Telegram Web
Xarajatlarni kamaytirish o‘rniga, daromadi oshirish haqida o‘ylash kerakmikin.

@botirziyatov
👍89🔥28😁23💯16🫡2🕊1
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊

🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
    Siz- chi ? Yapon tili va IT ni o'rganib 🇯🇵 Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?😊
   
👉 JDU ichki imtihonlari uchun hujjat topshirish

👉 UZBMB (DTM) natijasi orqali hujjat topshirish uchun

Qabul davom etmoqda ! Kirish imtihonlari matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan bo'lib o'tadi.

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
👍11🫡2👎1🕊1
.xyz domen nomlari endi .com domenlaridan qimmatroq boʼladi.

Avval .xyz domenlar yilida 10 dollar turardi
Endi 15 dollar/yil boʼladi (2025-yil 26-avgustdan)

.com domenlar hozir yiliga 10.26 dollar

Demak, .xyz (.com ga nisbatan) qimmatroq boʼlib qoldi

@botirziyatov
👍32🔥6🫡3🆒1
Yoshligimda o‘zim nimani xohlayotganimni bilmasdim.
Endi esa vaqt o‘tib nima kerakligimni tushungan bo‘lsam ham, buni amalga oshirishga vaqt kam.

Chet elda shunday bir odat bor ekan.
Ularning yoshlarida "gap year" degan tushuncha bor - bir-ikki yil vaqt ajratib, o‘zlari nimani xohlashini o‘ylash uchun.
Bizning yoshlarimizga qarasak, hozir mandan ham battar - hech narsaga vaqtlari yo‘q.

Ko‘pida bitta gap: "soqqa qilish..."

@botirziyatov
1👍83💯19😁12🔥10🕊1🏆1
Botir Ziyatov
Dasturchilar uchun bu yil juda ko‘p foydali vositalar chiqmoqda. Google dasturlash yordamchisi Jules ni test rejimida ishga tushirdi. 2024-yil dekabr oylarida yopiq test uchun ochgan edi, endi barcha uchun mavjud. Jules nima qila oladi? 🔵 Bu shunchaki kod…
Google Jules rasman ishga tushdi

U Gemini 2.5 Pro asosida ishlaydi, GitHub bilan bog'lana oladi va kodni avtomatik tuzatish imkoniyatini beradi.

Narxi:
- Bepul: kuniga 15 ta vazifa
- Pro ($20/oy): Google AI Pro paketi bilan birga
- Ultra versiyasi esa $125

@botirziyatov
👍40👏4🔥3
Eng dahshatli holat - dasturlashni bilmaydigan odam AI yordamida katta loyiha ishlab chiqishi.

Bu xuddi plastik kartangizni aql yetmaydigan bolaga berishga o‘xshaydi.
Kod bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganda, agar siz kodni tushunmasangiz, uni tuzatish uchun faqat AIga tayanishingiz kerak bo‘ladi.

Bu xuddi bir qarzni boshqa qarz bilan qoplashga o‘xshaydi

@botirziyatov
💯55👍22😁17👎3🔥2
Katta o‘zgarishlar haqida gapiramiz,
lekin avval o‘zimizni oddiy ishlarimizni ham qoyillatib qo‘yolmaymiz

@botirziyatov
👍81💯24😢16😁3🔥1🕊1
Ko‘pchilik kreatorlar (blog yozuvchilar, mualliflar, ...) keyingi 12 oyda muvaffaqiyatsizlikga uchraydi.

Maqola haqiqatan ham dolzarb.

Hozirda internetda kontentlar tezda topga chiqadi yoki odamlarni jalb qilishga harakat qiladi. Tezda mashhur bo‘lib, bir zumda unutiladi.

Umrida kontent yozmagan odamlar AI orqali bu ishlarini tezda qilmoqda, buning ortidan esa Haqiqiy kontent yozuvchilari ham ergashib qolmoqda.

- Ko‘pchilik kreatorlar AI dan noto‘g‘ri foydalanib, o‘zlarining noyobligini yo‘qotmoqda

- Odamlar sizni kontentingiz uchun emas, balki nuqtai nazaringiz, fikrlaringiz va shaxsiyatingiz uchun kuzatadi

- Muvaffaqiyatli kreatorlar o‘zlarining fikrlash tizimini quradi

AI kreatorlarni o‘rnini bosa olmaydi, lekin noto‘g‘ri yondashuv va shaxsiy fikrlarning yo‘qligi muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.

@botirziyatov
👍52🔥8🆒5👏2🫡2💯1
Oktyabr oyida Toshkentda Yandex ML School — sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha bepul oflayn maktab ishga tushadi. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi, dastur real sanoat yechimlariga yo‘naltirilgan hamda mustahkam nazariy asosga ega.👩‍🎓🤖

✏️ Format:
● Ikki semestrlik intensiv tayyorgarlik;
● Har juma kuni vorkshoplar va loyihalar;
● O‘qituvchilar — Yandex mutaxassislari va soha yetakchilari;
● Tayyorlov darajasi — senior lavozimigacha.

👉 Qabul jarayoni:

● Onlayn test va suhbat;
● Ta’lim oktabr oyida boshlanadi;
● Arizalarni qabul qilish muddati — 10 sentyabrgacha.

❗️Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun
👍29🫡7🆒4🔥1👏1
Redditdan olingan post:

2021 yoki 2022 yilda ko‘plab muvaffaqiyatsizliklardan keyin to‘xtashim mumkin edi, lekin davom etdim.

Juda tez muvaffaqiyatga erishgan mustaqil ishlab chiqaruvchilarni bilaman, ammo 90% hollarda bu bunday bo‘lmaydi.

Tajribamdan shuni bildimki, o‘z loyihalaridan yetarli daromad topishni boshlashi uchun taxminan 3 yil vaqt ketadi.

Foydali loyihalarim bor bo‘lishiga qaramay, yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda davom ettmoqdaman.
So‘nggi loyiham Refgrow deb ataladi. Bu dastur SaaS kompaniyalari egalariga mo‘ljallangan.

Bu loyiha allaqachon minglab dollar daromad keltirdi va kutganimdan ham tezroq o‘smoqda.

Agar 2021-yilda birinchi loyihamni boshlamaganimda va keyin yangi loyihalarni ishlab chiqishni davom ettirmaganimda, hozirgi muvaffaqiyatim bo‘lmas edi.

Eng muhim olgan darsim: Doimiy harakat qilish omaddan ham muhimroq.

@botirziyatov
2👍64🫡7👏4🔥3🏆1
Tadbirkor Greg Isenberg shunday deydi :

Ota-bobolarimiz boylik deganda qimmat soati yoki hashamatli mashinasi bo‘lgan odamlarni tushungan.

bugun haqiqiy "boy" odam – bu telefonini istalgan vaqt o‘chirib qo‘ya oladigan, hech kim uni bezovta qilolmaydigan insondir.

haqiqiy boylik – bu o‘z vaqtini va hayotini o‘zi xohlagan tarzda boshqarishdir.

@botirziyatov
👍77🔥16💯12🫡3🕊1
Sayohat qilish haqida

Sayohat qilish juda zo‘r narsa, lekin sayohat hayotingizni butunlay o‘zgartirib yuboradi deb o‘ylamaslik kerak.
Men bir vaqtlar butun dunyoni kezib chiqqanman, endi qariyb o‘n yil o‘tdi va bu mening hayotimga hech qanday ta'sir qilmagandek.

Hozirgi hayotim ancha iziga tushib borgan sari, sayohat qilganlarim esa esdan chiqib ketmoqda.

@botirziyatov
👍37👏4😢3🔥2🫡2
«Men bilgan yaxshi tizim yaratish usullari»

Bu maqolani GitHub kompaniyasining katta dasturchi Sean Goedecke tomonidan yozilgan.

U o‘z bilim-tajribasini samimiy baham ko‘rgan, faqat oddiy gap-so‘z emas.

U yerda berilgan gaplardan:

🟢 Dastur yozish - bu kodlarni birlashtirish, tizim yaratish - bu xizmatlarni birlashtirish.
Dastur yozishda o‘zgaruvchilar, funksiyalar, klasslar ishlatiladi. Tizim yaratishda esa serverlar, ma'lumotlar bazasi, kesh, navbat, hodisa, proksi kabilar ishlatiladi.

🟢 Yaxshi tizim har doim oddiy va ishlaydigan tizimdan boshlanadi. Hech qachon noldan murakkab tizim qurishga urinmang.

🟢 Ma'lumotlar bazasini sodda tuting - murakkab jadval tuzilmalari faqat muammoga olib keladi

➡️ toʻliq maqola.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49🏆9😁3🫡3🔥2
Internetda savol berildi:
Loyiha ustida ishlayotganingizda qo‘rquv hissini qanday yengasiz?

🔘Manda 25-30 ta loyiha (repository) bor. Ularni har safar hayajon bilan boshlaganman, ammo bir necha kundan keyin e'tiborimni yo‘qotib, birortasini ham oxiriga yetkazmaganman.

➡️ Diqqat yetishmasligi sindromi.

Odamlar turli javoblar bergan, lekin ko‘pi doimgiday umumiy gaplar.
Mandan kimdir so‘rasa mandayam umumiy gaplar bo‘ladi. Lekin o‘zim shu holatga tushsam o‘zimni atyganlarimga amal qilmayman.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍46😁12💯6🔥4👏3
Hozir yaxshilab ishlab, ishlarni yo‘lga qo‘yib olsam, keyin ko‘proq dam olaman, ishlash ham unchalik shart bo‘lmaydi deb o‘ylardim.

Lekin hech unaqaga o‘xshamaydi - kundan kunga ishlar kamaymay, aksiga ko‘pyib ketyapti! 😅

@botirziyatov
💯63😁34🫡15👍11😢3
Yandex Uzbekistan dasturchilar uchun Dev Camp loyihasini ishga tushirmoqda 🧑‍💻👩‍💻

20 sentyabr kuni INHA universitetida Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 bo‘lib o‘tadi. Unda kompaniyaning yetakchi mutaxassislari — bekend dasturchilardan tortib, arxitektura bo‘yicha ekspertlar va turli yo‘nalish rahbarlari ishtirok etadi.

✏️ Tadbirda qatnashuvchilarni nima kutmoqda:
•  algoritmlar, mashinali o‘qitish va tizimlarni masshtablash haqidagi ma’ruzalar va panel muhokamalar;
•  code-battle'lar va demo-intervyular;
•  rezyume (CV) tuzish bo‘yicha vorkshoplar va HR-mutaxassislar bilan karyera bo‘yicha sessiyalar.

Mitapdan so‘ng Dev Camp — backend dasturlash va algoritmlar bo‘yicha intensiv kurs start oladi. Eng faol va iqtidorli qatnashuvchilar Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

❗️Qatnashish bepul.
Ro‘yxatdan o‘tish 17 sentyabrgacha ochiq, joylar soni cheklangan — shunday ekan, o‘z arizangizni hoziroq topshiring!

💬 Dasturning asosiy tili — ingliz tili (sinxron tarjima ta’minlanadi).

👉 Havola shu yerda
👍15🫡3🔥2
Internetda savol berildi:

YCombinator: "Odamlar xohlagan narsani ishlab chiqing"

Steve Jobs: "Odamlar nima xohlashlarini bilishmaydi"

Qaysi birining so‘ziga quloq solish kerak?

sizni fikringiz qanday ?

@botirziyatov
👍32🤔16🕊3💯2🔥1
Dam olish kunlari uchun kino.

Kecha Python dasturlash tilida haqida kino chiqdi!

Amsterdam shahridan boshlangan oddiy loyiha qanday qilib dunyoning eng mashhur dasturlash tiliga aylanganini koʻrsatadigan 84 daqiqalik film.

Filmda: Gvido van Rossum dan tortib bu ish ortida turgan odamlar ham qatnashgan.

Nima haqida:
🔘1989-yil, 2 hafta davomida qanday qilib til yaratilgani
🔘ABC tilidan Python qanday paydo boʻlgani
🔘 1994-yildagi birinchi konferensiya (faqat 20 kishi qatnashgani)
🔘 Pythonning deyarli yoʻq boʻlib ketish xavfi va uni qutqargan odamlar

va yana shunday qiziq ma'lumotlar keltirilgan.

Kinoni ishlab chiqish uchun bir yildan ortiq vaqt sarflangan.

tomosha qilish

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🫡9👏7🆒4🔥1😁1🏆1
Ko‘p odamlar maslahat so‘raydi, aslida maslahat kerak emas ekan. Ular faqat o‘zlarini to‘g‘ri deb tasdiqlashni xohlashadi.

odamlar turli-tuman kishilardan "maslahat" so‘rab yurishadi, toki birov chiqib "ha, sen to‘g‘ri o‘ylayapsan" demaguncha.
Ya'ni aslida ular o‘zlari nima qilishni bilishadi, faqat boshqalar ham shunday deyishini eshitishni xohlashadi.

@botirziyatov
4👍83💯29🔥17😁5🫡3🤔1
🇺🇿 Eski bahonalarimiz tugadi

Avval: "O‘zbek bozori uchun ilovalar, veb sayt yasash qiyin, odamlar internetni ishlatishni bilmaydi"

Hozir: Dunyodagi eng aktiv auditoriyalardan biriga aylandik
Endi qanday bahona topamiz? 🤔

@botirziyatov
👍74💯21🏆9🔥3😁3🫡1🆒1
2025/10/16 21:08:49
Back to Top
HTML Embed Code: