tgoop.com/brogrammist/310
Last Update:
JavaScript MIME-Type
Kichik fayl server yasayotgan edim. JavaScript uchun "Content-Type" qanday bo'lishida ikkilanib qoldim.
Vite fayllarni "text/javascript" qilib yuborar ekan. Copilot "application/javascript" deb yozib bergandi.
Qaysi to'g'ri ekan deb tekshirib ko'rdim:
1. "text/javascript" - eski standard bo'lgan.
2. "application/javascript" - yangi standard sifatida kiritlgan. JavaScript fayllar shunchaki "text" - matn emas va semantik jihatdan uni "application" deb sinflash to'g'ri bo'larkan.
3. "application/javascript" tipi "text/javascript"ni butunlay o'rnnini egallashi kerak edi. Lekin odamlar baribir "text/javascript"ni ishlatishni davom etaverishgan.
4. Shu sabab standardni qayta ko'rib chiqishgan.
5. "text/javascript" endi to'g'ri standard tip.
6. "application/javascript" eski (deprecated) tip.
🤗🤗🤗
https://mimetype.io/text/javascript
@brogrammist
BY Brogrammist
Share with your friend now:
tgoop.com/brogrammist/310
