Telegram Web
Buxoro viloyati sektor rahbarlari tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi binosida kapital ta’mirlanayotgan tezkor boshqaruv markazida o'rganish ishlari olib borildi.

Viloyat IIB boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tezkor boshqaruv markazining ahamiyati va bu yerda davom etayotgan qurilish ishlarining borishi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlariga qariyb 3 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari “Shomurodjon” MCHJ tomonidan bajarilmoqda.

Shuningdek, “O‘zbektelekom” Ajning viloyat filiali tomonidan ham bu yerda zarur ishlar olib borilmoqda.

Botir Zaripov qurilishda sifatga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Ta’minotdagi muammolar bilan qiziqdi. Shunga ko‘ra, mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Uktam Askarov ishtirokida BRIFING

————-

Бухоро вилояти ички ишлар бошқармаси бошлиғи ўринбосари - жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи подполковник Уктам Аскаров иштирокида БРИФИНГ

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
​​⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning viloyatdagi davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan rahbar-xodimlarga murojaati

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, keyingi qisqa davr ichida qabul qilingan qonunlar, Prezident farmon va qarorlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi natijasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi yanada kengayib, samarali mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Shunga qaramay, mazkur illat jamiyatimizda uchrayotganligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

Korrupsiya nafaqat mamlakatga moddiy yoʻqotish olib keladi, balki tadbirkorlik rivojiga, qonun ustuvorligini taʼminlashga toʻsqinlik qiladi, jamiyatda ijtimoiy keskinlikni, hokimiyatga ishonchsizlikni, halokatli ogʻir oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz boʻlsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga taʼkidlamadilar.

Korrupsiya va poraxoʻrlik jamiyat barqarorligining muhim asosi boʻlgan adolatning yoʻqolishiga olib keladi.

Mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod boʻlishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish, pora olish va berishda vositachilik qilish illatidan xalos boʻlishi kerak.

Bugungi kunda ayrim davlat xizmatchilari oʻz manfaatlarini koʻzlab, jumladan, kredit olishda, qurilish sohasida, byudjet mablagʻlarini taqsimlashda ming afsuski, noqonuniy ishlarga aralashib qolayotganliklarini guvohi boʻlayapmiz. Sodir etilgan har qanday korrupsiyaviy jinoyat sirligicha qolmaydi, albatta, oshkor boʻladi va qonuniy jazosini oladi.

Shuning uchun men sizlarni ogohlantirib oʻtmoqchiman, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrardir, buni har bir davlat xizmatchisi vujudi bilan his qilishi, koʻz oldiga ota-onasi, farzandlari va aka-singillarini keltirishlari kerak.

Davlat xizmatchisi – bu oddiy xodim emas, u davlat topshirigʻi va manfaatlari boʻyicha uning nomidan harakat qiluvchi insondir. Shuning uchun davlat xizmatchisi degan yuksak hamda sharafli nomga dogʻ tushirmaslik uchun eng avvalo, halol boʻlishimiz, oldimizga qoʻyilgan vazifalarni vijdonan, vatanparvarlik tuygʻusini toʻliq his etgan holda mehnat qilishimiz lozim boʻladi.

Ish faoliyatimizda korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda boʻlish, xalqimizga halol va sadoqat bilan xizmat qilishni asosiy burchimiz va vazifamiz deb, bilaylik!


Faoliyatimizni qaytadan xolis tahlil qilib, mahalliy ijro hokimiyati oldiga qoʻyilgan ustuvor vazifalarni shaxsiy manfaatimizdan ustun qoʻygan holda sidqidildan bajarishga barcha kuch va salohiyatimizni safarbar etaylik!

Yurtimizning buguni va ertasi, yorugʻ kelajagi uchun avvalo oʻzimiz masʼul ekanligimizni unutmaylik!

Barchangizni birgalikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borishga da’vat qilaman!


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHEKKA OVUL FUQAROLARI MANFAATI HAM EʼTIBORDA

#Buxoro

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan video roliklar turkumidan

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun qanday jazo choralari qo‘llanilishi mumkinligini bilasizmi?
————————

Пиротехника буюмларини қонунга хилоф равишда ишлаб чиқариш, тайёрлаш, сақлаш, ташиш, жўнатиш, улардан фойдаланиш, худди шунингдек уларни қонунга хилоф равишда Ўзбекистон Республикасига олиб кириш учун қандай жазо чоралари қўлланилиши мумкинлигини биласизми?

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida navbatdagi tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
👉
Batafsil o‘qing:
—————————

Бухоро вилояти Ички ишлар бошқармаси бошлиғи подполковник Икромжон Турсунов ҳузурида навбатдаги тезкор йиғилиш бўлиб ўтди
👉
Батафсил ўқинг:

🇺🇿
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ogohlantiradi

Hurmatli fuqarolar!

Kelajagimiz egalari yoshlarni pirotexnika vositalaridan ehtiyot qiling
!

____

Ҳурматли фуқаролар!

Келажагимиз эгалари ёшларни пиротехника воситаларидан эҳтиёт қилинг!

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/07/14 03:59:40
Back to Top
HTML Embed Code: