Telegram Web
YC ning nig Youtubedagi ushbu videosida foydali ma'lumotlar berib o‘tilgan

"Sun'iy intellekt va ish o‘rinlari haqidagi: keng tarqalgan xato tushunchalar"

- AI ish o‘rinlarini yo‘q qilmaydi, balki tizimni transformatsiya qiladi.

- Texnologiya yaxshilanganda va samaradorlik oshganda, resursdan foydalanish arzonlashadi.
Lekin bu arzonlashish odamlarni ko‘proq foydalanishga undaydi va natijada umumiy iste'mol kamaymasdan, ortib ketadi.

- AI jiddiy qabul qilish kerak, lekin "hammasi avtomatik bo‘ladi" degan xomxayolga ham berilma

- Kim buning kuchini tez tushunsa, o‘sha yutadi, bu tarixiy imkoniyat, uni chaqqon tadbirkorlar qo‘lga kiritadi

@botirziyatov
🔥36👍14🫡8
O‘zbekistonda Yandex ML School — sun’iy intellekt bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan ilk maktabda ta’lim boshlandi.

👩‍💻🧑‍💻 3 ming nafar ariza beruvchi orasidan faqat 31 nafar talaba tanlab olindi.

Ta’lim bepul, ingliz tilida olib boriladi va xalqaro ekspertlar ma’ruzalarini o‘z ichiga oladi. Darslar amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar real loyihalar ustida ishlaydilar.

Maktab rahbari Mahmudjon Sodiqovning ta’kidlashicha:
«Dasturning maqsadi — shunchaki mutaxassislar emas, balki kelajak innovatorlarini tayyorlash. Bitiruvchilar AI-modellar qanday ishlashini chuqur anglaydi, sun’iy intellektni biznes jarayonlariga joriy etadi va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi».

👉 Yandex ML School — bu O‘zbekistonning texnologik kelajagiga qadam.

📚💪 Hammasi ta’limdan boshlanadi.
🫡19👍14🔥6
14 dyuymli yangi M5 MacBook chiqdi

Uning asosiy afzalliklari:

- Batareyasi uzoq ishlaydi – bir marta zaryadlab, butun kun (24 soatgacha) ishlashingiz mumkin.

- Liquid Retina XDR ekrani

- Ko'proq qurilmalarga ulash mumkin: 3 ta Thunderbolt port, HDMI port , MagSafe 3 port,Naushnik rozetkasi

Aqlli kamera: 12 megapikselli Center Stage kamera videoqo'ng'iroqlarda siz harakatlansangiz ham sizni avtomatik kuzatib boradi va doim kadr markazida saqlaydi.

@botirziyatov
👍41🔥11💯4🫡2😁1🆒1
UPLIFT | Javlon Otaqulov
Bugungi ‘dam olish’ kunimiz.
Anchadan beri 'dam olish' kunlari shunday oʼtmoqda .

Bu loyiha @Finranks Amerika fond birjasidagi aksiyalarni investitsiya qilish uchun tahlil qilib beradi.

Xudo xohlasa tez kunlarda ishga tushiramiz.

@botirziyatov
👍30🔥12👏8🫡2
Bugun email oldim. unda aytilishicha

Contabo: O'zbekistonliklar endi 12% lik qo‘shilgan qiymat solig‘i ni ham to‘lashi kerak.

Contabo Server VPS, VDS serverlarni juda ham qulay narxlarda ko‘rsatuvchi servis.

misol digitalocean.com dagi 24$ server ni bu yerda 7$ ga olish mumkin (Lekin digitalocean ning boshqa imkoniyatlari ancha ustun).

@botirziyatov
😢40👍13🫡4🔥2
Internetda savol berildi:

Nima uchun aqlli va iste’dodli odamlar ko’pincha tadbirkorlik qilishdan qochishadi?

post muallifi yana shunday yozgan:

O‘zimdan ancha aqlli bo‘lgan ko‘p odamlarni bilaman - dasturchilar, tahlilchilar, strategiya mutaxassislari - ular hech qachon o‘z bizneslarini boshlashni o‘ylamaydilar.
Taxminan, faqat 0.1% iste'dodli odamlar tadbirkorlik yo‘lini tanlaydi.
Men o‘zim aqilli emasman, lekin SaaS kompaniyasini boshqaraman, shunga doim qiziqaman
nima uchun ko‘p aqlli odamlar chetda qolishmoqda.

u yerda biz qizi comment ham bor:
Sening aqlingning yarmiga ega bo‘lgan odam sendan 10 barobar ko‘p pul topyapti,
chunki u o‘ziga shubha qilish uchun yetarlicha aqlli emas.

@botirziyatov
😁99👍27💯11👏3🕊3😱2🏆2🫡2🔥1🆒1
O‘zbekistonda jamoaviy ish uchun Yandex 360 onlayn-ofisi ishga tushirildi

📄 Yandex Uzbekistan o‘zbekistonlik bizneslar uchun Yandex 360 onlayn-ofisiga kirish imkonini ochdi. Virtual ofis Pochta, Kalendar, Disk (fayllarni bulutda saqlash), Hujjatlar, Messendjer, Telemost videomuloqot xizmati, vazifalar va jarayonlar uchun Treker hamda boshqa mahsulotlardan iborat 12 ta xizmatni birlashtiradi.

🤩 Barcha vositalar yagona ekotizim sifatida o‘zaro bog‘langan bo‘lib, kommunikatsiyalar, hujjatlar va vazifalar bir joyda jamlanadi. Bu kundalik jarayonlarni soddalashtiradi va jamoa ichidagi hamkorlikni yanada ochiq va samarali qiladi.
👍20🔥6🆒4🫡3
Tadbirkorlar oldinlari odamlarni (xodimlarni) resurs deyishgan boʼlsa, hozirgi kunda ularni zamonaviy uslubda kapital deyishmoqda.

@botirziyatov
👍47💯4🫡2🤔1
Eng qadimiy texnologiya kitobidan:
Sahifa 1:

• Qo‘lda yuvilgan kiyimlar mashina bilan yuvgandan ko‘ra toza bo‘ladi.
• Qo‘lda yozilgan kod AI yozgan koddan yaxshi bo‘ladi.

@botirziyatov
2👍123😁55🔥6💯6🫡4👏2
Ushbu rasmda 1992 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan mobil telefonlar bor va
2015 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan mobil telefonlar ham bor.

Hozirgi telefonlar hammasi bir-biriga o‘xshash.
Oldingi paytlardagidek katta o‘zgarishlar yo‘q.

@botirziyatov
👍37😁13🤔4💯4🔥1
Moliyaviy erkinlik yo‘li aslida uzoq emasligini ko‘pchilik aytadi.

Gap o‘sha yo‘lni topishda aslida,
bitta yo‘lda uzoq yursangiz ham, yugursangiz ham agar yo‘nalish o‘zgarmasa foydasi yo‘q.
24 soat dam olmasdan yurmaysizmi farqi yo‘q.

shunga nazarimda boshni ko‘tarib vaqti vaqti bilan qayerga qarab ketayotganimizni ko‘rishimiz kerak, yo‘l belgilariga e'tiborli bo‘laylik.

@botirziyatov
1👍97💯19🔥14👏11
AI bilan ishlayotganda samaradorlikni oshirish uchun har bir so‘rovning oxiriga:

Agar biror bir narsani tushunmagan bo‘lsangiz, menga savol bering

degan gapni qo‘shing.

@botirziyatov
👍64😁17👏6🫡3💯2🔥1🏆1
Zamonaviy multimodal va diffuzion modellar tobora ko‘payib bormoqda. Ular bilan samarali ishlash uchun nimalar kerak? Taqsimlangan o‘qitish va xulosalash haqida tushuncha hosil qilish.

10–14 noyabr kunlari LLM masshtablash bo‘yicha bepul onlayn intensiv bo‘lib o‘tadi.

5 kun ichida Yandex muhandislari katta til modellari bilan qanday ishlashini bilib olasiz. Yana sizni kutmoqda:
🔹 Masshtabli modellar asosidagi muhandislik va matematik g‘oyalar
🔹 Taqsimlangan o‘qitish va inferensiyani tezlashtirish usullari
🔹 Yandex yetakchi mutaxassislaridan masshtablash bo‘yicha amaliy yondashuvlar
🔹 Rus tilidagi taqdimotlar va workshoplar
🔹 Q&A-sessiyalar va ishtirokchilarning umumiy chati

Intensiv bitta GPU doirasidan chiqib, zamonaviy LLM qanday tuzilganligini chuqurroq tushunishni istagan ML muhandislari, tadqiqotchilari va dasturchilari uchun foydali bo‘ladi.
13-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘ting va muhandislik tafakkuringizni rivojlantiring: havola

#reklama
1👍14🫡2🆒2
🚀 Servercore Toshkentdagi ma’lumotlar markazida bulutli GPU-serverlarini ishga tushirdi.

Serverlarda 24 GB xotirali NVIDIA A5000 videokartalar o‘rnatilgan — bu avvalgilardan ikki baravar kuchliroq. Bunday xotira katta AI modellar va ma’lumotlar bilan tez va qulay ishlash imkonini beradi.

🔹 Qayerda ishlatish mumkin:


Sun’iy intellekt modellarini o‘qitish va ishlatishda,
Ma’lumotlarni tahlil qilish va mashinaviy o‘rganishda,
3D modellashtirish va video tahrirlashda,
Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlashda.

🔹 Afzalliklari:

Buyurtmadan so‘ng server bir necha daqiqada ishga tayyor bo‘ladi.
Faqat foydalanilgan vaqt uchun to‘lov qilinadi.
Loyihani kengaytirish uchun qo‘shimcha GPU’larni osongina qo‘shish mumkin.
Ma’lumotlar O‘zbekiston qonunlariga muvofiq mahalliy tarzda saqlanadi.

👉 GPU-serverni ijaraga olish: https://srv.cr/0cu9t
👍12🫡3🆒1
Chrome brauzeri 2026-yil oktyabrdan boshlab, u faqat HTTPS protokildan foydalanadi.

Endi agar siz oddiy HTTP saytga kirmoqchi bo'lsangiz, brauzer sizga "Bu sayt xavfli bo'lishi mumkin" degan ogohlantirish chiqaradi.

Saytga kirish uchun siz ushbu ogohlantirishni o'tkazib yuborishingiz kerak bo'ladi.

@botirziyatov
👍37🫡11😢4🔥1
AI ning menga beradigan foydasi tezligni oshgani emas,
balki ilgari qila olmagan narsalarni qilishimga imkon berishi.

@botirziyatov
👍42💯7🫡3
2025/10/31 13:27:12
Back to Top
HTML Embed Code: