Telegram Web
Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tunu-kun sayyohlar xavfsizligini ta’minlash xizmatida

Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan "Yetti Pir ziyoratgohi imom xatiblari hamda ziyoratgoh atroh-hududdida joylashgan mehmonxona rahbarlari bilan "Yangi yil" bayrami kunlarida xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlar Buxoro viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
“IIB hafta davomida 7/24” dasturining 112-soni

⚡️Hafta davomida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar tafsilotlari:

🔹Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Kogon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
🔹Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov olis "Jongeldi" ovulida bo‘ldi
🔹"Payshanba huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida olib borilgan ishlar
🔹Birovning plastik kartasidan pullarni yechib olgan firibgarlar ushlandi
🔹Buxoro shahrining markaziy dehqon bozori avtoturargohidagi mashinalar ehtiyot qismlarini o‘marib ketgan shaxs ushlandi
🔹Elektro skuterni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
🔹Chet elga chiqish uchun onlayn viza olib berishni vada qilib bir fuqaroni chuv tushirib ketgan firibgar ushlandi
🔹Giyohvandlik moddalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
🔹Shofirkonlik firibgar ayol ushlandi


🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Бухоро Ахборот хизмати Шухрат Жалолов
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyatning shahar va tumanlari markazida o‘rnatilgan "Prezident archa" lari atrofida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rgandi

Jumladan, Shofirkon, G‘ijduvon va Vobkent tumanlarida o‘tkazilgan o‘rganishlarda "Prezident archasi" ning tegishli meʼyoriy talablar asosida o‘rnatilganligi, xavfsizlikning ta'minlanganligi, qo‘riqlash hamda jamoat tartibini saqlashga oid masalalarni ko‘zdan kechirib, xizmatga jalb etilgan xodimlarga qo‘shimcha yo‘riqnoma berdi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berdi.

Bu kabi o‘rganish ishlari viloyatning qolgan barcha hududlarida ham amalga oshirilib, yangi yil hamda Prezident archasi tadbirlarining xavfsiz o‘tkazilishi ta'minlanadi.

🇺🇿 Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2025/07/14 06:41:19
Back to Top
HTML Embed Code: