#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani
Xabar berganimizdek, Kogon tumani “Zirabod” massivi hududida ming gektarda “Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki barpo qilishga kirishilgan.
Mazkur obyektning tashkil etilishi natijasida Buxoro viloyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sanoat quvvatlarini ishga tushirish, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga erishiladi.
Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qo‘shilgan qiymat, 2 mingta ish o‘rni, 250 milliard so‘m soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.
Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov majmua barpo etilayotgan hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, loyiha bosh rejasi bo‘yicha hozirda “Buxoro-Qarshi” avtomagistral yo‘lidan sanoat parki barpo etilayotgan hududga qadar 3 kmdan ziyod masofada yo‘l qurilishi amalga oshirilmoqda.
Viloyat rahbari mazkur yo‘l qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Mutasaddilar ishtirokida mavjud muammolarni o‘rgandi va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qildi.
Kuzatishlar asosida, qurilish ishlari jadal davom etayotgan bir vaqtda zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari belgilangan muddatlardan ortda qolayotganligi hamda tarmoq korxonalari tomonidan zarur choralarni ko‘rishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, hududni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlari bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, maxsus texnikalar va ishchi-xodimlar sonini ko‘paytirish, qurilish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan qat’iy vazifalar belgilandi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

👍2
#hokim_hududlarda
#Kogon_tumani
"Gʻijduvon" EIZning Kogon tumanida joylashgan hududida "BUKHARA NEXT GENERATION PRODUCT" MCHJ tomonidan penoplast mahsulotlaridan maishiy texnika va elektronikani qadoqlash faoliyatini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Qiymati 1,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadigan mazkur loyiha joriy yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushishi va 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Botir Zaripov mazkur obyektda ham bo‘lib, qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
Loyiha tashabbuskorlari bilan mavjud muammolar va ularni hal qilish masalalarini muhokama qildi. Qurilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.

👍4🔥3
#Bugun
⚡️3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan, har yili “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlanishi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya’ni yettita kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud. Barcha nogironlarning 100 milliondan ortig‘ini esa bolalar tashkil etadi.
Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, dunyo mamlakatlarida nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.
“Xalqaro nogironlar kuni” ga bag‘ishlab o‘tkaziladigan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir.

👍6