Telegram Web
Buxoroda “Prezident archasi” bayram tadbiri o‘tkazildi

Tadbirga viloyatdagi mavjud barcha oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, chin yetim va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va ehtiyojmand oilalarning farzandlari taklif etildi.

Dastlab, viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, Prezidentimizning bolajonlarga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigini o‘qib eshittirdi.

Bolalarga “Prezident sovg‘alari” topshirildi. O‘quv qurollari va shirinliklardan iborat tuhfadan o‘g‘il-qizlarning ko‘ngli shod bo‘ldi.

Shundan so‘ng, “Prezident archasi” o‘rnatilgan katta sahnada madaniy bayram tadbiri boshlandi.

Qorbobo va qorqiz ishtirokidagi ertak-spektakl, bezatilgan archa atrofidagi sho‘x qo‘shiq, tarona va raqslar, bolajonlarga olam-olam quvonch, shodlik va hayajon, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#buxoroda_bayram_shukuhi

Buxoroda o‘tkazilgan Yangi yil bayrami tadbirlaridan

FOTOREPORTAJ

2025/07/14 10:53:44
Back to Top
HTML Embed Code: