Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹1992 yil, 4 yanvar: Islom Karimov birinchi Prezident sifatida qabul qilgan ilk qasamyodi.

Library @centerasia_library

Kanalga ulanish
@centerasiastudy
👍48👎24🔥9🤩2
🇰🇿🇨🇳 Қозоғистонда 30 киши Хитойда тарқалаётган вирусга чалинди

Инфекциянинг асосий симптомлари йўтал, тумов, ҳансираш, иситма, бош оғриғи. Махсус даволаш усули йўқ, симптоматик даволаш қўлланилади, дейди Қозоғистон Соғлиқни сақлаш вазирлиги.

Library @centerasia_library

Каналга уланиш
@centerasiastudy
👎28😱17👍6🎃2
⁉️Birinchi “killer”lar guruhi – Hashshoshiylar yoki Assasinlar aslida kim bo‘lgan?

Assasinlar deganda ko‘pchilikning xayoliga birinchi navbatda mobil telefon o‘yini keladi. Ammo ular to‘qima afsona emas. Assasinlar real hayotda mavjud bo‘lgan. XII-XIII asrlarda hozirgi Iroq va Eron hududlarida maxfiy qotillar guruhi paydo bo‘ldi. Ularni musulmon o‘lkalarda Hashshoshiylar, Yevropada esa Assasinlar deb atashgan. Hatto, Yevropa qirollari, baronlarini bosh egdirgan Rim Papasi ularning nomini eshitganda oyoq qo‘li qaltirab turgan ekan. Hashshoshiylar juda maxfiy va tezkor qotillar bo‘lgan. Bugungi maqolamizda, dunyodagi eng birinchi yollanma qotillar guruhi Hashshoshiylar yoki Assasinlar haqida so‘z yuritamiz.

👉batafsil o'qish uchun link👈

Markaziy Osiyo | Library | Science
👍33
‼️Россия Фанлар академиясининг Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро муносабатлар институти ҳисоботига кўра, Хитой ва АҚШ икки томонлама муносабатларда кенг кўламли инқироз ва ҳарбий можаро хавфига дуч келиши мумкин.

Ҳисобот муаллифларининг таъкидлашича, агар Трамп йил охиригача Хитойга иқтисодий босим самарасиз деган хулосага келса, Тайван масаласидан фойдаланиб, кескинликни оширишга ҳаракат қилиши мумкин.


Markaziy Osiyo | Library | Science
👍11👎11😁1
3-yanvar kuni Germaniya va Fransiya TIV rahbarlari YI nomidan Suriyaga borgan edi

Berbokning bayonotiga ko‘ra, Germaniya Suriya xalqiga hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishda yordam berishni xohlaydi, ammo yangi Suriya jamiyati etnik yoki diniy guruhidan qat’i nazar, barchaga siyosiy jarayonda o‘rin berishi, shuningdek, huquqlar va himoyani kafolatlashi kerak. “Chunki hozirda Suriyadagi diniy yoki etnik guruhlar va ozchiliklar, masalan, alaviylar, nasroniylar, druzlar yoki kurdlar, shuningdek, ayollarning siyosiy jarayonda ishtirok etishi juda muhimdir”, — deyiladi bayonotda.


“O‘nlab yillar davom etgan qatag‘onlar, Asad rejimining vahshiyliklari va uning dahshatli fuqarolar urushi Suriyadagi millionlab odamlar uchun chuqur jarohatlar qoldirdi. Butun bir mamlakatga ularning nomi bilan baho berildi, ammo endi insonlar kelajak yaxshiroq bo‘lishiga haqli ravishda umid qilmoqda. Asad oilasi hukmronligining og‘riqli davri tugadi. Yangi bob ochildi, lekin hali yozilgani yo‘q. Chunki ayni damda Suriya xalqi yana o‘z mamlakati taqdirini o‘z qo‘liga olish imkoniyatiga ega. Va bu chuqur, ochiq yaralarni yopish uchundir”, — deyiladi TIV xabarida.


Germaniya, shuningdek, Suriyadagi jarayon tashqi ishtirokchilar tomonidan buzilishining oldini olish uchun xalqaro sheriklari bilan ishlayotgani haqida so‘z boradi. Shu maqsadda Aqaba shahrida BMT bilan birgalikda muhim tamoyillar ishlab chiqilgan.

“Ularga barcha qo‘shni davlatlar Suriyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishi zarurligi kiradi. Bundan tashqari, Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalarini tark etish vaqti keldi. Suriya xalqi keng ko‘lamli bombardimonlar va inson huquqlari buzilishini unutmaydi. Aynan Putin uzoq vaqt davomida Asadni, rejimning jinoyatlarini qo‘llab-quvvatlagan va yashirgan. Endi bizning oldimizda millionlab suriyaliklar orzu qilgan maqsad bor: Suriya yana bir bor xalqaro hamjamiyatning hurmatli a’zosiga aylanishi. Barcha a’zolari uchun xavfsiz makon. O‘z hududini to‘liq nazorat qiladigan, odamlarga yashash uchun zarur bo‘lgan himoya va yordamni taqdim etadigan faoliyat yurituvchi davlat”, — deya qayd etadi Germaniya TIV.


Markaziy Osiyo | Library | Science
👍13🤝2🔥1
⚡️Хитойда тарқалаётган вирус Ўзбекистонда ҳам аниқланди

Айни вақтда республикада ўткир респиратор инфекцияларга чалиниш ҳолатларининг мавсумий кўтарилиши кузатилмоқда.

Санепидқўмитага кўра, ушбу респиратор инфекцияларнинг сўнгги лаборатория таҳлиллари натижасига кўра: 36,9 фоизида грипп вируси, 30,2 фоизида риновирус, 28,6 фоизида респиратор-синситиал вирус, 1,2 фоизида метапневмовирус ва 3,1 фоизида бошқа вируслар аниқланган

Markaziy Osiyo | Library | Science
😱17😁4🎃4👎2👍1
🇰🇬🇹🇯Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida portlash sodir bo‘ldi

Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Arka-2 qishlog‘ida noma’lum maishiy qurilmaning portlashi oqibatida ayol va uning 12 yoshli qizi jarohat oldi.


Markaziy Osiyo | Library | Science
😱8
Эгил, ўзни пана қил,
Борлигингни билдирма.
Йўталганга ўн беш йил,
Аксирганга йигирма.
Кар бўл, кўр бўл, тишла тил,
Бошга бало келтирма.
Гапирганга ўн беш йил,
Эшитганга йигирма.
Қаламингни душман бил,
Қоғоз узра жилдирма,
Роман ёзсанг - ўн беш йил,
Достон ёзсанг - йигирма...

Эркин Воҳидов,Ўзбекистон халқ шоири

Library @centerasia_library

Каналга обуна бўлинг👇
@centerasiastudy
👏71👍35🔥11😭9👎1
AQShning 245 yillik tarixi davomida oq uyning 45 egasidan 13 nafariga nisbatan 20dan ortiq suiqasdlar amalga oshirilgan. Ulardan 4 nafari vafot etgan. Ana shunday suiqasdlardan biri 7-prezident Endryu Jeksonning prezidentlik davrida (1829-1837) yuz bergan.

E.Jekson mahalliy aholiga nisbatan qattiqqo'l siyosati va ommaviy ishsizlikka sabab bo'lgan ishlari bilan mashhur bo'ldi. Ishsizlardan biri prezidentdan qasos olishga qaror qiladi.

30.01.1835 kuni ishsiz rassom Richard Lourens Kapitoliyga keladi. Prezident binodan chiqqach, unga orqadan yaqinlashadi (o'sha vaqtda prezidentlar deyarli qo'riqlanmasdi) va chaqmoqto'pli pistolet bilan otib tashlamoqchi bo'ladi. Baxtga qarshi, o'sha kuni yomg'ir yoqqani sababli, porox nam tortib qolgandi. Pistolet otilmaydi. Lourens yana bir bor urinib ko'rishga harakat qiladi, ammo, ovozdan orqaga o'girilgan Jekson hassasi bilan qurolni urib tushiradi.

Sud Lourensni aqldan ozgan deb topadi va uni ruhiy kasalxonaga yuboradi.

Kanalga ulanish
@centerasiastudy
👍34😱2
Ўзбекистон дунёнинг энг кучли паспортлари рейтингида 68-ўринни эгаллади

Мамлакат фуқаролари 32 та давлатга визасиз ташриф буюриши мумкин. Марказий Осиё давлатларидан:

- Қозоғистон 52-ўринда (46 мамлакатга визасиз режим);
- Қирғизистон 68-ўринда (30 мамлакатга визасиз режим);
- Тожикистон 72-ўринда (27 мамлакатга визасиз режим);
- Туркманистон 76-ўринда (18 мамлакатга визасиз режим).


Library @centerasia_library

Каналга обуна бўлинг👇
@centerasiastudy
👎30😁12👍9🫡1
🇺🇿🇰🇿O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryo suvini hisoblashni avtomatlashtiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryo daryosi suvini avtomatlashtirilgan tarzda hisoblash uchun texnik shartlarni ishlab chiqishni kelishib oldi.


Kanalga ulanish
@centerasiastudy
👍5
O‘zbekistonning reytingi 62-o‘rindan 65-o‘ringa tushib, mamlakat Markaziy Osiyodagi yetakchi o‘rnini yo‘qotdi! Aslidachi?

Jahonning yetakchi Defense.Info nashrida Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanovning “Noaniqlik davrida Oʻzbekistonning harbiy salohiyati” (Uzbekistan’s Military Capabilities in an Age of Uncertainty) maqolasi chiqdi. Quyida maqoladan parchani keltiramiz:
 
Ukraina va Yaqin Sharqdagi davom etayotgan mojarolar sharoitida harbiy imkoniyatlar va tayyorgarlik masalalari butun dunyodagi davlatlar, ayniqsa, ushbu hududlarga yaqin joylashgan mamlakatlar uchun yanada dolzarb boʻlib bormoqda.

Markaziy Osiyoda strategik joylashuvga ega O‘zbekiston, global harbiy kuch reytinglarida, jumladan, Global Firepower Index (GFP), ko‘pincha cheklangan rasmiy va noto‘g‘ri ma’lumotlar tufayli e’tibordan chetda qolmoqda.
 
O‘zbekistonning harbiy qudratini qayta baholash

O‘zbekistonning harbiy imkoniyatlari va strategik resurslari yetarlicha o‘rganilmagan. GFP kabi reytinglar bir qator muhim omillarni hisobga olmasligi bunga sabab bo‘lmoqda. GFP mamlakatlarni ishchi kuchi, moliyaviy ko‘rsatkichlar, uskunalar, geografiya, resurslar, logistika va mudofaa budjeti kabi omillar asosida baholaydi. Ammo 2024-yilgi baholashda O‘zbekistonning reytingi 62-o‘rindan 65-o‘ringa tushib, mamlakat Markaziy Osiyodagi yetakchi o‘rnini yo‘qotdi.
Biroq, bu reyting O‘zbekistonning harbiy realliklarini to‘liq aks ettirmaydi, chunki ma’lumotlar orasida muvofiqlik yo‘q.
 
Zahira kuchlari: e’tibordan chetda qolgan strategik resurs

GFP bahosidagi eng katta kamchiliklardan biri O‘zbekistonning zahira kuchlarini mavjud emas deb hisoblashidir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida zahirada xizmat qilish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, harbiy xizmatga yaroqli 18-35 yoshdagi barcha erkaklar zahirada xizmat qilishga majburdir. Ushbu demografik guruh qariyb 10 mln kishini tashkil etadi. Agar sog‘liq va bandlik cheklovlari hisobga olinsa ham, zahira kuchlari 5 mlndan ortiq shaxsni tashkil etadi. Bu ulkan zahira O‘zbekiston uchun kuchli strategik resurs bo‘lib, uzoq muddatli qarama-qarshiliklarga tayyorgarlikni ta’minlaydi.
 
Faol qoʻshinlar va Milliy gvardiya hissasi

GFP O‘zbekistonning faol qo‘shinlar sonini 48 ming deb baholaydi, qo‘shimcha ravishda 20 mingta harbiy sohaga yaqin xodim mavjudligi qayd etiladi. Biroq, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, faol qo‘shinlar soni 68 mingga yaqin. Bundan tashqari, Milliy gvardiya tarkibida 30 mingdan ortiq xodim mavjud bo‘lib, bu O‘zbekistonning operatsion salohiyatini sezilarli darajada kengaytiradi va milliy mudofaa uchun mustahkam asos yaratadi.
 
Mudofaa budjeti: past baholangan koʻrsatkich

GFP O‘zbekistonning mudofaa budjetini $796 mln deb qayd etadi, ammo haqiqiy raqam $3 mlrdga yaqin. Ushbu farq mamlakatning qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va tayyorlashga bo‘lgan sodiqligini aks ettiradi. Shuningdek, GFP tomonidan O‘zbekistonning xarid qobiliyati pariteti (XQP) $270 mlrd deb baholangan, lekin haqiqiy ko‘rsatkich $319 mlrdni tashkil etadi. Bu kuchliroq iqtisodiy asos mudofaa salohiyatiga doimiy sarmoya kiritishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Strategic Focus: Central Asia

Kanalga ulanish
@centerasiastudy
👍57👎10🔥4
Tarixdagi eng uzun 10 ta qamoq jazosi

🇹🇭Chamoy Thipyaso: 141 078 yil
🇪🇸Othman El Gnaoui: 42 924 yil
🇪🇸Jamal Zougam: 42,922 yil
🇪🇸Emilio Suares: 34,715 yil
🇺🇸Charlz Skott: 30 000 yil
🇺🇸Allan Ueyn: 20,750 yil
🇹🇭Pudit Kittithradilok: 13,275 yil
🇺🇸Darron Bennalford: 11,250 yil
🇹🇷Adnan Oktar: 8658 yil
🇺🇸Rigoberto Vaskes: 7000 yil


Markaziy Osiyo | Library | Science
👍21😁19👎2🔥2
«Хитойнинг сўнгги огоҳлантириши»

1960-70 йилларда Хитой ва АҚШ ўртасидаги муносабатлар жиддийлашади. Икки давлат ўртасидаги низо «Тайван масаласи»да вужудга келганди. Чунки бу даврда АҚШ ҳаво кучлари Тайванга бемалол учиб келар ҳамда Хитой ҳудуди бўйлаб разведка парвозларини амалга оширарди.

Ҳар гал хитойликлар ўзларининг ҳаво ҳудудларини АҚШ разведкачиси кириб келиши қайд этилганда, АҚШга «сўнгги огоҳлантириш» юборилган, аммо ҳеч қачон конкрет чоралар кўрилмаган.

Охир оқибат, юзлаб шундай огоҳлантиришлар тўпланиб қолади. Америкаликлар уларга эътибор бермай қўйишади. Тез орада Хитой ҳукуматининг ҳатти ҳаракатлари бутун дунёга ошкор бўлади ҳамда ҳеч бир оқибатларсиз огоҳлантиришлар «Хитойнинг сўнгги огоҳлантиришлари» ибораси юзага келишига сабаб бўлади.

Каналга уланиш
@centerasiastudy
😁52👍5👏2
#Таҳлил

ДЕКАБРИСТЛАР: ҲАММАСИ ЗЕРИКИШДАН БОШЛАНГАН ЭДИМИ?

Бородино жангида ғолиб чиққан Россия империясида ички емирилиш қандай бошланган эди? Тарихга назар соламиз.

👉 Батафсил: http://bit.ly/3Z7GVgN

Library @centerasia_library

Каналга обуна бўлинг👇
@centerasiastudy
👏15👍7
Siyosiy ekspertlar qanday bo'lishi kerak?

Siyosiy ekspertlar, siyosat va hukumat ishlarida chuqur bilimga va tajribaga ega bo'lishlari kerak bo'lgan mutaxassislar hisoblanadi. Ular turli siyosiy jarayonlar, siyosatshunoslik nazariyalari, davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar va boshqa tegishli sohalarda bilimdon bo'lishlari talab etiladi. Quyida siyosiy ekspertlar qanday bo'lishi kerakligi haqida ma'lumot berishga harakat qilamiz:

Chuqur bilim va tahlil qobiliyati

Sohadagi ilmi: Siyosiy ekspertlar siyosiy fanlar, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, huquq va tarix kabi sohalarda keng va chuqur bilimlarga ega bo'lishlari kerak.

Tahlil qobiliyati: Ular murakkab siyosiy vaziyatlarni tahlil qila olish va turli siyosiy nazariyalar va amaliyotlar orqali ularni tushuntira olishlari kerak.


Batafsil: https://telegra.ph/Siyosiy-ekspertlar-qanday-bolishi-kerak-02-13

Library @centerasia_library

Kanalga ulanish👇
@centerasiastudy
👍3🔥2
Atom (yadroviy) elektr energiyasini ishlab chiqarishning umumiy ulushi

🇺🇸 AQSH 30,9%
🇨🇳 Xitoy 13,5%
🇫🇷 Frantsiya 13,3%
🇷🇺 Rossiya 7,9%
🇰🇷 Janubiy Koreya 6%
🇨🇦 Kanada 3,6%
🇺🇦 Ukraina 2,8%
🇩🇪 Germaniya 2,4%
🇪🇸 Ispaniya 2,2%
🇸🇪 Shvetsiya 1,9%
🇬🇧 Buyuk Britaniya 1,8%
🇯🇵 Yaponiya 1,7%


Markaziy Osiyo | Library | Science
👍20👎8😱3
1. Hattoki o'ylama.
2. O'yladingmi, gapirma.
3. O'ylading, gapirdingmi- yozma.
4. O'ylading, gapirding, yozdingmi- qo'l qo'yma.
5. O'ylading, gapirding, yozding va qo'l qo'ydingmi... endi hayron bo'lma.

©️VCHK asoschisi Feliks Dzerjinskiy

SSSRning ilk xavfsizlik xizmati hisoblanuvchi VCHKning dahshatli qiynoq usullari haqida bu yerda o‘qing.

Library @centerasia_library

Kanalga ulanish
@centerasiastudy
👍25👎9🔥9
Aмир Олимхон 1911-йил март ойида “Жуда исрофли тўйларни тугатиш тўғрисида” фармон чиқарган.

Унга кўра, тўйларда 6-7 хил овқат қилиш тақиқланиб, паловдан бошқа овқат берганларга 75 дарра уриш жазоси тайинланди, суннат ва никоҳ тўйларида ташкил қилинадиган улоқ чопиш ва пойга тадбирлари бекор қилинди. Ушбу тадбирни ташкил этган шахс ўлим жазосига маҳкум этилиши белгилаб қўйилди. Шунингдек, тўйга келган меҳмонларнинг ҳар бирига чопон бериш расми маън қилинди. 1916-йил 5-июнда эса Aмир тўйга келганларга қанд бериш одатини тақиқловчи яна бир фармонни имзолаган.

© Дилноза Жамалова, ЎзФA Тарих институти докторанти

Library @centerasia_library

Каналга уланиш
@centerasiastudy
👍84🔥14😁3
Muhandislik sohasi bo'yicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar

1.🇺🇸Garvard
2.🇺🇸Stenford
3.🇺🇸Kaliforniya universiteti, Berkeley
4.🇺🇸MIT
5.🇬🇧Oksford
6.🇺🇸Kaliforniya Texnologiya Instituti
7.🇬🇧Kembrij
8.🇸🇬Singapur Milliy Universiteti
9.🇺🇸Princeton
10.🇨🇭ETH Tsyurix


Markaziy Osiyo | Library | Science
🔥10😭5👍3
2025/07/10 14:47:12
Back to Top
HTML Embed Code: