#tashrif
Afg‘oniston Bosh vazirining ma’muriy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Hanafiy boshchiligidagi delegatsiya Buxoroda bo‘ldi.
Delegatsiyani Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov “Buxoro” temir yo‘l vokzalida kutib oldi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari boqiy shaharning tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, qadimiy Labi Hovuz ansamblidan boshlangan sayohat davomida mehmonlar qadimiy toqlar, Poyi Kalon majmuasi, Ark qo‘rg‘oni, Somoniylar maqbarasi, Bahouddin Nashqband majmuasini hayrat va havas bilan tomosha qilishdi. Hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at ustaxonalaridagi qizg‘in ish jarayoniga guvoh bo‘lishdi.
Mehmonlarga tarixiy qadamjolar, yodgorliklarning tarixi, ushbu manzillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, tarixiy yodgorliklarning qayta tiklanib, nafaqat respublikamiz hududlaridan, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlardan har yili tashrif buyurayotgan minglab sayyohlar uchun ham e’tiborga sazovor joyga aylanganligi haqida so‘zlab berildi.
Abdul Salom Hanafiy Buxorodagi madaniy meros ob’yektlari asl holida saqlanganligi, Buxoro aynan boy tarixi, betakror madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shganligini e’tirof etdi. Shu bilan birga Buxoro xalqining mehnatsevarligi, ijodkorligi va mehmondo‘stligi har qadamda sezilib turishini, bu yerda turizm va investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

👍9🔥3😨3
#DIQQAT
⚡️Shahrimizning Koʻksaroy koʻchasi (Sharq-1) boʻylab oʻtuvchi diametri 200mm. li markaziy suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik (avariya holati) sababli, bugun 2-dekabr kuni soat 14:00 ga qadar Sharq 1 da joylashgan koʼchalarda vaqtinchalik suv taʼminoti toʼxtatilishini maʼlum qilamiz.

❗️Yetkazilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍7
Forwarded from Расмий хабарлар I Официальные новости
Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов бошчилигидаги Ўзбекистон делегацияси Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Чўлланишга қарши кураш тўғрисидаги конвенсияси (UNCCD) Томонлар конференсияси 16-сессиясининг (COP16) очилиш маросимида иштирок этмоқда.
“Бизнинг еримиз. Бизнинг келажагимиз” шиори остида ўтказилаётган тадбирда конвенциясининг 197 та иштирокчиси (196 та давлат ва Европа Иттифоқи) вакиллари иштирок этмоқда. Конференция жорий йилнинг 13 декабрига қадар давом этади.
Эслатиб ўтамиз, ўтган йилнинг ноябр ойида Самарқандда БМТнинг Чўлланишга қарши кураш конвенцияси ижросини кўриб чиқиш қўмитасининг 21 сессияси ўтказилган бўлиб, унда 196 мамлакатдан 1000 дан ортиқ делегат иштирок этган.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

👍3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM