😱13😁7🫡6🔥5🤔3👎2👏2
O‘zbekistonda Google ning AI mode funksiyasi mavjud.

ChatGPT-dan tezroq javob berqmoda

@botirziyatov
👍43🔥7👏4🫡1
YC ning nig Youtubedagi ushbu videosida foydali ma'lumotlar berib o‘tilgan

"Sun'iy intellekt va ish o‘rinlari haqidagi: keng tarqalgan xato tushunchalar"

- AI ish o‘rinlarini yo‘q qilmaydi, balki tizimni transformatsiya qiladi.

- Texnologiya yaxshilanganda va samaradorlik oshganda, resursdan foydalanish arzonlashadi.
Lekin bu arzonlashish odamlarni ko‘proq foydalanishga undaydi va natijada umumiy iste'mol kamaymasdan, ortib ketadi.

- AI jiddiy qabul qilish kerak, lekin "hammasi avtomatik bo‘ladi" degan xomxayolga ham berilma

- Kim buning kuchini tez tushunsa, o‘sha yutadi, bu tarixiy imkoniyat, uni chaqqon tadbirkorlar qo‘lga kiritadi

@botirziyatov
🔥35👍14🫡8
O‘zbekistonda Yandex ML School — sun’iy intellekt bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan ilk maktabda ta’lim boshlandi.

👩‍💻🧑‍💻 3 ming nafar ariza beruvchi orasidan faqat 31 nafar talaba tanlab olindi.

Ta’lim bepul, ingliz tilida olib boriladi va xalqaro ekspertlar ma’ruzalarini o‘z ichiga oladi. Darslar amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar real loyihalar ustida ishlaydilar.

Maktab rahbari Mahmudjon Sodiqovning ta’kidlashicha:
«Dasturning maqsadi — shunchaki mutaxassislar emas, balki kelajak innovatorlarini tayyorlash. Bitiruvchilar AI-modellar qanday ishlashini chuqur anglaydi, sun’iy intellektni biznes jarayonlariga joriy etadi va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi».

👉 Yandex ML School — bu O‘zbekistonning texnologik kelajagiga qadam.

📚💪 Hammasi ta’limdan boshlanadi.
🫡18👍14🔥6
14 dyuymli yangi M5 MacBook chiqdi

Uning asosiy afzalliklari:

- Batareyasi uzoq ishlaydi – bir marta zaryadlab, butun kun (24 soatgacha) ishlashingiz mumkin.

- Liquid Retina XDR ekrani

- Ko'proq qurilmalarga ulash mumkin: 3 ta Thunderbolt port, HDMI port , MagSafe 3 port,Naushnik rozetkasi

Aqlli kamera: 12 megapikselli Center Stage kamera videoqo'ng'iroqlarda siz harakatlansangiz ham sizni avtomatik kuzatib boradi va doim kadr markazida saqlaydi.

@botirziyatov
👍41🔥11💯4🫡2😁1🆒1
UPLIFT | Javlon Otaqulov
Bugungi ‘dam olish’ kunimiz.
Anchadan beri 'dam olish' kunlari shunday oʼtmoqda .

Bu loyiha @Finranks Amerika fond birjasidagi aksiyalarni investitsiya qilish uchun tahlil qilib beradi.

Xudo xohlasa tez kunlarda ishga tushiramiz.

@botirziyatov
👍30🔥12👏8🫡2
Bugun email oldim. unda aytilishicha

Contabo: O'zbekistonliklar endi 12% lik qo‘shilgan qiymat solig‘i ni ham to‘lashi kerak.

Contabo Server VPS, VDS serverlarni juda ham qulay narxlarda ko‘rsatuvchi servis.

misol digitalocean.com dagi 24$ server ni bu yerda 7$ ga olish mumkin (Lekin digitalocean ning boshqa imkoniyatlari ancha ustun).

@botirziyatov
😢38👍13🫡4🔥2
Internetda savol berildi:

Nima uchun aqlli va iste’dodli odamlar ko’pincha tadbirkorlik qilishdan qochishadi?

post muallifi yana shunday yozgan:

O‘zimdan ancha aqlli bo‘lgan ko‘p odamlarni bilaman - dasturchilar, tahlilchilar, strategiya mutaxassislari - ular hech qachon o‘z bizneslarini boshlashni o‘ylamaydilar.
Taxminan, faqat 0.1% iste'dodli odamlar tadbirkorlik yo‘lini tanlaydi.
Men o‘zim aqilli emasman, lekin SaaS kompaniyasini boshqaraman, shunga doim qiziqaman
nima uchun ko‘p aqlli odamlar chetda qolishmoqda.

u yerda biz qizi comment ham bor:
Sening aqlingning yarmiga ega bo‘lgan odam sendan 10 barobar ko‘p pul topyapti,
chunki u o‘ziga shubha qilish uchun yetarlicha aqlli emas.

@botirziyatov
😁90👍25💯11👏3🕊3😱2🏆2🫡2🔥1🆒1
O‘zbekistonda jamoaviy ish uchun Yandex 360 onlayn-ofisi ishga tushirildi

📄 Yandex Uzbekistan o‘zbekistonlik bizneslar uchun Yandex 360 onlayn-ofisiga kirish imkonini ochdi. Virtual ofis Pochta, Kalendar, Disk (fayllarni bulutda saqlash), Hujjatlar, Messendjer, Telemost videomuloqot xizmati, vazifalar va jarayonlar uchun Treker hamda boshqa mahsulotlardan iborat 12 ta xizmatni birlashtiradi.

🤩 Barcha vositalar yagona ekotizim sifatida o‘zaro bog‘langan bo‘lib, kommunikatsiyalar, hujjatlar va vazifalar bir joyda jamlanadi. Bu kundalik jarayonlarni soddalashtiradi va jamoa ichidagi hamkorlikni yanada ochiq va samarali qiladi.
👍17🔥6🆒4🫡3
Tadbirkorlar oldinlari odamlarni (xodimlarni) resurs deyishgan boʼlsa, hozirgi kunda ularni zamonaviy uslubda kapital deyishmoqda.

@botirziyatov
👍42💯4🫡2
Eng qadimiy texnologiya kitobidan:
Sahifa 1:

• Qo‘lda yuvilgan kiyimlar mashina bilan yuvgandan ko‘ra toza bo‘ladi.
• Qo‘lda yozilgan kod AI yozgan koddan yaxshi bo‘ladi.

@botirziyatov
2👍89😁45💯6🔥5🫡3👏2
2025/10/26 16:30:32
Back to Top
HTML Embed Code: